Pedagogning mehnati - Bu behad izlanish va azob-uqubatli kechinmalar, ilhom va
betakror nurlanish oni. Ko`pdan - ko`p kundalik ishlar
hafsalasi, pir bo`lish va o`quvchilar bilan birgalikda boshdan
kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilishdir.
Pertseptsiya - Qabul qilish, sezish, ob`ektiv borliqning sezgi organlari orqali
aks etishi.
Polilog - Ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suxbat
polilogdir. Polilog xamma til xususiyatlari jixatidan
dialogning o`zidir. Faqat unda suxbatdoshlarning soni
ko`proq bo`ladi. So`zlovchi o`rtaga tashlangan muammoga
birdan ortiq ishtirokchi o`z fikrlarini bildirishi mumkin.
Polilogik nutq Ko`p kishilar orasidan o`zaro suhbat yoki muloqot .
Qadriyatlar - Inson va insonlar uchun ahamiyatli bo`lgan erkinlik, tinchlik,
ijtimoiy tenglik, haqiqat, ma`rifat, go`zallik, yaxshilikdan
iborat holatlar yig’indisidir. Borliq va jamiyat, narsalar,
voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma`naviy
boyliklarning ahamiyatini ko`rsatish uchun qo`llaniladigan
tushuncha.
Qonuniyat - Bu barqaror, zaruriy, u, yoki bu hodisalar va jarayonlar
311
o`rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa.
Rasmiy uslub Prezident farmonlari, Oliy Majlis qarorlari, Xalharo
shartnomalar, rasmiy, idoraviy ish qog’ozlari amalga
oshiriladigan uslub.