Atsetilen
Atsetilen (kimyoviy formulasi С2Н2) uglerod va vodorodning kimyoviy birikmasi xisoblanadi. Bu o‗ziga xos dimog‗ni yoradigan hidli yonuvchi rangsiz gazdir. Atsetilendan uzoq nafas olish bosh og‗rig‗i, ko‗ngil aynishi, ba‘zan esa umumiy kuchli zaharlanishni keltirib
chiqaradi. Atsetilen havodan engil – 20 °С va atmosfera bosimida 1m3 atsetilenning og‗irligi 1,09kg bo‗ladi.
Atsetilen, ayniqsa, uning havo yoki toza kislorod bilan aralashmasi xavfli gaz hisoblanadi. Atsetilenning havo bilan aralashmasi, agar unda hajm bo‗yicha 2,2 – 81% atsetilen bo‗lsa, portlaydi. Atsetilenning toza kislorod bilan aralashmasi, unda xajm bo‗yicha 2,8 – 81% atsetilen bo‗lganda portlash jihatidan xavflidir. Atsetilen-havo yoki atsetilen- kislorod aralashmasi uchqun, alanga, kuchli mahalliy qizish va boshqalar ta‘sirida portlashi mumkin.
Toza atsetilen bosimi 1,5kgs/sm2 dan yuqori bo‗lganda va 450 – 500
°C gacha tez qizigandagina portlash jihatidan xavflidir.
Atsetilen yoki uning havo yoxud kislorod aralashmasi portlaganda ko‗p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi, oqibatda harorat va bosim kuchli ko‗tariladi. Bunday portlashlar kattagina emirilish va baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Shu bois kalsiy karbidi va atsetilen bilan ishla- yotganda alohida ehtiyotkorlik hamda havfsizlik texnikasi qoidalariga qattiq rioya qilish talab etiladi.
Atsetilen ishlab chiqarishning yangi usuli – tabiiy gaz (metan) dan uni kislorod bilan termik oksidlab piroliz qilish yo‗li bilan olish keng ko‗lamda qo‗llanilmoqda. Metan bilan kislorod aralashmasi reaktorlarda 1500 °C haroratda yondiriladi. Hosil bo‗lgan gazlarda 8 % gacha atsetilen, 54% vodorod, 26% uglerod oksidlari bo‗ladi, qolganini aralashmalar tashkil qiladi. Gazlardan 99,5% tozalikdagi atsetilen ajratib olinadi, gazlarning qolgan qismi esa ammiak va boshqa mahsulotlar ish- lab chiqarish uchun foydalaniladi. Atsetilenni tabiiy gazdan olish kalsiy karbididan olishga qaraganda 30 – 40% arzonga tushadi.
Atsetilen o‗rnini bosuvchi gazlar. Metallarni kesish va payvandlashda atsetilendan tashqari, talay yonuvchi gazlardan va yonuvchi suyuqliklar bug‗laridan foydalanish mumkin. Payvandlash chog‗ida metallning samarali qizishi va erishiga erishish uchun alangan- ing harorati payvandlanayotgan metallning erish haroratidan taxminan ikki barovar yuqori bo‗lgani ma‘qul. Shuning uchun erish harorati po‗lat (alyuminiy va uning qotishmalari, latun, qo‗rg‗oshin) ning erish harorat- idan past bo‗lgan metallarni payvandlash, kavsharlash va hokazolard- agina atsetilen o‗rnini bosuvchi gazlardan foydalanish maqsadga mu- vofiqdir.
Kislorod bilan kesishda atsetilendan foydalanish shart emas va kislo- rod bilan aralashmasi yonganda harorati 1800 °C dan past bo‗lmagan
alanga berish mumkin bo‗lgan boshqa yonuvchi gazlar ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1m3 yoki 1kg gaz to‗liq yonganda hosil bo‗luvchi kilokalloriyadagi issiqlik miqdori gazning issiqlik chiqarish qobiliyati deyiladi. Gazning issiqlik chiqarish qobiliyati qancha yuqori bo‗lsa, u metallarni payvandlash va kesish maqsadlariga shuncha yaroqli bo‗ladi.
Yonuvchi gazlar yonishi uchun payvandlash gorelkasi yoki keskichga uzatiladigan kislorod miqdori turlicha bo‗lishi talab qilinadi. 6.1-jadvalda gaz alangasida payvandlash va kesish uchun ishlatiladigan yonuvchi gazlarning asosiy tavsiflari keltirilgan hamda ular qo‗llaniladigan sohalar ko‗rsatilgan.
Agar berilgan metallni payvandlash yoki kesish uchun zarur bo‗ladigan atsetilenning m3/soatdagi sarfi ma‘lum bo‗lsa, u holda al- mashtirish koeffitsientidan foydalanib, atsetilenning o‗rnini bosuvchi istalgan yonuvchi gaz sarfini ham aniqlash mumkin.
Almashtirish koeffitsienti (Kg) deb, atsetilenning issiqlik chiqarish qobiliyatini (Qa = 12600kkal/m3) berilgan yonuvchi gazning (Qg) issiqlik chiqarish qobiliyatiga nisbatini aytiladi:
Кg Qa
Qg
12600
Qg
Misol. Po‗latni kesish uchun Va = 1500dm3/soat miqdorida atsetilen ishlatiladi. Kesishning barcha shart-sharoitlari uchun metan sarfi aniqlansin. 6.1-jadvaldan metanning issiqlik chiqarish qobiliyati Qg = 8000kkal/m3 ni aniqlaymiz; tabiiy gaz uchun almashtirish koeffitsienti
Кg 12600
8000
ga teng va izlanayotgan sarf ushbuni tashkil etadi:
Vg = Kg Va = 1,58∙1500 = 2400dm3/soat.
6.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |