narsa emasdur. Har bir so'zniki bilsang joyini o'tkarmay avtg'il,
vaqtni zoe qilm ag'il, yo'q ersa donishg'a sitam qilg'on bo'lg'aysan.
Har so'z desang rest deg'il va be'manilikni da'vo qilg'uvchi bo'l-
m ag'il. Bilm ag'on ilmdin dam urmag'il va undin non talab qilmag'il.
Harna matlubing bo'lsa, bilg'on ilm va hunardin hosil bulur.
Bilm ag'on hunar da'vosidin hech narsa hosil bo'lm as, faqat behuda
zahmat chekarsan...
Ammo, ey farzand, hech kishining oldida ifrot (haddan oshish)
qilm ag'il va ifrotni shumlig' deb bilm ag'il. Har ishla miyona (o'rta-
cha) b o'lg'il, so'z aytmoqda va ish qilmoqda... sangin (og'ir)
b o'lg'il. Rozingni (siringni) o'zingdan o'zga kishiga aytmag'il, agar
aytsang so'ngra uni roz demag'il.
Do'stlaringiz bilan baham: |