ixcham va lo'nda aniq berilyaptiki, unda Koshifiyning notiqligi ham,
bilimining yuksakligi ham, arazchiligi ham va kechirimliligi ham
qamrab olingan. Voizlikning qanchalik qiyin kasb ekanligi ko'rsatil-
gan. Har qanday vaziyatda ham V oiz kechirimli bo'lishi, ko'pchilik-
ka qarshi bormasligi uqtirilmoqda. Koshifiyning notiqlik san'ati
haqidagi nazariy va amaliy fikrlari “Futuvvatnomayi sultoniy” asari-
dan o'rin olgan. Koshifiy mazkur asarida notiqlik san'atida odob
masalasiga alohida urg'u beradi, notiqning o'zini tutishi, nutq
so'zlayotganidagi holati, umuman, notiqlik san'atining qonun qoi-
dalari haqida asosli fikrlarini “aqlning oynasi” bo'lgan tajribalaridan
kelib chiqib, notiqlikka xos amaliy va nazariy xulosalarga keladi.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |