Sterjenlarga qoplama qoplash
Hozirgi vaqtda qoplamalar sterjenlariga amalda faqat maxsus agregatlarda yuqori bosim ostida presslash usuli bilan qoplanadi. Qoplamagacha bo‗lgan elektr agregatlar bunkerdan uzatish konveyeriga qoplash kallagiga donalab keladigan elektrod sterjenlarini pressga mexanizatsiyalashtirilgan holda uzatadi. Qoplama massasi porshen bosimi ostida kalakka press silindiridan uzatiladi, qoplama massasi dastlab briketlar ko‗rinishida press silindiriga yuklanadi.
Qoplama kalagidan chiqishda elektrodlar qotishmadan tayyorlangan kalibirlovchi vtulka (fil‘era) bilan kalibirlanadi uning ichki diametri tayyor elektrodning tashqi diametrini belgilaydi.
4.10-rasm. O‘zakka qoplama qoplovchi kallak sxemasi:
1 - korpus; 2 - vtulka; 3 – fil‘era; 4 - press porsheni.
Elektrodlar qoplama qoplash kallagidan 150 – 800 dona/min tezlikda chiqib nisbatan mustahkam qoplamaga ega bo‗ladi. Ular qabul qiluv uzatuvchi transportyorga kelib tushadi, bu transportyor elekprodlarni elektrqoplashgachv pressdan qabul qilib olish va ularni tozalash mashinasining transporteriga uzatish uchun xizmat qiladi. Tozalash mashinasi elektrodning elektrod tutgichi ostidagi bir uchidan qoplamani olib tashlash va ikkinchi uchini tozalash uchun xizmat qiladi. Tozalash
uzelidan so‗ng elektrodlar odatda darhol termoishlov berish uchun jo‗natiladi.
Elektrodlarga termoishlov berish
Elektrodlarga termik ishlov berish unda eritilgan metall va payvand birikmalarning berilgan kimyoviy tarkibini va xossalarini ta‘minlashga imkon beruvchi chegaralarda namlikni saqlashda qoplamaga etarlicha mexanik mustahkamlik berish maqsadida amalga oshiriladi. Odatda bog‗lovchi sifatidagi suyuq shisha eritmalarini qo‗llanib tayyorlangan elektrodlarni tabiatining issiqlik rejimlarini mexanik mustahkamlik bilan bir qatorda qoplamaning namlikga bardoshligini ham (sellyulozali elektrodlardan tashqari) ta‘minlaydi.
Termik ishlov berishning to‗la sikli o‗z ichiga dastlabki ko‗rinishni, yakuniy ko‗rinishini, toblash va sovitilgani oladi. Elektrodlar presslangandan so‗ng bevosita qoplamaning namligi 9 – 12% ni tashkil etadi. Termik ishlov berilgandan so‗ng namlikning ruxsat etilgan miqdori qoplamaning turiga bog‗liq bo‗ladi. Jumladan, asosiy qoplamaga ega elektrodlar qoplama massasining 0,2% dan ortiq bo‗lmagan namlikka ega bo‗lishi kerak. Bunda namlikni aniqlash qoplamani asosini doimiy massasiga etkazib 400±10 °C haroratda amalga oshiriladi. Ravshanki, bunday namlikni ta‘minlash uchun elektrodlar yuqori haroratda (360 – 400 °C) etarlicha uzoq vaqt mobaynida toblanishi kerak.
Rutil va kislota qoplamali elektrodlar retsepturasida organik moddalar (sellyuloza, kraxmal va boshqalar) mavjud bo‗lib, bu moddalar g‗ovaklikka sezgirligini pasaytirib payvand vannasining gazdan himoyalanishini vujudga keltiradi. Shu munosabat bilan bunday elektrodlarni yuqori haroratlarda toblash mumkin emas, chunki bunda organik tashkil etuvchilar yonib ketadi va gaz himoyasi keskin pasayadi. Aytib o‗tilgan elektrodlar qoplamasining namligi 180±10 °C aniqlanadi va ko‗pi bilan 0,3 – 0,4% ni tashkil etish kerak. Bunday elektrodlarni toblash harorati ham ana shunda.
Sellyulozali elektrodlarining qoplamasi sellyulozadan iborat. Elektrodlardan me‘yorida foydalanish uchun qoplama ma‘lum miqdordagi namlikka ega bo‗lishi kerak, shuning uchun elektrodlar 14 – 15 minut davomida 120 – 130 °C haroratda quritiladi. Qoplamaning namligi 110±5 °C da aniqlanadi va 0,5 – 2% atrofida bo‗lishi kerak.
Elektrodlarga qoplamani surkash uchun mo‗ljallangan moylovchi massa xossalari, tarkibi va shakllari bo‗yicha turlicha bo‗lgan, suyuq shisha eritmasi bilan yaxshilab aralashtirilgan kukunli materiallar donalaridan iborat. Bunda har bir qattiq zarracha atrofida suyuqlikli plyonka hosil bo‗ladi. Suyuq shisha yana ham kiritilsa, plyonkaning qalinligi ortadi.
Yuqori bosim ostida qoplangan elektrodlar qoplamasida kapillyarlar tarmog‗i mavjud bo‗lib, ular qisman yoki to‗liq ravishda suyuq shisha bilan to‗ldirilgan. Quruq shixtaning qattiq zarrachalari shakli va o‗lchamlarining har xilligi munosabati bilan qoplamadagi kapillyarlarning kesimlari ham o‗zgaruvchan bo‗ladi.
Suyuq shisha kolloidli tuzilishga ega, bu esa SiO2, H2O va ROH ishqori molekulalarining katta sonidan iborat bo‗lgan majmualarning mavjudligi bilan bog‗liq. Suyuq shishada bog‗lanishining mustahkamligi har xil. Juda kichik zichlikka va qovushoqlikka ega bo‗lgan suyuq shishani quritishida avval majmualar bilan mustahkamligi kamroq bog‗langan molekulalar yo‗qola boshlaydi. Suyuq shishaning zichligi ortgan sari namlikning bog‗lanish mustahkamligi uzliksiz ortib boradi va suvning keyingi molekulalarini ajratish uchun borgan sari ko‗proq energiya sarflash talab etiladi. Qoplamadan suvni bug‗lanishi uning kapillyar tuzilishi tufayli ham qiyinlashadi. Birinchidan, bu kapillyar sirt tarangligi kuchlari hisobiga suvni qo‗shimcha ravishda tutib turish bilan bog‗liq. Ikkinchidan, bu hol ancha muhimdir, juda ingichka kapillyarning mavjudligi qoplamaning ichkarisidan bug‗ va namlikning diffuziyasini qiyinlashtiradi.
Kapillyardagi namlik quyidagi tarzda yo‗q qilinadi. Quritishning dastlabki onlarid, massaning ma‘lum bir qatlamida namlikning muvozanatdagi holati mavjud bo‗lganda (havodagi suyuqlik bug‗larining bosim mazkur massa qatlamidagi bug‗larning bosimidan kam), namlik kapillyardan bug‗lanadi-bunda namlikning bug‗lanishi bosqichma-bosqich tarzda yuz beradi.
Kapillyar namlikni yo‗qotish jarayoni ustiga kolloid zarrachalar bilan qattiq mustahkam bog‗langan namlikni yo‗qotish jarayoni qo‗shiladi. Nisbatan kuchsizroq bog‗langan namlikning bir qismi kapillyar namlik bir vaqtda yo‗qotilishi mumkin. Binobarin, bu jarayon kapillyar namligi bo‗lmagan qatlamda yuz beradi. Suv molekulalarining kolloid zarrachalar bilan bog‗liqligi (aloqasi) qanchalik yuqori bo‗lsa, u holda bu molekulalarni yo‗qotish shunchalik katta haroratlarda boshlanadi. Namlikning bog‗lanishi mustahkamligi modul va qo‗llanilgan suyuq
shishaning turiga (natriyli kaliyli, aralashma) bog‗liq bo‗ladi, bog‗langan namlikning miqdori asosan suyuq shishaning quruq qoldig‗i miqdoriga bog‗liq bo‗ladi.
Aynan bir hil parametrdagi atmosferada (harorat, bosim, namlik) bir markadagi elektrodlarni quritish tezligi qoplamaning qalinliga bog‗liq bo‗ladi. Qoplama qancha qalin bo‗lsa, quritish shuncha sekin kechadi. Bu ikkita sabab bilan izohlanadi:
Odatdagi quritish usulida namlikni yo‗qotish uchun zarur energiya qoplama sirti orqali keladi. Qalinlik ortirilganda elektrod qoplamasi sirtining yuzi qoplama massasiga qaraganda sekinroq ortadi (o‗sadi). Shuning uchun qoplamaning massa birligiga vaqt birligida kamroq miqdordagi energiya keladi.
Namlikning bug‗lanishi turli xil qatlamlardan yuz beradi; bug‗lanishlar sirti elektrod sterjeni yo‗nalishida siljiydi. Natijada qoplamaning ichida hosil bo‗ladigan bug‗ kapillyarlar bo‗ylab katta uzunlikdagi yo‗lni o‗tishi kerak, bu ham quritish jarayonini sekinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |