7.3-rasm. Flyusni eritib olish uchun elektr pechka.
Elektrod osib qo‗yiladigan qurilma yo‗naltiruvchi sterjen 4 va naychasimon halqa (oboyma) dan hamda unga elektrod uchun mahkamlangan qismi 9 dan tuzilgan. Halqa 3 ning yo‗naltiruvchi sterjen 4 dagi vaziyati maxovikcha 16 li qotirish vinti bilan qotirib qo‗yiladi. Elektrodli qo‗zg‗aluvchi qism kontryuk 10 yordamida muvozanatlangan. Elektrod korpusdan asbest qistirmalar vositasida ajratib qo‗yilgan (izolyasiyalangan).
Flyusni ho‗l usulda dona-dona qilish uchun 0,5m3 sig‗imli bak 5 va to‗rli savat 6 mo‗ljallangan bo‗lib, savatda flyus to‗planadi. Elektr pechkalar TС-150-3, TСД-1000, TСД-2000 yoki TС-1000 va boshqa mos quvvatli hamda kuchlanishli payvandlash transformatorlaridan tok bilan ta‘minlanadi.
Flyuslarni eritishda yuz beruvchi jarayonlarni quyidagi tarzda tasavvur qilish mumkin.
100 °С gacha haroratda shixtadan gigroskopik namlik bug‗lanib ket- adi. Kristallanish namligi shixtaning tashkil etuvchilaridan butun vaqt
mobaynidan to u erigunga qadar chiqib ketadi. Bunda, agar shixta tar- kibiga kalsiy ftorid kirsa, u xolda suv bug‗lari u bilan o‗zaro ta‘sirlashib vodorod ftorid hosil qiladi.
CaCO3, MgCO3, MnCO3 karbonatlari (ularning birinchi ikkitasi ay- rim flyuslar shixtasining tarkibiga anchagina miqdorda kiradi, qolgani esa tasodifiy aralashmalar ko‗rinishida ishtirok etadi), 500 – 900 °С ha- roratda butkul parchalanadi:
CaCO3 CaO + СO2 va hokazo
Qattiq holatda marganets oksidlarining katta qismi parchalanib, ular kislorodga boyroq birikmalardan kislorodi kamroq birikmalarga ushbu sxema asosida o‗tadi:
MnO2 Mn2O3 Mn3O4
Ayni vaqtda qattiq uglerod va uning oksidi hisobiga marganets oksidlari qayta tiklanadi .
Kuchli oksidlovchilar hisoblangan marganets oksidlari shixtadan oltingugurt yonib tugashiga yordam beradi.
Flyuslar shixtasi batamom eriguncha uning tashkil etuvchilari o‗rtasida yuz beruvchi asosiy jarayonlar ana shulardan iborat.
Shixta eriyotganda uning alohida tashkil etuvchilari jadal o‗zaro ta‘sirlashadi va kimyoviy birikmalar: silikatlar, titanatlar, alyuminatlar va boshqalar hosil bo‗ladi.
Plavik shpati silikatlar yuzaga kelishida qatnashmaydi, avtidan, erituvchi vazifasini bajaradi. Lekin yuqori (1500 – 1600 °C) haroratda kalsiy ftorid kremniy qo‗shoksidi bilan o‗zaro ta‘sirlashib uchuvchan kimyoviy birikma – kremniy ftorid hosil qiladi.
Mazkur reaksiya flyuslarni eritishda ftorning yo‗qolish manbalaridan biri sanaladi.
Eritmada qattiq uglerod hisobiga marganets yuqori oksidlari va temir oksidlarining qayta tiklanish reaksiyalari davom etadi, flyusning oksi- dlash qobiliyati pasayib borgani va uning harorati ko‗tarib borgani sari ko‗proq issiqlik sarflanishini va qayta tiklanish sharoitini talab qiluvchi reaksiyalar avj olib boradi.
Temir sulfidning marganets (II) - oksid bilan o‗zaro ta‘sirlashish reaksiyasi yaxshi sifatli flyus olish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega:
FeS + MnO MnS + FeO
Bu reaksiya natijasida suyuq po‗latda yaxshi eriydigan temir (II) - sulfid suyuq po‗latda deyarli erimaydigan marganets (II) - sulfidga aylanadi. Shu sababli, ko‗p marganetsli flyuslar ostida avtomatik payvandlashda chok metaliga oltingugurt deyarli o‗tmaydi.
Flyusdagi fosfor miqdorini kamaytirish uchun pechka vannasiga cho‗yan yoki po‗lat qipig‗i ko‗rinishidagi metall qo‗shimcha qo‗shiladi (eritma og‗irligining 10 – 25% hisobida). Bunda flyus pechkasining po- dinasida flyus qatlami tagida suyuq metall vannasi yuzaga keladi. Metall va shlakli fazalar orasida ushbu reaksiya kechadi:
(MnO)3 P2O5 + 11 Fe 3 MnO + 2 Fe3P + 5 FeO – 47700 kal.
Mazkur reaksiya natijasida flyusdagi fosfor miqdori ancha kamayadi. Metall qo‗shimchadan keyingi eritishlarda ham qayta-qayta foydalanish mumkin.
Flyusni eritish ohirida yuzaga keluvchi yuqori haroratlarda uning tashkil etuvchilaridan eng uchuvchanlari, masalan ishqoriy metallar ka- liy va natriy birikmalari bug‗lanib ketadi.
Shunday qilib, flyus eritish pechkasining vannasida yuqorida aytil- gan jarayonlar kechishi natijasida bir jinsli qorishma vujudga keladi, u muayyan kimyoviy tarkibiga hamda talab etiluvchi fizik va mexanik xossalarga ega bo‗ladi.
Flyus ikki usulda – ho‗l va quruq usullarda dona-dona holga keltiri- ladi. Ho‗l usulda, eritilgan flyus suvli bakka jildiratib qo‗yiladi. Sovuq suvga tushgan flyus nisbatan mayda zarralarga maydalanadi. Quruq usulda dona-dona qilishda flyus metall qoliplarga quyilib, sovigandan keyin mexanik usulda maydalanadi. Ho‗l usulda dona-dona qilish qulay- roq, chunki nafaqat shishasimon, balki pemzasimon flyus olishga imkon beradi. Pemzasimon flyus elektr pechkada, eritmani ancha o‗ta qizdirib, keyin ho‗l usulda dona-dona qilgan holda eritiladi. Bundan tashqari, ho‗l usulda dona-dona holga keltirishdan keyin flyusni maydalash osonlashadi va changsimon ko‗rinishdagi chiqindilar ancha kam hosil bo‗ladi.
Flyus ho‗l usulda dona-dona qilingandan so‗ng 150 – 250 °C haro- ratda quritiladi. Ishlatishga tayyor bo‗lgan flyusda 0,1% dan ziyod nam- lik bo‗lmasligi kerak. Flyusni maydalash va elash uni tayyorlashning
ohirgi operatsiyalaridir. Zarralarining o‗lchami flyusning vazifasiga qarab belgilanadi.
Pechkada eritish vaqtida flyusning sifati sovigan eritma namunasi- ning tashqi ko‗rinishiga qarab nazorat qilinadi.
Foydalanishga tayyor bo‗lgan flyus ushbu nazoratdan o‗tkaziladi: kimyoviy tarkibi aniqlanadi, granulometrik tarkibi va hajmiy og‗irligi tekshiriladi, tashqi ko‗rinishi bo‗yicha bir jinsliligi hamda donalarining bir jinsliligi tekshiriladi, namlik miqdori aniqlanadi. Ushbu sinovlar flyusning barcha payvandlash xossalarini qamraydi va shu bois ularning sifatini aniqlash etarli bo‗ladi. Biroq amaliyotda sifatli flyuslar olish kafolati yuqoriroq bo‗lishi uchun ularning g‗ovak va darzlar yuzaga kelishiga moyilligi ham sinaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |