Bog'liq m.mutalipova, b.xodjayev.qiyosiy pedagogika
Yuqori maktab koreyschasiga “kodinxakkyo” deb nomlanadi. Koreyalik bolalar yuqori maktabga o‘rta maktabdan keyin 17 yoshdan 1- kursga qabul qilinadi va 19 yoshgacha tahsil oladi. Yuqori maktablar bir necha turlarga ajratiladi: - Davlat yuqori maktablari: Koreya Ta’lim va texnika fanlari vazirligi, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi;
Umumiy yuqori maktablar: har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi;
Xususiy yuqori maktablar.
Shuningdek, yuqori maktablar o‘qitish fanlariga ko‘ra ham bir qancha turlarga bo‘linadi:
Ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xojaligi, sanoat, dengiz xojaligi, axborot);
Umumiy maktablar;
Maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab);
Texnika maktablari;
Chet tili maktablari;
Jismoniy tarbiya maktablari;
San'at maktablari va h.
Janubiy Koreya Respublikasida ta'lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo‘lacb. Yuqori maktab o‘rta maktab kabi majburiy emas. Biroq keyingi yillaming barchasida statistik ma'lumotlarga qaraganda 97-98 % koreys yoshlari yuqori maktabni tamomlaganlar. “Ilmiy” yuqori maktablar, chet tillar va san'atshunoslik maktablariga kirish ancha murakkab imtihonlami topshirishni talab etadi. Yuqori maktablar xususiy va davlat tasarrufida bo‘lishi mumkin, bu maktablarda mutaxasislik bermaydi, balki ularni keyingi ta'lim bosqichiga tayyorlaydi. Kollejda tahsil olishni istamagan o‘quvchilar kasbiy bilim yurtlariga kirib o'qishlari mumkin. Bu bilim yurtlari texnologiya, agrikultura yoki moliya yo’nalishlariga ixtisoslashgan. Yuqori maktablaming jadvali haqida gapiriladigan bo‘lsa, har bir o'quvchi uchun кшг yarmida qaytib kelish odatdagi holatga aylangan. Janubiy Koreyada hunar maktablari 600 tani tashkil etadi. Bu maktablaming 45% bo‘lajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23% da texnik kasb egalari yetishib chiqadi. Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo‘jalik ixtisosliklari o'zlashtiriladi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu maktablarga korxonalar otaliq qiladilar. Janubiy Koreya “Ta’lim haqidagi qonun” talablaridan biri ham shudir. Bizning Respublikamizdagi kabi Janubiy Koreyada ham alohida iqtidorli bolalarga e’tibor juda kuchli. So‘nggi yillarda 5 ta sport, 6 ta ilmiy maktablar ochilgan. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Janubiy Koreyada nogironlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikni har qadamda kuzatish mumkin. Aytaylik, bu yerda aravachalar yordamida harakatlanuvchilar uchun yer osti liftlari mavjud. Maxsus jihozlangan, past qilib qurilgan telefon avtomatlaridan nogironlar bemalol foydalanadilar. Rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun maxsus maktablar mavjud. Bu maktablaming aksariyati xususiy yoki diniy tashkilotlaming xayriya mablag'lari hisobiga qurilgan. Davlat maktablarida din fan sifatida o‘qitilmaydi. Lekin 3-sinfdan boshlab “Odobnoma” kabi kabi maxsus fan joriy etiladi. Bu fan 12- sinfgacha o‘qitilib, haftasiga 2 soat ajratilgan. Bu fan o‘z ichiga dinni ham qamrab oladi. Din qotib qolgan bir aqida sifatida emas, qadriyat sifatida o‘qitiladi. Bu butun bir tarbiya tizimi natijasidir. Ehromlarga borish, tarixiy yodgorliklar bilan tanishish, ma’naviy tarixni o‘rganish maktab fanlarining majburiy davomi hisoblanadi. Maktablar uchun o‘qituvchi kadriar tayyorlash masalasiga ham katta e’tibor berildi, Koreyadagi barcha talabalaming 6.5% bo‘lajak pedagoglardir. Mamlakatda 11 ta o‘qituvchilar tayyorlaydigan kollejlar mavjud har bir provinsiya (viloyat) o‘z kollejiga ega. Boshlang’ich sinflar o‘qituvchisi bo‘lish uchun 2 yil o‘qish kerak. Fan o‘qituvchisi birmuncha ko 'proq o qiydi. Janubiy Koreyada ta’limning nufuzi juda baland. Jumlada^i, soliqlar tizimida ta’Iimiy soliq joriy qilingan: ya’ni, ishlab chiqaruvchilar foydasining ma’lum foizi ta’limga sarflanadi. Mamlakat prezidenti Xalq ta’limi Davlat Kengashini ham boshqaradi va xalq ta’limi boshqarmasini tayinlaydi. Yuqori maktab bitiruvchilari “susen” deb nomlanuvchi standart test topshiradilar. Maktab o‘quv dasturlari kirish testlari - imtihonlari mazmunini qamrab olgan. Susen 3 ta asosiy seksiya / fanlardan iborat: koreys tili, matematika va ingliz tili. Undan tashqari tabiiy va ijtimoiy fanlardan tanlov asosida qator fanlar kiritiladi. Bunday test 1 yilda 1 marta topshiriladi, u intensiv tayyorgarlikni talab etadi. Bu testga bo‘lajak 00‘YU talabalari bog‘cha yoshidan tayyorlanishni boshlashadi. Testni topshirolmagan va kollejga kirish 1 yilga surilgan o‘quvchilami “chesusenlar” deb atashadi.