Gapda ohang me’yori . Nutqda ohang o‘zaro suhbatda juda qatta ahamiyat
kasb etadi. Mantiq talabi, vaziyat holatiga ko‘ra so‘zlar nutq yoki matn ichida turli xil
ma’no ifodalashi mumkin. . Birgina “yo‘q” so‘zining quyidagicha ohanglarda turli
ma’no aks ettirishni kuzatamiz:
“Yo‘q”- mavjud emas.
“Yo‘g‘e”-nahotki manosida!
“Yo‘q-ku!”-ko‘rayapsiz, umuman yo‘q ma’nosida
“Yo‘qmi?”- rozi emasmisiz ma’nosida
“Yo‘q -yo‘q”-hech qachon ma’nosida
“Yo‘q. . . . ”- bunday bo‘lishi mumkin emas
“Yo‘q, -dedimmi-yo‘q ! ”- qat’iy norozilik ma’nosida
“Yo‘q. . . . ”- yashirin ma’nmosida
“Yo‘q bo‘lgan”-yo‘qolgan ma’nosida!
Xullas, bir “yo‘q” so‘zi orqali bir necha xis-tuyg‘u: mavjudsizlik, jerkish, zug‘um,
144
norozilik, harakat, inkor kabi ma’nolarni ohang orqali ifodalash yoxud bu so‘z
zamirida so‘zlovchining ruhiy holati va voqealikka munosabatini his qilish mumkin.
4