Oksidlovchi qoplamali elektrodlar bilan payvandlashdagi metallurgik jarayonlar
Bu turdagi qoplamalar jumlasiga barqarorlashtiruvchi, kislotali (ruda-kislotali) va oksidlovchi qoplamalar kiritilmog‗i lozim. Keyingi paytda bunday qoplamali elektrodlardan sanoatda juda kam, shunda ham asosan umumiy ishlarga mo‗ljallangan muhim bo‗lmagan konstruksiyalarni payvandlashda foydalanilmoqda.
Barqarorlashtiruvchi qoplama. Qoplamaning bu turi elektrod sterjeniga juda yupqa qatlam tarzida qoplanadi. Bunda qoplamaning massasi sterjen qoplamasi massasining ko‗pi bilan 2% ini tashkil etadi. Barqarorlashtiruvchi qoplamalardan, o‗z vaqtida, bo‗r qoplama eng keng tarqalgan, bunday qoplama maydalangan bo‗rni (80 – 85%) suyuq shi- shada (15 – 20%) eritib tayyorlangan. Bu turdagi qoplamalarning bir qancha murakkabroq retsepturasi ham bor, masalan A-1, K-3, OMA-2 va boshqalar. Elektrodlarning A-1 markali qoplamasi retsepturasi quyidagichadir: 86 % titan konsentrati, 11% marganets rudasi, 3% kaliy selitrasi va shixtadagi quruq tashkil etuvchilar massasiga nisbatan 30 – 35% suyuq shisha.
Barqarorlashtiruvchi qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda gaz va shlak yordamida himoyalash katta ahamiyatga ega emas, shu bois eritib qoplangan metallda kislorod va azot miqdori ko‗p, shuningdek kisloroddan tozalovchi hamda legirlovchi tashkil etuvchilar miqdori
ularning elektrod sterjenidagi boshlang‗ich miqdoridan kam bo‗ladi (5.1-jadval).
5.1-jadval
Barqarorlashtiruvchi qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda eritib qoplangan metallning o‘rtacha kimyoviy tarkibi, %
Elektrod qoplamasining turi
|
C
|
Mn
|
S
|
P
|
[O]
|
[N]
|
Elementlarnin
g isrof bo‗lishi, %
|
C
|
Mn
|
Payvandlash
simi
|
0,07
|
0,41
|
0,03
|
0,03
|
0,034
|
0,022
|
-
|
-
|
Bo‗r qoplama
|
0,03
|
0,18
|
0,031
|
0,035
|
0,22
|
0,159
|
57
|
56
|
A-1
|
0,04
|
0,15
|
0,036
|
0,041
|
0,19
|
0,148
|
42
|
63
|
Izoh: Si - izlar.
|
5.1-jadvalda keltirilgan ma‘lumotlar choklar metalli kislorod va azot bilan anchagina boyishini ko‗rsatadi. Shu bilan birga, gazli fazada kislo- rodning porsial bosimi yuqori (PO2 0,21∙105Pa) bo‗lishiga qaramay, simdagi mavjud aralashmalar (uglerod, marganets) ning to‗liq oksidlani- shi kuzatilmaydi. Bunga hatto 1,6 – 3mm diametrli yalang‗och sim bilan payvandlash sharoitida, u erigan 5 – 8l/min gaz va bug‗lar ajralib chiqi- shi sabab bo‗ladi. Simda legirlovchi elementlarning miqdori oshishi payvandlash vannasida eriyotgan metallning himoyalanishini yaxshi- laydi. Yoy bilan qaytadan eritilayotgan metallda gazlarning hosil bo‗lishi va ajralib chiqishi uning aralashmalari kislorod bilan o‗zaro ta‘sirlashib ushbu gazlar: CO, CO2, SO, SO2, H2S, H2O va boshqalar yu- zaga kelishi natijasida sodir bo‗lishi mumkin. Shunga qaramasdan, bar- qarorlashtiruvchi qoplamali elektrod bilan payvandlashda ajralib chiquvchi gazlar miqdori odatda 1200sm3/100g dan oshmaydi.
Eriyotgan metall etarlicha himoyalanmasligi natijasida uning qay- ishqoqligi va zarbiy qovushqoqligi asosiy metallning ana shu ko‗rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pasayadi, ammo azotning mustahkamlovchi ta‘siri tufayli mustahkamligi nisbatan oz o‗zgaradi.
Barqarorlashtiruvchi qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda choklarning qayishqoqlik xossalari past chiqishi, legirlovchilarning kuyinda va sachrashga ko‗p isrof bo‗lishi, ayni elektrodlarning erish te- zligi pastligi, oshirilgan toklarda payvandlash imkoniyatining yo‗qligi sababli ular cheklangan holda, shunda ham muhim bo‗lmagan kon- struksiyalarni payvandlash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |