SUT EMIZUVCHILAR SINFI
Sut emizuvchi hayvonlar sinfi umurtqali hayvonlarning yuqori darajada
rivojlangan vakillarini birlashtiradi. Markaziy nerv sistemasi va sezgi organlari
oliy darajada rivojlangan. Ularning fe‟l-atvori murakkab. Yer sharini hamma
qismlarini egallagan, 4500 ga yaqin turlarni birlashtiradi. Farg„ona shahri uchun
xarakterli vakillarini keltirib o„tamiz.
Uzun quloq tipratikan, Kirpi – Heniechinus auritus Gm.
Hasharotxo„r sut emizuvchi hayvonlar
turkumining asl tipratikanlar deb ataluvchi
kenja oilasi vakili. Gavdasi tikanlar bilan
qoplangan, teri ostida chambarak muskullari
bor, bu muskullar qisqarsa yumaloq bo„lib
o„ralib oladi. Bu tipratikanning qorin tomonini
qoplagan juni oq, kattaligi 19-20 sm, dumi juda
qisqa bo„ladi. Ular uyasini butalar ostiga,
chuqurchalarga,
devorlar
ostiga
quradi.
Farg„ona shahri atrofidagi bog„larda, shahar
xonadonlarida, qabristonlarda uni uchratish mumkin, qishni uyquda o„tkazadi.
Faol hayot faoliyati bahorda boshlanib, yakka yoki juft bo„lib yashaydi. Ular
har xil hasharotlar, kaltakesak, zaharli va zaharsiz ilonlar, mayda kemiruvchilar
bilan ovqatlanadigan foydali hayvondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |