1.Moliyaviy yil boshida davlat qarzi qiymati
( mln. dol.da)
|
2000
|
2000
|
Moliyaviy yil davomidagi nominal davlat xarajatlari(mln.dol.da)
Narx darajasi (yil boshida)
Inflyatsiyaning yillik sur’ati
Davlat qarzi bo‘yicha nominal foiz stavkasi
Davlat byudjetiga nominal soliq tushumlari (mln.dol.da)
|
200
|
200
|
1,0
|
1,0
|
0,0
|
0,1
|
0,03
|
0,13
|
260
|
260
|
Hisoblang:
Mamlakatda davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz
to‘lovlarining nominal miqdori qanday?
Har bir mamlakatda byudjet defitsitining rasmiy bahosi qanday?
v) Har qaysi mamlakatda davlat qarzining nominal va real qiymati qanday (yil oxirida)?
▲ ▲ ▲
2000 yilda YaIM – 2300, xususiy investitsiyalar – 200 ni tashkil etgan. 2001 yilda bu ko‘rsatkichlar muvofiq tarzda 2550 va 250 tashkil etdi. Avtonom soliqlar 120, davlat xarajatlari – 100 ga teng. Iqtisodiyotda haqiqiy ishsizlik tabiiy ishsizlik darajasidan 2% yuqori, YaIMning davriy ishsizlikka ta’sirchanlik koeffitsienti 3 ga teng. Avtonom xarajatlar, muvozanatli va potentsial YaIM, inflyatsion (retsession) farq, shuningdek farqni bartaraf etish uchun davlat xarajatlarini qanchalik o‘zgartirish kerakligini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan:
Iste’mol funksiyasi C = 800 + 0,9 (Y – T), davlat xarajatlari G = 500, investitsiyalar hajmi I = 360, soliqlar hajmi T=400. Quyidagilarni aniqlang:
muvozanatli YaIM;
soliqlar va davlat xarajatlari multiplikatorlari;
v) agar potentsial YaIM 15000 teng bo‘lsa, unga erishish uchun davlat xarajatlarini qay tarzda o‘zgartirishi zarur?
▲ ▲ ▲
Agar iste’mol funktsiyasi C = 300 + 0,65Yd ko‘rinishga ega bolsa, oddiy va soliq multiplikatorlarini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Agar jamg’arish funktsiyasi S = -300 + 0,5Yd ko‘rinishga ega bolsa, villiy daromad o‘zgarishi 20 trln so‘mni tashkil etishi uchun davlat soliqlar hamda o‘z xarajatlarini qanday miqdorga o‘zgartirishi lozim? Bunday vaziyatda oddiy va soliq multiplikatorlari qanday bo‘ladi?
M
arkaziy bank – bank tizimi mavjud bo‘lgan barcha davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi
o‘rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog’liq. Bu esa o‘z navbatida ikki pog’onali bank tizimini shakllanishiga asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.
Ikki pog’onali bank tizimining zarurligi bozor munosabatlarining qarama- qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag’laridan erkin foydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pog’ona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma’lum miqdorda tartibga solish nazorat qilish maqsadli yo‘naltirish zarur. Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.
Markaziy bank hisob stavkasi, majburiy zaxiralar normasi, ochiq bozordagi operatsiyalar yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko‘rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o‘tkazadi, taklifinio‘zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.
Keynschilar pul taklifining o‘zgarishi foiz stavkasining o‘zgarishiga olib
keladi, u esa o‘z navbatida, investitsiyalarga bo‘lgan talabning o‘zgarishi orqali ishlab chiqarish hajmiga, ya’ni YaIMga ta’sir etadi, deb hisoblasalar, monetaristlar pul miqdorining o‘zgarishi bilan YaIM o‘zgarishi o‘rtasida yaqinroq aloqa mavjud, ya’ni pul miqdorining o‘zgarishi bevosita YaIM o‘zgarishiga olib keladi, deb hisoblashadi.
Davlatning pulga bo‘lgan talab va taklifni o‘zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi. Ushbu siyosatni o‘tkazish orqali davlat iqtisodiyotni tartibga solib turadi.
Potentsial YaIM (Y) - 3000, qisqa muddatli egri AS gorizontal bo‘lib, P = 1,0 darajada berilgan. AD egri chizig’i Y = 2000 + M/P tenglama shaklida berilgan. Pul taklifi 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajagacha siljidi. Markaziy bank ishlab chiqarishni potentsial darajada (Y = 3000) saqlab qolish uchun pul taklifini qanchalik oshirishi lozim?
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoni yuz bermoqda, buning natijasida Markaziy bank muomaladagi pul massasini qisqartirish maqsadida rezerv me’yorini
10 foizdan 12 foizga oshirdi. Agar dastlabki omonat miqdori 20 mlrd.so‘mni tashkil etsa, rezerv me’yori o‘zgargunga qadar va u o‘zgargandan keyingi rezerv summasini, bank multiplikatorini hamda tijorat banklari tomonidan yaratiladigan pullar miqdorini aniqlang hamda qanday pul-kredit siyosati o‘tkazilishini izohlang.
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda ishsizlik jarayoni yuz bermoqda, Ishsizlik bilan kurashish maqsadida monetar yondoshuvga ko‘ra Markaziy bank muomaladagi pul massasini oshirish maqsadida rezerv me’yorini 12 foizdan 10 foizga tushirdi. Agar dastlabki omonat miqdori 50 mlrd.so‘mni tashkil etsa, rezerv me’yori o‘zgargunga qadar va u o‘zgargandan keyingi rezerv summasini, bank multiplikatorini hamda tijorat banklari tomonidan yaratiladigan pullar miqdorini aniqlang hamda qanday pul- kredit siyosati o‘tkazilishini tavsiflang.
▲ ▲ ▲
Agar joriy hisoblardagi mablag’lar 500 mlrd.so‘mni, aholi qo‘lidagi naqd pullar 400 mlrd.so‘mni tashkil etgan, Markaziy bank rezerv me’yorini 12 foizdan
10 foizga tushirgan bo‘lsa, unda quyidagilarni aniqlang va pul-kredit siyosatini izohini bering.
Pul taklifini
Deponentlash koeffitsientini
Pul bazasini
▲ ▲ ▲
5. Agar aholi qo‘lidagi naqd pullar 900 mlrd.so‘mni, rezervlar summasi 600 mlrd. so‘mni tashkil etgan, Markaziy bank rezerv me’yorini 12 foizdan 10 foizga tushirgan bo‘lsa, unda quyidagilarni aniqlang va pul-kredit siyosatini izohini bering.
Pul bazasini
Deponentlash koeffitsientini
Pul taklifini
M
akroiqtisodiy muvozanat mamlakat iqtisodiyotining to‘g’ri yoki
noto‘g’ri yo‘ldan borayotganligini ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi, chunki iqtisodiyotda bo‘layotgan doimiy o‘zgarishlar har qanday mamlakatni ham iqtisodiy muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkin.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.
IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga birgalikda ko‘rsatadigan ta’sirini baholash imkonini beradi.
IS-LM modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli variantlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda bo‘lgan o‘zgarish ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi.
Pul- kredit siyosati foiz stavkalari yuqori bo‘lganda samarali bo‘ladi. Fiskal
siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizig’i gorizontal, IS egri
chizig’i esa vertikal bo‘lganda samaraliroq bo‘ladi. Model yordamida makoiqtisodiy siyosat variantlarini tanlash, shuningdek usullarini muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash va siqib chiqarish samaralarini kamaytirish yo‘llarini tahlil etish mumkin.
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 300 + 0,65Yd, investitsiya
funktsiyasi I = 200 – 1500R, soliqlar T = 200, davlat xarajatlari G = 200, pulga
bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,5Y – 2000R)P, pul taklifi M = 550, narxlar darajasi P =1, sof eksport funktsiyasi Xn = 100 - 0,05Y – 500R. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: C = 100 + 0,8Y;
investitsilar funktsiyasiI = 200 – 400r;
soliq stavkasi t = 0,2;
davlat xarajatlari G = 200;
pulga talab funktsiyasi M = (0,8Y– 1600r)P;
pul taklifi M = 800;
narx darajasi P = 1;
sof eksport funktsiyasi Xn= 100 –0,04Y – 400r;
IS va LM egri chiziqlari tenglamalari, shuningdek, Y daromad va r foiz stavkasining muvozanat qiymatini aniqlang. Agar davlat xarajatlari 100 ga ko‘tarilsa, IS egri chizig’i va daromad hamda foiz stavkasining muvozanat qiymati qanday o‘zgaradi?
▲ ▲ ▲
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 100 + 0,8Yd, investitsiya funktsiyasi I = 200 - 400R, soliq stavkasi t = 0,2, davlat xarajatlari G = 200, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,8Y – 1600R)P, pul taklifi M = 800, narxlar darajasi P = 1, sof eksport funktsiyasi Xn = 100 - 0,04Y – 400R. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar davlat xarajatlari 100ga oshsa, IS egri chizig’ining qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Yopiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 80 + 0,8Yd, investitsiya
funktsiyasi I = 100 - 800R, soliq stavkasi t = 0,25, davlat xarajatlari G = 60, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,5Y – 1000R)P, pul taklifi M = 200, narxlar darajasi P = 2. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar pul taklifi M 100ga oshsa, LM egri chizig’ining qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Yopiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 170 + 0,6Yd, investitsiya funktsiyasi I = 100 – 400R, soliqlar T = 200, davlat xarajatlari G = 350, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,75Y – 600R)P, pul taklifi M = 735, narxlar darajasi P = 1. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar soliqlar T 50 oshsa, IS egri chizig’i qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 300 + 0,8Yd, investitsiya funktsiyasi I = 200 – 1500R, soliqlar stavkasi t = 0,2, davlat xarajatlari G = 200, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,5Y – 2000R)P, pul taklifi M = 550, narxlar darajasi P = 1, sof eksport funktsiyasi Xn = 100 - 0,04Y – 500R. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar narxlar darajasi P = 2 bo‘lsa, LM egri chizig’i qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang.
H
ar bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga,
ikkinchidan, rssurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy o‘sish — bu, ob’ektiv qonuniyat bo‘lib, jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat ishlab chiqarishning o‘sishini, balki iqtisodiyot potentsialining o‘sishini ham bildiradi.
Iqtisodiy o‘sish YaIMni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi hamda real YaIMning o‘tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun ishlatiladi.
Iqtisodiy o‘sish tabiiy hamda mehnat resurslari soni va sifati, asosiy kapital
hajmi, texnologiyalar kabi omillarga bog’liq.
Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni asoslash uchun Xarrod va Domarlar tomonidan amalga oshirilgan hamda Xarrod-Domar modeli deb yuritiluvchi model qo‘llaniladi. Modelda ko‘zda tutilgan asosiy faraz milliy daromadni kapital miqdoriga proportsionalligi hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sishning salbiy oqibatlaridan biri aholini ijtimoiy, mulkiy tabaqalanishi kuchayishi hisoblanadi. Shuning uchun ham davlat aholi turli qatlamlarini himoya qilish maqsadida ijtimoiy siyosatlarni olib boradi.
Daromadlar taqsimlanishining tengsizligini ifodalash uchun ko‘p hollarda
Lorents egri chizig’idan foydalaniladi.
1.Uch yil davomida mehnat sarfi miqdori va uning unumdorligi to‘g’risidagi ma’lumotlar jadvalda keltirilgan:
Yil
|
Mehnat sarfi miqdori, (soat)
|
Mehnat unumdorligi ( bir soatda yaratilgan YaIM hajmi (pul birligida))
|
Real YaIM hajmi, (pul birligida)
|
1
|
1000
|
100
|
|
2
|
1000
|
105
|
|
3
|
1100
|
105
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |