To‘rtinchi kunda “nurlanish” sodir bo‘ladi. Siddxarta “budda”ga, ya’ni
“nurlangan odam”ga aylanadi. Asta-sekin
Budda atrofida shogirdlari
to ‘plana boradi, budda jamoasi shakllanadi. Budda ta’limoti ilk budda
matnlarida - tipitaka (uch savat) to‘plamida bayon
qilingan.
Buddizmning braxmanizmdan farqi shundaki, braxmanizmda azob-
uqubat gunohkorlikning natijasi deb hisoblansa, buddizmda har qanday
hayot azob-uqubatdan iborat deb sanaladi.
Hayolning bosh qonuni
— ezgulik va yovuzlik mutlaq
qarqma-qarshi
narsalar. Yovuzlik faqat yovuzlikni tug‘diradi: “...hech qachon bu
dunyoda nafratni nafrat bilan to‘xtatib bo'imaydi. Nafratning yo‘qotilishi
- nafratning tugashi”48. Budda to‘rtta “ezgu haqiqaf’ni ta’kidlaydi:
Hayot azob-uqubatdan iborat:
“tug‘ilish - azob-uqubat. qarilik -
azob-uqubat, kasallik — azob-uqubat, o‘lim — azob-uqubat, yaxshi
narsadan judo bo‘lish - azob chekish,
nimagadir yetisholmaslik -
azoblanish”49. Bundan m a’lum bo‘ladiki, buddizm faqat hayotning
qorong‘i tomonini ko‘radi.
Azob-uqubatning kelib chiqish sababi bor.
Asosiy sabab —
yashashga bo'lgan ishtiyoq, lazzatlanishga bo‘lgan ishtiyoq: “ishtiyoq
natijasida odamlar qo‘rqqan quyon kabi chopib yurishadi. Turli yo‘llar
bilan
bogMangan
odamlar
takror
va
takror
azob-uqubatlarga
qaytaveradilar”.
Azoblanishga chek qo'yish mumkin, agarki uning
sababi m a’lum
bo‘lsa: “ishtiyoqni izsiz yo‘qotish, undan qutulish mumkin” (qo‘shtimoq
ichiga olingan mulohazalar “samyutta-nikaya”da yozilganiga ishora
qilinadi50).
Azob-uqubatdan qutulish y o 'li bor.
Bu y o‘l sakkiztalik to ‘g‘ri yo‘lni
tanlash:
1) to ‘rt haqiqatni tushunish;
2) qat’iyatlilik, iroda kuchini ishga solish (to‘rt haqiqatni anglab,
shunga rioya qilgan holda yashash);
3) to ‘g‘riso‘zlik (yolg‘on gapirmaslik,
tuxmat qilmaslik, qo‘pol
muomala qilmaslik);
4) to ‘g‘ri amallami bajarish-tirik zotga zarar keltirmaslik, o ‘g ‘rilik
qilmaslik;
5) to ‘g‘ri turmush tarzi - halol mehnat bilan kun ko‘rish;
48 А н тология м ировой ф илософ ии. В 4-х т т. Т .1 .. Ч. 1. —М .: М ы сль, 1969. С. 129.
49 CVsha asav: С. 118.
50 0 ‘sha asar: С.129.
43
6) kuch-quvvatni to ‘g‘ri yo'naltirish - jozibador narsadan va yomon
o ‘y-flkrdan xoli bo‘lish;
7) fikmi to ‘g ‘ri yo‘naltirish - barcha narsalaming o‘tkinchiligini
anglash;
8) e’tiborni to‘g ‘ri jam lash51.
Mana shu yo‘llar insonni nirvanaga (“nirva” — o ‘chirish, jilovlash,
xususan, turli xil hislarni jilovlash) eltadi. Nirvana - insonning hayoti
davomida o‘zini xavf-xatardan qutqarishi, azob-uqubatdan uzil-kesil
ozod bo‘lishi, sof ong shaklida yashashi.
Buddizmning
originalligi shundaki, u borliqning substansialligini
inkor qiladi, y a’ni xudo va jon (Braxman va atman) tushunchalarida
ifodalangan substansiyalami tan olmaydi. Borliqning ko‘p turliligi
buddizmda ma’naviy asosga emas (ya’ni xudo va jonga emas), balki
umumiy aloqadorlikka bog‘liq holda paydo bo‘lish qonuniga tayanadi va
shu negizda birlikka ega boiadi. Substansiya bo‘lmagani uchun
mavjudlikning barcha shakllari nisbiy xarakterga ega,
ontologik
mazmuni yo‘q, ya’ni hech nima, bo‘shliq (shunya)dan iborat.
“Nurlanish” doktrinasi subyekt psixikasini qayta qurish va ong
maydonini tozalashdan iborat. Ruhiyat - substansiya emas, u elementar
holatlar oqimidan tashkil topuvchi sof jarayon.
Dxarma —
hayot
energiyasining yaraqlashi (upanishadlarda dxarma - qonun, tartib,
burch).
Budda avtoritetlarga sig‘inishga ham qarshi chiqadi: “Men braxman
deb jismi, so‘zi, o ‘y-fikri bilan yovuzlik qilmaganni tushunaman”.
Budda falsafiy masalalarni sistemali tarzda ishlab chiqmagan.
Budda nurlangandan keyin yana 30
yil yashagan va shaharma-
shahar, qishloqma-qishloq kezib, o ‘z ta’limotini yoygan. Bu ta’limot
eramizga qadar 80-yilda shakllangan. Buddizm hozirda Hindistondan
tashqari, Tibetda, Xitoyda, Yaponiyada, Birmada, Seylonda va boshqa
joylarda tarqalgan. Hindistonda u braxmanizm ta ’limotiga singdirib
yuborilgan.
Buddizm - jahon dinlaridan biri hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: