124
so‘z bilan ilon inidan chiqar” kabi mahollarda ham yaxshi til, shirin muomala va
ma’noga to‘liq nutq ulug‘langan. Biz ulug‘ ajdodlarning zanjiridagi bir bo‘g‘inli
avlodimiz. Ularning urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari bilan yo‘g‘rilgan shirin,
latofatli, nazokatli tili-so‘z boyliklarini ham keyingi avlodga
eson-omon yyetkazish
shart. Har bir so‘z nutqimizda qo‘llansa, o‘z o‘rnini topsagina, jon oladi. Tilimizdagi
latif so‘zlarimizning umriga zomin bo‘lmaylik! Bu shafqatsizlik, ona tilimizga ajnabiy
so‘zlarni kiritib, meros so‘zlarni anglamaslikdangina sodir bo‘ladi. Biz nutqimizni
qanchalik go‘zallashtirsak, dilbar so‘zlarni qo‘llab, tinglovchi quloqlariga yetkazsak,
bu bizning ulug‘ va buyuk o‘zbek millatiga,
xalqimiz, ona tilimizga e’tiqodimiz,
ehtiromimiz va vatanparvarlik xislatimizdir. Bu esa har bir o‘zbek kishisining o‘zligi,
millatparvarlik va milliy mentalitetidir.
Kishilarga tushunarli, mantiqli va yoqimli nutq orqali ta’sir eta olish nutq
madaniyatining go‘zal namunasi sanaladi. Nutq jarayonida til shakllari va birliklaridan
ilmiy jihatdan to‘g‘ri, mantiqiy jihatdan aniq foydalana olsak, bu til go‘zalligini his
qilish- til madaniyatiga erishish hisoblanadi. Demak, til va nutqni qiyoslaganda ularni
quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini bir-biridan ajratish mumkin:
1.Til aloqa materiallari- nutq esa aloqa shakli.
2.Tilni xalq yaratadi- nutqni esa bir shaxs yaratadi.
3.Tilning hayoti uzoq xalq hayoti bilan bog‘liq,
nutqning hayoti qisqa, u aytilgan
paytda mavjud (yozma nutq bundan mustasno).
4.Shaxs ayni zamonda bir necha tilni bilishi mumkin; chunki u vaqt va o‘rin bilan
bevosita bog‘langan. Shaxsning nutqi ayni zamonda bitta bo‘ladi; chunki, u ma’lum
vaqtda va ma’lum o‘rinda yuz beradi.
5.Tilning hajmi noaniq-nutqning hajmi aniq; u dialog, monolog, ayrim matn yoki kitob
shaklida nutqda namoyon bo‘ladi.
6.Til to‘g‘ri statik( ma’lumotlarga asoslangan) hodisa-nutq harakatda bo‘luvchi,
dinamik (asta-sekin rivojlanuvchi) hodisa. (Usmon S. Umumiy tilshunoslik. -T:
“O‘qituvchi” , 1972, 151-bet).
Nutq madaniyatiga erishish-o‘qituvchining yuksak faoliyati namunasidir.
SHuning uchun ham u ustoz maqomiga ega bo‘ladi. Ustozlar haqida
buyuk mutasavvuf
125
olim Abu Homid G‘azzoliy shunday deydi:”Ustoz haqqi ota-ona haqqidan ham
ko‘proq bo‘ladi. Chunki ota-ona dunyoga kelishiga sababchi bo‘lsa, ustoz esa oxirat
binosining tiklanishiga asosiy sababchidir”. SHunday ekan, o‘qituvchining bu darajaga
erishuvi uning yuksak nutq madaniyati va insoniy fazilatlarga egaligi asosida yuzaga
keladi.
Umuman aytganda, o‘qituvchining ustoz darajasiga etib, o‘quvchi qalbiga
cheksiz his- tuyg‘u uyg‘ota olishi, havas va hayrat tuyg‘usini jo etishi,
unga namuna
bo‘lishi ustozning til madaniyatini qay darajada bilishi va nutqda so‘zdan mahorat
bilan foydalana olishiga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: