M. M. Niyazaliyeva


  Detallarni biriktirish  va ulash texnologiyasida innovatsiyalar



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/64
Sana12.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#172241
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Bog'liq
2 5348471255576087486

1.3.  Detallarni biriktirish  va ulash texnologiyasida innovatsiyalar 
 
 
Tikuvchilik  sanoatida  to`qimachilik  materiallaridan  tikuvchilik  buyumlari 
ishlab chiqarishda tikish asosan chok (baxyaqator)lar bilan amalga oshiriladi, yana  
shu o`rinda asosan alohida xususiyatlariga ega texnik to`qimachilik materiallarini, 
boshqa turli xil biriktirish usullaridan, ya’ni,  masalan, payvandlash va elimlashdan 
foydalaniladi.  Bunday  usullar  ma’lum  funktsiyalarga  ega  kiyimlarni  yaratishda 
qo`llaniladi,  masalan,  turizm  va  sport  kiyimlari  uchun.  Tikuvchilik  sanoati 
jihozlarini  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  mashinasozlik  korxonalari  turli  xil 
jabhalar  uchun  yangi  turdagi  mashinalarni  ishlab  chiqarmoqdalar.  Ular 
tikuvchilikining  yuqori  sifatli  bo`lishini  ta’minlovchi,  foydalanishi  qulay, 
moslashuvchan  va  texnik  xizmat  ko`rsatish  oson  bo`lgan  standart  tikuv 
mashinalari,  shu  jumladan  tikuv  avtomatlarini  taklif  qilib  kelishmoqda. 
Samaradorlik,  jarayonning  ishonchliligini  oshirish,  jarayonlarni  osonlashtirish  va 
vaqtni  tejash,  shuningdek  ergonomika  va  boshqaruvni  rivojlantirishga  qaratilgan 
avtomatlashtirishga  katta  e’tibor  qaratildi.  Dürkopp  Adler  AG  (Germaniya) 
innovatsion echimlarni ilg`or IMB yarmarkalarining asosiy tarkibiy qismi - kiyim-
kechak  va  yangi  yo`nalishda  -  texnik  to`qimachilik  materiallarida  namoyish  etdi. 
Uning  stendida  25  ta  yangi  mahsulot  bilan  tanishish  mumkin.  Namoyishda  ikki 
seriyaga  alohida  e’tibor  qaratish  lozim.  Dürkopp  Adler  birinchi  marta  keng 
ommaga  M-Type  seriyasini  ya’ni:  o`rta  o`lchamdagi  ishlarning  barcha  turlari 
uchun  funksionallik  va  moslashuvchanlikning  yangi  ko`rsatgichlarida  yaratilgan 
o`rta o`lchamli tikuv mashinasi  platformasini taqdim etdi. Birinchi vakili sifatida, 


25 
 
M-Type    IMB-da  namoyish  etilgan  mokili  baxyaqator  chokli,  yassi  platformali 
867-sinf    tikuv  mashinasi  bo`ldi. Birinchi  marta  o`rta  holdagi  barcha  jarayonlarni 
amalga  oshiradigan  seriyadagi    tikuv  mashina  yaratildi.  Shu  bilan  birga,  M-tipli 
mashinalarning  barcha  uzellari  80  foizi  tuzilishi  jihatdan  o`xshashdir. 
Foydalanuvchilarning  o`ziga  xos  talablariga  ko`ra  qo`shimcha  uskunalar  asosiy 
funktsiyalarga  ega  ECO  mashinalaridan  tortib,  uskunaning  barcha  o`ziga  xos 
xususiyatlariga ega bo`lgan premium avtomashinalariga qadar o`rnatib beriladi. Bu 
bilan, mijoz  uchun ma’qul bo`lgan holatga erishiladi, chunki u faqat o`ziga zarur 
bo`lgan  ehtiyojlari  uchun  pul  to`laydi.  Multiflex  589  seriyali  mashina  haligacha 
ko`zchali  izma  ochishda  o`ta  aniqlikni  namoyon  etib    kelmoqda.  Ikki  xil  turdagi 
pichoq  qo`llanilgan  yangi  usul  yordamida,  qo`shimcha  mexanik  moslamalarsiz 
turli hil izmalarni ochish  mumkin. Pidjaklar  ishlab chiqarishda  580  Multiflex-dan 
foydalanilganligi  sababli,  faqatgina  pidjaklar  va  latskanlar  oldi  tomon  chetlari 
uchun,  ko`zchali  izma  hosil  qiluvchi  avtomat  mashina  kerak  bo`ladi.  Bunday 
holda,  zarur  moslama  yoki  pichoqni  almashtirish,  shuningdek,  ishlab  chiqarilgan 
mahsulotni  bitta  mashinadan  boshqasiga  o`tkazish  bilan  bog`liq  jarayonlar  uchun 
vaqt talab qilinmaydi. Mavjud  izma  holatini  avtomatik aniqlash tufayli dasturlash 
ishlariga ham vaqt talab qilinmaydi. Tikuv ipini yoki uning rangini almashtirishda 
faqat bitta ipni qaytarish kerak. Dürkoop Adler tomonidan ishlab chiqarilgan yangi 
XXL izma ochuvchi  yordamida yuqori mahsuldorlikka erishish va ishlab chiqarish 
xarajatlarini  kamaytirish  mumkin.  O`rtadagi  muammolarni  hal  qilishda  ostki 
iplarni  hajmini  oshirish    evaziga  erishildi.  Takomillashtirish  natijasida  uni  70 
foizgacha  oshirish  imkoniyatiga  ega  bo`lindi.  Shunday  qilib,  izma  ochishda 
naychani  almashtirish  vaqti  ikki  baravar  kamaydi.  Avvalom  bor,  qalin  iplarni 
qo`llashda  va  katta  o`lchamdagi  materiallarni  tikishda,  davomiylik  muddatini 
oshirishga  erishildi.  Izma  ochuvchi  XXL  o`rta  bo`g`indagi  barcha  sinflari  uchun 
ishlatilishi  mumkin.  Pfaff  Industriemaschinen  AG  (Germaniya)  kompaniyasi 
materiallarni  birlashtirish  uchun  tikishda  ham,  payvandlashda  va  yopishtirishda 
ham  yaxshi  echimlarni  topdi.  2005  yilda  boshlangan  yangi  mahsulotlarning  faol 
taqdim  qilinishi,  barcha  segmentlarida  yangiliklarni  va  yangi  xususiy  texnik 


26 
 
echimlarning paydo bo`lishiga olib keldi. Pfaff 3519 tikuv mashinasi kurtkalarning 
old qismidagi bortlarini tayyorlash uchun har tomonlama moslashtirilgan. Elektron 
boshqaruv qurilmasining xotira hajmini oshirish tufayli xotirasida saqlab qolishga 
erishilgan  tikish  dasturlaridan,  kerakligini    tez  o`rnatish  tizimi  va  murakkab 
jarayonlarni boshqarish -  kabi yangiliklar bortlarni tayyorlash samarasini oshiradi 
va  yaxshilaydi.  Tikuv  mashinasi  lazer  nurlari  yordamida  qismlarning  aniq 
joylashishini  ta’minlaydi.  Shu  bilan  birga,  ayniqsa,  chiziqli  va  katakli 
materiallardan mahsulot ishlab  chiqarishda, bortlarni bir xil sifatli joylashtirishga 
erishiladi.  Pfaff  3734  va  3894  mashinalari  englarni    tikib  ulash  uchun 
mo`ljallangan,  unda  nozik  materiallarni  qayta  ishlashda  qo`shimcha  imkoniyatlar 
yaratadigan,  ya’ni  cho`zish  va  tortish  tizimi  ishlab  chiqilgan.  Yangi  tortish 
moslamasi  igna  orqasida  joylashgan  va  u  alohida  o`zgarmas  tokli  yuritgich 
tomonidan harakatlantiriladi. Tortish usulini joriy  etilishi materiallarning optimal 
harakatlanishini, chokning  silliq o`tishini,  uni bir  tekis shakllanishini  ta’minlaydi, 
ayniqsa  sezgir  matolardan  buyum  ishlab    chiqarishda  bu  usulni  samarasi  juda 
yuqori bo`ladi. Pfaff 3832  (pidjakning chetini tikish va asta-sekin qirqish) va Pfaff 
3801  tikish  mashinalari  tikuvchi  ish  o`rinlarini  birlashtirilib,    ularga  xizmat 
ko`rsatish ucun yangi avlod sensor ekranli monitor bilan jihozlangan. Yangi xizmat 
monitori  tikuv  dasturlarini  o`rnatishni  soddalashtiradi.  Bundan  tashqari,  sensorli 
ekran  yordamida  tikuv  dasturlarini  ishlab  chiqish  va  ularni  saqlash  mumkin. 
Mahsulotning  barcha  sohalarda  tikilish  choklarining  o`tishi  va  uning  individual 
ko`rsatgichlari  grafik  shaklda  ko`rsatiladi.  Yuqori  tezlikda  ishlaydigan  uch 
bosqichli  tikuv  mashinasi  turli  xolatlarda  foydalanish  uchun  mo`ljallangan. 
Mashina  o`tkazib  yuborgan  choklarni  aniqlovchi  SSD  qurilmasi,  Jumbo  tipidagi 
yangi katta bog`lagich (petlitel) va yangi ip qisqichlarini bilan jihozlanganligi  uni 
imkoniyatlarini  maksimal  darajaga  ko`tardi.  SSD  -  bu  tikuv  jarayonida  har  bir 
chokni  kuzatib  boradigan,  Ish  sifatini  ta’minlaydigan  tizim  bo`lib  hisoblanadi. 
Agar  chok  o`tkazib  yuborilsa,  mashina  avtomatik  ravishda  to`xtaydi  va  optik 
indikator  nuqsonli  chok  haqida  signal  beradi.  Nuqsonli  joy  tezda  aniqlanadi  va 
tuzatiladi,  natijada  ko`p  xarajat  va  vaqt  talab  qilinadigan  qo`shimcha  ishlardan 


27 
 
ozod bo`linadi  va  nuqsonlar  soni kamayadi. Yangi  ip siqish  moslamalari va  katta 
bog`lagich  (petlitel)  Jumbo  (joylashishi  50%  dan  yuqori)  yuqori  tezlikdagi  tikuv 
mashinasini avtomobil sanoatida va uy jihozlari qoplamalarini tayyorlashda yanada 
ahamiyatli  va  samaradorlikni  oshiradi.  Kompaniya  uzluksiz  ravishda  ishlaydigan 
texnik  to`qimachilik  materiallari  uchun  ultratovushli  payvandlash  dastgohlarining 
yangi  avlodini  –  Pfaff  8310  ni  taqdim  etdi.  Bu  erda  innovatsion  to`qimachilik 
materiallarini ulashda texnologik tikish va tikish sifati bo`yicha yangi imkoniyatlar 
yaratildi. «Aqlli» mashinalar choklarni tekis bo`lishiga erishish uchun differentsial 
uzatish  bilan  ishlaydi.  Ko`ndalang  choklarni  aniqlab  va  tegishli  dozalangan 
payvandlash  kuchini  tanlaydigan  "Payvandlashni  dasturlashtirlash"  IMB  uchun 
yangilik  bo`ldi.  Chok  bo`laklarini  tikishda  dasturlash  tikuvchilik  sanoatida  uzoq 
vaqtdan  beri  odatiy  hol  bo`lib  kelgan,  ammo  payvandlashga  kelsak,  bu  haqiqiy 
yangilik  bo`ldi.  Issiq  havo  va  qizdirilgan  sim  bilan  ishlovchi  Pfaff  8320  va  Pfaff 
8322  yangi  avlod  mashinalarni,  foydalanuvchi  sensorli  ekran  yordamida 
dasturlanib  boshqaradi.  Ish  borish  jarayonini  ko`rsatkichlar  shaklida  ishlab 
chiqilishi va saqlanishi mumkin. Ular payvandlash uchun muhim bo`lgan harorat, 
bosim  va  tezlik  kabi  xususiyatlarni  o`z  ichiga  oladi.  Ushbu  yangi  usul  uchun 
kompaniya "Ishlab chiqaruvchi" nominatsiyasida IMB mukofotiga sazovor bo`ldi. 
Shuningdek, ko`plab yangiliklarni Juki Corporation  (Yaponiya) kompaniyasining 
taqdimotlarida  ham  topish  mumkin.  Shunday  qilib,  yangi  ikki  ignali,  moki 
bahyaqator  chokli,  yuqori  tezlik  va  samaradorlikka  ega,  harakatini  uzib  o`chirib 
qo`yish mumkin bo`lgan  igna yo`naltirgichli, o`tqazish qulochi uzaytirilgan, yangi 
LH-3500  seriyali    tikuv  mashinasi  ko`pchilikning  qiziqishiga  sabab  bo`ldi.  Bu 
holda  mashina  bilan  ishlash  engillashtiradi  va  tikish  sifatini  yaxshilaydi.  Davr 
(tsikl)  davomiyligini  qisqartirilishi  va  bu  o`z  navbatida  yuqori  mahsuldorlikni 
ta’minlanishiga, LK-1900A yangi tipdagi yuqori tezlikka ega, raqamli dastur bilan 
boshqariladigan  mustahkamlash  avtomat  mashinasi  tufayli  erishildi  (maksimal 
tezlik  3000  tikuv  /  min.).  Bunda  ip  tarangligini  doimiy  nazoratda  ushlab  tartibga 
solish  tufayli  turli  xil  qalinlikdagi  materiallar  va  tikish  yo`nalishlari  bilan  bir  xil 
taranglikka  erishish  mumkin.  Suyuq  kristalli  displeyli  katta  IP  400  sensorli  ekran 


28 
 
piktogrammalar  orqali  hizmat  ko`rsatishni  oson  bo`lishini  ta’minlaydi.  Yana  bir 
yangi usul, ya’ni tugmachalarni tikish uchun MV-1377 seriyadagi bir ipli zanjirli 
tikuv mashinasi bo`lib, undagi tugunni bog`lash mexanizmi  tufayli tugmachalarni 
mahkam  bog`lash  imkoniyatiga  ega  bo`linadi.  Shu  bilan  birga  oddiy  mexanik 
sozlash tufayli U-shakl yoki X- shakldagi tikish usulini  tanlash mumkin. Mashina 
yaratuvchisi  Brother  Industries  Ltd.  yapon  kompaniyasi,  boshqa  yangiliklar 
qatorida  ular  tikish  sifati  yaxshilangan  va  hizmat  ko`rsatish  qulay  bo`lgan, 
ko`zchalik  izma  ochuvchi  indikatorli  RH-9820  mashinasini  va  uzatmalarsiz 
to`g`ridan-to`g`ri  yuritgichli  yangi  S  7220B  turdagi  yuqori  tezlikka  ega  zanjir 
chokli tikuv  mashinlarini namoyish  etdilar. Ip  va  ip  ishlab  chiqaruvchi  Amann  & 
Söhnne GbmH & Co. KG (Germaniya),  har bir kishini o`ziga xos turdagi yangilik 
bilan  hammani  hayratda  qoldirdi,  ya’ni  ular  taqdim  etgan  ikki  jilddan  iborat 
"Bichish-tikish  va  kashta  tikish  diqqat  markazida"  qo`llanmasi  bo`ldi.  Unda  turli 
xil  iplar  va  iplarning  keng  doirasini  o`z  ichiga  olingan,  ularning  texnik 
xususiyatlarini,  turli  xil  materiallar  uchun  turli  xil  ignalar  bilan  foydalanish 
xususiyatlarini  batafsil  tavsiflangan.  Cetex  Chemnitzer  Textilmaschinentwicklung 
GbmH (Germaniya) og`ir texnik to`qimachilik materiallarini diagonal yo`nalishda 
tikish  uchun  Drezden  Texnik  universiteti  To`qimachilik  va  tikuvchilik 
texnologiyalari  instituti  bilan  hamkorlikda  ishlab  chiqilgan  PSN  3020 
dasturlashtiriladigan  tikuv  moslamasini  namoyish  etdi.  Kompozitda  diagonal 
bo`yicha  zanjirli  chokni  kerakli  maqsadda  joylashtirish  natijasida  to`qimachilik 
matolarini  tekis  taxlanishini  va  taxlamlarpda    mustahkamlikni  barqarorligini 
oshirish mumkin bo`ldi. Qurilma ma’lum maqsadda chok tikish usulini dasturlash 
orqali    texnik  to`qimachilik  materiallariga  ta’sir  qiluvchi  kuchlarga  ularni 
mustaxkamligini  oshirish  imkonini  berdi  KMF  International  Textilmaschinen  AG 
(Germaniya)  IMB-da  jinsi  va  ish  kiyimlariga  cho`ntaklarni  yangicha  sifatli  tikish 
uchun  KMF  3230  mashinasini  taqdim  etdi.  Uzatmalar  va  boshqarish  tizimlaridan 
foydalanish mutloq sinxron zanjirli chok tikish mashinasiga o`tishlarni ta’minladi. 
Xususan,  avtomobil  etkazib  beruvchilari  uchun  kompaniya  KMF  3145-4  Cut  & 


29 
 
Punch  o`rindiqlarni  ishlab  chiqarish  uchun    tarang  qoplamalarni  avtomatik 
ravishda tayorlovchi qurilmani namoyish etdi. 
 
 Ushbu  qoplamalar  mos  keladigan  model  uchun  hususiy  o`rindiqlarni 
hamma joyda ishlab chiqarish imkonini beradi. Jarayon quyidagicha davom etadi: 
jiyak  va  tasmani  cheksiz  ravishda  uzatish,  avtomatik  ravishda  buklash  va  tikish, 
kerakli teshiklarni ochish, tortib mahkamlash, uzunlik bo`ylab bichish va saralash.  
5-rasm. V 292-185082 rusumli tikuv mashinasi
 
O`rnatishda  texnik  xizmat  ko`rsatish  esa  juda  oddiy.  Ko`rsatgichlar  va  ishlab 
chiqilgan  dasturlar  butun  tayyorlash  jarayonini    qamrab  oladi.  Birlashtirishning 
muqobil  texnologiyalari  -  payvandlash  va  elimlash  -  funktsional  kiyimlar  va 
ko`plab texnik to`qimachilik materiallari uchun qo`llaniladi. Bunda, bir tomondan 
tekis  chok va  jiyak  olinadi, bu  birinchi  navbatda, kiyim  tanaga  yopishib  turishish 
imkonini    beradi,  boshqa  tomondan,  masalan,  ko`plab  tikuvchilik  mahsulotlar 
choklarini suv o`tkazmaslik hususiyatini ta’minlaydi. Ultratovush texnologiyasidan 
foydalangan  holda    sintetik  materiallarni  payvandlash  yoki  ularni  maxsus 
yopishqoq  lentalar  bilan  ulash  mumkin.  Yuqorida  keltirilgan  Pfaff  payvandlash 
mashinalariga qo`shimcha ravishda, Schips AG (Shveytsariya) HS C 52BCO ish  


30 
 
 
 
6  - rasm. «Adler» firmasi 221-76-FA2-RAP73 tikuv mashinasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7– rasm. 271-140042  rusumli tikuv mashinasining tashqi ko`rinishi 
 
moslamalasini va  HS  C  51WFO  ish  moslamalasini  yopishqoq lenta va  ultratovush 
yordamida  ikkita  kesilgan  qismlarni  uzluksiz  payvandlash  jarayonini  taklif  qildi. 
Shu  bilan  birga,  chok  tuzilishi  har  bir  mijozning  xohishiga  qarab  tanlanishi 


31 
 
mumkin. 
Nähtechnologie  GmbH  (Shveytsariya)  firmasi  shuningdek,  ultratovushli 
payvandlash  uchun  takomillashtirilgan  mashinani,  mashina  qulochi  erkin  bo`lgan 
ish  o`rinli    NT-6800  seriyani,    pastki  bo`limli  konstruktsiyadagi  NT-6900  seriyani 
va  pasayib  ko`tariluvchan  qulochli  NT-6950  seriyani  taklif  etadi.  King  Ultrasonic 
Co.  Ltd.  (Tayvan)  kompaniyasi  keng  imkoniyatga  ega,  ultratovush  yordamida 
bichish va payvandlash mashinasining  namoyish etdi. Ayniqsa  tarkibida 65% dan 
ortiq  sintetik  tolalasi  bo`lgan  materiallarni  choksiz  tikishda  KS-15  yuqori 
texnologiyadagi ultratovushli payvandlash mashinasi e’tirofga loyiqdir. 
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish