9.2. ASEAN va ATES tavsifi
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi jahon siyosatida tobora ko‘proq
rol o ‘ynamoqda, yer yuzi aholisining yarmidan ko‘pi yashaydigan
ushbu mintaqadagi juda katta xomashyo va kishilik resurslari tobora
ko‘proq miqyoslarda jahon xo‘jaligiga qo‘shilib bormoqda. Osiyoda
turli ijtimoiy tizimdagi davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning
126
g ‘oyat ulkan loyihalari, shuningdek, Transosiyo transport tizimi
ni yaratish, energetika resurslarini o ‘zlashtirish kabi mintaqaviy
rejalarni amalga oshirish uchun obyektiv shart-sharoitlar yuzaga
keldi.
ASEAN va ATES. Yer yuzining eng yirik qismi sifatidagi OTM
hozirgi xalqaro munosabatlarda muhim rol o‘ynamoqda. Ko‘pgina
tadqiqotchilar dinamik OTMning XXI asrda jahon iqtisodiy va siyo
siy hayoti markazi bo‘lishini allaqachon bashorat qilishgan.
Sharqiy Osiyo mamlakatlarining xalqaro miqyosdagi iqtisodiy
va siyosiy ahamiyatining keskin oshishi ulaming OTMdagi integra
tsion jarayonlarga ta’sirining kuchayishiga ham sabab b oidi. Janubi-
sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi tashkil topganiga 32-yil
to‘ldi. Hozirgi paytda mintaqadagi o ‘nta mamlakat: Bmney, Kom-
bodja, Indoneziya Respublikasi, Laos Xalq Demokratik Respublika
si, Malayziya, Filippin Respublikasi, Singapur Respublikasi, Tailand
Qirolligi, Vyetnam Sotsiolistik Respublikasi, Myanma ittifoqi ASEAN
a ’zolari hisoblanadi. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi o ‘zaro bir-
birini tushunishni yaxshilashga yordam berish, tinchlik, barqarorlikni
saqlab qolish, tenglik va o‘zaro foyda tamoyillari asosida madaniy
soha va xalq farovonligi sohalaridagi hamkorlikni yaxshilash- tashki-
lot maqsadlari deb e’lon qilingan.
0 ‘ttiz yildan ortiqdan muddatdan beri OTM mamlakatlarining aka-
demik, amaliy va siyosiy doiralarida ayrim davrlarda har xil inten-
sivlik darajasi bilan Tinch okeani hamjamiyati deb ataladigan u yoki
boshqa shakldagi uyushmani tashkil qilish konsepsiyasi muhokama
etib kelinadi. Biroq, nisbatan kompakt, asosan qumqlikda joylash-
gan va iqtisodiy taraqqiyot darajasi hamda madaniy tavsifnomalariga
ko‘ra deyarli bir xil tartibdagi mamlakatlardan iborat G‘arbiy Yev-
ropadan farqli ravishda Tinch okeani basseyni ulkan ju g ‘rofiy, aso
san suvli makonni qamrab olgan. Bunda ushbu hududning chekkalari
bo‘ylab o‘zaro bir-biridan iqtisodiy parametrlari, madaniy tarixiy,
diniy etnik va boshqa jihatlariga ko‘ra jiddiy farq qiladigan davlatlar
joylashgan. Shuning uchun bu yerda davlatlaming siyosiy manfaat
larini aytmaganda ham, iqtisodiy manfaatlaming to‘g ‘ri kelishi negi-
zida birlashuvi g‘oyasi uzoq muddatdan beri amalga oshmay kelyapti.
127
Shu bilan birga, 90-yillarga kelib, Tinch okeani iqtisodiy ham-
korligining institusional asoslarini yaratish uchun sekin-asta harakat
qilishda mintaqada iqtisodiy integratsiya tendensiyasining o‘sishi,
shuningdek, “sovuq urush”ning tugallanishi shaklidagi muayyan
qulay shart-sharoitlar yetildi. Hozir Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy
hamkorlik tashkiloti ATES (AREK) ana shunday imkoniyatga ega.
ATES 1989-yilda Tinch okeani basseynida iqtisodiy hamkorlikni
rivojlantirish maqsadida Avstraliyaning o‘sha paytdagi bosh vaziri
B.Xouk taklifiga ko‘ra tashkil etilgan. Hozirgi paytda 21ta davlat va
OTM hududlari ATES ishtirokchilaridir. Avval boshda qatnashchilar
12 ta edi: Avstraliya, Bruney, Kanada, Indoneziya, Yaponiya,
Malayziya, Yangi Zelandiya, Filippin, Singapur, Janubiy Koreya,
Tailand va AQSH. Keyingi yillarda ularga Xitoy, Gongkong (ATES
doirasida u “Gonkong, Xitoy” deyiladi), Tayvan (ATES doirasida u
“Xitoy Taypeyi” deyiladi), Meksika, Chili, Papua-Yangi Gvineya,
Vyetnam, Peru va Rossiya. Ular hissasiga katta iqtisodiy salohiyat-
jahon YalMning 60 %dan ortig‘i va jahon eksportining yarmiga yaqini
to‘g ‘ri keladi; ATESda jahon aholisining qariyb 2\5 qismi yashaydi.
Avval boshda ATES konferensiyalari uning qatnashchilari
uchun umumiy manfaatga ega iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha
maslahatlashish joyi bo‘lgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan u OTMdagi
erkin savdo, investisiyalar va iqtisodiy hamkorlikka yordam bera-
digan yetakchi tuzilmaga aylandi, uning konferensiyalari maqomi
esa vazirlar darajasidan oliy darajadagi rahbarlar uchrashuvigacha
o‘sdi.
ATESda uchta yangi ishtirokchining paydo bo‘lishi bilan (Ros-
siyadan tashqari yana Vyetnam va Peru, ular ATESning Malayziya
poytaxti Kuala-Lumpurda 1998-yil noyabrda b o iib o ‘tgan sammitida
tashkilotning to‘la huquqli ishtirokchilari deb rasmiy e’lon qilindi)
forumning iqtisodiy va siyosiy salohiyati sezilarli o ‘sdi. ATES
min-taqasida BMT xavfsizlik kengashi beshta doimiy a ’zosidan
uchtasi (AQSH, Xitoy, Rossiya) shuningdek, Yaponiya joylash
gan.
Forum faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ATESning har yilgi sam-
mitlarida va tashqi ishlar vazirlari kengashlarida, shuningdek, ATES
128
uchun ustuvor faoliyat yo‘nalishlariga boshchilik qiladigan bir qator
tarmoq vazirlari (moliya, kishilik resurslarini rivojlantirish, energe-
tika vazirlari va boshqa ayrimlari) uchrashuvlari jarayonida belgi-
lanadi. Forumning amaliy faoliyati ishchi guruhlari va qo‘mitalari va
ATESning boshqa ayrim bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi.
ATES ishchi guruhlari va qo‘mitalari amaliy faolligining asosiy
mazmuni shundan iboratki, ular ATES mamlakatlari sammiti jara
yonida qabul qilinadigan qarorlar va hujjatlar asosida ish yuritishadi
va o ‘z vakolatlari doirasida yaqin istiqbol uchun hamkorlikning asosiy
aniq yo‘nalishlarini belgilashadi. ATES Kotibiyati va ishchi guruhi
(qo‘mitasi) rahbariyati ular faoliyatining bunday yo‘nalishlarini ish
lab chiqishadi; ular taklif qiladigan tavsiyalar ishchi guruh (qo‘mita)
lari majlislarida ATESga a ’zo bo‘lgan barcha mamlakatlar delegatsi-
yalari, sharhlovchilar va mehmonlar ishtirokida muhokama qilinadi
va tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |