Sinonimlar haqida umumiy tushuncha ………………………..……………
Sinonimlarning alohida turlari ……..………………………………………
II. BOB. AGATA KRISTINING ‘‘10 TA NEGR BOLASI’’ NOMLI DETEKTIV ROMANIDA SINONIMLARNING BERILISHI VA ULARNING TAHLILI
2.1 Ingliz romanlarida sinonimlarning berilishi …………………………………
2.2 Kontekstual sinonimlarning Agata Kristining ‘‘10 ta negr bolasi’’ badiiy asarida qo’llanilishi……………………………………………………………
XULOSA………………………………………………………………………….
RESUME………………………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ABADIYOTLAR ………………………………………..
KIRISH
Men kurs ishimni kirish qismini boshlashdan avval kelajagi buyuk Mamlakatimizda Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi va bevosita rahnamoligida xalqimizning hech kimdan kam bo`lmasdan tinch-totuv yashashi va farovonligi yo`lida amalga oshiralayotgan oqilona va odilona siyosatidan g`urur va iftixorga to`lib, Prezident ko`rsatmalaridan saboq olish niyatida u kishining keying paytlardagi ma`ruza va nutqlari bo`yicha imkon darajasida yozishni maqsadga muvofiq deb topdim.
Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimovning 2009 – yilning asosiy yakunlari va 2010 – yilda О`zbekistonni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustivor yо`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “ Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” nomli ma`ruzasida “ bizning bugungi asosiy vazifamiz jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi chuqur tus olgan bir sharoitda … 2010 – yilda mamlakatimizni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustivor yо`nalishlarini belgilab olishdan iboratdir ”1 degan jumlasi bilan boshlanishi bejizga emas chunki birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, koorporatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yо`lga qо`yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag`batlantirish masalalari alohida о`rin tutadi . Ana shunday imkoniyat va shart – sharoitlarga о`z bilimimiz, ilmiy – ijodiy salohiyatimiz bilan labbay deb javob berishimiz kerak.
О`tgan yillarda mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega bо`lgan eng muhim ijtimoiy dasturlar kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta`lim maktab bosqichini va 3 yillik о`rta maxsus kasb – hunar ta`lim bosqichini о`z ichiga olgan uzliksiz yaxlit ta`lim tizimi yaratildi. Bir sо`z bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy ta`lim bilan birga zamonaviy kasb hunarga ega bо`lish imkonini beradigan 12 yillik ta`lim tizimiga о`tish yakunlanmoqda.
Zamon bilan hamnafas qadam tashlash, jahonda yuz berayotgan yangiliklardan о`z vaqtida boxabar bо`lish , dunyo va vatanimiz taraqqiyotiga hissa qо`shish maqsadida dunyoviy bilimlarni va shu bilan bir qatorda tillarni chuqur о`rganish katta ahamiyat kasb etishi barchaga ma`lum.
“ Hozirgi paytda xorijiy tillarni о`rganish va о`rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyatidan о`ziga munosib о`rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda о`z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yо`qdir...”2
Muhtaram prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va senatining qo`shma majlisidagi maruzasida bayon etilgan "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" nafaqat mamlakatimizda balki butun jahon hamjamiyatining diqqat markazida turibdi. Zero, Konsepsiyaning har bir bo`limi mamlakatimiz istiqbolini belgilovchi o`ziga xos dasturi amaldir. Konsepsiyada aholining faollashuvida katta o`rin tutgan siyosiy partiyalarning rolini oshirishga, Oliy majlis palatalari faoliyatini takomillashtirish, qonun ustivorligiga berilgan e`tibor, shubhasiz, mamlakatimizning bironta fuqorosini befarq qoldirmaydi.Ularda vatan istiqboli uchun shu yurtda yashovchi har bir inson mas`ul ekani haqidagi qatiyat yanada yorqinroq ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |