M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat


  4.4.O‘qituvchi nutqi ifodaviyligi grammatik jihatidan to‘g‘ri bo‘lishi



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

 


177 
4.4.O‘qituvchi nutqi ifodaviyligi grammatik jihatidan to‘g‘ri bo‘lishi 
 
 
Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz. 
A.Navoiy
 
 
Tayanch iboralar: 
Nutq ifodaviyligi, nutq to‘g‘riligi, nutq mantiqiyligi, nutq 
ta’sirchanligi, metonimya, o‘xshatish, mubolag‘a, litota, sifatlash 
Nutq ifodaviyligi deb, nutqning barcha sifatlari: to‘g‘rilik, aniqliq, mantiqiylik, 
tozalikni o‘zida ifodalagan, shu asosda nutqning tinglovchi ongi va ruhiyatiga his-
tuyg‘u uyg‘ota oladigan nutqqa aytiladi. Ulug‘ alloma Zamaxshariy shunday degan 
edi: “Tilingdan chiqqan sadaqa (ya’ni pandu nasihating va ma’vizayu hasanang) ba’zan 
qo‘lingdan (mol-dunyongdan) chiqqan sadaqangdan ko‘ra xayrliroqdir”
3
. Demak, 
tinglovchiga tasir ko‘rsatib, unga voqelik, hodisa va ijtimoiy hayot xususida qiziqish 
uyg‘otsa, ular haqida aniq bir manfaat keltira olsagina, nutqning ushbu sifati ro‘yobga 
chiqqan sanaladi. Nutq jarayonida tinglovchida shodlik, o‘ychanlik, iztirob, taajjub, 
o‘kinish, g‘azab, nafrat kabi hissiyotlarning hosil bo‘lishi nutq tasirchanligining 
belgisidir. 
Nutq tasirchanligi tinglovchida taassurot uyg‘otish, eng avvalo, notiqning nutqiy 
jarayonida tinglovchi bilan bo‘lgan axloqiy sifatlari muhim o‘rin tutadi. Ular notiqning 
o‘zini qanday tuta bilishi, nutq bayon etish ovozining samimiyligi, xushmuomalaligi, 
kamtarinligi va xatti - harakatlarining nutq mazmuni va mavzusiga mosligi bilan 
o‘lchanadi. Bundan tashqari, notiqning mavzu doirasida his-hayajonga berilib 
ketmasligi, shoshilmaslik, aniq fikrni bayon etishi, hishalikka erisha olishi, muhim 
fikrni nomuhim fikrdan farqlay olishi, mavqe va yoshni, dunyoqarashini hisobga olishi, 
o‘z shaxsini ustun qo‘ymaslik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi zarur. Shuning uchun ham 
nutq vaziyatida uning tabiatidagi o‘zligi namoyon bo‘lib turadi. Bunga, ayniqsa, nutq 
ovozi muhim o‘rin tutadi . So‘zlarni aniq, ravshan, muayyan, yoqimli, mayin ovozda 
vazminlik bilan hovliqmasdan talaffuz qilib, fikrni yorqin ifoda eta olishi so‘zlovchini 
maqsadga tez va oson yetaklay oladi. 
Nutq ta’sirchanligi nutq odobi bilan o‘lchanadi. Qaerda nima haqda gapirish 
3
Zamaxshariy ”Nozik iboralar“ (-U. Uvatov tarjimasi)Т. ”Fan” , 57-bet. 


178 
lozimligini aniq belgilay olish ham nutq sifatiining asosiy vazifalaridan biridir. 
Masalan, nutq irod qilinayotgan joydagi kishilarning kayfiyatini bilish, to‘yda o‘lim va 
azadan gapirish, azada ham to‘yi-yu, tantana haqida gapirish, majlisda o‘zaro 
so‘zlashuv uslubida munosabat qilish, oilada rasmiy ohangda so‘zlashish, dars 
jarayonida ham ko‘cha nutqidan foydalanish nutq odobi va madaniyatining buzilishiga 
olib keladi. Nutq odobi, asosan, xalqimizning milliy urf-odati, an’ana va qadriyatlariga 
qat’iy rioya qilingandagina yanada ko‘rkamroq tus oladi. 
Nutq ta’siriga erishmaslik, gapirayotganda tilga e’tiborsizlik qilish, erk berish, 
juda ko‘p zulm, oqibatsizlikka olib kelishi xususida ulug‘ allomalarimiz necha asrlar 
oldin o‘z qarashlarini bayon etganlar. Xususan: M. Qoshg‘ariy “Devon lug‘otit turk” 
asarida nutq odobi haqida: 
Ko‘p sukutda qush qo‘nar, 
Ko‘rklik kishiga so‘z kelar 
(mazmuni: shoxi ko‘p daraxtga qush qo‘nadi, yaxshi kishiga so‘z (maqtob) keladi) 
Yana: “Ardam boshi til-odob va fazilatlarning boshi tildir” deyiladi. 
Nutq odobsizligiga yo‘l qo‘ygan so‘zlovchilar haqida ulug‘ alloma Yusuf Xos 
Xojib esa “Qutadg‘u bilig” asarida: 
Til arslon turur, ko‘r eshikda yotur 
Oyo avluk arsiq, boshingni eyur. 
Ma’nosi: (Til arslondir, hara u doimo (seni) eshikda poylab yotadi. Ey mag‘rur 
uy xo‘jasi (ya’ni, til egasi), hushyor bo‘lki, agar tilingga ortiqcha erkinlik bersang –
uylamasdan so‘zlasang, -u bir kun emas, bir kun (o‘z boshingni) yeydi. 
2
Nutqda so‘z va qo‘shimchalarni tejab foydalanish ham nafaqat uning 
mantiqiyligi, balki ta’sirchanligini oshiradi, grammatik jihatdan to’gri shakllangan 
sanaladi.Gapda so’zlarni til vositalari bilan ma’no jinatdan aniq va to’g’ri bog’lay 
olishga grammatik shakllantirish deyiladi. 
Nutqda tinglovchining lug‘aviy so‘z yoki birikma, fonetik vosita, so‘z tartibi, 
mantiqan ayonligi jihatidan tejamkorlikka erishishi uning sifatini oshiradi. Masalan: -
lar qo‘shimchasini tejab qo‘llashning tejamkorligi xususida tilshunos olim 
G‘.Zikrillaev shunday fikrni ifoda etadi: “Gapda bosh bo‘lakdan bittasidagi 


179 
qo‘shimcha (-lar) yetarli bo‘ladi. : “Talabalar to‘plandi. Bu misolda ot (ega) dagi -lar 
ko‘plikni bildiradi, fe’l-kesimdagi qo‘shimcha (-di) bu ma’noga betaraf. (-lar 
qo‘shimchasini olishiga hojatsiz- S. a). Olma ter deganda esa faqat son emas, shaxs, 
mayl, zamon hurmatga betaraflik, o‘timlilik fe’l o‘zagidan anglashilib sintaktik aloqa 
tartib yordamida amalga oshadi”. Nutqdagi bunday tejamkorlik grammatik ma’no 
jihatidan ifodalanishiga juda ko‘p misollar orqali dalillanadi
4
.
Tinglovchi ongiga shuur bera olgan nutq ta’sirchan bo‘la oladi. Buning uchun 
notiq suhbat mavzusini yaxshi his qilib, uni bayon etish rejasini aniq belgilamog‘i 
shart. Nutqdagi fikrlarning eng muhimlarini ajrata olishi, asosiy fikr , uni dalillovchi 
fikrlarni farqlay olish, ularni o‘zaro bog‘lab, tinglovchiga nutqning bosh maqsadini 
tushuntirib, shundan keyingina birin-ketinlik bilan bayon etishi lozim. SHuning uchun 
ham xalq tomonidan yaratilgan”Avval o‘yla, keyin so‘yla”, “Etti o‘lchab bir kes”, 
“Yaxshi so‘z jon ozig‘i, yomon so‘z bosh qozi”, “Yaxshi topib gapirar, yomon qopib 
gapirar”kabi mahollar ham bevosita nutq odobini yuzaga chiqarishga qaratilgan tajriba 
asosida paydo bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. 
Nutq ta’sirchanligini ta’minlovchi vositalardan biri 
sinonim
so‘zlardir. Sinonim 
so‘zlar so‘zlovchi nutqini bir xil bayondan xalos etib, fikrining rang-barangligi, 
yoqimliligi, ta’sirchanligini yuzaga keltirib, tinglovchining diqqatini oshiradi. Masalan, 
sinonimik qatordagi so‘zlar nutqda ma’nosi jihatidan nozik farqlanadi. M: tug‘ildi, 
dunyoga keldi, tavallud topdi, ko‘z ochdi, yangi farzand tug‘ildi. Uning dunyoga 
kelishi ota-onaga cheksiz shodlik keltiradi. Bahorda tavallud topgan bola tez ulg‘aya 
boshladi. Gaplardagi hamma o‘rinda tug‘ilmoq so‘zi qo‘llansa, fikrning sayozligi
yoqimsizligi oydinlashib qoladi. Yoki: o‘lmoq, vafot etmoq, yulduzi so‘nmoq, 
dunyodan o‘tmoq so‘zlari ham evfemizm – (o‘zaro hurmat, e’zoz, takalluf qilib 
gapirish) jihatidan turlicha qo‘llaniladi. Oddiy munosabatda “Faloncha o‘ldi” deyiladi. 
Hurmat, e’zoz jihatidan esa:”olamdan o‘tdi, qazo qildi, yulduzi so‘ndi kabi iboralar 
qo‘llaniladi. Nutq ta’sirchanligiga erishishda uning ifodaliligi alohida o‘rin tutadi. 
Ifodalilik ham nutqning muhim sifatlaridan biri bo‘lib, u ham ta’sirchanlik uchun 
xizmat qiladi. 
4
Qarang: Zikrillayev Ғ. “Istiqlol va ona tili”. Т, ”Fan” 2004, 44-bet. 


180 
Ifodalilik fikrni badiiy tasviriy vositalari orqali tinglovchiga yyetkazish, shu bilan birga 
nutqda ritm, ohang, sur’at, to‘xtam va inversiya kabi xususiyatlarga to‘g‘ri, aniq erisha 
olish anglashiladi. Bu nutq sifati va vaziyatlari ko‘pincha og‘zaki nutqqa xos bo‘lib, 
nutq ta’sirchanligini yuzaga chiqaruvchi vositalar sanaladi. Nutqda ko‘p 
qo‘llaniladigan tasviriy vositalardan biri jonlantirishdir. Unda insonga va jonli 
mavjudotga xos bo‘lgan belgi, xatti-harakatning tabiat hodisalari, narsalar va 
tushunchalarga ko‘chirilishi tushuniladi. 
M: A. Oripovning “Munojotni tinglab” she’rida: 
Qani ayt, maqsading nimadir sening, 
Nega tilkalaysan, bag‘rimni ohang. 
Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim, 
Nechun kerak rubob, senga shuncha g‘am. 
misralarida ohang, rubob jonlantirilib, odamga xos xususiyatlar (tilkalash, rubob (u-
jonsiz cho‘pdan iborat musiqa asbobi)ga ko‘chirilgan. Nutqda jonlantirish ko‘p 
uchraydi:quyosh ufqdan bosh ko‘tardi. Zarrin nurlarini har tomonlama yoydi. 
To‘satdan paydo bo‘lgan bulut qovog‘ini o‘yib oldi. 
Nutqda keng qo‘llaniladigan badiiy tasviriy vositalardan biri – 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish