Katta (o‘rta) maktab - kotogakko.
Katta (o‘rta) maktab majburiy emasligiga qaramay, unda 94% o‘quvchilar
tahsil oladilar (2005 yilgi ma'lumot). Katta o‘rta maktab soni 55%ni tashkil etadi, shunga qaramay davlat va xususiy katta maktablar pullik. Katta o‘rta maktabning 1-yil uchun dasturi hammaga bir xil, lekin keyingi 2 yil ichida oliy ta’lim olish maqsadiga ko‘ra kursni tanlash nazarda tutilmoqda.
Katta maktab dasturlari o‘rta maktab va boshlang'ich maktab dasturlariga ko'ra xilma-xil, lekin o'quvchilarga bilimning u yoki bu sohasiga ixtisoslanishi bo‘yicha imkoniyatlar yaratiladi. Darslar tugagach, o‘quvchilar maktab va maktab hududini o‘zlari tozalaydilar, yapon maktablarida farroshlar yo'q.
Katta maktablarda o‘qish pulli, lekin davlat muassasalarida arzonroq. Pulli, xususiy o‘rta va boshlang‘ich maktablar ham bor. Barcha pulli ta’lim muassasalarida stipendiyalar konkursi g‘olibi bo‘lsa, tekin o‘qish mumkin yoki chegirmalar olish mumkin. O‘rta maktabdan katta maktabga o'tish imtihonlar natijalariga bog‘liq holda amalga oshiriladi. 0‘rta maktabda o'zlashtirish ko'rsatkichiga ko‘ra o‘quvchi kirish imkoniyati bor bo‘lgan katta maktab ro‘yxatini oladi.
Qiz bolalar uchun 12 maktab yili eng baxtli yillar hisoblanadi. 0‘g‘il bolalar darsdan keyin kitob o qishadi, “dzyuku” maktablarida shug‘ullanishadi, qizlar esa bu paytda do‘konlarga boradilar. Zero, bu yerda ayol kishining o‘mi xizmatchilik emas, onalikdir. Albatta qizlar turmushga chiqqunlariga qadar hayotni bilish uchun bir necha yil jamoada ishlaydilar. Qizlar uchun maxsus kitobchalar chop ettiriladi, kinofilmlar namoyish etiladi.
Maktab formasi fasoni 100 yildan beri o‘zgarmaydi: o‘g‘il bolalar uchun qora mundir, qizil bolalar uchun ko‘k matroskalar.
Yaponiya maktablari muammosi bu imtihonlaming qiyinligidadir. Bu imtihonlaming har biri bir necha kunlik mehnatni talab qiladi, unga tayyorlanishga juda ko‘p vaqt ketadi.
Imtihonlarga bir hafta qolganda o‘quvchilaming imtihonlarga tayyorlanishlari uchun to'garak yig‘ilishlari bekor qilinadi. Odatda imtihonlar yozma testlar shaklida o‘tkaziladi. Imtihonlar uchun baho foiz tizimida qo'yiladi, yuqori baho - 100 ball.
Odatdagi davlat maktablaridan tashqari pulli xususiy maktab- akademiyalar (gakuenlar) bor. Shuningdek, umumdavlat maktabi maqomidagi “milliy maktablar” mavjud. Bu akademiyaga kirish uchun katta konkurs asosida alohida imtihonlar topshiriladi. Bir tarafdan akademiyada yaxshi ta’lim dasturlari mavjud bo‘lib, ulaming ko‘pchiligi katta maktab yoki universitetga kirish uchun imkoniyat beradi.
Odatda akademiya-maktablarda yapon aristrokratlari bolalari: siyosatshunoslar, tijoratchilar, diplomatlar, mashhur universitetlar professorlarining farzandlari tahsil olishardi. Ba’zi akademiyalarda maktab formasini kiyish shart emas.
Yaxshi o'zlashtiradigan o‘quvchilar nufuzli katta maktablarda o‘qiydilar, yomon o'zlashtiradiganlari va yo‘qlari o‘rtamiyona maktablarda o‘qitiladi. Bu maktablar uy xo‘jaligini yuritish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga mo‘ljallanadi.
0‘qituvchi faqat o‘qitish emas, balki bolalaming tartibi uchun ham, vaqtini o‘tkazishi va boshqa ko‘plab masalalarga ham mas’uldir. Bular “o‘qitish” tushunchasiga emas, ko‘proq ota-onaning vazifalari sirasiga kiradi.
Shu bois ham Yaponiya hukumati 00‘Yulari bitiruvchilarini o'qituvchi lavozimiga tayinlashda qattiq tanlov siyosatini olib boradi.
Boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, davlat maktabi o'qituvchisi bo‘lish uchun yapon fuqarosi o‘qituvchi diplomini olishi kerak va o'qituvchilikka tayinlash imtihonidan o'tishi kerak. Yaponiya o‘qituvchilar oyligi mahalliy xokimiyat organi xodimlari oyligidan ko‘p boigan davlatlardan biridir. Yaponiyada katta o‘rta maktablaming kunduzgi (o‘qish-3yil), kechki va sirtqi (o‘qish 4 yil) turlari bor. Kechki va sirtqi maktabni bitirganlik haqidagi guvohnomasixuddi kunduzgi katta maktabnikiday bo‘lsa ham, 95% o‘quvchilar maktabning kunduzgi bo‘limida tahsil olishadi. Katta maktablarga qabul qilish kichik maktabni tugatganlik va kirish imtihonlari natijalaribo'yicha konkursdan o‘tganligihaqidagi hujjat asosida amalga oshiriladi.
Katta o'rta maktabda yapon tili, matematika, tabiiyot, jamiyatshunoslik va b. majburiy umumta’lim fanlariga qo‘shimcha holda o'quvchilar tanlov bo‘yicha fanlami taklif qiladilar, bu ingliz tili, yoki boshqa chet tillar, shuningdek, texnik va maxsus fanlar bo‘lishi mumkin. 12-sinfda o‘quvchilar o‘zi uchun ta’lim profillaridan birini tanlashi kerak.
Ta’lim, fan va madaniyat vazirligi ko‘rsatmasiga ko‘ra, katta o‘rta maktabda bilimlarni baholashda OO'YU tizimidan foydalaniladi. Bu har bir o‘quvchi 12 yillik o‘rta ta’limni tugatganligi haqida guvohnoma olishi uchun 80 kredit (zachyot birligi)ni yig‘ishi lozim deganidir. Masalan, yapon tili va zamonaviy yapon adabiyotini har bir kursini o'rganish natijalari bo'yicha 4ta kredit beriladi, yapon tili leksikologiyasi bo'yicha 2 kredit, klassik til bo‘yicha - 2 kredit.
Do'stlaringiz bilan baham: |