XITOYDA TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISH MASALALARI
Xitoy Xalq Respublikasi bugungi kunda Osiyo davlatlari ichida tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan mamlakatdir. O’quv jarayoni va ishiab chiqarishda eng zamonaviy texnologiyalaming ko’llanilislii mamlakat istiqbolining porloqligidan dalolat beradi. Albatta, har bir mamlakat va jamiyat rivojining asosida ta’lim yotadi.
Xitoy Xalq Respublikasidagi ta’lim jarayoni maktabgacha, boshlang’ich, to’liq bo’lmagan o’rta, o’rta umumiy ta’lim, oliy ta’lim va aspiranturani o’z ichiga oladi. Bog’chalarga bolalar 3 yoshida qabul qilinib, 6 yoshdan boshlang’ich sinfga o’tkaziladi. Boshlang’ich va to’liq bo’lmagan o’rta ta’lim «6,3», «5,4» va «uzluksiz 9 yil» ta’lim tizimini qo’llab kelmoqda. O’rta umumiy maktablarga o’quvchilar 15-16 yoshdan qabul qilinib, ular 4 yil davomida bilim oladilar. Maktabni bitirgan yoshlar kasbga yo’naltiruvchi ta’lim muassasalarida bilim olish huquqiga ega bo’ladilar. Ular mazkur dargohda 2 yil o’qisalar, to’liq bo’lmagan o’rta maktabni bitiruvchilari uchun o’qish muddati 4 yil qilib belgilangandir.
Xitoy oliy o’quv yurtlarida malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha jahonda yetakchi o’rinlardan birini egallab kelmoqda. Institut va universitetlarda ta’lim muddati 4-5 yil qilib belgilangan bo’lsa, faqatgina tibbiyot institutining talabalari ixtisosliklariga qarab 7-8 yilgacha bilim oladi. Yuqori oliy ta’lim hisoblangan aspiranturada ta’lim olish ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchisida magistrlik ilmiy darajasi berilsa, ikkinchi bosqichini tugallagan tadqiqodchi fan doktori ilmiy darajasiga ega bo’ladi.
Aynan shu tizimdan kelib chiqqan holda Xitoyda ta’lim boshqaruvi amalga oshiriladi. Sohadagi boshqaruv «bir xil daraja, bir xil standartlar» tamoyili asosida olib borilmoqda, ya’ni mehnat jarayonidan ajralgan holda ta’lim olayotgan yoshlar va mehnat qilish bilan birga faqat kechqurun yoxud sirtdan o’qiyotganlarga bilim berish darajasi bir xildir.
Mamlakat ta’lim boshqaruvi o’z ichiga ma’muriy ta’lim tizimini olib, u 4 bosqichdan iboratdir: markaz, shahar, avtonom hududlar va uezdlardir. Mazkur hududiy bo’linishlar ular tasarrufidagi ta’lim muassasalari boshqamvini yengillashtiradi. «Xitoy Xalq Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni»da ko’rsatilishicha «Davlat Kengashi va mahalliy xalq hokimiyatlari o’z hududlaridagi boshqaruv tamoyillari asosida ta’lim tizimini boshqaradilar. O’rta va to’liq bo’lmagan o’rta ta’lim muasassalari Davlat Kengashi tasarrufidagi mahalliy xalq hokimiyatlari tomonidan, oliy ta4im Davlat Kengashi, avtonom hudud, shahar xalq hokimiyatlari tomonidan boshqariladi. Mazkur qonunning 15-bandida aytilishicha «Davlat Kengashidagi taUnming ma’muriy organlari mamlakatdagi ta’lim sohasini boshqaradilar, umumiy reja asosida ish ko’radilar va uning faoliyatini muvofiqlashtiradilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |