Ona shiringina orom olayotgan godagiga tikilib:
Vafo va sadoqat tantanasi sen,
Endi xonadonim chirogI yoniq.
Sher bolib oqadi dil istaklarim.
Yuksaklarni kozlab turibdi aniq,
Mening nurli kelajagim sensan, shoiram!
Jonim qizalogim, sen onangning orzu istagisan. Men ham Nodirabegim, Uvaysiy kabi shoira bolishni orzu qilardim. Ming afsuski, bu nasib etmadi. Ostona hatlab kochaga chiqmagan onaizoring, insholloh seni shoira, olima qilib voyaga yetkazadi. Hali seni yorug, nurli kelajak kutmoqda. ( Ona chiqib ketadi), Musiqa chalinadi.
1-boshlovchi: Onalar duosi shak-shubhasiz ijobat boladi deganlari rost ekan. Oradan on yeti yil otib, Zulfiya Isroilovaning “Hayot varaqlari” nomli birinchi sherlar toplami nashrdan chiqdi.
Sahna ( Ona nimadir tikish bilan band boladi, Zulfiya kirib keladi)
Zulfiya: Oyijon, oyijon, meni tabriklang. Qarang, orzularingiz royobga chiqdi. Orzularimning ilk royobi bu axir. ( Ona kitobni olib quvonch bilan)
Ona: Barakalla, qizim, barakalla.Ilohim bunday parvozlaring kop bolsin, ona qizim. Kitobingni otang va akalarinnga ham korsatgin, hali rosa sevinishadi-da.
Zulfiya: Xop boladi, oyijon. Sevinchimdan ichimga sigmay ketyapman.Men hozir qaytaman.(chiqib ketadi)
Ona:Shukur,beadad shukur.Shu kunlarni qanchalar orziqib kutgandim-a Qizginamning omadini bergin har doim. ( chiqib ketadi)
Zulfiyaning hayot va ijodi 10-11-sinf o’quvchilari tomonidan yoritib beriladi:
Davraga ko’tarinki ruh olib kirgan o’quvchilar,7-sinf o’quvchilari edi.Ular ijrosida ‘’Andijon polka ‘’raqsi:
1-boshlovchi:Endi davramizga Zulfiyaxonim she’rlaridan bizni bahramand qilish uchun 6-sinf o’quvchisi Kenjayeva Tamarani davraga taklif etamiz .Marhamat!
2-boshlovchi: Oradan oz fursat otib, shoira Zulfiyaning hayot va ijod yoli Jizzax vohasining faxri, ozbek xalqining suyukli shoiri Hamid Olimjon bilan boglandi.
Qoshiq “Eng gullagan yoshlik chogimda” Sahnaga qoshiqqa hamohang tarzda Hamid Olimjon va Zulfiya timsollari chiqib kelishadi.Ular qaysidir sherning muhokamasi bilan band bolishadi.Hamid Olimjon Zulfiyaga gul tutadi va ikkovi birga sahnadan chiqib ketishadi.
1-boshlovchi: Shoir-xalq qalbining tarjimoni, uning orzu-intilishlari ifodachisi. Zulfiyaxonim oddiy temirchi qizidan qahramon shoir darajasigacha bosib otgan bosib otgan yoli- bu Sharq ozbek ayolining shonli yolidir
2-boshlovchi: 1920-1930-yillarning birinchi yarmidan ijod qilib boshlagan Zulfiyaxonim sherlarida tong, erkin va farovon hayot tasviri yetakchilik qiladi. “ Baxt va shodlik kuychisi” Hamid Olimjon hamda “Tong kuychisi” Zulfiya Isroilova ozbek adabiyotida yana bir yangi sarlavha ochib berdilar.
Raqs 10-sinf o’quvchilari bahor qo’shig’iga :
Sahna: ( Zulfiya qolida choynak va payola bilan kirib keladi)
Zulfiya: – Toliqib qolmadingizmi? Biroz dam olsangiz bolardi. ( choy uzatadi) (Qogozga kozi tushib, xursand boladi). Voy,bitdimi sheringiz? Kordingizmi, hovlimizdagi orik daraxti oppoq bolib gullabdi.
H.Olimjon: Ha, juda chiroyli manzara. Sherni oqib, fikringizni bildiring, shoira. (Zulfiya sherni ovozini chiqarib oqiydi)
Zulfiya: Derazamning oldida bir tup,
Orik oppoq bolib gullabdi.
Novdalarni bezab gunchalar,
Tongda aytdi hayot otini.
Shundan so’ng Gulnoza Xudoyqulovaning “Obodim yor” qo’shig’i jaranglaydi,sahnada Zulfiya hayotidagi keying kechmishlar qo’shiq klipida aks etadi.
1-boshlovchi:Zulfiya Hamid Olimjon vafotidan so’ng ikki shoir uchun qalam tebratdi.
Sahnada Zulfiya paydo bo’ladi:
Qalb bolganda yiroqda,
Iroda ekan ojiz.
Dostlar ham ko’p atrofda,
Ammo men yakka-yolgiz.
Birdan qalbim keksarib
Qon ham qochdi yuzimdan.
Sen sirdoshni axtarib
Xayol ketar izingdan.
Yana bahor keldi ( xorsinib) chiqib ketadi.
Sher “Salqin saharlarda” , “Orik gullaganda” ( rus va ozbek, ingliz tillarida)
Хамиду Алимджану
Живым дождем омыв миндаль,
В рассветный час пришла весна.
Полетом птиц наполнив даль,
Тревожа нас, пришла весна.
О, как любил ты час ночной,
Когда готов зацвесть урюк,
И аромат земли сырой,
И почек хлопающий звук!
И песню, спетую тобой,
Запел на ветке соловей.
И мир, разбуженный весной,
Шумел над памятью твоей
1-boshlovchi: Ozbek xalqi ozining sevimli shoirasini doimo ezozda, ardoqda tutdi. Shoira ham xalqning ehtiromiga javoban tinmay ijod qildi, erkin va farovon turmushni kuyladi. 1999-yil 10 iyulda muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan “Zulfiya “ nomidagi Davalat mukofoti tasis etildi. Shoiraning izdoshlari fan, talim, sport va madaniyat yonalishlarida oz iqtidorini namoyish etib kelayotgan yuzlab ozbek qizlari “Zulfiyaxonim qizlari” nomiga sazovor boldilar va Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
2-boshlovchi: Jumladan, bizning viloyatimizda ham ushbu mukofot sohibalari 15 nafarni tashkil etadi. Iroda Mamatmurodova, Yoqutxon Xolbekova, Yulduz Hamroqulova ( sport yonalishida), sheriyat, fan va t alim yonalishlarida sovrindor bolishdi. Ular shoira Zulfiyaxonimning Vatan ravnaqi yolidagi xizmatlarini faxr ila davom ettirib kelishmoqda.
Zulfiya: ( Stolda kitob ushlagan holda she’r o’qiydi).
Hayot kitobini sekin varaqlab
Men o’tgan umrimga achinmay qo’ydim.
Tabassum o’rnida kuldim charaqlab
Suydim, Erkalandim.
Ayrildim. Kuydim.
Ezozlar,ardoqlar uchun tashakkur,
Asli siz oftobim,men ziyosiman.
Tonglaringiz quchsin,dorilomon hur,
Baxtim shul ozbekning Zulfiyasiman!
Shuning bilan tadbir o’z nihoyasiga yetadi. Tadbir so’ngida o’zbek tili fasni o’qituvchi Kimsanovaga so`z berildi.
--Xalqimiz izzatiga sazovor bo`lgan ajoyib shoiraning xotirasi abadiydir. Chunki uning izdoshlari bisyor. Ushbu kechani tashkil qilishda yordam bergan tashkilotchilarga- jumladan:8-7-6-sinf o’quvchilariga va alohida 10-sinf o’quvchilarga kattadan –katta minnaddorligimizni bildiramiz!E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |