Cho‘yan va rangli metallarni payvandlash uchun qoplamali el- ektrodlar
Cho‗yan va rangli metallar (alyuminiy, mis va ularning qotishmalari) ni yoy yordamida qo‗lda payvandlashga mo‗ljallangan qoplamali elektrodlarga qo‗yiladigan talablar davlat standartlarida belgilab qo‗yilmagan va bunday elektrodlar muayyan markalardagi elektrodlarga oid standartlar yoki texnik shartlarga muvofiq tayyorlanadi.
Cho‗yanni payvandlash uchun ko‗pincha ОМЧ-1, ВЧ-3, МНЧ-1, МНЧ-2, ЦЧ-3А va ЦЧ-4 markali elektrodlardan foydalaniladi.
Alyuminiyni va uning qotishmalarini payvandlash uchun ОЗА-1, ОЗА-2 vа А2 markali elektrodlar keng ko‗lamda ishlatiladi.
Misni hamda uning qotishmalarini payvandlash uchun
―Комсомолец-100‖, МН-5 vа ОЗБ-1 markali elektrodlar eng ko‗p qo‗llaniladi.
Elektrod qoplamalarini komponentlari haqida asosiy ma’lumotlar
Yoy yordamida payvandlash va eritib qoplash uchun mo‗ljallangan hozirgi elektrodlarga bir qancha talablar qo‗yiladi, xususan, birinchi navbatda asosiy metall va payvand choklarning foydalanish tavsiflari bir xil bo‗lishi kerak; berilgan muayyan sharoitda payvandlash yoki eritib qoplashda elektrodlarning qo‗llanilishi texnologiyabop bo‗lmog‗i lozim. Po‗latlar, qotishmalar va rangli metallar markalari soni juda ko‗pligini hamda tobora oshib borayotganini va payvand konstruksiyalarning ishlash sharoiti juda xilma-xilligini hisobga olinadigan bo‗lsa, elektrodlarning uzluksiz kengayib boradigan nomenklaturasi mavjud bo‗lgandagina talablarni etarlicha to‗liq qanoatlantirish mumkin bo‗ladi. Eng maqbul tarkibli sterjen metallini tanlash, elektrod qoplamalarining eng munosib kompozitsiyalari va miqdorini izlash ko‗pincha metallurgik hamda texnologik vazifalarni bajaruvchi yangi materiallardan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bitta elektroddagi qoplamaning har xil komponentlari bajaradigan vazifalarni oqilona uyg‗unlashtirishgina chok metallini ham, elektrodlarning o‗zlarining ham berilgan xossalarini ta‘minlash imkonini beradi. Qoplamadagi vazifalarga ko‗ra materiallar shlak hosil qiluvchi, gaz hosil qiluvchi, legirlovchi materiallarga, kisloroddan tozalovchilarga, yoy stabilizatorlariga, plastifikator va bog‗lovchilarga ajratiladi. Ko‗pincha birgina o‗sha komponentlarning o‗zi bir necha vazifani bajaradi. SHu bois ularning vazifasiga qarab bo‗linishi
shartlidir.
Elektrod qoplamalari sifatida turli materiallar, minerallar, rudalar va konsentratlar, ferroqotishmalar hamda ligoturlar, sof metallar, ximikatlar, silikatlar va hokazolarning kukunlari qo‗llaniladi. Elektrod qoplamalarining asosiy komponentlari (eriydigan silikatlardan tashqari) haqidagi ma‘lumotlar 4.10-jadvalda keltirilgan.
Bir qancha materiallar nomida elektrod ishlab chiqarish uchun ularn- ing vazifasi ko‗rsatilgan. Bu ko‗pincha payvand choklar metalli uchun toza materiallar aralashmasidan foydalanish zarurligi bilan bog‗liq. Bunga ba‘zan qazib olish joyining o‗zida maxsus ishlov berish orqali er-
ishiladi. Elektrodlarning payvandlash-texnologik xossalariga materi- alning mineralogik kelib chiqishi katta ta‘sir ko‗rsatishi mumkinligi ino- batga olinmog‗i lozim. Shu sababli u yoki bu materialni amalda ko‗p uchrovchi teng bo‗la oladigan (ekvivalent) material bilan almashtirish masalasiga juda extiyotkorlik bilan yondashilmog‗i kerak.
4.10-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |