Boshqarish operatsiyasi 2 turga bo‘linadi:
a) jarayonni normal boshqarish - alohida jarayonlarni sifat va son
ko‘rsatkichlarini hamda ularni umumiy ishlab chiqarishda koordinatsi-
yasini boshqarish;
b) berilgan talab bo‘yicha mashina va mexanizmlarni sozlash va
o‘rnatish.
Nazorat operatsiyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
a) jarayon natijalarini berilgan talab bilan taqqoslash operatsiyasi;
b) jarayon borishini himoyalash operatsiyasi (avariya holatida).
Nazorat qilinadigan kattaliklarga masalan, uzunlik, massa, hajm,
harorat va bosimni kiritish mumkin. Har bir kattalik aniq qiymatga
ega bo‘lishi mumkin. Texnologik kattalikni o‘lchash orqali texnologik
jarayon qaysi tomonga oqayotganiligini aniqlash mumkin.
Texnologik kattaliklarni qiymati berilgan qiymatdan o‘zgarishi
olinadigan mahsulotni sifat va son ko‘rsatkichini o‘zgarishiga olib ke-
ladi. Texnologik jarayonni borishi va natijada olinadigan mahsulot
ko‘rsatkichlarini aniqlash nazorat orqali amalga oshiriladi. Masalan,
texnologik jarayonni to‘g‘ri borishi hamda ishlov berish jarayonida
ko‘pgina moddalarni holati bosimga bog‘liqdir. Bosimni o‘zgarishiga
qarab, texnologik jarayonda qatnashuvchi gaz, bug‘ va suyuqliklarni
son ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Bug‘ qozonidagi bug‘ning bosimi
qurilmalarni xavfsiz ishlashini ta’minlab, qolmasdan, qozon pechiga
berilayotgan issiqlikni avtomatik rostlash uchun ham asosiy texnologik
kattalik bo‘lib hisoblanadi.
Bosimni avtomatik nazorat qilish presslash, bug‘latish, uzluksiz
ishlov berish jarayonlarida olib boriladi.
6
Oziq-ovqat sanoati texnologik jarayonlarida o‘z vaqtida haroratni
nazorat qilish chiqariladigan mahsulotni sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ma-
salan, taralarni yuvish, tomat mahsulotlarini vakuum apparatida
qaynatish va hokazo.
Ko‘pgina uzluksiz jarayonlar har xil materiallarni keyingi ishlov
berish uchun jihozlarda yig‘ish bilan olib boriladi.
Shuning uchun yig‘ilgan materiallarni o‘z vaqtida nazorat qil-
maslik texnologik jarayonni buzilishiga olib keladi.
Materiallarni hisobga olishni eng tarqalgan usuli sathni
o‘lchashdir. Masalan, har xil qabul qiluvchi bunkerlarda, sig‘imlarda,
achitish apparatlarida, qaynatish qozonlarida, baklarda, vakuum -
bug‘latish qurilmalarda va hokazo.
Moddalarning kimyoviy tarkibini o‘zgarishi bilan (masalan, uzum
sharbatini rangi va tiniqligi, tomat mahsulotini konsentratsiyasi,
xonani nisbiy namligi, melassani konsentratsiyasi) jarayon natijasida
olinadigan mahsulotni sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash kerak bo‘ladi.
Oziq-ovqat sanoatini kompleks avtomatlatirishda konsentratsiya,
qovushqoqlik, namlik, pH-muhit va boshqa kattaliklarni o‘z vaqtida
o‘lchash texnologik jarayonlarni optimal kechishini zaruriy shartlari-
dan biridir.
Ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik quvurlarida bug‘, siqil-
gan havo, gaz va achitqilarini sarf va miqdorini o‘lchash uchun ishlati-
ladigan sarf hamda miqdor o‘lchagichlar ishlab chiqarishni avtomat-
lashtirish omillaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |