M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat


Nutq texnikasi haqidagi tushuncha, uning asosiy unsurlari



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

 
5.2.Nutq texnikasi haqidagi tushuncha, uning asosiy unsurlari 
 
Notiqlik-javohirning o‘zginasi,
salmog‘iga qarab nur taratadi.
Asl donolik qisqa ifodalanadi.
L.N.Tolstoy 
Tayanch iboralar: 
Nutq texnikasi, kommunikativ xulq, monologik nutq, dialogik
nutq, tovush, diopozon, tambr, diksiya, ritmika 
Odam ato hayajonlanganida, qattiq qo‘rqqanida yoki og‘ir musibat ichida 
bo‘lganida, umuman, turli hissiy holatlarga tushganida so‘zlarkan, nafas olish va nafas 
chiqarish a’zolarini nazorat qilolmay qoladi. Buning natijasida normal fonatsiya uchun 
nafasi to‘g‘ri taqsimlanmaydi, ko‘pincha oddiy bir so‘z uchun ham nafasi yetmay 
qoladi. Tabiyki, uning nutqi, so‘zlari, tovushlari g‘ayriodatiy bir shakllarda voqelanadi. 
O‘qituvchi bunday holatlarni ham hisobga olishi maqsadga muvofiq. U dars jarayonida 
keraksiz hissiyot va hayajonlarini jilovlab olishi kerak, aks holda bu holatlar uning 


197 
nutqiga o‘zining salbiy tasirini o‘tkazishi mumkin. 
Tajribali o‘qituvchi faqat baland yoki past ovozda dars o‘tmaydi. Tovushlarning 
balandligi, kuchi, tovlanishi va cho‘ziqligidan iborat akustik sifatlarining turli 
darajalari (bu darajalarning diapazoni juda keng )ni bayon qilinayotgan axborotning 
mazmuni va tabiati, ayni paytda dars xonasidagi talabalarrning ruhi –kayfiyatiga 
muvofiq ravishda modulyasiya qilinadi, ya’ni almashtirib turadi. Ana shu tarzda 
monoton, quruq, ifodalilikdan mahrum nutq shaklidan qutuladi va nutqning 
ohangdorligi, tasirchanligiga erishadi. O‘qituvchining nutq texnikasi bilan bog‘liq 
nuqsonlardan yana bir nutq sur’ati, tezligini to‘g‘ri belgilamaslik yoki tezlik-
sekinlikning maqsadga ko‘ra mo‘tadilligini saqlay olmaslikdan iborat. Nutqning 
sur’ati, albatta, bayon qilinayotgan materialning mohiyatiga, ifodalanayotgan fikr 
qurilishiga uyg‘un bo‘lishi maqsadga muvofiq, aks holda, ya’ni o‘qituvchi materialni 
faqat jadal sur’atda bayon qilsa, o‘quvchi axborotni o‘ziniki qilib olishga, axborot 
tarkibidagi muhim jihatlarni o‘z vaqtida ilg‘ashga, to‘la idrok etishga qiynaladi. 
Boshqacha qilib aytganda, o‘quvchining idrok surati o‘qituvchining nutqi tezligidan 
orqada qoladi, unga “etib borolmaydi”. Zotan, o‘qituvchi nutqidagi me’yoridan ortiq 
jadal sur’at dars berish metodikasi qoidalari uchun ham begonadir. O‘qituvchi 
o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatlari, ayni dars paytidagi ruhiyatni, charchagan 
yoki charchamaganligi materialni qanday qabul qilayotganligidan kelib chiqqan holda 
nutq sur’atini tanlasa, ham pedagogik, ham psixologik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. 
O‘qituvchi nutqida fonatsiya jarayoni, ya’ni nutq paytida nafas olish nafas 
chiqarish bir tekisda, bir me’yorda va davomiy bo‘lishi lozim . Bazan noto‘g‘ri 
taqsimlangan nafas olish noo‘rin to‘xtamning yuzaga kelishiga, fikrning mazmuni va 
estetik qurilishiga salbiy tasir ko‘rsatadi. Bu holat , ayniqsa, o‘qituvchining dars 
jarayonida haddan ziyod yoki ortiqcha his-hayajonga berilib ketishi va uni boshqara 
olmasligi tufayli sodir bo‘ladi. CHunonchi, qo‘shma gaplar bayonida sodda gaplar 
orasida to‘xtamga erishish, bayon qilinayotgan axborotning mazmuni va zaruriyatini 
chuqur his qilish orqaligina amalga oshirish lozim. Masalan: Parpitayyor 
Ibrohimboyning hovlisida chorikorlik qilar ekan. U boy bug‘doyini o‘rar, ”ho‘p” ilar 
va don qilib, boyga eltib berar ekan. (N.Aminov ”Kekirdak” hikoyasi)Agar o‘qituvchi 


198 
ushbu gapda to‘rt o‘rinda(ikki o‘rinda ekan, o‘rar va qilib so‘zlaridan keyin) to‘xtamga 
rioya etmasa, hatto fikr mazmuni va izchilligiga ham raxna solinadi. Tajribali 
o‘qituvchi dars jarayonida nutq suratini baland yoki past ovozda doimiyligini 
belgilamaydi. Nutq surati (sur’ati) bayon qilinayotgan materialning mohiyatiga, 
xabarning oddiy yoki hissiy bo‘yoqdorligiga alohida axamiyat etiladi. Zero o‘qituvchi 
nutqidagi jadal surat o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatini susaytiradi, dars 
samaradorligiga putur yetkazadi. 
Nutq texnikasida ohang ham alohida o‘rin tutadi. Har bir tovush alohida, to‘g‘ri 
va aniq talaffuz qilish muhim axamiyat kasb etadi. So‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz etish 
ularning gapdagi o‘zaro o‘rni va bog‘lanishini yaxshi anglamaslik fikr mantiqiyligiga 
ham putur yetkazadi. Masalan, asil-asl, azim-azm, maxsul-masul, asir-asr kabi 
so‘zlarning manosini chuqur anglamasdan qo‘llash, bo‘lsa, kelsa kabi so‘zlarda - l 
tovushi tashlab aytish, shuningdek, -lar qo‘shimchasini -la tarzida qo‘llash nutq 
ohangdorligiga raxna soladi. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasi eng 
murakkab va doimiy munozaralarga sabab bo‘ladigan jarayon. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish