M. M. Niyazaliyeva


 Tikuv mashinalrini qanday tanlash kerak



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/64
Sana12.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#172241
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
Bog'liq
2 5348471255576087486

 
4.3. Tikuv mashinalrini qanday tanlash kerak  
 
Zamonaviy  maishiy tikuv mashinasi nima ekanligi haqida, klassifikatsiyasi, 
bozor  tomonidan  taklif  qilinadigan  mashinalar  bilan  taqqoslaganda  va  har  xil 
turdagi  mashinalar  yordamida  nima  qilish  mumkinligi  haqida  ma’lumot  beriladi. 
Qadimgi  buvilarimizning  "Zinger"  mashinasida  faqat  to`g`ri  baxyaqator  hosil 
qilishda  foydalanishgan.  Keyinchalik,  ignasi  chapga  va  o`ngga  siljiy  oladigan 
mashinalar  paydo  bo`ldi  va  mokining  konstruktsion  ko`rinishi  o`zgartirildi. 
Bunday mashinalar zigzagni va yanada murakkabroq baxyaqatorlarni hosil qilishga 
qodir  edi.  Eng  murakkab  va  zamonaviy  mashinalarda  baxyaqatorlar  soni  faqat 
mashina  konstruktorining  tasavvuriga  ko`ra  cheklangan.  Baxyaqatorlarni  hosil 
qilish  printsipiga  ko`ra,  zamonaviy  tikuv  mashinalari  mexanik  va  kompyuter 
tomonidan boshqariladigan mashinalarga bo`linishi mumkin.  


95 
 
Mexanik tikuv mashinalari. Mexanik tikuv mashinalarida, maxsus shakldagi 
tishli  g`ildirak  (richag)lar  va  barcha  turdagi  tutqichlar,  g`ildiraklar  va  boshqa 
mexanik  detallar  ignaning  harakatlanishi  va  mato  surgichning  harakatlanishi 
ta’minlaydilar.  Texnologik  xususiyatlariga  ko`ra  mexanik  boshqaruvga  ega 
bo`lgan  mashinalar  murakkab  shakldagi  baxyaqatorlarni  bajara  olmaydi  va 
cheklangan turdagi baxyaqatorlar hosil bo`ladi. bunday turdagi mashinalarning eng 
murakkab va funktsional vakillari Husqvarna Prelude 360, 
Janome 6125QS, Pfaff 1546. 
Kompyuter  yordamida  boshqariladigan  mashinalar.  Kompyuter  yordamida 
boshqariladigan mashinalarda matoga nisbatan ignaning harakatini mikroprosessor 
boshqaradi.  Ushbu  boshqaruv  printsipi  choklar  va  ular  shaklining  murakkabligi 
cheklovlarni bartaraf etadi. Hammasi xotira hajmi va ishlab chiqaruvchi u yoki bu 
modelga  qo`ygan  dastur  orqali  aniqlanadi.  Biroq,  tikish  printsipi  qanday 
bo`lishidan  qat’iy  nazar,  uning  kengligi  va  ignaning  harakatlanish  chegaralari 
cheklangan.  Eng  yaxshi  mashinalarda  chok  kengligi  7  mm  ga  yetadi.  Kengroq 
chok  olish  uchun  matoni  nafaqat  oldinga  va  orqaga,  balki  chap  va  o`ngga  ham 
harakatlantirish mexanizmi talab qilinadi. Agar bunday  mexanizm  mavjud bo`lsa, 
mato  bir  necha  yo`nalishda  harakat  qilishi  mumkin  va  kashtado`zlik  moslamasi 
bo`lmasligiga  qaramay,  bunday  mashinalarni  kashtado`zlik  qobiliyatiga  ega  tikuv 
mashinalari  deb  atash  mumkin.    Kashta  tikishda  ushbu  imkoniyatlardan  buyum 
chetlaridagi dekorativ choklarni tikishda foydalanish mumkin. Gullarni kashta qilib 
tikish, har hil yo`nalishlarda bir nechta choklarni tikib qo`yish, kichik bir yulduzni 
kashta  qilish,  qiya  tomonga  bir  nechta  chok  tikish  mumkin  va  hokazo.  Shunday 
qilib,  har  qanday  o`lchamdagi  eng  murakkab  kashtali  andozalarni  ham  tikish 
mumkin  (ba’zida  risolalarda  bunday  andozalar  "maxi  andoza"  deb  nomlanadi). 
Tikuv  mashinalari  uchun  matoni  u  yon-bu  yon  tomonga  siljitish  qobiliyati 
ekzotikadir.  Hozircha,  faqatgina  Brother  va  Bernina  ushbu  texnologiyani  ba’zi 
qimmat  modellarda  ishlatmoqdalar.  Bunga  NX  600  mashinasini  misol  qilib 
keltirish mumkin. 


96 
 
 
Baxyaqatorlar.  Zamonaviy  tikuv  mashinalarida  baxyaqatorlar  turlari  kichik 
modellarda  10  tadan  boshlab  murakkab  kompyuterlashtirilgan  mashinalarda  bir 
necha  yuzgacha  o`zgaradi.  Tikuv  mashinasining  choklari  odatda  ishchi  va 
dekorativ choklarga bo`linadi.  
 
Ishchi  choklar.  Ishchi  choklarni  an’anaviy  tekis  va  zigzag  choklaridan 
tashqari,  ortiqcha  choklarni,  qisma  matolar  uchun  choklarni,  yashirin  choklarni, 
tirnoqli  choklarni    va  boshqalarni  ham  o`z  ichiga  oladi.  Jadvalda  foydali  ishchi 
choklarning namunalari keltirilgan: 
     
To`g`ri chok 
     
Zigzag 
            Rezinalarni tikish uchun elastik zigzak 
 
Trikotaj uchun elastik chok 
    
Mustaxkamligi oshirilgan to`g`ri chok 
    
Mustaxkamligi oshirilgan zigzag 
    
Chetlarini o`rab tikuvchi choklar (overlok) 
    
Jiyaklar uchun ko`rinmas choklar 
    
Jiyaklar uchun ko`rinmas elastik choklar 
Izmalar.  Deyarli  barcha  elektromexanik  mashinalar  ichki  kiyimlar  uchun 
kesib  ochiladigan  izmalarni  tikishi  mumkin.  Ba’zi  mashinalar  bunday  izmalarni 
yarim  avtomatik  ravishda  to`rt  bosqichda  matoni  aylantirmasdan  -    izmani  chap 
tomonini,  izmani  orqa  chetini,  izmani  o`ng  tomonini,  izmani  oldi  chetini  tikib 
bajaradi.  Ushbu  klassdagi  ko`plab  mashinalar  tugmachaning  o`lchamiga  muvofiq 
avtomatik  ravishda  izma  ochish  imkonini  beradi.  Elektromexanik  mashinalar 
uchun  boshqa  turdagi  izmalarni  ochish  imkoni  yo`q.  Kompyuter  bilan 
boshqariladigan  mashinalarda  izmalar  avtomatik  ravishda  ochiladi.  Odatda 
Yaponiya  kompaniyalarining  mashinalari  tugmachaning  o`lchamiga  qarab  izma 
ochadi  -  buning  uchun  unga  tugma  maxsus  o`lchash  moslamasiga  joylanadi. 
Evropa  mashinalarida  odatda  tugmachalarni  o`lchash  moslamasi  yo`q  -  bunday 
mashinalarda  kerakli  izma  o`lchamlarini  millimetrga  o`rnatish  mumkin.  Izma 
o`lchamlarini  to`g`ri  ushlab  turish  uchun  Pfaff  va  Husqvarna  o`z  mashinalarida 


97 
 
izma  ochish  jarayonida  izmani  o`zini  o`lchab  turadigan  asbob  bilan  taminlagan. 
Kompyuterlashtirilgan mashinalar o`nta turdagi izmalarni ochish imkoniga ega.   
An’anaviy  ko`ylak  izmalaridan  tashqari,  kostyumlar  uchun  ko`zchali 
izmalar,  trikotajlar  uchun  izmalar,  chetlari  yumaloq  shaklli  va  boshqa  izmalar 
bo`lishi  mumkin.  Bungan  tashqari,  bir  marta  izma  hosil  qilib,  uning 
ko`rsatlichlarini xotirada saqlash va shundan so`ng mashina har qanday  miqdorda 
mutlaqo  o`xshash  izma  ochishi  mumkin.  Ko`pgina  kompyuterlashtirilgan 
mashinalar 
oddiy 
ko`ylak 
izmalarini 
ochish 
tartibi 
elektromexanik 
mashinalarnikidan  farqlanadi.  Eng  avvalo  chap  tomondagi  to`g`ri  chok  tikib 
chiqiladi  (chok  maxsus  mashinalarda  ochiladigan  a’lo  darajadagi  izma  hosil 
qilishdagi  nazorat  qilib  boriluvchi  chiziq  vazifasini  o`taydi),  izmaning  shu 
tomoniga  ip  taxlab  chiqiladi,  izmaning  chetiga  ip  taxlab  chiqiladi,  so`ngra 
izmaning  boshqa  bir  tomoniga  yana  bir    to`g`ri  chok  tikiladi,  bu  izmaning  bir 


98 
 
boshqa chekkasi, o`ng tomoni zigzag bilan ip taxlab chiqiladi va yon  va oxirida - 
bir nechta qulflash choklari tikiladi. Hammasi bo`lib - 7 ta jarayon bajariladi. 
 
Dekorativ  choklar.  Mexanik  mashinalar  uchun  dekorativ  choklar  doirasi 
cheklangan. Ehtimol, ushbu sinfdagi mashinalar orasida eng katta imkonyatga ega 
deb  Pfaff  Select  1546-ni  aytish  mumkin.  Barcha  kompyuterda  boshqaradigan 
mashinalar  turli  xil  dekorativ  choklarni  amalga  oshirishi  mumkin.  Bular  turli  xil 
naqshlar,  toshli  bezaklar,  atlas  qoplamasi  bilan  tikilgan  choklar,  eng  oddiy 
kashtado`zlik  elementlari  –  kesishmali  choklar,  merejkalar,  ochiq  choklar  va 
boshqalar. Murakkab modellar uchun bitta yoki bir nechta chok alifbolari xotirada 
saqlanadi.  Ba’zi  modellar  (masalan,  Husqvarna  Platinum  770)  o`z  zahirasida 
nafaqat  lotin, balki  rus  alifbolariga  ham  ega.  Odatda, har  qanday  chokni  uzunligi 
va  kengligini  o`zgartirish  imkoniyati  bor.  Ko`pgina  mashinalarda  gorizontal  va 
vertikal ravishda tikilgan aks ko`rinishli choklar, shuningdek, namunani aylantirish 
funktsiyasi  mavjud.  Ba’zi  kompyuterlashtirilgan  mashinalarda  ma’lum  bir  harf 
birikmalarini  (masalan,  oila  a’zolarining  ismlarini)  yoki dekorativ elementlarning 
ketma-ketligini  kerakli  tartibda  tikish  uchun  kiritish  mumkin  bo`lgan  xotira 
mavjud. 


99 
 
Bunday 
mokilar 
barcha 
ishlab 
chiqaruvchilar 
tomonidan 
arzon 
elektromexanik 
mashinalarda 
qo`llaniladi. 
Ushbu 
turdagi 
choklarning 
kamchiliklari  bu  ish  paytida  tebranishning  kuchayishi,  tikish  tezligining  pastligi, 
chokning kengligini (5 mm dan oshmasligi) va choklarni yuqori sifatli emasligidir. 
 Moki  mexanizmi  turlari.  Zamonaviy  maishiy  tikuv  mashinalarida  moki 
tebranma  harakat  qiladi  yoki  gorizontal,  yoki  vertikal  tekkislikda  aylanadi. 
Shuning  uchun  mokilarni  "tebranma",  "gorizontal"  va  "vertikal  ikki  marta 
aylanuvchi"  deb  nomlanadi.  Tebranma  mokilar  juda  sodda  tuzilgan.  U  "Chayka" 
tikuv mashinasi orqali ko`pchilikka tanish.  
Ikki  marta  aylanuvchi  gorizontal  mokilar  -  bu  250  dollar  atrofida  qiymatga  ega 
bo`lgan  tikuv  mashinalarda  keng  tarqalgan.  Ushbu  mokilarda  naychalarni 
almashtirish  juda qulay. Bunday  mokili  mashinalarda igna plastinkasidagi shaffof 
oyna orqali ip miqdori ko`rinib turadi. Bu juda qulay, chunki u naychaning qolgan 
ip  miqdorini  hisobga  olishni  osonlashtiradi.  Bunday  mokilar  bilan  jihozlangan 
mashinalar  kamroq  titraydi,  chunki  moki  tebranmaydi  balki  aylanadi.  Shuni 
ta’kidlash kerakki, bunday mokili mashinalarda pastki iplar kamdan kam hollarda 
o`ralib qoladi. Gorizontal mokini moylash talab etilmaydi. 


100 
 
Bunday  mokining  kamchiliklari  pastki  ipning  tarangligini  sozlash  noqulayligi  - 
buning  uchun  igna plastinasini  yechib olish  kerak bo`ladi. Ikki  aylanishli vertikal 
mokilar  qimmatbaho  Pfaff  va  Bernina  tikuv  mashinalarida  (Artista  seriyasida) 
qo`llaniladi.  Shunga  o`xshash  dizayndagi  mokilar  maxsus  tikuv  mashinalarida 
qo`llaniladi.  Bunda  asosiy  afzallik  -  bu  yuqori  ishonchlilik.  Bunday  moki  bilan 
jihozlangan  mashinalar  arzonroq  konstruktsiyadagi  mashinalarga  qaraganda 
kamroq  tebranadi  va  pastki  ipni  o`ralib  qolish  ehtimoli  kam.  Ushbu 
konstruktsiyaning gorizontal mokilarga nisbatan muhim afzalligi, bu pastki ipning 
tarangligini sozlash qulayligi. 
 
Ip tarangligi. Yuqori sifatli baxyaqatorga ega bo`lish uchun, ustki va pastki 
iplar  uning  yuzasida  emas,  balki  materialning  qalinligi  orasida  o`zaro  bog`langan 
bo`lishi kerak. To`g`ri tikishni ta’minlash ipning tarangligini sozlash orqali amalga 
oshiriladi.  Yuqori  ipning  tarangligi  odatda  mashinaning  dastagida  joylashgan 
maxsus  taranglikni  sozlagichi  yordamida  amalga  oshiriladi.  Sozlagichning  o`rta 
holati  ba’zan  "avto"  deb  nomlanadi  va  eng  ko`p  ishlatiladigan  taranglikka  mos 
keladi.  Ba’zi  ishlab  chiqaruvchilar  (masalan,  Brother  NX  600)  matoning 


101 
 
qalinligidagi  o`zgarishlarga  qarab  ipning  tarangligini  avtomatik  ravishda  sozlash 
funktsiyasini  tavsiya  qilishadi.  Pastki  ipning  tarangligini  sozlash  uchun  mokiga 
maxsus sozlovchi vintlar o`rnatilgan. 
 Lapkaning gazlamaga bosimi.  Maxsus  tikuv  mashinasi  uchun  materialdagi  lapka 
bosimini sozlash maqsadga muvofiqdir. Oddiy matolarga yuqori sifatli va ma’lum 
uzunlikdagi choklarni olish uchun yuqori bosimni ta’minlash kerak bo`ladi, trikotaj 
uchun  esa  materialni  cho`zmaslik  uchun  bosimni  pasaytirish  kerak  bo`ladi. 
Elektromexanik  mashinalarda  bosim    maxsus  prujina  bilan  ta’minlanadi.  Ba’zi 
mashinalarda prujina ta’sir kuchini oshirish uchun maxsus sozlagichlar o`rnatiladi 
va  shunga  mos  ravishda  lapkadan  gazlamaga  beriladigan  bosim  ta’minlanadi. 
Kompyuter  boshqaruvli  murakkab  mashinalarda  ba’zan  bosimni  avtomatik 
boshqarish  va  uning  doimiyligini  maxsus  nazorat  qilish  ta’minlanadi.  Ustki  mato 
tortgichi  bilan  jihozlangan  mashinalarda  bosim  regulyatori  shart  emas.  Yuqori 
sifatli  tikilishni  ustki  mato  tortqichi  ta’minlaydi.  Mashina  loyihachilari  qalin 
materialni  tikish  imkoniyatini  yaratishga  ham  axamiyat  berishadi  -  ya’ni  lapka 
maksimal  12  mm  gacha  ko`tarilishi  mumkin.  Quvvat  va  ignani  sanchilish  kuchi, 
tezlikni boshqarish va tikish nazorati tikuv mashinasining mexanizmi elektr motor 
bilan  harakatlantiriladi.  Arzon  elektromexanik  mashinalarda  odatda  220V 
kuchlanishli  o`zgaruvchan  tokda  ishlovchi  elektr  motor  ishlatiladi.  Qimmatroq 
mashinalar past kuchlanishli o`zgarmas tokda ishlovchi motorlar bilan jihozlangan. 
Eng murakkab mashinalarda 10 tagacha elektr motori bo`lishi mumkin. 
O`zgaruvchan  elektr  tokida  ishlovchi  motoriga  ega  bo`lgan  mashinalarda 
zarba  kuchi  tikish  tezligiga  bog`liq,  bu  albatta  noqulay.  Mashinaning  har  qanday 
zichlik  va  qalinlikdagi  matolarni  osonlikcha  tikishi  uchun  elektron  vosita, 
tezligidan  qat’iy  nazar,  igna  matoni  teshishi  kerak  bo`lgan  maksimal  kuchni 
ta’minlashi  kerak  bo`ladi.  Buni  amalga  oshirish  uchun  mashinaning  loyihasida 
ignaning  teshish  kuchini  avtomatik  ravishda  tartibga  solishni  inobatga  olinadi. 
Ushbu  qurilma  tufayli  zamonaviy  tikuv  mashinasi  nozik  matolarni  ehtiyotkorlik 
bilan  tikib,  qalin  va  qo`pol  ko`p  qatlamli  choklarni,  masalan,  jinsa  matolarini 
osonlik  bilan  tikish  imkoniga  ega  bo`ldi.  Ko`pincha,  mashinani  tanlayotganda, 


102 
 
mijozlar mashina korpusida ko`rsatilgan quvvat qiymatiga e’tibor berishadi, chunki 
bu qiymat qanchalik yuqori bo`lsa, mashina shunchalik zich va qalin mato tikishi 
mumkinligiga ishonishadi. Bu qisman eng arzon mashinalar uchun to`g`ri keladi va 
murakkabroq  mashinalar  uchun  matoni  teshish  kuchini  avtomatik  sozlash  juda 
muhimdir. Bunga qo`shimcha ravishda, iste’mol qilinadigan quvvatning yarmidan 
ozroq  qismi  mexanik  quvvatga  to`g`ri  keladi.  Qanday  bo`lmasin,  Evropa 
kompaniyalari  -  Pfaff,  Husqvarna  va  Bernina  tomonidan  ishlab  chiqarilgan 
mashinalar  an’anaviy  ravishda  maksimal  mexanik  quvvatga  ega.  Tikish  tezligi 
tikuv  mashinasining  muhim  xususiyatidir.  Bu  pedalni  bosish  orqali  amalga 
oshiriladi.  Qiymati  300  dollardan  boshlanadigan  ko`plab  tikuv  mashinalari 
maksimal  tikish  tezligini  sozlash  imkonini  ta’minlaydi.  Bir  qator  NX  seriyali 
mashinalar  va  ba’zi  Husqvarna  modellarini  pedaldan  foydalanmasdan  tikish 
mumkin - tikishni boshlash uchun, maxsus tugmachani bosib, mashinani to`xtatish 
uchun ham yana tugmacha bosiladi.  
Ba’zi mashinalar ignani ko`tarish va tushirish uchun maxsus bosish tugmalari bilan 
jihozlangan. Yana bir juda qulay funktsiya - ignani yuqori holatda to`xtatish. Agar 
bunday  funktsiya  bilan  jihozlangan  mashinadan  foydalanilsa,  ignani  yuqoriga 
ko`tarish uchun maxovikni endi burab qo`yish shart emas - igna har doim yuqorida 
to`xtaydi. Ba’zida to`xtash paytidagi ignaning holati dasturlashtirilishi mumkin va 
mashina  ignani  quyi  holatda  to`xtatadi,  bu  tikilayotgan  gazlamani  xususiyatiga 
qarab tanlanadi. 
 
Tikuv  mashinasi  to`plamiga  nimalar  kiradi.  Odatda  mashinaga  juda  ko`p 
turli  xil  aksessuarlar  keltiriladi  -  turli  xil  qalinlikdagi  ignalar  to`plami,  trikotaj 
uchun uchi aylanasiga charxlangan igna, juft igna, otvyortka, cho`tka va mashinaga 
xizmat  ko`rsatadigan  boshqa  vositalar  va,  albatta,  turli  xil  lapkalar.  Ko`pincha 
to`plamda  to`g`ridan-to`g`ri  tikuv  uchun  lapkani,  dekorativ  tikuv  uchun  lapkani, 
tugma  tikish  uchun  lapkani,  ko`rinmas  etak  va  overlokli  choklarni,  bosma 
tugmalarni  va  ilgaklari  tikish  uchun  lapkalarni  topish  mumkin.  Tikuv  va  maxsus 
moslamalar  uchun  juda  ko`p  lapkalar  mavjud  bo`lib, ularning barchasini  mashina 
bilan to`liq to`plam ichida ta’minlash mumkin emas va bu shart ham emas. Ba’zida 


103 
 
kerak  bo`lgan  lapkani  tikuv  mashinalari  sotiladigan  har  qanday  katta  do`konda 
sotib  olish  mumkin.  Mayda  taxlamalar,  burmalar,  birikmalar  tayyorlash,  turli  xil 
egri  choklar  tikish,  jingalak,  qo`pol  matolar  uchun,  ilmoqlar  va  tugmalar  uchun, 
yashirin  chok  va  bir  vaqtning  o`zida  bichish  bilan  tikish,  tasmani  hatto  bir 
nechtasini  tikish,  yoriqlar  va  yamoqlar  tikish  uchun  maxsus  lapkalar  mavjud. 
Husqvarna
 
va  Pfaff  kompaniyalari  tomonidan  sotiladigan  tikuv  mashinasiga  yana 
shu mashinada qo`llash uchun maxsus jihozlash katalogini ham qo`shib beradilar. 
Boshqa  ishlab  chiqaruvchilarning  mashinalari  uchun  aksessuarlarning  katalogini 
Internetdan topish mumkin. 
Tikuvchilik bo`yicha maslahatlari.   Ko`pgina  zamonaviy  kompyuter  bilan 
boshqariladigan  mashinalarda  "Tikuvchilik  bo`yicha  maslahatchi"  deb nomlangan 
tikish  bo`yicha  yordam  tizimi  va  maslahatlar  mavjud.  Oddiy  mashinalarda 
mashinaning joriy sozlamalari - tanlangan chok, uning kengligi va baxya uzunligi, 
ipning tarangligi va boshqalar maxsus displeyda ko`rsatiladi. Murakkabroq bo`lgan 
mashinalarda  ma’lum  bir  mato  turiga  qanday  sozlamalar  tavsiya  etilishini  va 
muayyan tikuv jarayonini bajarish uchun qaysi lapkani va igna ishlatilishini aytib 
berishlari  mumkin.  Ko`plab  mashinalarda  tikish  jarayonining  to`g`riligini  kuzatib 
boriladi,  masalan,  qo`sh  igna  bilan  tikishda  sizga  ortiqcha  chok  kengligini 
tanlashga ruxsat berilmaydi, ular lapkani ko`tarilgan holatida tikmaydi yoki naycha 
ipning  tugayotganida  signal  beradi.  Eng  murakkab  mashinalar,  ya’ni  rasmlar  va 
hatto qisqa kliplar bilan, qanday qilib u yoki bu tikish jarayonini bajarish kerakligi, 
masalan,  yubka  chetidagi  taxlamni  ko`rinmas  chok  bilan  tikish  kabilar  haqida 
batafsil ma’lumot berishi mumkin. 
Ip  o`tkazgich.  Bunday  foydali  vosita  igna  ipini  osonroq  o`tkazish  uchun 
mo`ljallangan,  ayniqsa,  ipning  rangini  tez-tez  o`zgartirish  kerak  bo`lganda  yoki 
tikuvchi  ko`zi  yaxshi  ko`rmasa  zarur  bo`ladi.  Bunday  asbob  yordamida  igna 
ko`ziga  ip  o`tkazish  uchun  ipni  ip  o`tkazgich  ilmog`i  orqali  o`tkazib  olishni  o`zi 
yetarli  va  kichkina  tutqichni  bosiladi  (yoki  bosib  turiladi).  Ip  igna  ko`ziga 
o`tkaziladi va oxirida hosil bo`lgan ip uchini olishgina tortib oladi. 


104 
 
Ustki  mato  surgichi.  Mato  surgichi  har  qanday,  hatto  eng  qadimiy  tikuv 
mashinasining ham ajralmas mexanizmi hisoblanadi. 
Ignaning  ikki  sanchilishi  orasida  matoni  oldinga  surib,  kerakli  chok  uzunligini 
ta’minlaydi. 
Oddiy 
mato 
surgich 
bilan 
jihozlangan 
mashinalarda 
ishlayotganingizda,  ipak,  shifon,  yupqa  sintetik  matolar  kabi  nozik  materiallarni 
tikishda  muammolar  paydo bo`lishi  mumkin  -  mato qatlamlari bir-biriga nisbatan 
siljishi  mumkin.  Bunga  qo`shimcha  ravishda,  masalan,  katakli  yoki  yo`l  yo`l 
matolarni  tikishda,  kataklar  yoki  rasmlarni  bir  biriga  mos  tushirish  mushkul. 
Bunday  muammoni  hal  qilish  uchun  ustki  mato  surgichi  ishlatiladi.  Odatda  bu 
bosma  lapka  bilan  birga  o`rnatiladi  va  matoni  yuqoridan  surilishiga  yordam 
beradigan  qurilmadir.  Bunday  holda,  har  ikkala  material  ham  sanoat  tikuv 
mashinalarida bo`lgani kabi bir vaqtning o`zida suriladi va natijada ular bir biriga 
nisbatan siljimaydi. Pfaff o`z mashinalarini IDT (Integrated Dual Transporter) deb 
ataladigan  yuqori  darajadagi  mato  surgich  lapkasi  va  ustki  surgich  bilan 
jihozlaydigan  yagona  kompaniya  hisoblanadi.  O`rnatilgan  surgichlar  har  qanday 
lapka  bilan  ishlashga  imkon  beradi,  shu  bilan  birga  universal  lapka  bilan 
ishlaganda  olib  tashlanishi  mumkin,  chunki  bu  holda  ishlash  ko`pincha  noqulay 


105 
 
bo`ladi.  O`rnatilgan  qo`shimcha  surgich  tufayli  Pfaff  mashinalari  uy  tikuvchilar 
orasida ancha mashhurlikka ega bo`ldi. 
 
  Ishlab  chiqaruvchi    mamlakatlar.  Texnologiyalar  savdosidagi  tikuv 
mashinalarining  xilma  xil  turlarini  Pfaff  (Germaniya),  Husqvarna  Viking 
(Shvetsiya),  Bernina  (Shveytsariya),  Brother  (Yaponiya)  va  Janome  (Yaponiya) 
kabi  kompaniyalar  tomonidan  taqdim  etiladi.  Ro`yxatda  Evropadagi  faqat  uchta 
mashina  ishlab  chiqaruvchi  kompaniya  o`rin  olgan.  Pfaff  Chexiyadagi  zavodda, 
Shvetsiyada  Husqvarna  va  Shveytsariyada  Bernina  mashinalar  ishlab  chiqaradi. 
Biroq, Evropada faqat qimmat seriyali tikuv mashinalari ishlab chiqariladi. Mazkur 
kompaniyalar  Tayvanda  oddiy  va  arzon  mahsulotlarni  ishlab  chiqaradilar. 
Tayvanda  yig`ilgan      arzon  narxlardagi  seriyali  mashinalar  odatda  bir  nechta 
maxsus  nomga  ega.  Husqvarna  uchun  bu  Huskystar  seriyasi,  Pfaff  uchun  Pfaff 
Hobby,  Bernina  uchun  Bernettye  nomlari  bilan  ishlab  chiqaradilar.  Janome  va 
Brother  Yaponiyadagi  komraniya  faqat  eng  qimmat  tikuv  mashinalari  va  kashta 
tikish mashinalarini yig`adi. Asosiy ishlab chiqarish Tayvanda joylashgan. Shunga 
qaramay, eng arzon mashinalarni Xitoyda yig`iladi. 
 
Nimani tanlash kerak?  Tez-tez va ko`p vaqt tikadigan mutaxasis chevarlar 
tavsiyalarga muhtoj emaslar albatta, ammo shunga  qaramay, kichik uy atel`yesini 
jihozlash  uchun  eski  Pfaff  -  2054  va  2046  modellarini  tavsiya  qilish  ma’qulroq. 
Albatta,  "kichik  uy  atel`yesi"  iborasini  tunu  kun  yotoq  choyshablari  tikib 
chiqadigan  yashirin  fabrika  deb  tushunmaslik  kerak,  va  kafolat  majburiyatlarida 
aytilishicha,  ushbu  mashinalar  faqat  uy  sharoitida  ishlatilishi  mumkin.  Tikuv 
mashinalarining  bu  modellari  yuqori  ishonchlilik  va  ajoyib  funktsionallik  bilan 
ajralib  turadi.  Mashinalarning  o`ziga  xos  xususiyatlari  orasida  o`rnatilgan  yuqori 
surgichi  tufayli  har  qanday  matolarda  yuqori  sifatli  baxya  hosil  qilish  imkoni 
mavjudligini  ta’kidlash  kerak.  Agar  tikish  deyarli  barcha  bo`sh  vaqtingizni  o`z 
ichiga  oladigan  sevimli  mashg`ulotingiz  bo`lsa,  unda,  eng  yaxshi  havaskor 
mashinalardan  birini  tavsiya  qilishingiz  mumkin  –  Husqvarna  Platinum  770.    Bu 
mashina  yuqori  yevropacha  sifatga  ega,  boy  funksionalligi  va  juda  ko`p  sonli 
aksessuarlari  mavjudligi  va  o`rnatilgan  qurilmalar  yordamida  eng  murakkab 


106 
 
g`oyalarni  osongina  amalga  oshirish  imkonini  beradi.  Texnologiyalarga  yapon 
yondashuvi  tarafdorlari  -  zamonaviy  elektronika  va  arzon  narxlarda  ajoyib 
funktsionallik  -  Brother  kompaniyasining  eski  modellarini  ishonch  bilan  tavsiya 
qilishimiz  mumkin:  NX  600  va  NX  400.  Agar,  “ko`zli”  izmalarga  va  qiziqarli 
dekorativ tikilishlarni yaratishga talab bo`lsa, ancha arzon, ammo kompyuter bilan 
boshqariladigan  mashinalarga  e’tibor  qaratish  kerak.  Janome  6260  Quilter  ning 
hamkori  va  Brother  NX  200.  Elektromexanik  mashinalar  segmentida  narxlar 
ulardagi funktsiyalarning holatiga bog`liq. Shuningdek, Evropa mashinalari yuqori 
sifatli yig`ilgani va ishonchlilik bilan ajralib turadi, shuningdek, yapon mashinalari 
arzonroq  narxlarda  ko`proq  funktsiyalarga  egaligi  bilan  farqlanadi.  Agar 
zamonaviy  tuzilishdagi,  ikki  aylanishlik  gorizontal  yoki  vertikal  mokilardan 
foydalanilsa bu turdagi mokilarga ega bo`lgan mexanik mashinalardan  Husqvarna 
Prelude  340  yoki  Prelude  360-ni  ishonchli  tarzda  tavsiya  qilish  mumkin,  Pfaff 
orasida  ustki  surgich  bilan  jixozlangan    -  Pfaff  Classic  Style  1525-  modelga, 
shuningdek  biroz  murakkabroq  Pfaff  1536  modeli  alohida  e’tibor  berish  kerak. 
Janome juda yaxshi nisbatan yangi 6019 va 6125, shuningdek vaqt sinovidan  juda 
muvaffaqiyatli o`tgan Janome 18w va Janome 23xe modellariga ega. Brother-dan  
Star  seriyasidagi  eng  yosh  modelni  Star  50-ni  -  tavsiya  qilish  mumkin  -  bu 
takomillashtirilgan  har  qanday  elektronikadan  mutlaqo  xoli  bo`lgan  eski 
modellardan  biri  hisoblanadi.  Bu  mashina  gorizontal  moki  bilan  jihozlangan  va 
juda ko`p turli choklarga ega.  

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish