8
axborotlariga ishlov berish asosida olib boriladi. Ishlab chiqarish
jarayonlari borishida texnologik kattalik (harorat, bosim, og‘irlik,
zichlik, namlik, mexanik ko‘chish, kuchlanish, tezlik va boshqalar)
o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot o‘lchov asboblari yordamida olinadi.
Shu tufayli avtomatlashtirishda o‘lchash usullari, texnik vositalar va
o‘lchash texnikasi to‘g‘risidagi qonunlarga amal qilib, o‘lchash
aniqliklarini oshirishga katta e’tibor beriladi.
Texnologik jarayon kattaliklarini o‘lchash uning qay darajada
borishi to‘g‘risida to‘la ma’lumot olish imkonini beradi. Bu ma’lumot
va kattaliklarning o‘zgarishi esa o‘lchov asboblari yordamida olindi.
O‘lchash vositalari, usullari va o‘lchov birliklari haqidagi fanga
metrologiya deyiladi.
Belgilangan metrologik tavsifga ega bo‘lib, o‘lchashda
qo‘llaniladigan texnik vositalar - o‘lchash vositalari deyiladi.
Namunaviy sifatida tasdiqlanib, boshqa o‘lchash vositalarini tek-
shirish uchun xizmat qiladigan o‘lchash vositalari - namunaviy
o‘lchash vositalari deyiladi.
O‘lchash o‘zgartgichlari, o‘lchash asboblari, o‘lchov qurilmalari
va o‘lchash sistemalari - o‘lchash vositalarining asosiy turlari hisobla-
nadi. Standart namunalar va namunaviy narsalar - o‘lchov hisoblanib,
u aynan belgilangan jism yoki narsaning bo‘lagidir. Bu narsalarning
xususiyatlaridan biri shuki, ular aniq sharoitlarda ma’lum kattalik
hisoblanadi.
Masalan: qattiqlik namunasi, namunaviy narsalar KSI, NaCI va
boshqalar.
O‘lchanadigan kattalik o‘lchov birliklari bilan solishtiriladi. O‘l-
chov birliklari asosiy, hosilali, kogerent, butun va kasrli turlariga
bo‘linadi.
Asosiy birliklar boshqa qiymatlarga bog‘liq bo‘lmasdan o‘rnati-
ladi. Masalan, metr, kilogramm va boshqalar.
Hosilali birliklar - fizik kattaliklarni boshqa birliklar sistemasini
tenglamalar orqali aniqlashda hosil bo‘lgan birliklar (masalan, 1
m2G`s - SI sistemasida).
Kogorent birliklar - boshqa birliklar bilan tenglamalar sistemasi
orqali bog‘langan bo‘lib, ularni sonli koeffitsenti birlik deb qabul
qilingan birliklar (masalan, tezlik birligi - mG`s) ifodalanadi.
Butun va kasrli birliklar-asosiy va hosilali birliklarini aniq 10
sonini darajasiga ko‘paytirish yoki bo‘lish orqali hosil bo‘ladigan bir-
9
liklar. Bu birliklarni nomi asosiy birlik nomiga maxsus qo‘shimcha
qo‘shish orqali aytiladi (masalan, «kilo» - berilgan birlikdan 10
3
mar-
ta katta, «gekto» - 10
2
marta katta, «kanti» - 10 marta kichik va ho-
kazo).
Aniq birliklar sohasini qamrab olgan birliklar to‘plamiga birliklar
sistemasi deb ataladi. Fan va texnikani rivojlanishi natijasida quyidagi
birliklar sistemasi vujudga keldi: SGS, MKS, MTS, MKGSS va bosh-
qalar.
O‘lchash sohasini unifikatsiyalash uchun xalqaro kogerent birlik-
lar sistemasi - SI ishlab chiqildi. Ushbu sistemaga ko‘ra, asosiy birlik
bo‘lib metr - m - uzunlik birligi, kilogramm - kg - og‘irlik birligi, se-
kund - s - vaqt birligi, amper - A - elektr tokini birligi, kel'vin -
0
K -
harorat birligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: