Flyus-pastani tayyorlash texnologiyasi
Flyus-pastalar komponetlar va pastani tashkil etuvchi suyuqlik aralashmasidan iboratdir. Pastani tashkil etuvchi suyuqlik sifatida suv, atseton, spirt, skipidar, eritkich va boshqalardan foydalaniladi. Ko‗pincha flyus-pastani tayyorlash uchun etil spirti qo‗llaniladi, chunki u tez bug‗lanish xossasiga ega, zaxarli emas va nisbatan topish oson.
Flyus-pastani tayyorlash ketma-ketligi, komponentlarni toblash, komponentlarni retsepturaga ko‗ra tortish, komponentlarni aralashtirish, komponentlarni pasta xosil qiluvchi suyuqlikka aralashtirish.
Flyus-pastani saqlash va nazorat qilish. Flyus-pastalar germetik birikitilgan shisha yoki plastmassa idishda saqlanadi. Etiketkalarida flyus-pastalarni saqlash muddatlari va tayyorlangan sanalari ko‗rsatilishi kerak. Payvandlashda foydalaniladigan flyusning namligi flyusning pasportida ko‗rsatilgandan oshmasligi kerak. Flyusning xar bir partiyasi kimyoviy va granulometrik tarkibga tekshiriladi.
Nazorat savollari
Payvandlash flyuslari belgilariga ko‗ra qanday tasniflanadi?
Payvandlash flyuslariga qanday vazifalar qo‗yilgan?
Kavsharlash uchun qanday flyuslardan foydalaniladi?
Kam legirlangan va kam uglerodli po‗latlarni payvandlash flyuslari qanday xususiyatlarga ega?
Keramik flyuslar qanday afzalliklarga ega?
Rangli metall va qotishmalarni payvandlash uchun qanday flyuslar qo‗llaniladi?
BOB. KAVSHARLAR
Umumiy qoyidalar va qisqacha tasnifi
Kavsharlash – kavsharlanadigan (asosiy) qattiq metall bilan suyuq qo‗shimcha kavsharlash materiali (kavshar) ning o‗zaro ta‘sirlashuvi natijasida birikma hosil bulish jarayonidir. Ana shu o‗zaro ta‘sirlashuv oqibatida chok va detallarning biriktiriladigan sirtlari chegarasidagi o‗tish qatlamlari ulanmalar deb ataladi.
Ulanma hosil bo‗lishi uchun, biriktiriladigan sirtlardan oksid pardasi yo‗qotilishi va qattiq hamda suyuq metallning o‗zaro ta‘sirlashuv sharoiti yaratilishi kerak. Kavsharlanadigan detallar materiali bilan o‗zaro ta‘sirlashgan oson eruvchi bog‗lovchi metall kristallanganda kavsharlangan birikma yuzaga keladi.
Kavsharlash payvandlashga o‗xshasa-da, ammo ular orasida jiddiy farqlar ham bor. Masalan payvandlashda asosiy va qo‗shimcha materiallar payvandlash vannasida erigan holatda bo‗ladi, kavsharlashda esa kavsharlanadigan material erimaydi. Kavsharlashda chokning shakllanishi biriktirilayotgan detallar orasidagi tirqishning kavshar bilan to‗lishi orqali yuz beradi, ya‘ni kavsharlash jarayoni kapilyar oqish hodisasi bilan bog‗langan, eritib payvandlashda esa bunday bo‗lmaydi. Kavsharlash, eritib payvandlashdan farqli o‗laroq, kavsharlanadigan metallning erish haroratidan past haroratda amalga oshiriladi va haroratlarning keng oralig‗ida sodir bo‗lishi mumkin. Kavsharlashning afzalliklaridan biri buyumni tashkil etuvchi ko‗pgina elementlarni bir galda yaxlit qilib birlashtirish mumkinligidir. Shu bois kavsharlash, biriktirishning boshqa usullaridan farqli ravishda, ko‗plab ishlab chiqarish talablariga javob beradi. U boshqa - boshqa metallarni, shuningdek metallni shisha, keramika, grafit va boshqa nometall materi- allar bilan biriktirishga imkon beradi.
Kavsharlashda kavsharlanayotgan detallarning chetlari erimaydi, shu sababli qizdirish jarayonida buyumning talab etiluvchi shakli hamda o‗lchamlarini saqlab qolish oson bo‗ladi. Past haroratda kavsharlash bi- riktiriladigan detallar metallining tuzilmasi va xossalarini o‗zgarishsiz saqlab qolish imkonini beradi. Kavsharlashning muhim afzalligi, ya‘ni kavsharlangan birikmalarni ajratish mumkinligi uni montaj va ta‘mirlash ishlarida tengi topilmaydigan qiladi.
Texnologik jarayonning o‗ziga xos tomonlari va xususiyatlariga ko‗ra kavsharlash quyidagicha tasniflanadi:
ulanma yuzaga kelganda qattiq va suyuq metallning o‗zaro ta‘sirlashuv turiga binoan;
kavsharlangan birikma hosil bo‗lish texnologiyasining o‗ziga xos xususiyatlariga ko‗ra;
qizdirish usullariga binoan.
Asosiy metallning erigan kavshar bilan o‗zaro ta‘sirlashuvi turiga va asosiy metall-kavshar chegarasidagi bog‗lanishlar tabiatiga ko‗ra ulanmalarning to‗rt xili: shimilmaydigan, erib shimiladigan, teginma- reaksion va yoyilgan xillari ajratib ko‗rsatiladi.
Kavsharlangan birikmaning hosil bo‗lish texnologiyasi xususiyatlariga (kavsharlash rejimi, kavsharni kiritish usuli, chokning shakllanishi) binoan kapilyar kavsharlash, shimdirib, teginma-reaktiv, reaktiv-flyus ostida va nokapilyar kavsharlash ajratib ko‗rsatiladi.
Kavsharlar tilimlar, folga, sim, chiviq, quyma, kukun ko‗rinishida tayyorlanadi. Tuzma (kompozitsion) kavsharlar qiyin eriydigan va oson eriydigan kukunlar (tashkil etuvchilar) dan tayyorlanadi, bu esa katta tirqishli buyumlarni kavsharlashga hamda kavsharlangan birikmalarning mexanik xossalarini oshirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |