M illiy universiteti


ga  kirishar  ekan,  bir  maqsadni  ko'zlaydi,  u  ham  bo'lsa  sudda  gapi-



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/207
Sana11.01.2022
Hajmi3,6 Mb.
#343918
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   207
Bog'liq
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san ati

ga  kirishar  ekan,  bir  maqsadni  ko'zlaydi,  u  ham  bo'lsa  sudda  gapi-
 
rayotgan  kishi  haqida  sud  hay'atlari  ko'nglida  ishonarli  taassurotlar
 
qoldirish,  so'zlovchining  har  bir  gap-so'zlari,  qalbidan  chiqayotgan
 
samimiy  gaplar  ekaniga  ishontira  olishidir.  Lisiy  byurtmachilari
21


orasida olifta o'ziga bino qo'ygan  dimog'dor shaxsmi,  tiyinni-tiyinga 
urib  foyda  ko'raman  deb  yurgan  basis  olib  sotarmi,  xotini  izmida 
yurgan,  o'z  fikri  bo'lmagan  laqma  ermi  yoki  shallaqi  ayolmi,  maq- 
tanchoqmi,  ayyormi yoxud  sodda omi  insonmi,  kim bo'lishidan qat'i 
nazar -  Lisiy ulaming  har biri  xarakter xususiyatiga,  tabiatiga,  bilimi 
va  jamiyatdagi  mavqeiga  mos  keladigan  o'z  nutqi  bilan  tinglovchi- 
lami  ishontiradigan uslubni  topadi.  Shuning uchun  ham Lisiy yozgan 
nutqlaming  hammasida  so'zlovchining  tabiatiga  mos  gaplar  o'rin 
olgan  bo'ladi.  Lisiy  uslubiga  xos  husn  va  latofat  ham  nutq  tilining 
sodda,  aniq  va  fikming  lo'ndaligida  ko'rinadi.  Lisiydagi  bu  mahorat
-   ya'ni  har  kimni  o'z  tilida,  o 'z  tabiatiga  mos  gapirtirish,  gapiruv- 
chining  qiyofasini  to'la  ko'rsata  olish,  yunon  tarixida  o'tgan  logog- 
raflarning  birontasida  uchramaydigan  hodisa.  Bu  borada  Lisiyga 
ulardan  birortasi  ham teng  kelmaydi.  Ulaming  Lisiydan  farqli  tomoni 
shunda  ediki,  ular  o'zlari  yozib  bergan  nutqlami  ko'plab  dalillar 
bilan  to'ldirgani  holda,  shu  dalillar asosida joy-joyiga qo'yib,  da'vo- 
ni  isbot  etishga,  nutqlari  shaklining  chiroyli  bo'lishiga  ortiqcha  e'ti- 
bomi  qaratganligida,  nutq  so'zlovchining  tabiatini  hisobga olmagan- 
ligida.  O 'sha  davr  sud  qoidalariga  ko'ra  sudlanuvchilaming  nutqi 
uch qismdan tashkil topgan.  Ular nutqlarining kirishida sud hay'atiga 
murojaatdan  boshlagan  va  shu  orqali  hay'atning  iltifotiga  ergashish- 
ga urinishgan.  Nutqlarining asosiy  qismida esa voqea-hodisalar tafsi- 
lotini  aniq  va  ravshan  hikoya  qilishga,  nihoyat  nutqining  yakunida 
aytgan  gaplarining  to'g'riligiga,  dalillarga  ishontirishga  uringan. 
O'ziga  raqib  bo'lgan  tomonlaming  dalillarini  puchga  chiqarib,  o'zi- 
ning  haq  ekanligiga  mumkin  qadar  ishontirishga  bor  kuchini  sarf- 
lashgan.  Lisiyga  qadar  va  undan  keyin  o'tgan  logograflar  yozib  ber­
gan  nutqlarida  bor  kuchni  nutqning  kirish  va  xulosa  qismiga  berib, 
asosiy  hikoya  qilib  beriluvchi  bayonot  qismiga  ko'proq  e'tiborni 
qaratmaganlar.  Lisiy esa ulardan  farqli  o'laroq,  butun  fikrni  kirish  va 
xotima  qismiga  sarflamasdan,  notiqlik  mahoratini  ko'rilayotgan
22


hikoya  qilishga  qaratadi.  Lisiy  vozgan  nutqining  hayonot  qismidagi 
nafisligi  kamdan-kam  logograflarga  nasib  etgan.  Lisiy  voqcalar 
hayonini  yoz.ganida oddiy  so'zlar orqali  qisqa  va  lo'nda hikoya qilish 
yo'lidan  borib,  dalil  va  da'volarni  bayonotga  yog'day  singdirib 
yuboradi.  Natijada  bitilgan  nutq  qanchalik  sodda  bo'lmasin,  shu 
sodda  nutq  tagida  yashirinib  yotgan  labiiy  holat  va  samimiyat  ting­
lovchilar qalbiga etib  boradi.  Oqibatda  hay'at  a'zolari  ko'nglida ham 
gunohkorga  nisbatan  rahmdillik  kayfiyatini  uyg'otadi.  Bu  o'rinda bir 
misolga  fikrimizni  qarataylik:  Eratosfen  ismi  shaxsning  Evtilet 
tomonidan  o'ldirilishi  haqida  sud  majlisida  bu  holat  yaqqol  seziladi. 
Mazkur  ish  yuzasidan  gunohkor  sifatida  sudga  tortilgan  qotil  fcvfilet 
hay'at  a'zolariga  o'zining  shaxsiy  turmushi  haqida  hikoya  qilib 
beradi.  U  uylanganining  dastlabki  paytlarida  xoliniua  ishonolmay 
yuradi.  Birinchi  farzandi  tug'ilgandan  so'ng  xotmiga  ishonchi  va 
menri  oriadi.  Xoiinini  ko'p  tergamay  qo’yadi.  Shunday  kezlarda 
Evfiletning  onasi  olamdan  o'tadi.  Dafn  marosimida  Eratosfenning 
nigohi  Evfiletning  go'zal  xotiniga  tushib.  unga  etishish  uchun  yo'l 
izlaydi.  U  maqsadiga  erishish  uchun  Evfiletning  uyida  oqsoehlik 
qiladisan  qizni  qo  Iga  oladi.  Qizning  ко  masida  Evtiletning  xotini 
bilan  topishadi,  Evtilet  esa  xotinining  hiyonatini  ssezmasdan  xotirjam 
yashayveradi.  Shunday  kunlaming  birida  notanish  bir  ayol  uni 
xotmimng  sirlandan  ogoh  qiladi.  Ayolnmg  gaplanga  qaragandu 
Eratosfen bu  ayolning  ham bekatdni  yo’ldan  urgan  va tashlnh  ketgtrn. 
Bu  sovuq  xabarni  eshitgan  Evfilet  uyidagi  oqsoth  qizni  qistovga oiib 
so  rasaki.  haqiqat  bo’lib  chiqadi,  Shundan  so  ng.  Kvlilct  firatoslctl 
bilan  xotini  o'rtasidagi jirkaneh jinoyatni  ochishda cim  ri  qi/dan  yor- 
dam  Ho'raydi,  Qizning  yordami  badaliga  uning  gunohidan  kcchUhga 
v
;
i
’ (
1
h
 
hf*r»irll
Tez  orada  Evfilet  oqsoch  qizning  xabariga  ko'm  raqibini  qoMga 
tushiradl.  Ut’h-to'rt  qo'ni-qo'shniliirdan  guvoh  sifatida  foydalangan


Evfilet  ular  b ila n . birga  xotinining  yotog'iga  bostirib  kiradi  va 
Eratosfentli jinoyat ustida qo'lga olib,  uni o'ldiradi.
Lisiy  Evfiletning  tabiatiga  mos  nutqni  yozgan.  Evfiletning 
soddaligini,  biroz  bo'lsa-da  laqmaligini  hisobga  olgan,  biroq  vaqti 
kelganda  o'z  oriyati  yo'lida  hech  narsadan  qaytmasligini,  darg'azab 
qasoskorga  aylanishini  ko'rsata  oladigan  nutq  uslubini  topgan. 
Evfiletning  oddiy  tilda  aytgan  hikoyasini  eshitgan  har  bir  tinglovchi 
voqeani  go'yo o'z ko'zlari bilan ko'rgandek his etib,  shohidlar safiga 
hayolan  qo'shilganini  sezmay  qoladi.  Bunday  o'ylab  qaralsa,  aldan- 
gan  er,  uning  go'zal  xotini,  begona  ayollarni  yo'ldan  uradigan  olg'ir 
va  olifta  yigit,  ularga  qo'shmachilik  qilgan  oqsoch  qizning  qiyofasi 
ko'z o'ngimizda paydo bo'ladi.
Lisiy  tomonidan  bitilgan  har  bir  nutq  sud  minbaridan  turib  gapi- 
rayotgan  qonunshunosning  safsata  gaplari  emas,  balki,  mohir  notiq 
qalamiga  mansub  bir  asar  sifatida  ahamiyatli.  Uni  ijro  etayotgan 
odam go'yo sud minbari  sahnasida rol  ijro etayotgan aktyomi  eslatib, 
tinglovchilar  ongiga  hikoyasini  singdirib,  ular  qalbini  jo'nbushga 
keltiradi.  Yunonlarda  notiqlik  san'atining  quloch  yoyishi  sud  notiq- 
ligidan  so'ng,  xarbiy  notiqlik  va  siyosiy  notiqlik  kabi  notiqlik 
turlarining,  sal  o'tmay  epideyktik-tantanali  notiqlikning  paydo 
bo'lishiga olib keladi.
Epideyktik  notiqlikda  balandparvoz  so'zlar  ishlatilar,  shu  bois 
ham  bunday  nutq  matnini  tayyorlash  anchagina  izlanishni  talab 
qilardi.  Natijada  logograflar  o'zlaridan  oldingi  voizlaming  merosiga 
va  xalq  og'zaki  ijodiga  murojaat  eta  boshladilar.  Shu  tariqa  chiroyli 
so'zlash  san'ati  asta-sekin  shakllanib,  badiiy  adabiyotning  rivojida 
muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Ya'ni,  tragediya,  komediya  va  roman 
janrlarining  tug'ilishiga  ijobiy  ta'sir ko'rsatdi.  Eng  muhimi, 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish