M. M. Abralov payvandlash materiallari


Flyuslar tayyorlash uchun xom ashe



Download 1,49 Mb.
bet80/111
Sana22.06.2022
Hajmi1,49 Mb.
#690518
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   111
Bog'liq
M. M. Abralov payvandlash materiallari

Flyuslar tayyorlash uchun xom ashe. Flyuslar tayyorlash uchun ishlatiladigan xom ashyoning kimyoviy tarkibi 7.6-jadvalda keltirilgan.
Keramik flyuslar tayyorlash uchun aynan elektrod qoplamalarini tuzish uchun ishlatiladigan ferroqotishmalar va metall kukunlari qo‗llaniladi. Eritilgan flyuslar shixtasi quyidagi formula yordamida xisoblab aniqlanadi:
Q a 100,
b
bunda: Q - materialning og‗irlik ulushlaridagi miqdori;
a - berilgan material hisobiga qo‗shiladigan birikma shixtasining nazariy tarkibidagi miqdori, %;
b - ushbu birikmaning mazkur materialdagi miqdori, %.
7.6-jadval

Flyuslar tayyorlash uchun xom ashyo


Materiallar nomi

Miqdori, %

ГОСТ
yoki TШ

MnO

SiO2

CaO

MgO

Al2O3

TiO2

CaF2

K2O+
Na2O

Fe2O3

S

P

Marganets rudasi

>58,0

<10,0

<4,5

-

-

-

-

-

-

<0,1

<0,2

ГОСТ 4418-
48*

Qum

-

>97,0

-

-

-

-

-

-

-

Izlar

<0,015

ГОСТ
4417-48

Plavik shpati

-

<5,0

-

-

<4,0

-

>85,0

-

-

<0,2

<0,015

TШ-558
ГОСТ 4421-48

Kaustik
magnezit

-

4,0

<4,5

>75,0

-

-

-

-

-

-

-

-

Bo‗r

-

-

>54,0

-

-

-

-

-

-

<0,06

<0,04

ГОСТ
4415-48

Kaolin

-

-

-

-

>38,0

-

-

-

-

-

-

ГОСТ
6138-52

Perovskit
konsentrati

-

<12,0

<32,0

<12,0

2,0

>40,0

-

-

<7,0

<0,04

-

-

Dala shpati

-

64,0-
70,0

<1,5

<0,5

17,0-
21,0

-

-

>10,0

-

<0,04

<0,04

ГОСТ
4422-48

Giltuproq

-

<5,0

-

-

>92,0

-

-

-

<3,0

-

-

ГОСТ
6912-54

* kalsiy oksidi miqdori qo‗shimcha ravishda cheklangan.




    1. Flyuslar ishlab chiqarish



Eritib olingan flyuslar ishlab chiqarish. Eritib olingan flyuslar ishlab chiqarish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlar: shixtani tayyorlash, flyusni eritish, dona-dona holga keltirish (granulyasiya) va keyin flyusga ishlov berishdan iborat.
Xom materiallarni eritishga tayyorlash ularni quritish va maydalashdan, amalga oshirilgan hisob asosida shixta tuzishdan iborat. Gigroskopik namini ancha to‗liq chiqarib tashlash uchun materiallar 100
°S dan yuqori (yaxshisi, 50 – 200 °С) haroratda quritilishi kerak. Xom ashyoning ancha namligi shixtani xisoblashda hatoliklarga va flyusdagi kalsiy ftorid miqdorini ozaytiruvchi reaksiyalar jadal kechishiga olib kelishi mumkin. Tashkil etuvchilar alohida-alohida maydalanadi. Maydalash darajasi eritish ishlari elektr yoki alangali pechkada olib borilishiga bog‗liq. Elektr pechkada eritishda shixtaning tashkil etuvchilari zarralari juda mayda (ko‗ndalang o‗lchami 2 – 4mm dan kichik) bo‗lmasligi lozim. Shixtada chang bo‗lishi jarayonlar shiddatli
kechishiga olib keladi, bu esa shixta pechkadan chiqarib tashlanishiga sabab bo‗ladi. Shixta zarralarining diametri 8 – 10mm dan yirik bo‗lmasligi ham zarur, chunki bu holda eritish vaqti uzayadi va elektr energiyasi sarfi ortadi.
Flyusni alangali pechkada eritib olishda shixtaning tashkil etuvchilari mumkin qadar kichik maydalanmog‗i darkor. Alangali pechkada haroratning bir tekisroq taqsimlanishi flyus tayyorlash jarayoni osoyishta kechishini ta‘minlaydi. Bu hol flyus tayyorlash uchun kichikroq maydalangan shixtadan foydalanishga imkon beradi, natijada eritib olish jarayonlari osonlashadi va flyus tayyorlash tezlashadi.
Alangali pechkalar flyuslarni ko‗plab tayyorlash uchun ishlatiladi va generator gazi bilan isitiluvchi davriy ishlaydigan vannali pechkalardan iborat bo‗ladi.
Elektr pechkalarning ikki turi: flyus maxsus teshik (letok) orqali chiqarib olinadigan qo‗zg‗almas va og‗ma pechkalar ishlatiladi.
ЦНИИТmash da yaratilgan og‗ma pechkalarning (7.3-rasm) unumdorligi sutkasiga 0,55t gacha flyusni tashkil etadi. Ular sinch 1, g‗ilof 2, elektrodni osish qurilmasi hamda ho‗l usulda dona-dona qilish moslamalari 5 va 6 dan tashkil topadi.
Sinch burchakli temirdan tayyorlanadi. G‗ilof silindr shaklida bo‗lib, tub payvandlangan yondevordan iborat. G‗ilof ikkita sapfada o‗rnatilib, pishang 7 yordamida osongina og‗diriladi.
Pechkaning qoplamasi bir necha qatlamdan tarkib topadi: g‗ilof ichiga 5 – 10mm qalinlikdagi asbest qatlami yotqiziladi, keyin chorak g‗isht qalinligida olovga chidamli g‗isht qatlami 14 teriladi. Tubda joylashgan g‗isht qatlami ustiga po‗lat plita 11, uning ustiga esa 300 – 350mm diametrli ko‗mirli elektrod bo‗lagi 12 qo‗yiladi, u pechkaning ish bo‗shlig‗i podinasi vazifasini o‗taydi. Keyin pechka qoplamasi 15 taqiladi.
Qoplama 70% elektrod massa yoki koks (donalarining o‗lchami 3mm dan to changgacha) va 30% qumdan iborat . Qoplama hosil qilish uchun pechka ichiga tunukadan qilingan, eritish bo‗shlig‗i shaklidagi andoza qo‗yiladi, keyin andoza bilan olovga chidamli g‗isht qatlami orasidagi bo‗shliq yuqorida aytilgan aralashma bilan to‗ldirilib, qoplama o‗tga toblab qizdiriladi. Tonnaji uncha katta bo‗lmagan (50 – 70kg) elektr pechkalarda qoplama o‗rniga suv bilan sovitiladigan metall (po‗lat yoki mis) qolipdan ham foydalaniladi.
Pechkaning eritish bo‗shlig‗i tepadan qopqoq 13 bilan berkitiladi. G‗ilof ish vaziyatida qotirish (stoporlash) tilchasi va tashlama planka 8 vositasida qotirib qo‗yiladi.





Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish