Keramik flyuslar ishlab chiqarish. Keramik flyuslar tayyorlash asosan quyidagi operatsiyalardan iborat. Flyusning tashkil etuvchilari maydalanadi, to‗yiladi va g‗alvirda elanadi. Mineral tashkil etuvchilar 1600 teshik/sm2 li, ferroqotishma va metall kukunlari esa 900 – 1200 teshik/sm2 li g‗alvirdan o‗tishi lozim.
Zarur miqdordagi tashkil etuvchilardan tuzilgan aralashma yaxshilab aralashtiriladi, keyin unga suyuq shishaning suvdagi eritmasi qo‗shiladi va yana obdon aralashtiriladi.
Olingan bir jinsli qorishma ikki usul bilan ishlovdan o‗tkazilishi mumkin:
qorishma briketlar tayyorlanib, 350.....400 °C da quritiladi va qizdiriladi, maydalanadi 25 teshik/sm2 li g‗alvirda elanadi;
qorishma ho‗l (xom) holatda maxsus mashinalar (granulyatorlar) da yoki (uncha katta bo‗lmagan turkumlar tayyorlashda) simlarning oralig‗i 2mm bo‗lgan sim g‗alvirdan ishqalash yo‗li bilan o‗tkazib dona- dona qilinadi.
Tayyor bo‗lgan oqshoq 150 – 200 °C haroratda 15 – 20 daqiqa quritilib, keyin 25 teshik/sm2 li g‗alvirda elanadi va 350 – 400 °C da 2 – 3 soat qizdiriladi.
ФЦК flyuslari oldindan qizdirmasdan chamasi 700 °С haroratda 1 soat qizdiriladi.
Izoh: ФЦК flyusi suyuq shisha qo‗shmasdan tayyorlanadi, ammo ularning aralashmasiga suv qo‗shiladi.
Tayyor bo‗lgan flyus uning namlanish va bug‗lanish ehtimoli bo‗lmagan sharoitda saqlanishi hamda tashilishi kerak.
Alyuminiy qotishmalarini payvandlash uchun aktivlovchi flyuslar
Alyuminiy va marganets qotishmalarini payvandlash uchun ko‗pgina aktivlovchi flyuslar ishlab chiqilgan (7.7-jadval). Oksid pardalari kimyoviy bog‗lanishi, gaz g‗ovaklari kichiklashuvi, modifikatsiyalanish evaziga mexanik xossalari yuqori bo‗lgan payvand birikmalar yuzaga keladi. Ta‘kidlash joizki, aktivlovchi flyuslar, garchi katta qalinlikdagi detallarni payvandlash ancha qiyin bo‗lsa-da, engil qotishmalarning erish chuqurligini oshirish uchun kam hollarda qo‗llaniladi.
Flyuslarning alyuminiy qotishmalarini argon-yoy yordamida payvandlash jarayoniga ta‘siri haqida to‗liqroq ma‘lumotlar ushbu kitob muallifining ―Алюминий қотишмаларини аргон-ѐй ѐрдамида пайвандлаш‖ monografiyasida keltirilgan. U xammualliflari bilan taklif etgan TФA seriyasidagi flyuslar payvand chokni birlamchi kristallitlarni mikrolegirlash va yo‗nalishini o‗zgartirish hisobiga o‗zgartiradi. Flyus pasta – eritib olingan flyusning spirt yoki suvdagi eritmasi ko‗rinishida detallar chetlarining orqa qismiga surtiladi. Flyuslarning ta‘sirini muallif shlakli fazaning oksid pardasi bilan o‗zaro ta‘sirlashishi hamda payvandlash vannasining yupqa shlak pardasi vositasida himoyalanishi bilan tushuntiradi. Flyuslar bilan payvandlashda eritish balandligi, aftidan, fazalararo tortilish ortishi hisobiga kamaygan. Flyusning tashqi sirtda joylashtirilishini katod purkalish va flyusning gazli fazaga o‗tishi tufayli samarasiz, deb hisoblanadi.
7.7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |