Yo‘l yuribdi, m o‘I yuribdi. Bir o ‘rmon chetiga yetib kelib, daraxt
ostiga yonboshlabdi va atrofni diqqat bilan kuzata boshlabdi. Shu payt
shundoqqina oyoqlari orasidagi chuqurcha ichiga tushib qolgan donni
bir chumoli urinib tepaga qarab chiqarayotganini ko‘rib qolibdi. Qizig‘i
shunda ediki, chumoli jonivor donni ming mashaqqat bilan tepaga
sudrar, don endi chuqur og‘ziga kelganda quyiga dumalab ketar,
chumoli yana uni tishlab olib yuqoriga tortar, don esa yana pastga
dumalar edi. Bolaning butun fikri-zikri ana shu chumolida bo‘lib
qolibdi. «Qani, oxiri nima bo‘larkin» degan fikr uni shu yerga mixlab
qo‘ydi. Kun tushdan o‘tibdi, chumoli hamon donni tortib chuqur og‘ziga
olib chiqaverar, bir bahya qolganda esa don yana sirpanib chuqurcha
tubiga tushib ketaverarmish.
Kun bota boshlabdi. Biroq chumolining don uchun kurashi hanuz
davom etaveribdi. Bola ham bu savdo bir yoqlik bo‘lmaguncha shu
yerdan jilmaslikka qaror qilibdi.
Kun botay deganda, qarangki, mehnatkash, tirishqoq chumoli axiri
donni chuqurcha ichidan tortib olib chiqishga muvaffaq bo‘libdi. Bola
ham o‘zicha zahmatkash chumolini g‘alaba bilan tabriklagan bo'libdi.
Juda katta mehnati evaziga qo‘lga kiritgan nasibasini sudrab ketayotgan
chumoliga havas bilan tikilib turgan arzandaga bu hodisa, negadir, qattiq
ta’sir etibdi. «Oddiy chumoliki, bir dona yemish uchun kun bo‘yi tirishib
mehnat qildi. Qanchalar qiyin boMmasin, maqsadi yo‘lidagi ahdidan aslo
qaytmadi. Shu chumoli oldida men kim degan odam boidim , axir!» -
degan ajib bir o ‘y uning qalbini kemirib o ‘tibdi. Chumolining harakatini
ko‘rib, hamma muammo harakat bilan, g ‘ayrat bilan hal etilishini bola
qalban his etibdi. Arzanda ortiga qaytib, o ‘z domlasi huzuriga kirib
boribdi. So‘roqsiz ketib qolgani uchun ustozidan sidqidildan uzr
so‘rabdi. Bola arzandalikning zararli xulq-atvorlarini o ‘zidan soqit qilib,
ilm chashmasiga sho‘ng‘ibdi.»
Oila, oilada farzandning o ‘mi haqida ham qator xalq maqollarini
aytib o ‘tishimiz mumkin: «Oila tinch - yurt tinch», «Oila qo‘sh ustunli
ayvon», «Bol - shirin, boldan bola shirin», «Bola ko‘ngli - podsho»,
«Bola o ‘nga kirsa, otasi songa kirar», «Davlatning boshi - farzand»,
«Bola xondan ulug1», «Farzand baxti - ona taxti», «Farzand - belning
quvvati», «Farzand kamoli - ota jamoli», «Farzand boqqan ota, jonni
qoqqan ona», «Farzand - dilband, farzand - qanot», «Farzanding -
davlating, fazilati - ziynating» va h.
Shuningdek, oilada ota va onaning o ‘mi haqida ham qator maqollar
mavjud: «Ota - aql, ona - idrok», «Ota - bilak, ona - yurak»,
Do'stlaringiz bilan baham: