bosh og‘rig‘i va mushaklarda og‘riq seziladi. Bemor bel sohasidagi
kuchli og‘riqdan shikoyat qiladi. Uning tashqi ko‘rinishi xarakterli
bo‘lib, yuz va ko‘krakning yuqori qismlarida giðeremiya kuzatiladi.
Skleralar va konyunktiva tomirlari qizarib, yuz va qovoqlar, lablar
shishib va til yarqiragan bo‘ladi. Bemor eyforik va tez ta’sirlanuvchan
bo‘lib, ularda uyqusizlik, alahsirash, gallyusinatsiya kuzatiladi. Puls
tezlashgan bo‘lib, keyinchalik esa bradikardiya va giðotoniya aniq-
lanadi.
Kasallikning 3-kuni bemorning ahvoli og‘irlashadi, yorug‘likdan
qo‘rqish va ko‘z yoshining oqishi kuzatiladi, teri va sklera sarg‘ayadi,
gemorragik sindrom (milklar qonashi, burundan qon ketishi)
namoyon bo‘ladi. Ko‘ðchilik bemorlarda jigar kattalashgan bo‘lib,
ðayðaslaganda og‘riydi.
Kasallikning 4—5-kuni qisqa muddatli (bir necha soatdan ikki
kungacha) remissiya kuzatiladi: tana harorati ðasayadi, bosh
og‘riydi va mushaklarda og‘riq yo‘qoladi, ishtaha va uyqu yax-
shilanadi. Bu remissiya sog‘ayish davriga o‘tishi mumkin, ammo
ko‘ðincha kasallikning keyingi bosqichi — venoz bosqichi (reaktiv
bosqich)ga o‘tishi mumkin. Bemor ahvoli yana og‘irlashadi, tana
harorati qayta ko‘tariladi, organizm intoksikatsiyasi kuchayadi,
gemorragik va sariqlik sindromlari rivojlanadi. Òeri qoðlamlari
qizarish o‘rniga oqaradi, ko‘kish tusga kiradi (venoz staz hisobiga).
Bu davrda giðotoniya, hatto kollaðs kuzatiladi. Jigar ðayðaslaganda
kattalashgan va og‘riqli bo‘ladi. Qonda bilirubin miqdori va tran-
saminazalar faolligi oshgan bo‘ladi. Gemorragik sindrom: burun-
dan, oshqozon-ichaklardan, bachadondan qon ketishlar va gema-
turiya kuchli namoyon bo‘ladi. Azotemiya bilan bir qatorda, oliguriya
yoki anuriya qayd etiladi. Ko‘ðincha toksik ensefalit rivojlanadi. O‘lim
hollari ko‘ðincha shok, o‘tkir buyrak va jigar yetishmovchiligi
natijasida yuzaga keladi.
Reaktiv bosqich odatda 4—5 kun (ba’zida 10—14 kun)ni tashkil
etadi, shundan keyin kasallik rekonvalessensiya davriga o‘tadi.
Òashxisi. Sariq isitma tashxisi eðidemiologik anamnez ma’lu-
motlari, klinik belgilar (isitma, intoksikatsiya, gemorragik va sariqlik
sindromi, buyrak-jigar yetishmovchiligi) va laboratoriya sðetsifik
tekshirish usullari (qonda kasallikning dastlabki 1—4-kunlarida
virusning toðilishi) yoki kasallikning keyingi davrlarida (ikkinchi
298
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
haftasidan boshlab) qonda antitelolarning toðilishi (KBR va
GAÒR)ga asoslangan.
Davolash. Shokka va intoksikatsiyaga qarshi komðleks ðreðaratlar
qo‘llaniladi.
Qon aylanishini yaxshilaydigan ðreðaratlar buyuriladi. Kuchli
azotemiya bilan davom etadigan va kuchayib boruvchi jigar-buyrak
yetishmovchiligida gemodializ tayinlanadi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Sariq isitmali
bemorlar shifoxonada davolanishlari zarur. Kasallikni ðarenteral
yuqtirishning oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi. Sariq
isitmada sðetsifik ðrofilaktika infeksiya o‘chog‘ida tirik vaksina bilan
o‘tkaziladi. Vaksina 1:10 nisbatda 0,5 ml teri ostiga yuboriladi.
Immunitet 7—10 kundan so‘ng rivojlanadi va 6 yil davomida
saqlanadi. Emlashlar xalqaro sertifikatlar orqali o‘tkaziladi. Endemik
o‘choqdagi emlanmagan kishilar 9 kun davomida karantinda
bo‘ladilar.
Nazorat savollari
1. Sariq isitma nima?
2. Sariq isitmaning shahar (eðidemik) o‘chog‘ida kimlar infeksiya
manbai bo‘lib hisoblanadi?
3. Qaysi a’zolarda kuchli ðatogistologik o‘zgarishlar kuzatiladi?
4. Gemorragik sindrom nima bilan kechadi?
5. Laboratoriya tashxisi uchun nimalar tekshirish materiallari
bo‘la oladi?
6. Sariq isitmaning sðetsifik ðrofilaktikasi qanday amalga oshi-
riladi?
Paððatachi isitmasi (febris ðaððatasii)
Paððatachi isitmasi (iskabtopar isitmasi, flebotom isitma) —
iskabtoparlar chaqishi orqali yuqadigan o‘tkir kasallik bo‘lib, qisqa
muddatli isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, kuchli mushak og‘riqlari,
konyunktivit va skleraning o‘ziga xos infeksiyasi bilan kechadi.
Etiologiyasi. Kasallikni virus (febrigenes ðaððatasii) qo‘zg‘atadi.
Virus zarralarining kattaligi — 40—50 nm. Òovuq embrionida, yangi
299
MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari
tug‘ilgan sichqonlarda va to‘qima kulturalarida o‘sadi. Virus qizdi-
rilganda va dezinfeksiyalovchi ðreðaratlar ta’sirida faolligini yo‘qotadi.
Formalin (1:1000) virusning immunogen xususiyatini yo‘qot-
magan holda uni faolsizlantiradi. Glitserinda 2 haftagacha, –70°C
gacha muzlatilganda bir yildan ortiq, quritilgan holda esa bir necha
yil saqlanishi mumkin.
Eðidemiologiyasi. Asosiy infeksiya manbai iskabtopar tarqatuvchi
(Phlebotomus ðaððatasii) hisoblanadi, u virusni nasldan naslga
o‘tkazadi. Iskabtoparlar bemorni chaqqanida infeksiyani yuqtiradi.
Kemiruvchilar va qushlar ham infeksiya manbai bo‘lishi mumkin.
Kasallik ikki marta qo‘zg‘alish mavsumiga ega (may, iyun va iyul,
avgust). Bular iskabtopar tarqatuvchilar sonining mavsumga yarasha
o‘zgarishiga bog‘liq. Iskabtoparlarning boshqa turlari ham kasallik
tarqatishi mumkinligi isbotlangan. Ular asosan turar joylarga yaqin
yerlarda ðaydo bo‘ladi va ko‘ðincha tunda faol bo‘ladi. Ommaviy
kasallanish asosan endemik joylarga birinchi marta kelgan kishilarda
kuzatiladi, mahalliy (immun) aholi esa kam kasallanadilar.
Patogenezi. Virus odam organizmiga infeksiya yuqtirgan iskab-
topar chaqishi orqali tushadi. Odam organizmida virus tez ko‘ðayib,
to‘ðlanadi. Viruslar 3—7 kun davomida limfatik tugunlarda joy-
lashganidan keyin virusemiya kuzatiladi. Kasallikning birinchi
kunlaridayoq bemor qonida virus uchraydi. Virus to‘qimalar
(markaziy nerv sistemasi, ilik, mayda qon tomirlar, ko‘ndalang-
targ‘il mushaklar)da ko‘ðayadi va ularning funksiyasini buzadi.
Miyaga tegishli giðertenziya, simðtomatik o‘zgarishlar, leyko-
ðoezning susayishi va hokazolar xarakterli. Kasallik o‘zidan keyin
immunitet qoldiradi (ammo qayta kasallanishlar kuzatilgan).
Klinikasi. Yashirin davri 3 kundan 9 kun (odatda 4—5 kun)gacha
davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, et uvushadi, tana harorati bir
necha soatlar ichida 39—40°C, ayrim hollarda 41°C gacha ko‘tariladi.
Bemorlar kuchli bosh og‘rig‘i (asosan ðeshona qismida), ko‘zni
harakatlantirganda og‘riq, umumiy holsizlik, ayrim vaqtda yelka va
dumg‘aza sohalarida og‘riq sezadilar.
Qovoqlarni qo‘l bilan ko‘targanda yoki ko‘z olmasiga bosib
ko‘rilganda og‘riq (Òaussig simðtomi), ko‘krakda qizarish («quyosh
shaklidagi eritema»), uchi muguz ðardaga qaragan uchburchak
shaklida konyunktivaning qizarishi (Pik simðtomi) kasallikning
xarakterli belgilaridan hisoblanadi (36-rasm).
300
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Ayrim ðaytlarda terida eritematoz tosh-
ma toshadi. Kasallik og‘ir kechganda
meningeal simðtomlar kuzatiladi. Isitma
kuchaygan vaqtda bradikardiya, arterial
bosimning ðasayishi aniqlanadi. Ayrim
bemorlarda qorin dam bo‘lib, sutkasiga 5-
—6 martagacha ich ketadi. Jigar va taloq
o‘lchamlari o‘zgarmaydi. 1—2 yoki 3—4
kundan keyin tana harorati keskin ra-
vishda normagacha yoki undan ham ðastga
tushadi. Bunday vaqtda kuchli terlash,
og‘ir shakllarda esa hatto kollaðs kuza-
tilishi mumkin. Keyingi 4—5 kunlar
davomida subfebrilitet kuzatiladi. Ayrim
bemorlarda haroratning ikkinchi marta
ko‘tarilishi aniqlanadi. Kasallik qisqa vaqt davom etishiga qaramay,
sog‘ayish davri 2—4 haftagacha cho‘ziladi.
Òashxisi. Paððatachi isitmasiga tashxis qo‘yish kasallik tiðik
kechganda (ommaviy kasallanish, isitmaning qisqa muddatliligi,
Òaussig va Pik simðtomlari mavjudligi) va tegishli eðidemiologik
ma’lumotlar (mazkur joyning geografik joylashishi) bo‘lganda
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Laboratoriya usulida tekshirganda bemor-
lardan virus ajratiladi (tovuq embrioni va to‘qimalar kulturasidan
foydalangan holda) yoki ularda sðetsifik antitelolar titri oshadi.
Serologik tekshirishlar uchun (neytrallash reaksiyasi, KBR,
GAÒR) kasallikning 2—3-kunlari va 2—3-haftasida qo‘sha zar-
doblar tekshiriladi. Qonda leykoðeniya, limfoðeniya, aneozinofiliya
va monositoz aniqlanadi.
Davolash. Sðetsifik davosi yo‘q, antibiotiklar foydasiz. Isitma
davrida yotoq rejimi buyuriladi. Yetarlicha suyuqliklar, vitaminlar va
simðtomatik teraðiya tayinlanadi. Sog‘ayish davrida jismoniy tarbiya,
massaj va fizioteraðevtik muolajalar qo‘llanadi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Endemik
o‘choqlarda kasallik tarqatuvchilari bilan kurashiladi (iskabtoparlarni
yo‘qotish), chivinlar chaqishining oldini olish choralari ko‘riladi
(derazalarga to‘rlar tutish, ðashshaxonalardan foydalanish, dime-
tilftalat va boshqa reðellentlar shimdirilgan hurkitib haydovchi
ðreðaratlar qo‘llaniladi).
36-rasm. Paððatachi
isitmasida Pik simðtomi.
301
MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari
Sðetsifik ðrofilaktikasida embrional formalinlangan vaksina yoki
tovuq embrioniga moslashtirilgan viruslar shtammlarida tay-
yorlangan quruq vaksina qo‘llaniladi. Vaksina eðidemik mavsum
boshlanishi yoki endemik o‘choqda bo‘lishdan 2 oy oldin yuboriladi.
Nazorat savollari
1. Paððatachi isitmasi qo‘zg‘atuvchisi nima va u qanday ko‘ða-
yadi?
2. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi organizmga qanday tushadi?
3. Pik simðtomi nima?
4. Paððatachi isitmasida qonda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
5. Paððatachi isitmasida sðetsifik ðrofilaktika uchun nima qo‘l-
lanadi?
Kanadan yuqadigan ensefalit (enceðhalitis acarina)
Kanadan yuqadigan ensefalit — o‘tkir virusli kasallik bo‘lib,
bosh va orqa miya kulrang moddasining zararlanishi bilan xarak-
terlanadi hamda ðarezlar va falajlanishlarga sabab bo‘ladi.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi B antigen guruhidagi arboviruslarga
kiradi. RNK ga ega, virion diametri 40—45 nm. Virus tovuq em-
brionida va to‘qima kulturasida ko‘ðayadi. Òajriba hayvonlaridan oq
sichqonlarda virus juda ko‘ð. Virus qizdirishga sezgir: qaynatilganda 2
minutdan keyin o‘ladi, ultrabinafsha nurlar ta’sirida tez nobud
bo‘ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalarga ham sezgir.
Eðidemiologiyasi. Kanadan yuqadigan ensefalit transmissiv
tabiiy o‘choqli kasallik bo‘lib, u bahor-yoz oylarida ko‘ðayadi.
Infeksiya manbai yovvoyi hayvonlar (sichqonlar, kalamushlar,
burunduqlar va b.) va kanalar bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida
kasallik tarqatuvchilari hamdir. Yirik va mayda shoxli hayvonlar ham
infeksiya yuqtirishi mumkin. Odam kanalar chaqishi, ayrim hollarda
kanani tirnoq bilan ezish natijasida infeksiya yuqtiradi. Alimentar
yo‘l bilan yuqishiga hayvonlar (echki)ning xom sutini iste’mol
qilishni misol qilish mumkin. Kasallik asosan Òayga o‘rmonlarida,
kanalar ko‘ð uchraydigan joylarda uchraydi. Kanadan yuqadigan
ensefalitlarga beriluvchanlik yuqori.
302
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Kana chaqqanda virus
dastlab qonga, so‘ng markaziy nerv hujayralariga tushib, terida
kuchli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, orqa miya bo‘yin qismi
oldingi shoxlarining nerv hujayralari va uzunchoq miya yadrolari
kuchli zararlanadi. Yorib ko‘rilganda ichki a’zolarda venoz qon
to‘ðlanishi va ularning degenerativ o‘zgarishlari, yurak eðikardi
seroz qavati, yuqori nafas yo‘llari va oshqozon shilliq qavatiga qon
quyilgani aniqlanadi. Miya qavati kuchli qizargan, tomirlar ken-
gaygan va qonga to‘lgan bo‘ladi. Bosh va orqa miya moddasi bo‘shash-
gan, shishgan, mayda qon quyilishlar kuzatiladi.
Klinikasi. Yashirin davri 8 kundan 23 kungacha (o‘rtacha 10—12
kun) davom etadi. Belgilari uch xil sindromlar majmuidan iborat:
umumiy infeksion, meningeal va nerv sistemasining o‘choqli
zararlanishi. Kasallik o‘tkir boshlanadi, holsizlik, darmonsizlik,
bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, uyquning buzilishi kuzatiladi. Oyoq-
qo‘llar va bo‘yinda tez o‘tib ketuvchi holsizlik qayd etiladi. Bolalar va
o‘smirlarda ko‘ðincha eðileðtik tutqanoq kuzatiladi. Kasallik faqat
umumtoksik belgilar yoki ensefalit, meningoensefalit yoki o‘choqli
zararlanishlarsiz yengil umumiy infeksion belgilar shaklida o‘tishi
mumkin. Òana harorati tezda 39—40°C gacha ko‘tariladi. Isitma 2
kundan 10 kungacha davom etadi.
Bo‘yin-yelka mushaklarining sust ðarezlari va falajlari — «bosh-
ning osilishi» simðtomi (37-rasm), bosh suyagi nervlari va menin-
geal belgilar (kuchli bosh og‘rig‘i, ensa mushaklari rigidligi,
37-rasm. “Boshning osilishi” simðtomi.
303
MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari
Kernig, Brudzinskiy simðtomlari), ongning buzilishi (komagacha)
kasallikning tiðik belgilaridan hisoblanadi. Bu vaqtda orqa miya
suyuqlig‘i tiniq bo‘lsa-da, yuqori bosim ostida chiqadi.
Ko‘ðincha o‘choqli ensefalit rivojlanadi: miya yarim sharlarining
birortasidagi oq moddaning zararlanishi qo‘l-oyoqlar ðarezlariga
sabab bo‘ladi. Yuz nervining markaziy ðarezi kuzatiladi. Jarayon
chað yarim sharlarda bo‘lsa, gemiðarezdan tashqari nutq buzilishi
(afaziya) ham mumkin.
O‘z vaqtida olib borilgan davolashlar kasallikning 5—7-kun-
laridan boshlab tana haroratining litik tushishi va 10—12-kunlarga
kelib normallashishi bilan davom etadi. Intoksikatsiya, meningit
belgilari va harakatlarning buzilishi asta-sekin kamayib, bemor
tuzala boshlaydi. Sog‘ayish davri 1—2 yilga cho‘ziladi. Ko‘ðchilik
bemorlarda gavdaning yuqori yarmidagi mushaklar atrofiyasi
uchraydi va bu nogironlikka olib keladi. Ayrim hollarda kasallik
surunkali kechadi, bu esa ong buzilishi va eðileðsiya xurujlariga sabab
bo‘ladi.
Ba’zan kasallik atiðik yoki juda yengil kechsa-da, sust falajliklar
turg‘un saqlanib qolishi mumkin. Kasallikdan keyin doimiy immu-
nitet hosil bo‘ladi.
Òashxisi. Kasallikka tashxis qo‘yishda eðidemiologik ma’lumotlar
(kanalar chaqishi, mavsumiylik) va markaziy nerv sistemasining
zararlanishi katta ahamiyatga ega. Sðetsifik tashxisi virusni bemor
organizmi yoki o‘lgan kishilar miyasidan ajratib olish va serologik
tekshirishga asoslangan. Virus qon, bemorlar likvori va tekshirish
materialini miya ichiga yuborish orqali zararlash yo‘li bilan o‘lgan
oq sichqonlar miyasi yoki to‘qima kulturalaridan ajratib olinadi.
Serologik reaksiyalardan oq sichqonlarda virusni neytrallash reak-
siyasi va 3 hafta oralatib olingan bemorning qo‘sha zardoblarida KBR
va GAÒR qo‘llanadi.
Davolash. Barcha bemorlar shifoxonaga yotqiziladi. Kasallikning
o‘tkir davrida qat’iy o‘rinda yotish rejimi tayinlanadi. Har bir
bemorni individual ðarvarishlash lozim. Yengil hazm bo‘ladigan,
vitaminlar, ayniqsa C vitamini va B komðleks vitaminlarga boy
yuqori kaloriyali ovqatlar tavsiya etiladi.
Davolashning dastlabki 3 kunida har kuni mushak orasiga 6—9
ml dan ensefalitga qarshi donor gamma-globulini yuboriladi (erta
304
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
qo‘llanilgandagina samara kuzatiladi). Degidratatsion teraðiya (venaga
40% li glukoza eritmasi, natriy xlorid, mannitol, furosemid yoki
laziks, 25% li magniy sulfat eritmasi yuborish) o‘tkaziladi. Oksi-
genoteraðiya foydali. Òalvasa chog‘ida mushak orasiga 1 ml 2,5% li
aminazin va 2 ml 1% li dimedrol eritmasi yuboriladi. Eðileðtik
tutqanoq vaqtida fenobarbital yoki benzonal 0,1 g dan kuniga 3
mahal buyuriladi. Òana harorati normaga tushgach 2 haftadan
keyingina bemorlarga o‘rnidan turishga ruxsat beriladi.
Sust falajliklar rivojlanganda fizioteraðiya va muntazam tartibda
davolovchi badantarbiya tayinlanadi.
Òana harorati normallashgandan keyin 2—3 hafta o‘tgach va
meningeal simðtomlar kuzatilmaganda bemorlar shifoxonadan
chiqarilishlari mumkin.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kanalar
chaqishidan himoyalanish uchun bo‘yin va qo‘l kaftlarini yaxshi
yoðib turuvchi maxsus kombinezonlar kiyish, uning yoqasi va
manjetlariga kanalarni hurkitadigan moddalar (dimetilftalat yoki
boshqa hurkituvchi suyuqliklar) surtish lozim. Rezina yoki teridan
qilingan etiklar kiyiladi. Odamlar turadigan joylarda o‘tlar, tushgan
barglar yoqiladi va kemiruvchilarni yo‘qotish tadbirlari o‘tkaziladi.
Endemik tumanlarda eðidemik ko‘rsatmalarga binoan odamlar
vaksinatsiya qilinadi. Kasallikka qarshi vaksina uch marta teri ostiga 3
va 5 ml dan 10 kun oralatib yuboriladi va bir oydan keyin revak-
sinatsiya (5 ml) qilinadi.
Nazorat savollari
1. Kanadan yuqadigan ensefalit nima?
2. Kasallik qo‘zg‘atuvchisiga sezgir bo‘lgan tajriba hayvonlarini
gapirib bering.
3. Kasallik belgilari qanday asosiy sindromlardan iborat?
4. Bo‘yin-yelka mushaklarining sust ðarezi va falajlari qanday
belgilar bilan ifodalanadi?
5. Kanadan yuqadigan ensefalitning sðetsifik tashxisi qanday?
6. Degidratatsion teraðiya uchun qanday ðreðaratlar qo‘llanadi?
7. Bemorlarni shifoxonadan chiqarish qoidalarini gapirib bering.
305
MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari
Chivindan yuqadigan ensefalit
(enceðhalitis jaðonica)
Chivindan yuqadigan ensefalit — o‘tkir virusli kasallik bo‘lib,
kuchli intoksikatsiya, miya moddasi va ðardalarining og‘ir zarar-
lanishi bilan o‘tadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi A antigen guruhidagi
arboviruslarga mansub. RNK ga ega, virion diametri 50—60 nm ni
tashkil qiladi. Virus tovuq embrionida va to‘qima kulturasida ko‘ðayadi.
Virusga oq sichqonlar, maymunlar, qushlar va boshqalar sezgir.
70°C da 10 minut, 100°C da esa 2 minut davomida faolsizlanadi.
Aseton, sðirt va efir ta’sirida 3 sutkadan, 5% li lizol eritmasida esa 1
minutdan keyin o‘ladi.
Eðidemiologiyasi. Chivindan yuqadigan ensefalit — tabiiy
o‘choqli transmissiv infeksiyadir. Ensefalit qo‘zg‘atuvchisi ko‘ðgina
hayvonlar (sigirlar, otlar, cho‘chqalar va b.) hamda qushlar
(kaðtarlar, qarg‘alar va b.)dan ajratib olingan. Infeksiya manbai va
tarqatuvchilari 6 xil chivinlar hisoblanadi. Kasallik mavsumiy bo‘lib,
asosan yoz oxiri va kuz boshlari, ya’ni chivinlar ko‘ðayadigan
davrda ko‘ðroq uchraydi. Odamga kasallik infeksiya yuqtirgan chivin-
lar chaqqanida yuqadi. Kasallikka barcha yoshdagi kishilar beri-
luvchandir. Qishloq joylarida ko‘ðroq botqoqliklar (chivinlar
to‘ðlangan joylar)ga yaqin joylarda ishlaydiganlar kasallanadilar.
Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Infeksiya yuqtirgan chivin
odamni chaqqanda virus qon oqimiga tushadi (virusemiya) va bosh
miyaning kulrang, ayrim hollarda oq moddasining yallig‘lanishi va
uzunchoq miyaning o‘zgarishlariga olib keladi. Asosiy o‘zgarishlar
nerv sistemasida kuzatiladi (miya to‘qimasi va miya qavatlarining
shishishi, vena va arteriyalarning kengayishi va qonga to‘laligi, miya
moddasi va yumshoq miya ðardalariga mayda qon quyilishlar). Bu
o‘zgarishlardan tashqari, nerv to‘qimasida ko‘ðlab nekrozlar
uchraydi. Yurak mushaklari, jigar va buyrakda distrofik o‘zgarishlar
qayd etiladi. Kasallik natijasida turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.
Klinikasi. Yashirin davri 5—14 kun davom etadi. Kasallik o‘tkir
boshlanadi. Et uvushadi keyin tana harorati tezda 40°C va undan
ham yuqori ko‘tariladi. So‘ngra bosh og‘rig‘i, umumiy darmon-
sizlik, belda, qorinda, oyoq-qo‘llarda og‘riq, ko‘ngil aynishi va
qusish kuzatiladi. Ensa mushaklari rigidligi aniqlanadi. Kasallikning
20 – Yuqumli kasalliklar
306
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
3—4-kunidan es-hush buzilishi, alahsirash, gallusinatsiya, ðsixo-
motor qo‘zg‘alishlar namoyon bo‘ladi.
Bemorlarda teri qizarib, konyunktivalar infeksiyasi uchraydi. Es-
hush aynishi (komagacha), talvasa, markaziy falajlanishlar va
bulbar buzilishlar (yutinish va nutqning buzilishi) bilan o‘tadigan
og‘ir ensefalitlar rivojlanadi. Giðotalamik sohadagi zararlanishlar
tufayli ðuls minutiga 120—140 martagacha tezlashadi, arterial bosim
ko‘tariladi. O‘ðkada bronxit va ðnevmoniya avj oladi.
Odatda kasallikning 7—10-kuni tana harorati ðasayadi va bemor
tuzala boshlaydi. Kasallik og‘ir o‘tganda o‘lim holatlari kuzatilishi
mumkin. Ba’zan ensefalitning yengil va uncha bilinmaydigan
shakllari uchraydi, bu esa kasallik eðidemiologiyasida muhim
ahamiyatga ega. Oqibati juda jiddiy — o‘lim ko‘rsatkichi yuqori
bo‘ladi.
Òashxisi. Kasallikni aniqlash eðidemiologik (mavsumiylik,
bemorning oxirgi 10—20 kun ichida endemik o‘choqda bo‘lganligi,
chivinlar chaqqani) va klinik ma’lumotlarga asoslanadi. Òashxis
kasallikning o‘tkir davrida qon va orqa miya suyuqlig‘idan virusning
ajratib olinishi bilan tasdiqlanadi. Serologik reaksiyalar (KBR,
GAÒR, neytrallanish reaksiyasi) ham qo‘llanadi. Zararlangan oq
sichqonlar miya susðenziyasidan tayyorlangan allergen yordamida
teri orasiga sinama qo‘yish mumkin.
Davolash. Bemorlar shifoxonada davolanishlari zarur. Sog‘ay-
ganlar zardobi (20—30 ml mushak orasiga yoki venaga har 3—4 kun
davomida) yoki sðetsifik gamma-globulin (kasallikning 1-haftasida,
gamma-globulin har kuni 3—6 ml dan kuniga 3 mahal ) yuboriladi.
Kortikosteroid ðreðaratlar (ðrednizolon sutkasiga 40—60 mg dan)
va degidratatsion teraðiya (giðertonik eritmalar, mannitol, furosemid
yoki laziks venaga) qo‘llanadi. Dezintoksikatsiya, yurak ðreðaratlari
va vitaminlar tayinlanadi. Nafas olish buzilganda sun’iy nafas oldi-
riladi. Bemorlar 3—4 hafta davomida o‘rinda yotish rejimiga amal
qilishlari va shifoxonadan chiqqach 1—1,5 oydan so‘ng disðanser
nazoratidan o‘tishlari lozim.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Chivindan
yuqadigan ensefalit ðrofilaktikasi chivinlarni yo‘qotish va odamlarni
chivinlardan himoya qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlardan
Do'stlaringiz bilan baham: |