3.5. Ko`p qavatli materiallarni ishlab chiqarish va kiyim ishlab chiqarishda
ulardan foydalanish
Kundalik kiyim-kechak ishlab chiqarish va materiallarni tanlash mahalliy
iqlim sharoiti, tibbiy-gigienik talablar, aholi guruhlarining yoshi va ijtimoiy
xususiyatlarini hisobga olmasdan amalga oshiriladi. Eng kam o`rganilgan aholi
79
guruhlaridan biri keksalar bo`lib, ularning yoshga bog`liq o`zgarishlari inson
tanasining asosiy funktsiyalarining kamayib borishi va shunga mos ravishda uning
moslashish qobiliyatining pasayishi bilan tavsiflanadi. ЦНИИШПda 55 va undan
katta yoshdagi odamlar uchun kiyim-kechak dizayni ustida ish olib boradilar.
O`rganish ob’ekti tanlashning dolzarbligi zamonaviy insoniyatning tibbiy va
ijtimoiy muammosi bo`lgan global qarish tendentsiyasi bilan ham tasdiqlanadi.
Kiyimlarga bo`lgan asosiy talab inson salomatligi va hayoti xavfsizligini
ta’minlashdir. Keksa odamlar uchun ishlab chiqarilgan kiyimlar yaxshilangan
gigienik xususiyatlarga ega bo`lishi, qulay holatni ta’minlashi, elektrostatik
neytral, engil, foydalanishga qulay, ekspluatatsiya davomida o`z shakliga saqlashi,
etarlicha kiyishga chidamli va modaga javob berishi hamda maqbul narxlarga ega
bo`lishi kerak. Kiyim - bu murakkab ko`p qatlamli mahsulot, tashqi ko`rinishi va
foydalanish xususiyatlari paketida ishlatiladigan asosiy va yordamchi materiallarga
bog`liq. Ilmiy asoslangan materiallarni to`g`ri tanlash kiyimning sifatini, tashqi
ko`rinishini, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini, zamonaviy texnologik
uskunalardan foydalanish imkoniyatini aniqlaydi. Ushbu talablar ko`p qatlamli
materiallardan tayyorlangan mahsulotlar tomonidan qondiriladi, kiyim ishlab
chiqarishda ulardan foydalanish juda muhimdir, chunki mahsulot turlarini sezilarli
darajada kengaytirish, ularning iste’mol xususiyatlarini yaxshilash va ishlab
chiqarish uchun kam operatsion texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi.
Ko`p qatlamli materiallarni yaratish uchun asosan uchta ishlab chiqarish
usuli qo`llaniladi:
1. Kukun ko`rinishidagi elim yordamida issiqlik ta’siri bilan yopishtiruvchi
(poliamid, poliuretan va boshqalar) termo ishlov berish;
2. Poliuretan ko`pikining erigan birikmasi (olov usuli deb ataladi);
3. To`qish paytida polotnolarni biriktirish.
Birinchi usul eng keng tarqalgan bo`lib, eng samarali hisoblanadi. Bunday
holda, har xil turdagi materiallarni, xom ashyoning tarkibi, sirt zichligi, qalinligi,
qattiqligi, materiallarni birlashtirishning rulonli texnologiyasi qo`llaniladi.
Amaldagi elim turlari gigienik nuqtai nazardan ekologik toza va kimyoviy tozalash
80
va yuvishga juda chidamlidir. Yaratilayotgan materialga bo`lgan talablarni hisobga
olish va birlashtirish jarayonining texnologik parametrlarini (harorat, bosim va
ta’sir qilish vaqti, yopishqoq qoplamaning zichligi) hisobga olgan holda, uning
maqbul tarkibiga erishiladi. Ko`p qatlamli materiallarni ishlab chiqarishning
birinchi usuli, ya’ni yopishtiruvchi yelim yordamida to`qimachilik matolarini
issiqlik bilan biriktirish quyidagicha amalga oshiriladi. Ko`p qatlamli materiallar
ikki yoki uch xil to`qimachilik materiallarini birlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, olingan materiallar mutlaqo boshqacha xususiyatlarga ega bo`lishi
mumkin va kiyimlarni ishlab chiqarishda qo`llanilishi mumkin. Ko`p qatlamli
materiallar kiyim ishlab chiqarish texnologiyasini va kiyimlarning assortimentini
o`zgartirishi mumkin. Kiyim ishlab chiqarishda ko`p qatlamli materiallardan
foydalanish uni ishlab chiqarish tannarxini pasaytiradi (bichish va tikishda) va
shuning uchun tayyor mahsulot narxini pasayadi. Texnologik jarayon davomida
texnologik operatsiyalar sonini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish xarajatlari
sezilarli darajada kamayadi: tayyorlash va bichish - ikkita turdagi materiallar
(yuqori va astarli) o`rniga bitta (birlashtiriladigan) materialdan bichilgan
bo`laklarni yig`ish amalga oshiriladi; tikish jarayonida - astarni tayyorlash va uni
avraga ulashga hojat qolmaydi.
16- rasm. Аqlli matolar (Smart Fabric)
81
Ko`p qatlamli materiallardan foydalanish, shuningdek, ularni qayta ishlash
bilan bog`liq barcha operatsiyalar bilan bir qatorda, birlashtiriladigan
materiallariga bo`lgan ehtiyojni ham yo`q qiladi. Ko`p qatlamli materiallarni ishlab
chiqishda, to`qimachilik matolarining noan’anaviy kombinatsiyasini qo`llash
mumkin, bu esa asl kompozitsiyalarni yaratishga imkon beradi. Masalan, ustki
kiyimlar uchun matolardan (ko`ylak, kostyum) bir vaqtning o`zida foydalanish ikki
tomonlama kostyumlar, pidjaklar, yubkalar va boshqalarni, avra va astarli
matolarni - astarsiz kurtkalar, plashlar, shimlar, nimchalarnilarni yaratishga imkon
beradi; sun’iy mo`yna va astarli trikotaj matolarning kombinatsiyasi esa qalin
pal`to, pidjaklar, nimchalarning assortimentini kengaytirish imkoniyatini beradi.
Bunga qo`shimcha ravishda, dastlabki shaklida keng tarqalmagan materiallardan
foydalanish mumkin, masalan: ipli-tikilgan noto`qima mato (shakl saqlashdagi
barqarorligining pastligi tufayli), bo`laklarining kuchli parchalanishi bilan ajralib
turadigan kimyoviy tolalardan tayyorlangan matolardan foydalanish mumkin. Ko`p
qatlamli materiallarning sifati berilgan vazifa asosida kiyim konstruktsiyasi
yaratish, ekspluatatsiya davrida yaxshi saqlanib qolish qobiliyati bilan belgilanadi.
Buning uchun ko`p qatlamli material uning iste’molchi talablarini tavsiflovchi
xususiyatlarga ega bo`lishi kerak. Bularga, birinchi navbatda, qatlamlar orasidagi
kuchli bog`lanish, qattiqlik, elastiklik va kimyoviy tozalashga chidamliligi kiradi.
Qatlamlar orasidagi bog`lanishning mustahkamligi (bog`lanish kuchi) boshlang`ich
materiallarning to`qimalariga, ya’ni, yuzasining makro va mikrorel`elflari ta’sir
qiladi. Mikrorel`ef material tayyorlanadigan tolaning turiga bog`liq. Masalan,
paxta tolasi, viskoz tolasi yuzalari burmalar botiqliklardan tashkil topgan fibrillyar
tuzilishga ega va shuning uchun poliamid yoki poliesterning silliq tolalariga
qaraganda yaxshi yopishqoqlik xususiyatiga ega. Gazlama yoki trikotaj mato
yuzasida makrorel`yef to`qima iplarining o`rilishi hisobiga hosil bo`ladi, noto`qima
matolarda esa tolalarning turli yo`nalishlarda joylashishi hisobiga yuzaga keladi.
Shunga ko`ra, materiallarning yelim bilan yopishqoqlik xususiyatlari turli xil
bo`ladi. Ko`p qatlamli materiallarni birlashtirishning mustahkamligi, shuningdek,
82
qattiqligi va egiluvchanligi ko`p jihatdan mato zichligiga, yelim qatlamining mato
yuzasiga yoyilishiga va yopishtirish usuliga (kukunli yopishtirish) bog`liq. Yelimli
biriktirishning eng yaxshi natijasi - bu elimni qo`llashda yuzaga notekis purkash
usulidan foydalanish hisoblanadi. Natijada olingan material egiluvchanlik va
yumshoqlikka yaxshiroq ega bo`ladi. Yaratilgan ko`p qatlamli materiallarning
sifati ko`p jihatdan ishlatiladigan texnologik uskunalar turiga va ularning ritmik
rejimlariga bog`liq. Materiallarni qo`shish jarayonida quyidagilar aniqlandi:
qirqimlari buralmaydigan "pike" naqshli trikotaj matolar eng maqbuldir;
takrorlanadigan materiallarning yuza zichligi oshmasligi kerak; yuqori qatlam
uchun - 300 g / m2, pastki qatlam uchun - 150 g / m2 yetarli bo`ladi.
Tikuv tsexida tashish qiyin bo`lgan ko`p qatlamli qo`shilgan materiallarning
xususiyatlarini hisobga olgan holda, shuningdek ulardan astarsiz issiq kiyimlar
tayyorlash imkoniyati, ularni qayta ishlashdagi alohida xususiyatlari aniqlanadi.
Bunday qo`shilgan materiallardan kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun texnologik
jarayonlarini tashkil etishda quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi:
materialni siljitish uchun qo`shimcha mexanizmlar bilan jihozlangan maxsus
tikuv uskunalari (baxyaqatorni kattalashtiruvchi lapka, oxlab o`tuvchi igna va
boshqalar);
tekis zanjirsimon baxyaqator tikadigan ko`p funktsiyali tikuv mashinalari
qirqimlar va baxyaqatorlarni tikishda parallel (yo`rmalash va tikish) foydalanishga
imkon beradigan. Ushbu mashinalarda ishlov berilgan buyumlardagi baxyaqatorlar
bir vaqtning o`zida dekorativ funktsiyani bajarishi ham mumkin (keskin
farqlanadigan rangdagi tikuv iplarini ishlatganda);
detal qirqimlarini qirqish, pardoz beykalarini tikish moslamalari bo`lgan
tikuv mashinalari va h. k.; kengligi 0,8 - 1,0 sm bo`lgan baxyaqatorlar ochiq
qirqimlarni (mahsulotning etak qismi va englari, bo`yin o`mizi va boshqalar) qayta
ishlaydigan zanjirsimon baxyaqator uchun tikuv mashinalari. Tadqiqotlar
natijasida tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarishda ko`p qatlamli materiallar sanoat
texnologiyasini rivojlantirish uchun ilmiy-texnik baza yaratildi.
83
Nazorat savollari:
1. Matolarning noyob xususiyatlari deganda nimalarni inobatga olish kerak?
2. “Aqlli” matolar nima sababdan “aqlli” deb ta’riflanadi?
3. Kiyimlarni loyihalashda qanday talablarga va asosga tayanib loyihalanadi?
4. Ekologik toza matoga ta’rif bering.
5. “Nano” qo`shimchasi texnologiyalarga qo`llanilishini asoslab bering.
6. Gazlamalarga qo`yiladigan talablar omillari nimalarni o`z ichiga oladi?
7. Shifobaxsh matolarni ishlab chiqarishda ularga ilmiy yondoshuv asosi
nimalarda aks etadi?
8. Antibakterial matolar qanday jarayonlarda qo`llashga mo`ljallangan?
9. Antibakterial matolar asosini tashkil etuvchi komponentlarni tanlash
omillarini aniqlang.
84
Do'stlaringiz bilan baham: |