M. E. Jabbarov makroiqtisodiyot



Download 0,81 Mb.
bet6/23
Sana01.06.2022
Hajmi0,81 Mb.
#624299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
12f66

Aniqlang:


  1. Barcha yillar uchun YaIM real hajmini;

  2. birinchi yilga nisbatan ikkinchi yili mehnat unumdorligi necha foizga o‘sdi; buning natijasida (mehnat sarfi o‘zgarmagan holda) YaIMning real hajmi qancha foizga ortdi?

v) ikkinchi yil bilan qiyoslaganda uchinchi yilda mehnat hajmi qancha foizga o‘sdi; buning natijasida (mehnat unumdorligi o‘zgarmagan holda) YaIM necha foizga ortdi?
Mehnat sarfi miqdorining ortishi va uning unumdorligi o‘sishi qanday iqtisodiy o‘sish omiliga kiradi?






X
arrod-Domar modelida kamchiliklar mavjud bo‘lib, bu avvalo dinamik muvozanatning iqtisodiy o‘sish sharoitida chidamli emasligidir. Bu
kamchilik ushbu modeldagi kafolatlangan va tabiiy o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi nisbat bilan bog’liqdir.
Xarrod-Domar modelidagi barcha tarkibiy qismlar: daromad va kapital
nisbati, iste’molga chekli moyillik, ishchi kuchini o‘sishi, mehnatni tejovchi texnika taraqqiyoti bir biriga bog’liq emas, shuning uchun muvozonatli iqtisodiy o‘sishga erishish ehtmoli nolga teng. Shu sababdan ham Xarrod-Domar modeli “brtiva lezviyasi” modeli nomini olgan. Bunda undagi tarkibiy qismlarning kam hajmdagi muvozanatsizligi butun tizim muvozanatini buzib yuboradi.
Klassik iqtisodiy o‘sish modellarining keynscha modellardan asosiy farqi mehnatning kapital bilan qurollanganlik koeffitsientini tabiatidadir. Klassik iqtisodiy o‘sish modeliga R.Solou modeli misol bo‘ladi va unda Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasida mehnat va kapital o‘zaro almashishi mumkin, omillar bo‘yicha elastiklik koeffitsientlari yig’indisi 1 ga teng.
Solou modeli iqtisodiyotda muvozonatni va omillarning to‘la bandligini saqlovchi uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish mexanizmini ifodalashga imkon beradi. Bu model farovonlikning barqaror o‘sishining yagona asosi sifatida texnik taraqqiyotni ajratadi va iste’molning maksimallashtirishni ta’minlovchi o‘sishni ta’minlovchi maqbul variantni topish imkonini beradi.
Solou modeli uzoq muddatli davrda erishiladigan barqaror muvozonatli holatni tahlil qiladi, iqtisodiy siyosatda esa ishlab chiqarish va turmush darajasining qisqa muddatli davrdagi o‘zgarishi ham muhim ekanligi inobatga olinmaganligi, model zamonaviy sharoitda sezilarli ahamiyatga ega bo‘lgan o‘sishni cheklovchi bir qator resurs, ekologiya va ijtimoiy masalalarni qamrab olmaganligi kabi

kamchiliklardan holi emas.


Jamiyatning eng yuqori iste’molini va iqtisodiyotning chidamli holatini ta’minlovchi kapitalni jamg’arish darajasi kapitalni jamg’arishning “oltin darajasi” deb ataladi hamda E. Felps tomonidan ishlab chiqilgan jamg’arishning “oltin qoidasi” hisoblanadi. Unga mos keladigan fond bilan qurollanish darajasida quyidagi shart bajarilishi, ya’ni kapitalning chekli mahsuloti chiqib ketish me’yoriga teng bo‘lishi lozim. MPK=d, aholi o‘sishi va texnologik taraqqiyot hisobga olinganda esa MPK=d+n+g.






  1. Mamlakat iqtisodiyoti U=AK0.4L0.6 ko‘rinishidagi ishlab chiqarish funktsiyasi bilan ifodalangan. Kapitalning o‘sish yiliga 3 foizni, bandlar sonini o‘sishi 2 foizni, omillarning umumiy unumdorligi o‘sishi 1,5 foizni tashkil etsa, ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgaradi.

▲ ▲ ▲

  1. Daromaddagi kapital hissasi 40%ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish omillarining umumiy unumdorligi bir yilda 3%ga, ishchilar soni esa 1,3%ga o‘sayapti, iqtisodiy o‘sish yiliga 6%ni tashkil etayapti. Kobb - Duglas funktsiyasi asosida kapitalning bir yillik o‘sish sur’atini aniqlang.

▲ ▲ ▲

  1. Iqtisodiyotdagi YaIM 104%ga, ishchilar soni 1,1%ga, kapital hajmi esa 1,0% o‘sdi. Daromaddagi mehnat hissasi 60%ni tashkil etadi. Iqtisodiy o‘sishda ekstensiv va intensiv omillarining ulushini aniqlang.

▲ ▲ ▲



  1. Iqtisodiyotda daromaddagi kapital hissasi 50%ni tashkil etadi. Boshlang’ich (dastlabki) kapital bilan ta’minlanganligi kapitalning 16 birligini tashkil qiladi, daromadning 25%i jamg’ariladi, kapitalxizmat qilishining o‘rtacha muddati - 20 yil. Boshlang’ich va barqaror holatdagi bir ishchiga to‘g’ri keladigan mehnat unumdorligini, iste’mol va investitsiya hajmini, hamda kapital bilan ta’minlanganlikning barqaror darajasini aniqlang.

▲ ▲ ▲

  1. Mamlakatdagi YaIMning real o‘sishi yiliga 4%ni tashkil etadi. Asosiy fondlarning umumiy qiymati YaIMdan uch baravar ko‘proqdir. Bir yilda kapitalning ishdan chiqib ketishi YaIMning 15%ini tashkil etadi. Umumiy daromaddagi mehnatninghissasi 60%ga teng. Jamg’arma sohasida iqtisodiy siyosatning choralarini aniqlang.

▲ ▲ ▲



  1. Mamlakatdagi YaIMning real o‘sishi yiliga 4%ni tashkil etadi. Asosiy fondlarning umumiy qiymati YaIMdan uch baravar ko‘proqdir. Bir yilda kapitalning ishlab chiqarishdan chiqib ketishi YaIMning 15%ni tashkil etadi. Umumiy daromaddagi mehnatning hissasi 60%ga teng. Jamg’armaning optimal me’yorini ("Oltin qoida"ga to‘g’ri keladigan jamg’arma me’yorini), kapital bilan ta’minlanganlikning barqaror darajasini va bir ishchiga to‘g’ri keladigan daromadni aniqlang (A = 1).

▲ ▲ ▲



  1. Ishlab chiqarish funktsiyasining ko‘rinishi Y = KL1-,  = 0,5, mehnat birliklarning miqdori 16, kapital birliklarning miqdori esa 9. Mehnat va kapital egalarining daromadini aniqlang.

▲ ▲ ▲



  1. Ishlab chiqarish funktsiyasining ko‘rinishi Y = K1/2L1-1/2, mehnat birliklarning miqdori 25, kapital birliklarning miqdori esa 100. Agar muvozanatli foiz stavkasi sharoitida davlat xarajatlari 8ga, jamg’arma esa 10 ga teng bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulotning taqsimlanishi qanday bo‘ladi?

▲ ▲ ▲

  1. Ishlab chiqarish funktsiyasining ko‘rinishi Y = AKL1-,  = 1/3, mehnat birliklarining miqdori 8, kapital birliklarining miqdori esa 64. Ishlab chiqarish omillarining umumiy unumdorligi 60 ga teng. Ishlab chiqarish hajmini aniqlang.

▲ ▲ ▲

  1. Ishlab chiqarish funktsiyasining ko‘rinishi Y = K1/2L1-1/2, mehnat birliklarining miqdori 100, kapital birliklarning miqdori esa 36. Agar muvozanatli foiz stavkasi sharoitida iste’mol 40ga, investitsiyalar esa 12 ga teng bo‘lsa, davlat xarajatlarining hajmini aniqlang.

▲ ▲ ▲



  1. Faraz qilaylik, novvoyxonada nonning narxi - 80 so‘m, bir soatlik ish haqi esa 160 so‘mni tashkil etadi. o‘z foydasini maksimallashtirish uchun novvoyxonaning qo‘shimcha ishchilarni ishga qabul qilish sharti qanday bo‘ladi?







X
alqaro savdo tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Xalqaro savdoning yuzaga kelishi mamlakatlar bo‘yicha tabiiy resurslarning bir
xil taqsimlanmaganligi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning turli mamlakatlarda turlicha taraqqiy etganligi sabablidir.
Xalqaro savdo jarayonlari eksport, import, reeksport va reimport kabi tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Tashqi savdo operatsiyalari bu turli mamlakatlardagi sheriklar o‘rtasida amalga oshiriladigan operatsiyalardir.
Mutloq afzallik nazariyasining mohiyati mamlakat o‘zidagi mavjud sharoitlar va resurslar hisobiga boshqa mamlakatlarga nisbatan ma’lum bir tovarni bir xil mehnat sarfida ko‘proq miqdorda ishlab chiqarsa yoki unga eng kam xarajatlar
sarflasa ushbu mamlakat solishtirilayotgan mamlakatlarga nisbatan mutloq afzallikka egaligida namayon bo‘ladi.
D. Rikardo xalqaro ayirboshlashning nisbiy afzallik nazariyasini yaratdi va mamlakatlarning xalqaro savdoda ishtirok etishidan foydasi muqobil narx bilan belgilanishi isbotladi.
Xeksher-Olin nazariyasining mohiyatiga ko‘ra mamlakat qaysi ishlab chiqarish omili bilan nisbatan yaxshiroq ta’minlangan bo‘lsa, shu omilga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslahishi va eksport qilishi kerak.
Leontev paradoksi Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi amaliyotda o‘z tasdig’ini topmaganligini izohladi.
Xalqaro savdo mamlakatlarning yalpi daromadiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga ayrim omil egalarining turmush farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishidan olishi

mumkin bo‘lgan foyda - bu mamlakatning xalqaro savdo aloqalarida egallagan


o‘rniga bog’liq.








  1. A davlat bir yilda 70 ta engil sport samolyotini ishlab chiqaradi. Ulardan 20 tasi ichki iste’molga, 50 tasi esa eksportga chiqariladi. Erkin savdo sharoitlarida 1 ta samolyotning bahosi– 6000 doll. Hukumat tarmoqni rag’batlantirish maqsadida har bir samolyotning qiymatidan 15% miqdorida subsidiya ajratadi. Natijada samolyotning ichki narxi 6450 doll.gacha oshdi, eksport narxi esa 5550 doll.ga kamayadi. Eksport hajmi 70 ta samolyotgacha o‘sdi.

Subsidiyalar joriy qilishning oqibatlarini aniqlang.
▲ ▲ ▲

  1. Jadval ma’lumotlari asosida firmalarning qaysi birini dempingni tatbiq

etishda ayblash mumkin:





Mahsulot birligi tannarxi, doll.

Ichki narx, doll.



Eksport narx, doll.



A firma

100

100

110

B firma

100

120

110

C firma

100

90

105

▲ ▲ ▲





  1. Rossiya 360 ekskavator va 2400 traktor, Ukraina esa 160 ekskavator va 800 traktor ishlab chiqarishadi. Agar Rossiya faqat ekskavator ishlab chiqarganda, ularning hajmi yiliga 600 donani, agar faqat traktor ishlab chiqarganda, ularning hajmi yiliga 6000 donani tashkil etardi. Mos ravishda Ukraina yo 200 ekskavator

yoki 4000 traktor ishlab chiqarishi mumkin. Bu mahsulotlar ishlab chiqarishda qaysi mamlakat mutloq va nisbiy afzallikka ega? Ikkala mamlakat uchun ixtisoslashuv qanday manfaatlarni beradi?


▲ ▲ ▲

  1. O‘zbekiston va Qozog’iston ikkita tovar ishlab chiqarishadi - shakar va avtobuslar. Bu mahsulotlarga ketgan xarajatlar quyidagicha:




1 tonna shakarga
ketgan sarf - xarajatlar

1 avtobusga ketgan
sarf - xarajatlar

O‘zbekiston

200

600

Qozog’iston

600

600

Bu mahsulotlar ishlab chiqarishda qaysi mamlakat mutloq yoki nisbiy afzallikka ega? Erkin savdo sharoitida O‘zbekiston va Qozog’iston qaysi tovarlarni eksport va import qilishadi? O‘zbekiston va Qozog’iston o‘rtasidagi erkin savdo sharoitida jahon narxlarning nisbati qaysi darajada o‘rnatiladi?


▲ ▲ ▲

  1. Jadvalda A va B mamlakatlardagi bozorlarning tavsifi berilgan (P - narx, Qd - talab, Qs - taklif). Shu ma’lumot asosida erkin savdo sharoitidagi X tovarning jahon narxini aniqlang. Mamlakatlardan qaysi biri X tovarni eksport qiladi, eksport hajmini aniqlang.




A mamlakat

B mamlakat

P

1

2

3

4

5

1

2

3

4

5

Qd

5

4

3

2

1

6

5

4

3

2

Qs

2

3

4

5

6

5

6

7

9

10

▲ ▲ ▲





  1. A mamlakatda bir kunda 12 uyali telefon yoki 2 musiqa markazi ishlab chiqarilishi mumkin. B mamlakatda esa bir kunda 4 uyali telefon yoki 8 musiqa markazi ishlab chiqarilishi mumkin. ¡uyidagi savollarga javob bering:

  1. Savdo bo‘lmagan sharoitda ikkala mamlakatdagi nisbiy narxlarni aniqlang;

  2. Savdo munosabatlari o‘rnatilganda ikkala mamlakat nimani eksport qiladi;

v) Mamlakatlar o‘rtasida savdo munosabatlari o‘rnatilgandan keyin jahon narxlari qanday chegaralarda o‘zgaradi;
g) Faraz qilaylik erkin savdo o‘rnatilishdan oldin A mamlakatning bir kunlik ishlab chiqarish hajmi 8 uyali telefon va 0,5 musiqa markaziga teng edi. B mamlakatning ishlab chiqarish hajmi mos ravishda 1 uyali telefon va 6 musiqa markaziga teng. Har bir mamlakatning nisbiy afzallik asosida ixtisoslashuvi natijasida ikkala mahsulotning umumiy ishlab chiqarish hajmi qanchaga oshadi.
▲ ▲ ▲

  1. Jadvalda O‘zbekiston va Janubiy Koreyadagi kalkulyatorlarga bo‘lgan talab va taklif to‘g’risida ma’lumot berilgan.

  1. tashqi savdo yo‘qligida ikkala mamlakatda muvozanat narxlar va bozordagi mahsulot hajmi qanday bo‘ladi?

  2. Tashqi savdo o‘rnatilgandan keyin kalkulyatorlarning jahon bozorida muvozanat narxi qanday bo‘ladi?

v) qaysi mamlakat va qay miqdorda kalkulyatorlarni eksport qiladi?











Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish