Gaz alangasida payvandlash va kesish uchun ishlatiladigan yonuvchi gazlarning asosiy tavsiflari hamda ular qo‘llaniladigan sohalar
Nomi
|
Kislo- rodda yonganda alan- gasining harorati,
°S
|
20°S
da va 760
mm bosim. ust. bosim-
ida 1 m3
|
Issiqlik chiqarish qobili- yati (eng past), kkal/m3
|
Atsetilen ni almashtir ish koeffitsi enti
|
1m3 yonilg‗i uchun gorelkaga uza- tiladigan kislorod
miqdori, m3
|
Olish usuli (payvandlash va kesish uchun)
|
Tashish va saqlash uchun
|
Qo‗llaniladig an soha
|
|
|
ning og‗irlig
i
|
|
|
|
|
|
|
Gazlar:
Atsetile n
|
3150
|
1,09
|
12600
|
1
|
1,0-1,3
|
Kalsiy karbididan
|
Atsetonda eritilgan holatda bal- lonlarda 20° C da 19
kgs/sm2 bosim osti- da
|
Barcha payvandlash va kesish hol- lari uchun
|
Vodoro d
|
2000-
2100
|
0,084
|
2400
|
5,2
|
0,3-0,4
|
Suvni elektr toki vositasida parchalash yo‗li bilan
|
Gazsimon ko‗rinishda ballonlarda 20°S da 150
kgs/sm2 bosim osti- da
|
2mm gacha qalinlikdagi po‗latni payvandlash, latunni, al- yuminiy, qo‗rg‗oshinni payvandlash, kavsharlash, kislorod bilan
kesish
|
Pirolizl angan
|
2300
|
0,65-
0,85
|
7500-
8000
|
1,6
|
1,2-1,5
|
Neftni
parchalash orqali
|
Gaz quvurida
|
Shuning o‗zi
|
Neftdan olingan
|
2300
|
0,63-
1,45
|
9800-
13500
|
1,5
|
1,5-1,6;
keskichga- 2 gacha
|
Neftni parchalash orqali
|
Gazsimon ko‗rinishda ballonlarda 120-150
kgs/sm2 bosim osti-
da yoki quvurlarda
|
|
Texnik propan
|
2100
|
1,92
|
21200
|
0,6
|
1,75
|
Zavodda neft- ni qayta ish- lash yo‗li bilan
|
Suyuq ho- latda bal- lonlarda 16 kgs/sm2 bosim osti- da
|
Po‗latni, cho‗yan va rangli metal- larni payvandlash va kavshar- lash (4-6mm qalinlikdagi)
kislorod bilan kesish
|
Shahar gazi
|
2000
|
0,84-
1,05
|
4500-
5000
|
2,5
|
1,2-1,3
|
Qattiq yoqilg‗ini gazlashtirish orqali
|
Gazsimon ko‗rinishda ballonlarda 150
kgs/sm2 bosim osti- da yoki quvurlarda
|
oson eruvchi metallarni payvandlash, kavsharlash, kislorod bilan kesish
|
Koks
|
2000
|
0,4-
|
3500-
|
3,2
|
0,6
|
Ko‗mrlarni
|
Shuning
|
Shuning o‗zi
|
gazi
|
|
0,55
|
4200
|
|
|
kokslash yo‗li
bilan
|
o‗zi
|
|
Slanets gazi
|
2000
|
0,74-
0,93
|
3000-
3400
|
4,0
|
0,7
|
Yonuvchi slanetslarni
gazlashtirish orqali
|
|
|
Metan
|
2000
|
0,7-0,9
|
8000
|
1,6
|
1-1,5
|
Tabiiy gaz
|
|
|
Bug‗lar
:
Kerosin bug‗i
|
2400-
2450
|
0,8-
0,84*
kg/dm3
|
10600
kkal/kg
|
1,3
|
1,7-2,4 m3
(1kg kerosinga)
|
Neftni qayta ishlash yo‗li bilan
|
Suyuq ho- latda sis- ternalar yoki bochkalar- da at- mosfera bosimi os-
tida
|
Po‗latlarni kislorod bilan kesish, oson eruvchi metallarni payvandlash, kavsharlash, sirtini toblash
|
Benzin bug‗i
|
2500-
2600
|
0,7-
0,76*
kg/dm3
|
10000
kkal/kg
|
1,4
|
1,1—1,4
m3 (1 kg benzinga)
|
Shuning o‗zi
|
Shuning o‗zi
|
Shuning o‗zi
|
* Kerosin va benzin uchun suyuqliening og‗irligi ko‗rsatilgan.
|
Atsetilen o‗rnini bosuvchi gazlar sanoatning ko‗pgina tarmoqlarida, shuningdek maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladi. Shuning uchun ularni ishlab chiqarish va chiqarib olish keng ko‗lamlarda yo‗l qo‗yilgan, shu bilan birga ular juda arzon, ularning atsetilendan asosiy afzalligi ana shundadir.
Mazkur gazlar alangasi haroratining pastroqligi tufayli ulardan foy- dalanish metallarning ayrim qizish va erish jarayonlari bilan cheklangan. Bir qancha hollarda bu holat gaz alangasida ishlov berish jarayonlari un- umdorligini kamaytiradi ham. Ayrim gazlar va suyuq yonilg‗ilar (masa- lan, neft gazi, propan, kerosin) yuqori haroratli alanga hosil qilish uchun atsetilenga nisbatan kislorodning ko‗proq solishtirma sarfini talab qiladi. Bundan tashqari, atsetilen o‗rnini bosuvchi gazlarni ballonlarda yuqori bosim ostida uzoq masofalarga tashish tejamli emas, bu esa gaz alanga- sida ishlov berish uchun ushbu gazlardan foydalanishni birmuncha che- klaydi. Shu bois bu gazlardan ular etarli miqdorda bor bo‗lgan yoki ular gaz quvurlari bo‗ylab tashiladigan korxonalar va hududlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Atsetilen o‗rnini bosuvchi gazlar gorelka yoki keskichga gaz quvuri- dan beriladigan bo‗lsa, har bir ish o‗rni yaqinida gaz quvuri bilan gorel- ka orasiga tegishlicha gaz bosimi va sarfiga mo‗ljallangan saqlovchi post zatvori o‗rnatilmog‗i lozim. U gaz quvurlarini alanga orqaga urgan- da ularga alanga kirishidan yoki gorelka yoxud keskichning
mundshtuklari tiqilib qolganda gaz quvuriga kislorod kirishidan saqlash uchun zarurdir.
Odatdagi saqlash va tashish sharoitida hech qanday bosimda suyuq holatga o‗tmaydigan gazlar ham atsetilen o‗rnini bosuvchi siqiladigan yoki siqilgan gazlar deb ataladi. Bu ta‘rifga rioya qilinadigan bo‗lsa, kritik harorati amalda uchraydigan havo haroratidan past (taxminan mi- nus 40 °C past) bo‗lgan barcha gazlarni siqiladigan gazlar qatoriga ki- ritish mumkin.
Bu erda gap atsetilen o‗rnini bosuvchi gazlar haqida ketmoqda. Atsetilenga bu ta‘rif to‗g‗ri kelmaydi, chunki uning kritik harorati 35,7
°C ga teng.
Siqiladigan gazlar jumlasiga vodorod, metan hamda koks gazi, tabiiy gaz, neft gazi va shahar gazi singari ko‗p komponentli gazlar kiradi.
Quyida ayrim siqiladigan yonuvchi gazlarning xossalari ko‗rib chiqi- ladi.
Vodorod (H2) rangsiz, hidsiz va ta‘msiz gazdir.
Vodorod barcha ma‘lum gazlardan eng engili sanaladi; u havodan 14,5 barovar engil. Texnik vodorod sanoat ko‗lamlarida suvni el- ektrolizlash, koks gazini chuqur sovitish usulida bo‗lish (ajratish), suv bug‗ini yuqori haroratda temir ishtirokida parchalash (temir-bug‗ yoki kontakt usuli) yoki boshqa usullar bilan olinishi mumkin.
Metallarga gaz alangasida ishlov berishda qo‗llaniladigan vodorodga ГОСТ 3022-70 ―Texnik vodorod‖ ga muvofiq talablar qo‗yiladi.
Texnik vodorod olinish usuliga ko‗ra to‗rt xil markada ishlab chiqariladi: A - suvni elektrolizlab olinadigan vodorod; Б - temir-bug‗ usulida va ferrosilitsiyni ishqor eritmasi bilan o‗zaro ta‘sir ettirib oli- nadigan vodorod; В - xlorli tuzlarni elektrolizlab olinadigan vodorod; Г
- uglevodorod gazlarini bug‗ yordamida o‗zgartirish (konversiyalash) orqali hosil qilinadigan vodorod.
A markali vodorod eng toza hisoblanadi (vodorod miqdori 99,8% dan oz emas). Б markali vodorodlarning tozalik darajasi 98% dan kam emas. В va Г markali vodorodlarning ikki navi (1 va 2-nav) ishlab chiqariladi: В markalisining tozaligi 98,5 va 97,5%, Г markalisiniki esa 97,5 hamda 95% bo‗lishi kerak.
Vodorodda kislorodning, uglerod oksidlarining, ishqorlar, vodorod sulfid, xlor va namlikning (siqilgan va siqilmagan) vodorodlar uchun miqdori (markalar bo‗yicha) ГОСТ 3022-70 da belgilab qo‗yilgan.
Vodorodning kislorod yoki havo bilan aralashmasi portlash jihatidan konsentratsiyalari diapazonlari katta bo‗lgan portlash jihatidan xavfli sa- naladi.
Toza holdagi vodorod metallarga gaz alangasida ishlov berishda nis- batan kam qo‗llaniladi. Ko‗pincha u murakkab yonuvchi gazning kom- ponentlaridan biri hisoblanadi.
Metan (CH4) biroz sarimsoqpiyoz hidi bo‗lgan rangsiz gazdir. Toza holdagi metan gaz alangasida ishlov berish uchun ishlatilmaydi. U tabiiy gazlarning asosiy komponenti sanaladi va boshqa siqiladigan yonuvchi gazlarning tarkibiga kiradi.
Tabiiy gazlar CnH2n+2 turidagi gazsimon to‗yingan uglevodorodlar aralashmalaridan iborat bo‗lib, ularda metan miqdori ko‗proq bo‗ladi.
Tabiiy gazlar tarkibida hamma vaqt azot, suv bug‗lari, ba‘zan esa karbonat angidrid gazi (CO2), shuningdek vodorod sulfid va juda kamdan-kam hollarda vodorod ko‗rinishidagi aralashmalar bo‗ladi. Bu gazlarda siqiladigan tashkil etuvchilar (propan, butan va yuqoriroq molekulyar uglevodorodlar) ko‗p miqdorda bo‗lmagani sababli ular, ta- biiy gazlardan (neft gazlaridan) farqli o‗laroq, quruq gazlar deb ataladi.
Neft gazlari olinish usuliga binoan tabiiy va sun‘iy (korxona) xillar- ga ajratiladi.
Tabiiy neft gazi neftli qatlamdagi neftda erigan bo‗ladi. Neft qazib chiqarishda gaz bosimi pasayishi natijasida ajralib chiqadi. Tabiiy neft gazi neft qazib chiqarishda uning yo‗ldoshi bo‗lgani bois ba‘zan bu gaz hamroh yoki yo‗ldosh gaz deb ataladi.
Tabiiy neft gazining asosiy komponentlari metan, etan, propan, butan va parafin qatoridagi yuqoriroq molekulyar uglevodorodlardir. Tabiiy gaz tarkibidagi tashkil etuvchilar miqdori neftdan gaz olish shart- sharoitiga va uning kimyoviy tarkibiga bog‗liq.
Tabiiy neft gazi tabiiy gazdan propan, butan va yuqori molekulyar uglevodorodlar miqdori ko‗pligi bilan farq qiladi, ular komprimirlan- ganda suyuq holatga o‗tadi, bu esa ba‘zan neft gazini suyultirilgan gazlar sirasiga kiritishga asos beradi.
Sun‘iy (zavodda olinadigan) neft gazlari neftni qayta ishlab olinadi. Bu gazlar tarkibiga, parafin gazlari bilan bir qatorda olefin qatoridagi uglevodorodlar (etilen C2H2, propilen C3H6, butilen C4H8, amilen C5H10)
ham kiradi. Su‘iy neft gazida, tabiiy neft gazidan farqli o‗laroq, vodorod miqdori ancha (60% gacha) bo‗ladi.
Koks gazi toshko‗mirni koks batareyalarida quruq usulda haydash mahsulotlari (gazsimon) aralashmasidan iborat.
Ko‗mirni qazib olish joyi va ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab koks gazi tarkibida (hajm foizida) 40 – 60 vodorod, 20 – 30 metan, 5 –
12 uglerod oksidi, 1,5 – 4 og‗ir uglevodorodlar, 1,5 – 14 azot, 2 – 3 kar- bonat angidrid gazi xamda 0,4 – 1 kislorod bo‗ladi.
Koks gazining yonish issiqligi nisbatan past bo‗ladi, ammo shunga qaramay, arzonligi va metallurgiya zavodlarida borligi tufayli metallarga gaz alangasida ishlov berishda atsetilenning o‗rnini bosuvchi material si- fatida qo‗llanilmoqda.
Ishlab chiqarish joyiga koks gazi ballonlarda 150kgs/sm2 bosim osti- da yoki gaz quvurlari bo‗ylab past bosim (30 – 150mm suv. ust.) ostida keltiriladi. Gazning bosimi etarli bo‗lmagan hollarda uni gaz bosqonlari (gazoduvki) yordamida oshirish mumkin, ammo bunda zarur havfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilmog‗i lozim.
Tozalanmagan koks gazida smolali moddalarning ancha miqdordagi bug‗lari bo‗ladi, ular suvga aylanganda quvurlar devorlariga, ayniqsa, apparatlarning ensiz kanallariga o‗tirib ularni bekitib qo‗yishi mumkin. Bundan tashqari, tozalanmagan koks gazida vodorod sulfid va boshqa oltingugurtli birikmalar bor bo‗lib, ular misdan tayyorlangan gaz quvurlari hamda mundshtuklarning chiqish kanallari devorlarini bir- biridan ajratib qo‗yadi (emiradi). Shu sababli gaz alangasida ishlov ber- ishda foydalaniladigan koks gazini smolali moddalar va oltingugurtli bi- rikmalardan tozalash kerak. Koks gazidan foydalaniladigan bo‗lsa, mundshtuklar latundan qilinmog‗i lozim.
Shahar gazi murakkab yonuvchi gaz hisoblanadi. Shahar gazining asosiy komponenti odatda gazdan iborat bo‗ladi. Bu gazga koks yoki generator gazi qo‗shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |