3-rasm. Yirik suv omborlari
Aholi punktlariga kelsak 500 000 dan 1000 000 gacha aholisi bo’lgan hududdan tortib 10 000 gacha bo’lgan aholi hududlari tasvirlab berilgan. 500 000 dan 1000 000 gacha aholisi bo’lgan hudud-Dushanbe shahri(4-rasm). 100 000 dan 500 000 gacha aholisi bo’lgan hudud- Шаартуз. Xaritadan korishimiz mumkinki relyef murakkab bo’lishiga qarab aholi ancha zich joylashmagan bo’lsada daryo bo’ylab yoyilib ketgan. Ko’roq aholi kichik irmoqlar va daryolar yonlarida istiqomat qilishgan.
4-rasm. Markazlashgan va aholi soni ko’p bolgan hudud-Dushanbe
Xaritada yer usti tuzilishi gipsometrik shkalada(5-rasm) ifodalangan. Bunda hudud murakkabligini, yer usti tuzilishi ancha murakkabligini ko’rish mumkin. Mazkur joylarning gipsometrik shakalada ko’rsatilgan balandligi 4500 ga teng. Shkala pog’onalari 16 ta pogo’onadan iborat bolib pog’ona oraliqlari bir xir xilda o’zgarmaganini korishim hududning yer usti tuzilishini murakkabligini yaqqol dalildir.
5 – rasm. Gipsometrik shkala
Eng baland nuqtasi Xazratishox tizmasidagi(6-rasm) cho’qqi. Uning balandligi 4088 metr. Bundan tashqari bu cho’qqilarda doimiy muzliklarga ega bo’lgan relyef shakllari mavjud. Tigrovaya Balka hududning eng past nuqtasi shkalaga ko’ra 300 metrdan past.
6-rasm. Xazratishox tizmasi va cho’qqidagi muzlik
Xulosa
Hammamizga ma’lumki relyefni xaritalarda tasvirlashni bir qancha usullari mavjud. Mazkur amaliy mashg’ulot mobaynida biz gipsometrik xaritalarni o’rganib chiqdik. Ya’ni relyef xaritada gipsometrik usulda tasvirlangan. Bunda gorizontallar oralig’i ranglar yordamida bo’yab ko’rsatilgan. Bu usul asosan izogipslarga, ya’ni, teng balandlikka asoslangan. Gipsometrik xaritalarni yaratish uchun dastlabki materiallar topografik xaritalar va hududning geografik tavsifi, birinchi navbatda, relyef va gidrografik tarmoq. Topografik xaritalar hududning balandligi nisbati, relyef shakllarining rejalashtirilgan holati haqida aniq ma'lumot beradi. Daryo vodiylari strukturasining tabiati va boshqalarini o’rganish oson emas. Bu mashaqqatli dala (ekspeditsiya) ishlarini bajarish bilan bog'liq va hatto topografik materiallarni yaratish uchun qirq yillik havo fotosuratlari materiallaridan keng foydalanish tajribasiga ham asoslanadi. Bu jarayonda zamonaviy kosmik usullarni joriy etish bo'yicha ilmiy izlanishlar shuni ko'rsatadiki dala ekspeditsiya ishlari o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Atlasda O’zbekiston, Tajikistan, Turkmaniston, Qozoqiston SSr hududlaribirin-ketin har birining o’ziga xos o’zgacha tabiati tasvirlangan’ ushbu kartalardan o’sha vaqtdagi hududlar haqida to’liq organib tabiatini bemalol ko’z oldimizga keltirishimiz mumkin. Xaritada yer usti tuzilishi gipsometrik shkalada ifodalangan. Bunda hudud murakkabligini, yer usti tuzilishi ancha murakkabligini ko’rish mumkin. Mazkur joylarning gipsometrik shakalada ko’rsatilgan balandligi 4500 ga teng. Shkala pog’onalari 16 ta pogo’onadan iborat bolib pog’ona oraliqlari bir xir xilda o’zgarmaganini korishim hududning yer usti tuzilishini murakkabligini yaqqol dalildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |