Rutil qoplamali elektrodlar bilan hosil qilingan choklar metallining o‘ziga xos mexanik tavsiflari
Qoplama turi
|
Vaqtinchalik qarshiligi, MPa
|
Oquvchanlik chegarasi, MPa
|
Nisbiy uzayishi, %
|
Quyidagi haroratda zarbiy
qovushqoqligi KСV, J/sm2
|
20
|
- 40
|
Rutil–
karbonatli
|
450-490
|
350-400
|
25-28
|
120-160
|
80-110
|
Rutil-
alyumosilik atli
|
470-500
|
350-390
|
22-28
|
100-140
|
60-100
|
Nazorat savollari
Elektrod qoplamalariga qanday vazifalar qo‗yiladi?
Asos qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda qanday metallurgik jarayonlar sodir bo‗ladi?
Oksidlovchi qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda qanday metallurgik jarayonlar sodir bo‗ladi?
Rutil qoplamasi qanday guruhlarga ajratiladi?
BOB. GAZ ALANGASI BILAN ISHLOV BERISHDA ISHLATILADIGAN PAYVANDLASH MATERIALLARI
Kislorod
Materiallarga har bir gaz alangasi bilan ishlov berish jarayonida, jarayonning nomi aytib turganidek, yonuvchi gazni kislorod yoki havo bilan aralashmasi yonishi natijasida yuzaga keluvchi gaz alangasi ishtirok etishi zarur.
Barcha jarayonlarda kislorod yonuvchi gazning yonishini ta‘minlaydi, kislorod bilan kesish jarayonida esa o‗ziga xos kesuvchi asbob bo‗lib hisoblanadi. U deyarli hamma kimyoviy elementlar bilan birikmalar (oksidlar) xosil qiladi. Inert gazlar va asl metallar bundan mustasnodir. Kislorodning yonuvchi gazlar bilan muayyan nisbatlardagi aralashmasi portlash jihatidan havflidir.
Atmosfera bosimida va odatdagi haroratda kislorod rangsiz hamda hidsiz gazdan iborat bo‗ladi. U havodan bir muncha og‗irroq. Atmosfera
bosimida va 20 °C haroratda 1m3 kislorodning og‗irligi 1,33kg ga teng. Yonuvchi gazlarning va yonuvchi suyuqlik bug‗larining toza kislorodda yonishi shiddatli, katta tezlik bilan kechadi, yonish zonasida esa yuqori harorat yuzaga keladi.
Payvandlash joyida metall tez erishi uchun zarur bo‗lgan yuqori ha- roratli payvandlash alangasini hosil qilish maqsadida yonuvchi gaz yoki yonuvchi suyuqliklar bug‗lari toza kislorod bilan aralashma holida yondiriladi. Agar gazning yonishi tarkibida hajm bo‗yicha faqat 1/5 qism kislorod bo‗lgan (qolganini azot tashkil etadi) havoda yuz bersa, u holda payvandlash alangasining harorati gaz toza kislorodda yonganiga nisbatan ancha past bo‗ladi.
Siqilgan gazsimon kislorod moylar yoki yog‗larga tekkanda ular o‗z- o‗zidan alanga olishi, bu esa yong‗in yoki portlashga sabab bo‗lishi mumkin. Shu bois kislorod ballonlari yoki apparatlari bilan ishlayotgan- da ularga hatto juda oz miqdorda moy yoxud yog‗lar tushmasligini sinchiklab kuzatish shart. G‗ovakdor moddalar (ko‗mir, qurum, kigiz, paxta va boshqalar) ga suyuq kislorod shimilishi ayniqsa havflidir, chunki bunda ular kuchli portlovchan moddalarga aylanadi. Kislo- rodning yonuvchi gazlar va yonuvchi suyuqliklar bug‗lari bilan aralashmasi kislorod hamda yonuvchi moddalarning muayyan nisbatida portlaydi.
Texnik kislorod atmosfera havosidan olinadi. Buning uchun havoga havo ajratish qurilmalarida ishlov beriladi, bu erda u chang, karbonat kislotadan tozalanadi va namdan quritiladi. Bunda havo kompressor vositasida zarur bosimgacha (6 dan 180kgs/sm2 gacha) siqiladi. Zarur bosim qurilmaning ish sikli bilan aniqlanadi. Keyin siqilgan havo suyulguncha issiqlik almashgichda sovitiladi. Shundan so‗ng u kislorod va azotga ajratiladi. Havoning ajralish jarayoni suyuq kislorodning qaynash harorati suyuq azotning qaynash haroratidan taxminan 13 °C yuqori bo‗lgani tufayli yuz beradi. Azot oson qaynaydigan gaz bo‗lgani uchun birinchi bo‗lib bug‗lanadi va havoni ajratadigan qurilmadan yana atmosferaga chiqib ketadi. Suyuq toza kislorod havoni ajratadigan qurilmada to‗planadi, bug‗lanadi va gazgolderda yig‗iladi, bu erdan u maxsus kompressor yordamida ballonlarga 165kgs/sm2 bosim ostida tortib olinadi. Payvandlash joyiga kislorod quvur orqali 5 dan 30kgs/sm2 bosim ostida berilishi mumkin.
– 183 °C haroratda va atmosfera bosimida kislorod harakatlanuvchi, oson bug‗lanuvchi zangori suyuqlikka aylanadi. Bunda u egallaydigan hajm tahminan 860 baravar kamayadi. Suyuq kislorod qizdirilganda
bug‗lanadi va yana gazga aylanadi: 1dm3 suyuq kislorod bug‗langanda 860 dm3 yoki 0,86m3 gazsimon kislorod beradi (atmosfera bosimida va 20 °C haroratda); 1kg suyuq kisorod bug‗langanda 0,75m3 gazsimon kislorod beradi (atmosfera bosimida va 20 °C haroratda).
Sanoatda suyuq kislorod olishga mo‗ljallangan qurilmalardan ham keng ko‗lamda foydalaniladi.
Suyuq kislorod issiqlik o‗tkazmaydigan maxsus idishlarda saqlanadi va tashiladi. Metallarni payvandlash va kesish uchun foydalanishda suyuq kislorod avval gazga aylantiriladi. Buning uchun payvandlash va kesish ishlari amalga oshiriladigan korxonalarda suyuq kislorod uchun bug‗latkichlari bo‗lgan gazifikatorlar yoki nasoslar o‗rnatiladi.
Payvandlash va kesish uchun uch navdagi texnik kislorod ishlab chiqariladi: tozaligi hajm bo‗yicha 99,5% dan kam bo‗lmagan oliy navli; tozaligi kamida 99,2% bo‗lgan birinchi navli; tozaligi 98,5% dan kam bo‗lmagan ikkinchi navli. Qolgan 0,5 – 1,5% ni azot va argon tashkil etadi.
Texnikada kisloroddan po‗lat, cho‗yan, rangli metallar, yonuvchi gazlar, kimyoviy mahsulotlar va boshqalar olish jarayonlarini tezlashtirish (jadallashtirish) uchun ham foydalaniladi. Bu jarayonlarda havo o‗rniga kislorod ishlatiladi yoki agregatlarga beriladigan havo kislorod bilan boyitiladi. Shu yo‗l bilan yonish va oksidlanish jarayonlarini tezlashtirishga erishiladi, natijada asosiy mahsulot chiqishi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |