Metilatsetilen-propadien. Keyingi yillarda (asosan AQSH da) kis- lorod bilan kesish, payvandlash va boshqa metallarga gaz alangasida ish- lov berish jarayonlari uchun yangi yonuvchi gazdan foydalanilmoqda, u metilatsetilen va propan aralashmasidan tashkil topadi va MAPP (kom- ponentlarining bosh harflariga binoan) deb ataladi.
Metilatsetilen, propadien va ularning aralashmalari termodinamik ji- hatdan turg‗un emas, shu sababli MAPP gazi tarkibiga barqarorlashtir- gich (stabilizator) qo‗shiladi.
Atsetilenning o‗rnini bosuvchi boshqa uglevodorodli gazlardan farqli o‗laroq, MAPP yonganda molekulalarining parchalanishi, atsetilenniki bo‗lgani kabi, issiqlik ajralib chiqishi bilan sodir bo‗ladi. Bu hol shunga olib keladiki, MAPP alangasining harorati (2900 °C) atsetilen alan- gasining haroratiga (3150 °C) eng yaqin hamda boshqa uglevodorodli
gazlar bilan kislorod aralashmasi alangasining haroratidan ancha yuqori bo‗ladi.
MAPP suyultirilgan gazlar jumlasiga kiradi. Fizik xossalariga ko‗ra u propanga yaqindir. Ushbu gazning havo bilan aralashmasining portlovchanlik chegarasi 3,4 – 10,8% ni, kislorod bilan aralashmasiniki esa 2,5 – 60% ni tashkil qiladi. MAPP mis bilan portlovchan birikmalar hosil qiladi, shu bois ayni gaz tegadigan armaturada Cu 70% dan ortiq bo‗lmasligi zarur.
Inert himoya gazlari
Himoya gazlari yoy yordamida payvandlash uchun ishlatiladigan payvandlash materiallari sirasiga himoya gazlari kiradi, ular inert va aktiv gazlarga bo‗linadi.
Avval aytilganidek, bir qancha metall va qotishmalarning xossalari ularga yuqori haroratlarda kislorod, azot va vodorod ta‘sir etganda yomonlashadi. Bunday ta‘sirga barham berishning keng tarqalgan usullaridan biri inert gazlar atmosferasida payvandlashdir. Bu holda reaksion payvandlash bo‗shlig‗ini himoyalashni havoni siqib chiqaruvchi inert himoya gazi oqimi bilan yoki berilgan atmosfera tarkibi hosil qilingan maxsus kameralarda payvandlash orqali amalga oshirish mumkin.
Eng universal himoya gazlari argon va geliydir. Ayrim metallar, ma- salan misni himoyalash uchun inert gaz sifatida azotdan ham foyda- lanish mumkin.
Argon va geliy boshqa elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qilmaydi, shuning uchun ular inert gazlar hisoblanadi. Bu gazlar aksari- yat metallarda deyarli erimaydi.
Argon (Ar) - rangsiz va hidsiz, yonmaydigan hamda portlash jihati- dan havfsiz gaz. Me‘yoridagi sharoitda (20 °C va 101,1kPa) uning zi- chligi 1,66kg/m3 ga teng. ГОСТ 10157-79 ga muvofiq argonning uch navi (tarkibidagi aralashmalar miqdoriga ko‗ra) ishlab chiqariladi: argon miqdori kamida 99,99% bo‗lgan oliy nav; 99,98% bo‗lgan birinchi nav; 99,95% bo‗lgan ikkinchi nav.
6.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |