terminida
-chilik yaxlit bir affiks sifatida ajraladi, ya’ni uning
-lik affiksidan
qolgan qismi mustaqil leksema sifatida qo‘llanmaydi. D em ak, bunday
holatning mavjudligi hozirgi o'zbek tilida ish faoliyatning m a’lum sohasini
bildiruvchi bir butun holdagi -chilik affiksi borligini tasdiqlaydi.
Albatta, muayyan sohalarga oid term inlar yasalishida barcha affikslar
ham baravar ishtirok etavermaydi. Qaysidir biri termin yasashda faol ishtirok
etsa, boshqa birlari nofaol bo ‘ladi.
So'nggi yillarda barcha sohalarda zamonaviy texnik jarayonlarning
takomillashuvi va ularning ishlab chiqarishga keng ko‘lam da kirib kelishi
natijasida ular bilan bog'liq tushuncha hamda ularni ifodalash uchun ko'plab
birikma shaklidagi term inlar yasash an’anasi kuchaydi. Term in yasashning
sintaktik usuli haqida gap ketganda, asosan, birikm a shaklidagi term in
yasash holati tushuniladi. Barcha tillarda , jum ladan, o'zbek tilida ham b i
rikma shaklidagi term in yasashning sintaktik usulidan kei g foydalaniladi.
U m um an, term inologiyada sintaktik usul bilan ko'p m iqdorda birikma
shaklidagi term inlar yasaladi. Term in yasashning bu usuli (morfologik va
semantik usullar singari) eng sermahsul hisoblanadi. Shuning uchun ham,
har qanday soha term inologiyasida birikma term inlar soni boshqalariga
nisbatan salm og'i jihatidan birinchi o'rinda turadi. Xususan, o'zbek kito
batchilik term inologiyasida ham , ximiya, qurilish, farmatsevtika, texnik
term inologiyalardagi singari, yakka so'zli term inlarga nisbatan sintaktik
usul bilan yasalgan term inlar ancha salmoqli o'rinni egallaydi. Tadqiqotlar
shuni ko'rsatadiki, kitobatchilik sohasiga oid 4500 terminning 3160 donasi,
ya’ni 70 foizini ikki va undan ortiq komponentdan iborat birikma shaklidagi
term inlar tashkil etar ekan.
Terminologiyaga oid ba’zi manbalarda bir so'zga teng terminlar sistema
ning minimal elementlari, ikki va undan ortiq so'zlardan tuzilgan birikma
shaklidagi term inlar esa, maksimal elem entlari sifatida talqin qilinadi.
Ular minimal elementlarga ayni sohaning tayanch yoki asos tushunchalari-
ni ifodalovchi asosiy terminlar sifatida ham qaraydiJar. Bildirilgan bu fikrlar
ko'p jihatdan o'zbek kitobatchilik terminologiyasiga ham to iiq mos keladi.
Shu bois, ayni soha terminologiyasida ana shunday minimal elem entlar
\ mavjudki, haqiqatan ham ular (kitob, nashr, qog‘oz, nashriyot, m uallif
kabilar) shu sohaga oid asosiy o'zak tushunchalarni ifodalashga xizmat
qiladi. Bunday minimal elementlar ishtirokida birikma shaklidagi terminlar
yasalishi hodisasi ancha faollashib bormoqda. Masalan, rus tilida ish qurol
lari, texnika vositalari nomlarini ifodalovchi birikma shaklidagi term inlar
yasalishida tushunchalam ing umumiy belgilarini o'z ichiga olgan minimal
elementlaming ishtiroki ancha samarali bo'lmoqda. Masalan, mashina so'zi
ishtirokida juda ko'plab ikki kom ponentli birikma shaklidagi term inlar
yasalmoqda: машина бумагозарельная, машина адресовальная, машина
Do'stlaringiz bilan baham: