odamlarning xoinliklari va boshqa ming xil salbiy hodisalar bu mard
67
siymoni ham jonidan to'ydirgan paytlar bo'lganligi, so'nggi baytda
yaqqol sezilib turadi.
Ayni paytda, Boburning azob-uqubatiga to'la foniy olamidan
ko'ra “ul olamni”, ya'ni bog'iy dunyoni afzal ko'rishi tasavvuf
ta'limotiga ham mos keladi.
Ko'pgina adabiyotshunoslar Bobur she'riyatida ruboiy janrini
ustun qo'yadilar. Oybek domla Bobumi turkiy ruboiyning Umar
Xayyomi deb atagani ko'pchilikka ma'lum.
Chindan ham, Bobur ruboiylaridagi mazmun va shakl mukam-
malligi: falsafiy fikr teranligi va badiiy til go'zalligi Umar Xayyom -
ning ruboiy lari bilan bemalol musobaqa qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |