Eritilgan flyuslarni tayyorlashning texnologik jarayoni
Eritilgan payvandlash flyuslari korxona ishlab chiqaruvchi tomonidan shu korxonada mavjud ishlab-chiqarish sharoitlarini hisobga
olgan holda texnologik jarayoni bo‗yicha aniq bir markadagi flyusga me‘yoriy texnik xujjatlar (MTX) talablariga muvofiq tayyorlanadi.
Flyuslarni tayyorlashda ixtisoslik bo‗yicha ishlash xuquqini beruvchi kasbiy o‗qishdan va attestatsiyadan o‗tgan shaxslarga ruxsat etiladi.
Eritilgan flyuslarni tayyorlashning texnologik jarayoni ma‘lum bir ketma-ketlikda bajariladigan texnologik operatsiyalar majmuidan iborat.
Dastlabki materiallarni to‗plash va saqlash.
Flyuslarni tayyorlovchi korxonaga keltirilgan materiallar ular uchun belgilangan MTX bilan tartibga solingan sharoitlarda partiyalab aloxida saqlanishi kerak. Saqlash shartlari ko‗ra turli xil nomdagi, markadagi va partiyadagi materiallarning egasiz qoldirish, aralashib ketishi, ularning ifoslanishni yoki fizik-kimyoviy xossalarining o‗zgarishni istisno etish kerak. Saqlanishda turgan material partiyasi uning sifatini tasdiqlovchi va MTXga muvofiq keluvchi sertifikatga ega bo‗lishi kerak.
Materiallarning kirish nazorati.
Korxonaga materialning har bir yangi partiyasi kelib tushganda texnik nazorat xizmati kirish nazoratini quyidagi hajmda bajarish kerak: kuzatish sertifakatining rasmiylashtirilishi va mazmunining, etkazib berish turining, qadoqlash va markalashning mazkur materiallga oid ITX talablarga mos kelishini tekshirishi va materialni nazorat texnik tahlilini bajarishi.
Namunalarni ajratib olishni, ularni tayyorlashni va tahlil qilishni mazkur materialga oid MTX talablariga muvofiq o‗tkazish lozim. Kirish nazoratining natijalari maxsulotni qayd etuvchi maxsus jurnalda texnik nazorat xizmati tomonidan ro‗yxatga olinishi kerak. Jurnalni har bir material bo‗yicha aloxida yuritishi tavsiya etiladi. Kirish nazoratida birrta ko‗rsatkich bo‗yicha ham salbiy natija olinadigan bo‗lsa, u holda mazkur materialga oid MTX bilan tartibga solingan qoidalarga muvofiq takroriy sinovni bajarish lozim. Odatda material sifatining MTX talablariga mos kelmaydigan faqat o‗sha ko‗rsatkichi takroran tekshiriladi. Takroriy tekshirishdan so‗ng salbiy natijaga olinganda materialdan ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati flyusni tayyorlovchi korxonaning texnologik va nazorat xizmatlari tomonidan belgilangan tartibda hal qilinadi.
Materiallarni ishlab chiqarishga topshirish.
Materiallarni ishlab chiqarishga qat‘iy partiyalari bo‗yicha topshirish lozim. Materialning keyingi partiyasini avvalgisi to‗la sarf qilib tugatilmaguncha sarflashni boshlash tavsiya etilmaydi.
Flyus - tayyorlovchi sexga yuboriladigan materialning har bir partiyasini xujjat bilan birga (ilova qilingan xarita-pasporti yoki sertifikat nusxasi) topshirish kerak bo‗lib, bu xujjatda materialning nomi, markasi, MTX belgisi, sertifikat raqami, partiyasining (eritishning) raqami, jo‗natilayotgan materialning miqdori ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak. Bundan tashqari, sexga jo‗natiladigan birinchi porsiyasiga (material partiyasining bir qismiga) oid xujjatda materialni tayyorlovchi korxona sertifikati ma‘lumotlariga ko‗ra barcha sifat ko‗rsatkichlari ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak. Agar idishning markirovkasida material partiyasining nomi, markasi va partiyasining raqami birinchi porsiya idishdagi markirovkaga to‗la mos holda mavjud bo‗lsa, u holda materialning keyingi porsiyalariga xujjatni rasmiylashtirmaslikka yo‗l qo‗yiladi.
Dastlabki xomashyoning har bir partiyasi (partiyaning porsiyasi) flyusni tayyorlovchi sexning texnik nazorat xizmati tomonidan kuzatuv (ilova qilingan) xujjatlarning, rasmiylashtirilishi va mazmunining, urovining idish markirovkasining, shuningdek materialning tashqi ko‗rininishning bu material MTXga muvofiqligini tekshirish yo‗li bilan qabul qilinishi kerak. Keltirilgan material to‗g‗risidagi ma‘lumotlar rejalash dispetcherlik xizmati tomonidan materiallarni qayd etish (ro‗yxatga olish) jurnaliga kiritilishi kerak.
Bunga qo‗shimcha ravishda mazkur materialga oid MTXga muvofiq namunalarni tanlab olish va birikmalar elementlari majudligiga kimyoviy taxlilni bajarish lozim.
Materialning sifati, shu materialning MTX talabiga to‗liq mos bo‗lgandagina flyusni tayyorlovchi sexning texnik nazorat xizmati tomonidan ishlab chiqarishga ruxsat etilishi mumkin. Materiallarni ishlab chiqarishga topshirish (tushirish) bo‗yicha sexning texnik nazorat xizmatining xulosasi jurnalga kiritib qo‗yilishi kerak.
Materialni tayyorlash.
Materiallarni tayyorlashdan maqsad flyusni eritib tayyorlash uchun shixta tarkibi bo‗yicha bir jinsli shixtani olishdan iborat.
Sarflash bunkerlariga oshirish uchun tayyorlangan materiallarning namligi 1% dan ortiq bo‗lmasligi kerak. Materialni quritishning davomiyligi qurilmaning turiga bog‗liq holda texnologik xizmat tomonidan belgilanadi.
Bo‗lakli materiallarni maydalash uchun istagan turdagi yupqa qilib maydalovchi tegirmonlardan foydalanish mukin: davriy va uzluksiz
ishlovchi sharli va sterjenli, titrovchi (vibiratsiyalovchi) va x.k. tegirmonlar.
Materiallarni elob ajratishni ГОСТ 3826-82, ГОСТ 3306-70 bo‗yicha kataklarining o‗lchami 1 – 10mm bo‗lgan metall to‗rlar oqali titrovchi yoy ratatsion elaklarda bajarish lozim.
Quritilgan shixta materiallari dozirovkalash bo‗limining sarflagich bunkerlarida saqlanadi, bunda har bir material uchun aloxida bunker mo‗jallangan.
Shixtani tuzish va tayyorlash.
Shixtani nazarda tutadi: shixta tarkib xisob-kitobi, retseptni tuzish, komponentlarni retsept bo‗yicha dozalarga ajratish, komponentlarning siljishi.
Shixtaning tarkibi AН-348-A markali flyusning MTX tarkibga soluvchi kimyoviy tarkibga va flyusning mazkur porsiyasini tayyorlash uchun mo‗ljallangan komponentlarning kimyoviy tarkibiga (nazorat tahlili natijalariga ko‗ra) muvofiq hisoblanadi.
Shixta tarkibini xisoblash natijalari bo‗yicha flyusni bitta eritishga shixtaning retsepti tuzilishi kerak.
Shixta tarkibini xisoblash, bitta eritish uchun shixta retseptini tuzishni maxsus retseptura jurnalida bajarilishi lozim xar bir hisob-kitob texnolog tomonidan sanani ko‗rsatgan holda imzolanishi, retseptga esa tartib raqami qo‗yilishi kerak.
Bitta eritishga retsept bo‗yicha tortilgan shixta rangi va tashqi ko‗rinishi bo‗yicha bir jinsli shixta olishni ta‘minlovchi aralashtirgichda aralashtirilishi kerak.
Shixtani pechga yuklash.
Har bir eritishga tayyorlangan shixta flyusni erituvchi qurilmaning qabul qiluvchi bunkeriga yuklanadi, u erdan vibratsion (titratuvchi), shnekli qurilmalar yordamida yoki biror boshqa mexanik yo‗li bilan u eritish fazasiga uzatiladi. Pechga bir vaqtda uzatiladigan shixta ulishi isitish vaqtida katta miqdordagi gazsimon moddalarning ajralishi bilan shixtada ajraladigan materiallarning miqdoriga va pechning sig‗imiga holda belgilanadi. To‗g‗ri yuklanganda shixtaning ortiqcha tomonlarsiz toshib ketishlarsiz va eritma ustida yopishib qolgan po‗stloq hajmsiz tinch erishi ta‘minlanishi kerak.
Flyusni eritib tayyorlash.
Flyusni eritish eritilgan flyuslarni tayyorlanishning texnologik jarayonida eng mas‘uliyatini amal xisoblanadi va quyidagi operatsiyalarni bajarishni nazarda tutadi: pechni ishlashga tayyorlash;
pechni ishga tushirish va eritish rejimini tanlab olish; shixtani pech vannasiga uzatish; shixtani eritish; eritmani chiqarib olishga tayyorligini aniqlash.
Eritish jarayonida tayyor flyusda oltingugurt va fosfor miqdorrini kamaytirish maqsadida eritmani aralashmalardan tozalash amalga oshirilishi mumkin.
Flyusda oltingugurt miqdorini kamaytirish uchun