M inorai Kalon Reja



Download 1,13 Mb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi1,13 Mb.
#276298
1   2
Bog'liq
Minorai Kalon

M inorai Kalon tarixiy me’morchilik san’atining poydevori.

Bu ulugʻ inshoot bilan bogʻliq koʻplab afsonalar keltirilgan. Ulardan birida aytilishicha, tuya suti va alebastr qorishmasidan minoraning poydevorini tiklagan u sta-quruvchi birdan gʻoyib boʻlgan va ikki yildan keyin, poydevor pishiq va mustahkam boʻlgandan soʻng qaytib kelib, inshootni gʻishtdan koʻtarish ishlarini boshlagan.

Muxandis va meʼmor Baqo loyihasi asosida Qoraxoniylar sulolasidan Arslonxon Muhammad 1127-yil qurdirgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan.



  1. Minorai Kalon tarixiy me’morchilik san’atining devor va tomlari.

Y er sathidan 9 m chuqur, balandligi 46,5 m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-koʻshk bilan bogʻlangan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pillapoya aylanma zin a orqali chiqiladi. Masjidi Kalon tomonidan minoraga oʻtiladigan koʻprikcha boʻlgan. Minorai Kalonning oʻzagi ham, bezagi ham chorsi gʻisht (27x27x4x5 sm) ganchxok loyida terilgan. Bezak gʻishti oʻrn iga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasaviy shakldagi bejirim bezakli halqalari gʻishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasaviy shaklda bezatilgan (keyinchalik toʻkilib ketgan). Minorai Kalon shu turdagi qadimiy inshootlar orasida alohida oʻrin tutadi. Shakllarning oʻzaro monandligi va mutanosibligi, handasaviy uygʻunlik, ajoyib koʻrk va mahobatlilik Minorai Kalonga chinakam goʻzallik bagʻishlaydi.

1 924-yil Tanasi va muqarnaslari taʼmir etilgan. 1960-yil Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib taʼmirlangan. 1997-yil Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan Minorai Kalonda taʼmirlash ishlari olib borildi. Minorai Kalon Buxoro shahrining noyob va qoʻhna yodgorlikdari qatoridan markaziy oʻrin egallagan.



  1. Poyi Kalon me’moriy ansamblining hozirgi holati.

Rivoyat qilishlaricha, Buxoroni bosib olib, shahar himoyachilariga zarracha shafqat koʻrsatmagan, koʻplab qadimiy osori atiqalarni yer bilan yakson etgan Chingizxon Minorai Kalon roʻparasida bir lahza toʻxtab qoladi.Osmonoʻpar minoraga tikilar ekan, bexosdan boshidagi qalpogʻi tushib ketadi.

Asta egilib, uni yerdan olarkan, “Men shu paytgacha hech kimga bosh egmaganman.Lekin bu minora shu qadar mahobatliki, uning oldida bosh egsang arziydi”, deydi.

B u bir afsona.Ammo har qanday rivoyat zamirida haqiqat ham boʻladi. Minorai Kalon asrlar davomida nimalarni koʻrmadi, qanaqangi voqealarga shohid boʻlmadi, uning oldida kimlar bosh egmadi, deysiz.Buni qarangki, minoraning qismati ham xalqimiznikiga oʻxshab ketadi.Deylik, shoʻrolar bosqini chogʻida xalqimiz katta yoʻqotishlarga uchradi.Minoraning boshiga ham mushkul savdolar tushdi. Frunze boshchiligidagi shoʻro qoʻshinlari bosqini paytida u toʻpga tutildi, aeroplandan turib nishonga olindi.Ustiga bomba tashlandi.Minora qattiq shikastlandi.Ammo talatoʻplardan omon qoldi.Aslida uni bilan yakson qilmoqchi edilar.Biroq xuddi xalqimiz kabi boʻyin egmadi.Taʼbir joiz boʻlsa, imon – eʼtiqod, yurtga sadoqat timsoliga aylandi.

U oʻtgan asrning suronli 20- yillarida yurt fidoyilari kuch – gʻayrati bilan taʼmirlanib, asl holiga keltirildi.1976-yilgi zilziladan ziyon koʻrganida ham mahoratli meʼmorlar tomonidan talafot bartaraf etildi.

2027-yilda Minorai Kalonning barpo etilganiga roppa-rosa 900-yil toʻladi,- deydi Shodmon Hayitov.- Xuddi shu yilda dunyodagi sanoqli moʻjizalardan biri sanalgan ushbu minoraga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilsa ayni muddao boʻlardi.

Bu taklif oʻrinli.Minorai Kalonning 900-yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash orqali biz xalqimizning boy maʼnaviy – madaniy merosiga boʻlgan hurmatimizni koʻrsatibgina qolmay, yurtimiz sayyohlik salohiyati haqidagi tasavvurlarni yana-da boyitgan boʻlur edik.Zero, Chingizxondek jahongirlarni boʻyin egishga majbur etgan Minorai Kalon har qanday eʼzoz va sharafga muno sibdir!






Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish