Hisob
|
Mlrd. so‘m
|
Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi
|
10
|
Sof eksport
|
20
|
Dividendlar
|
105
|
Korporatsiyalar foydasiga soliq
|
10
|
Tovar va xizmatlarning davlat tomonidan sotib olinishi
|
1000
|
Alohida qo‘yilmalardan daromad
|
340
|
Foiz
|
400
|
Ijara to‘lovi
|
25
|
Yalpi xususiy ichki investitsiyalar
|
610
|
Yollanma ishchilarning ish haqi
|
3140
|
Biznesga bilvosita soliqlar
|
400
|
Iste’mol qilingan kapital hajmi
|
500
|
Shaxsiy iste’mol xarajatlari
|
3300
|
▲ ▲ ▲
YaIM 6000 pul birligiga, iste’mol xarajatlari 4200 pul birligiga, davlat xarajatlari 900 pul birligiga, sof eksport esa 120 pul birligiga teng.
Quyidagilarni hisoblang:
yalpi va sof investitsiyalar hajmi;
eksport 450 pul birligiga tengbo‘lsa import hajmini;
amortizatsiya 200 pul birligiga teng bo‘lsa SIMni.
▲ ▲ ▲
YaIM tarkibidagi qo‘shilgan qiymatni aniqlang:
Ishlab chiqarish
bosqichlari
|
Mahsulotning bozor
narxi
|
Qo‘shilgan
qiymat
|
Paxta ishlab chiqarish
|
250
|
|
Ip ishlab chiqarish
|
330
|
|
Gazlama to‘qish
|
380
|
|
Ko‘ylak tikish
|
480
|
|
Tayyor ko‘ylakning
|
590
|
|
chakana narxi
|
|
|
Sotuvning umumiy qiymati
|
2030
|
|
Qo‘shilgan qiymat
|
|
|
▲ ▲ ▲
Mamlakat iqtisodiyotining quyidagi ko‘rsatkichlari asosida SIM (sof ichki mahsulot), Xn (sof eksport), ID (ixtiyoridagi daromad) va S (jamg’arma)ni aniqlang:
YaIM - 1700; yalpi investitsiyalar hajmi - 480; sof investitsiyalar hajmi - 300; uy xo‘jaliklari iste’molining hajmi - 950; davlat xarajatlari - 230; davlat byudjetining ortiqchaligi - 20.
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar bilan izohlanadi: YaIM - 600, uy xo‘jaliklarining iste’moli - 320, sof investitsiyalar hajmi - 110, davlat xarajatlari - 90, eksport -120, import - 90, davlat byudjetiga tushgan to‘g’ri soliqlarning hajmi - 40, egri soliqlarning hajmi - 30, tadbirkorlarga berilgan subsidiyalar - 25.
Aniqlang:
amortizatsiya ajratmalarining hajmini;
milliy daromadni;
с) davlat byudjetining ahvolini.
▲ ▲ ▲
Quyidagi ma’lumotlar asosida SIM, MD va ID aniqlang:
YaIM
|
6500
|
Amortizatsiya ajratmalari
|
500
|
Korporatsiyalarning taqsimlanmagan
|
|
foydasi
|
300
|
Ijtimoiy sug’urta to‘lovlari
|
320
|
Transfert to‘lovlari
|
500
|
Korporatsiyalar foydasiga soliqlar
|
120
|
Shaxsiy soliqlar
|
610
|
Biznesga egri soliqlar
|
400
|
▲ ▲ ▲
Faraz qilaylik, 3 xil ne’mat ishlab chiqarilmoqda va iste’mol qilinmoqda. Jadvalda ularning har birini miqdori va bir birligining narxi 2 yil uchun berilgan.
Yillar
|
2013 yil
|
2014 yil
|
|
Narx
|
miqdor
|
Narx
|
miqdor
|
Bug’doy
|
10
|
10
|
15
|
8
|
Paxta
|
27
|
6
|
24
|
7
|
Avtomobil
|
655
|
3
|
425
|
5
|
10
Laspeyres indeksini, Paashe indeksini va Fisher indeksini hisoblang (2012 yil-asos qilib olingan yil).
Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib, yalpi ichki mahsulot va shaxsiy ixtiyoridagi daromadni aniqlang?
Shaxsiy iste’mol xarajatlari
|
245
|
Transfert to‘lovlari
|
12
|
Ijara haqi
|
14
|
Amortizatsiya
|
27
|
Ijtimoiy sug’urta badallari
|
13
|
Mulkdan olinadigan daromad
|
31
|
Sof eksport
|
3
|
Dividentlar
|
16
|
Yollanma ishchilarning ish haqisi
|
221
|
Biznesga egri soliqlar
|
18
|
Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi
|
21
|
Yakka tartibdagi soliqlar
|
26
|
Korporatsiyalar foydasiga soliq
|
19
|
Tovar va xizmatlarni davlat xaridi
|
72
|
Sof xususiy ichki investitsiyalar
|
33
|
▲ ▲ ▲
Agar iqtisodiyotda milliy daromad 90 trln. so‘mni, bisnesga egri soliqlar milliy daromadga nisbatan 5 foizni tashkil etsa va iste’mol qilingan kapital hajmi 24,5 trln. so‘m bo‘lganda YaIM ni aniqlang.
|
narx
|
miqdor
|
Narx
|
miqdor
|
Soatlar
|
20
|
15
|
25
|
12
|
Futbolkalar
|
10
|
25
|
8
|
30
|
Sovutgichlar
|
750
|
5
|
950
|
8
|
|
|
11
|
|
|
Iqtisodiyotda 3 tovar ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Jadvalda ularning ikki yildagi miqdori va narxi ko‘rsatilgan. YaIM deflyatorini va iste’mol narxlari indeksini aniqlang.
Yillar 2013 yil 2014 yil
M
amlakatlar iqtisodiyotining muntazam ravishda ortib borishiga erishish har bir jamiyat oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Biroq, mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotida bunday vaziyatga erishish murakkab bo‘lib, iqtisodiyotda doimiy tebranishlar yuzaga kelib turadi, ya’ni iqtisodiyotda pasayish, iqtisodiy tanglik davrlari iqtisodiy faollik va ko‘tarilish bilan almashadi.
Iqtisodiy taraqqiyotning davriylik xususiyati fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi tufayli asosiy fondlarni sakrash yo‘li bilan yangilanishi yuz beradi, yangi texnologik jarayonlar tadbiq etiladi, milliy daromad, iste’mol, jamg’arish va investitsiyalar o‘rtasida o‘zaro bog’liqlik o‘zgaridi. Iqtisodiy taraqqiyotda ishlab chiqarishning real hajmini vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan bunday kengayishi yoki qisqarishi iqtisodiy davr deb ataladi.
Iqtisodiyotda davriy rivojlanishining asosiy sabablaridan biri ishsizlik jarayoni hisoblanadi. Bu jaryonni tahlil qilishda ishchi kuchi tushunchasi muhim rol o‘ynaydi.
Ishchi kuchi deganda aholining mehnatga layoqatli yoshdagi tarkibiga kiruvchi ishlayotgan va ishsizlarning umumiy soni tushuniladi.
Ishchi kuchlarining miqdori va sifati, uni jins, yosh va kasb tarkibi mamlakatning iqtisodiy imkoniyatiga va undan samarali foydalanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Ishsizlar – bu ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan, lekin ishlashni hohlovchi va ish qidirayotganlardir.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbat makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi Artur Ouken tomonidan aniqlangan
va iqtisodiy adabiyotlarda Ouken qonuni sifatida keng tarqalgan. Bu qonun mohiyati shundan iboratki, agarda ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 1foizga oshsa, YaIM hajmini orqada qolishi 2,5 - 3 foizni tashkil etadi. Ushbu nisbat ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlarini aniqlash imkonini beradi.
Quyidagi ma’lumotlar asosida ishsizlik darajasini aniqlang: Jami aholi – 450 ming kishi, jumladan:
16 yoshgacha bolalar – 80 ming kishi;
–pensionerlar – 60 ming kishi, shundan 10 ming kishi hali ishlaydi;
–ishsizlar - 13 ming kishi;
–muddatli harbiy xizmatda – 5 ming kishi;
–litsey va kollej talabalari – 20 ming kishi;
–uy bekalari - 5 ming kishi;
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda tabiiy ishsizlik darajasi – 6%, haqiqiy ishsizlik 10%ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish hajmi - 600 mln. so‘m. YaIMning ishsizlik darajasining o‘zgarishiga ta’sirchanligi koeffitsienti 3 ga teng. YaIM uzilishini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Yil boshida iqtisodiyotdagi pul massasi 172 mlrd. so‘mni tashkil etgan, pul aylanishi tezligi o‘zgarmasdan 0,8ga teng. Narxlar darajasi ham o‘zgarmaydi. Yil oxirida pul miqdori 1,5 martaga oshgan. Iqtisodiyotning o‘sish (pasayish) miqdorini foizda aniqlang.
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotdagi ishsizlikning tabiiy darajasi - 6%, haqiqiy ishsizlik 10%ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish hajmi - 600 mln. so‘m. Ishsizlik tebranishlariga YaIMning ta’sirchanlik koeffitsienti 3 tashkil etsa, haqiqiy YaIMning potentsial YaIMdan uzilish miqdorini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Aholi soni 27 mln. kishi, 14 mln. kishi-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va maxsus davlat muassasalarida bo‘lgan shaxslar; 1 mln. kishi-ishchi kuchi tarkibidan chiqib ketdi. 2 mln. 400 ming kishi ishsizlar; 0.1 mln. kishi to‘liqsiz ish kuni bandlar va ish qidirayotgan. Ushbu ma’lumotlar asosida ishchi kuchi sonini va ishsizlik darajasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Agar ishsizlik darajasi joriy yilda 7,6 %, ishsizlikning tabiiy darajasi 6 % bo‘lsa, real YaIM ni potentsial YaIM dan farqini hisoblang. Ouken koeffitsentini 3 ga teng deb oling.
▲ ▲ ▲
Mamlakatdagi 16 va undan katta yoshdagi aholi soni 25 mln. kishini tashkil etsa va shu aholining 20 foizi ishchi kuchi tarkibidan chiqib ketgan, biroq ulardan 10 foizi ishlayotgan shaxslar bo‘lsa, ishchi kuchi va iqtisodiy faol aholi sonini hamda bandlik darajasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Mamlakatdagi katta yoshdagi aholi soni 150 mln. kishiga teng. Ish bilan band bo‘lganlar soni 90 mln. kishini, ishsizlik darajasi 25 foizni tashkil etadi. Ishchi kuchi va ishsizlar sonini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Agar real YaIM ushbu yil 1186 ga, potentsial YaIM 1155 ni tashkil etsa, ishsizlikning tabiiy darajasi 5 foizga teng bo‘lib, YaIMning tsiklik ishsizlik darajasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, ushbu yil uchun ishsizlikning haqiqiy darajasini hisoblang.
▲ ▲ ▲
Joriy yilda ishsizlik darajasi 5,5 foizni tashkil etdi, ishsizlikning tabiiy darajasi 5 foizga teng. YaIMning tsiklik ishsizlik darajasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, potentsial YaIM 60 trln.so‘m bo‘lganda real YaIMni hisoblang.
M
akroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelishiga ishsizlik bilan bir qatorda
inflyatsiya ham ta’sir ko‘rsatadi. Inflyatsiya narxlarning o‘sishi va u
bilan bog’liq pul birligi harid quvvatini tushib ketishidir.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi ichki omillar iqtisoddagi mutanosiblikning buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukumronlikka yo‘l qo‘yish, investitsiyalashda nomutanosiblik, narxlarni shakllantirishda davlatning yakka hukmronligi, kredit siyosatining noto‘g’ri olib borilishi, davlat moliyasi sohasidagi inqirozlar, davlat byudjetining taqchilligi, davlat qarzlarining o‘sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi va boshqalarni qamrab olsa, tashqi omillarga jahon iqtisodida
bo‘lgan inqirozlar, davlat valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo‘ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
Odatda iqtisodiyotda talabning keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirilishi mumkin emasligi paytida talab inflyatsiyasi holati ro‘y beradi. Bunga sabab harbiy xarajatlarning o‘sishi va iqtisodning harbiylashuvi, davlat qarzlarining o‘sishi va byudjet taqchilligining mavjudligi, milliy iqtisodiyotga keragidan ortiqcha kredit berish bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotda tovar va xizmatlar taklifi kamayib borsa va uning oqibatida narxlar ko‘tarilsa taklif inflyatsiyasi paydo bo‘ladi. Buning sababi mehnat unimdorligining pasayishi natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi, har xil yangi xizmat turlari paydo bo‘lisi mumkin
Fillips egri chizig’i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o‘rtasidagi teskari
bog’lig’likni xarakterlaydi va u asosan qisqa muddatli davr uchun xosdir.
Aksilinflyatsiya yoki inflyatsiyaga qarshi siyosat - bu narxlar umumiy
darajasini barqaror darajada saqlash, inflyatsiyani yumshatishga qaratilgan hukumat amalga oshiradigan chora-tadbirlaridir.
Inflyasiyaga qarshi siyosat yalpi talab va yalpi taklifni tartibga solishni qamrab oladi hamda bu siyosatni tovarlar va xizmatlar hajmini aholi daromadlariga muvofiqlashtirish, barcha ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish, hamda xarajatlarni qisqartirish, ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligining ildamroq o‘sishni ta’minlash, ko‘plab talab qilinadigan tovarlar va xizmatlarning hajmi o‘sishiga muvofiq pul emissiyasini qat’iy nazorat qilish, tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar orasidagi vositachilar sonini kamaytirish, kredit berishni tartibga solish, kredit uchun foiz stavkalarini puxta yo‘lga solib turish, davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatini ta’minlash yollari orqali amalga oshirish mumkin.
Iqtisodiyotdagi ishsizlikning tabiiy darajasi - 6%, kutilayotgan inflyatsiya darajasi - 3%. haqiqiy YaIMning potentsial YaIMdan uzilish miqdori 0 dan kamroq. Tashqi narx shoklari mavjud emas. Inflyatsiyaning haqiqiy darajasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda Fillips egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha: = e – 0,5(u – u*). Ishsizlikning tabiiy darajasi - 5,4%, kutilayotgan inflyatsiya darajasi - 4%. haqiqiy ishsizlik darajasi esa 3,6%. Inflyatsiyaning haqiqiy darajasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
3.2012 yilda iste’mol narxlar indeksi (INI) 301ga, 2013 yilda esa - 311ga teng bo‘lgan. 2011 yil asos qilib olingan yil deb hisoblanadi. 2013 yilda 2012 yilga
nisbatan hamda asos qilib olingan yilga nisbatan inflyatsiya darajasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Agar real YaIM ushbu yil 1186 ga, potentsial YaIM 1155 ni tashkil etsa, YaIMning inflyatsiya darajasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, talab inflyatsiyasini hisoblang.
▲ ▲ ▲
Agar real YaIM ushbu yil 144 trln. so‘mga, potentsial YaIM 150 trln. so‘mni, inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi 5 foizni, taklif inflyatsiyasi 2 foizni tashkil etsa, YaIMning inflyatsiya darajasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, ushbu yil uchun inflyatsiyaning haqiqiy darajasini hisoblang.
M
akroiqtisodiyotda AD-AS modeli muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yalpi
talab milliy iqtisodiyotdagi barcha yakuniy iste’molchilarning, ya’ni aholi, korxonalar, davlat va chet elliklarning tovar va xizmatlar sotib olishga qiladigan xarajatlarining umumiy miqdorini, yalpi taklif esa davlat va xususiy sektorning milliy iqtisodiyot darajasida sotishga taklif qilgan barcha tovar va xizmatlarining umumiy miqdorini puldagi ifodasidir.
Yalpi talab va yalpi taklifga narx darajasiga bog’liq va unga bog’liq
bo‘lmagan omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Narx darajasiga bog’liq omillar ta’sirida yalpi talab va yalpi taklifning o‘zi emas, balki ularning hajmi o‘zgaradi, natijada yalpi talab hamda yalpi taklif egri chiziqlarining siljishi yuz bermaydi.
Narx darajasiga bog’liq bo‘lmagan omillar ta’sirida yalpi talab va yalpi taklif egri chiziqlarining siljishi yuz beradi.
Yalpi taklif egri chizig’ining keynsian kesmasi katta miqdordagi mehnat va
moddiy resurslar foydalanilmayotgan bo‘lsa, iqtisodiyot pasayish holatida ekanligidan dalolat beradi. Yalpi taklif egri chizig’ining klassik kesmasi ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilayotgan va narxning har qanday darajasida ham ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkoni bo‘lmasa, iqtisodiyotni “to‘liq bandlik”sharoitidagi yoki ishsizlikning tabiiy darajasi nuqtasidagi holatini ifodalaydi.
AD-AS modelida yalpi talab o‘sib, yalpi taklif kamaygan holatda narxlar darajasi o‘sib, milliy mahsulot miqdorini o‘zgarishi esa ularni o‘zgarish nisbatlariga bog’liq bo‘ladi. Yalpi taklif o‘sib, yalpi talab pasaygan holatda narxlar darajasi pasayib, milliy mahsulot miqdori o‘zgarishi ularning o‘zgarish nisbatlariga bog’liq
bo‘ladi.
Uzoq muddatli AD egri chizig’i Y = 3000 tengligi, qisqa muddatli AS egri chizig’i R = 1,0 darajasida berilgan. AD egri chizig’i tenglamasi: Y = 3,0 M/P. Pul taklifi (M) 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajasiga siljgan, uzoq muddatli AD egri chizig’i - Y = 2500. AD egri chizig’i esa o‘zgarmagan. Qisqa va uzoq muddatdagi yangi Y va P ni aniqlang.
▲ ▲ ▲
Uzoq muddatli AS egri chizig’i Y=2000, qisqa muddatli AS- egri chizig’i
P=1,0 darajasida gorizontal. AD egri chizig’i tenglamasi Y=2.0 *M/P. Pul taklifi
1000 ga teng. Baho shoki natijasida yalpi taklif egri chizig’i P=1.25 darajasigacha ko‘tarildi.
shokdan so‘ng iqtisodiyotda o‘rnatilgan qisqa muddatli muvozanat nuqtasining koordinatlari qanday?
iqtisodiyotda ishlab chiqarishning dastlabki darajasini tiklash uchun Markaziy bank pul taklifini qanchaga oshirishi kerak?
▲ ▲ ▲
Markaziy bank siyosati iqtisodiyotdagi pul taklifini 5%ga kamayishiga olib keldi.
bu siyosat AD egri chizig’ida qanday aks ettiriladi?
qisqa va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish hajmi hamda narxlar darajasi qanday o‘zgaradi?
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda uzoq muddatli davrdagi AS egri chizig’i quyidagicha berilgan Y = 3000, qisqa muddatli davrdagi AS egri chizig’i esa P = 1,0 darajada
joylashgan. AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha Y = 3,0 M/P. Pul taklifi
(M) 1000 teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajasigacha, uzoq muddatli AS egri chizig’i esa Y = 2500 darajasigacha surilgan. AD egri chizig’i o‘zgarmagan. qisqa va uzoq muddatli davrlarda yangi muvozanatli Y va P qiymatlarini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Potentsial YaIM (Y) 3000ga teng, qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,0
darajada gorizontal ko‘rinishga ega. AD egri chizig’ining formulasi quyidagicha: Y
= 2000 + M/R. Pul taklifi 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajagacha surildi. Ishlab chiqarish hajmini potentsial darajasida (Y = 3000) saqlab qolish uchun Markaziy bank pul taklifini qanchaga oshirishi mumkin?
▲ ▲ ▲
O‘tgan yilda AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha edi: Y = 3300 – 3P. Joriy yilda esa bu tenglamaning ko‘rinishi: Y= 3270 – 3P. Potentsial YaIM o‘zgarmagan va 3000 darajada qolgan. Qisqa muddatli davrda muvozanatli YaIM va uzoq muddatli davrda inflyatsiya darajasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Faraz qilaylik, OPEK tasodifan tarqalib ketdi va neft narxlari keskin tushib ketdi. Bu vaziyatni chizmada aks ettiring va AD, AS egri chiziqlarini, ishlab chiqarish hajmini hamda narxlar o‘zgarishini ko‘rsatib bering.
▲ ▲ ▲
2013 yilda potentsial YaIM 400 ni tashkil etdi va yalpi talab egri chizig’i quyidagi tenglama bilan ifodalandi Y=4200-2R. 2014 yilda potentsial YaIM 1 foizga o‘sdi va yalpi talab egri chizig’ining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi Y=4200-2R. 2014 yilda narxning muvozanatli darajasi necha foizga o‘zgarganini aniqlang?
M
akroiqtisodiyotda iste’mol, jamgarish va investitsiyalar bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi, chunki iste’mol va investitsiya
xarajatlari YaIM ning asosiy tarkibiy qismlaridir.
Iste’mol YaIM tarkibida asosiy ulushga ega bo‘lib, oraliq hamda yakuniy iste’molga ajratiladi va ixtiyordagi daromaddagi joriy davr ehtiyojlarini qondirish uchun qilingan xarajatlarini qamrab oladi. Iste’mol va daromad o‘rtasidagi bog’liqlik iste’mol funktsiyasi orqali ifodalanadi. Iste’molni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar sifatida iste’molga bo‘lgan o‘rtacha va chekli moyillik ko‘rsatkichlari qatnashadi.
Jamg’arish ixtiyordagi daromadning iste’moldan keyin qolgan qismi bo‘lib, jamg’arish funktsiyasida jamg’arma va ixtiyordagi daromad o‘rtasidagi bog’liqlik aks ettiriladi. Iste’mol kabi jamg’arishni ham tavsiflovchi ko‘rsatkichlar sifatida jamg’arishga bo‘lgan o‘rtacha va chekli moyillik ko‘rsatkichlari qatnashadi. Jamg’arish xususiy jamg’armalar, davlat jamg’armalari hamda chet elliklarning jamg’armalaridan iborat.
Investitsiyalar jamg’armalar bilan bog’liq bo‘lib, investitsiya funktsiyasi umumiy holda real foiz stavkasi bilan teskari, daromad bilan esa to‘g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Investitsiyalar yalpi vas of investitsiyalarga ajratiladi.
Yalpi investitsiyalar sof investitsiyalardan amortizatsiya miqdoriga farq
qiladi va aynan yalpi investitsiyalar hamda amortizatsiyani solishtirish orqali iqtisodiyot ko‘rinishi ajratiladi.
Jamg’arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichi 0,2 ga, avtonom iste’mol hajmi 700 ga, chegaralangan soliq stavkasi 0,25 ga, daromadlar darajasi 7000ga teng bo‘lsa, topilsin:
iste’mol va jamg’armalar hajmi;
iste’molga va jamg’arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichlari.
▲ ▲ ▲
Investitsiyalar (I) 50 sh.b.ni, davlat xarajatlari (G) – 200, sof eksport (Xn)
– 70, avtonom iste’mol xarajatlari (S) – 100 sh.b.ni, jamg’armaga chegaralangan moyillik (MRS) – 0,25 ni tashkil etsa, YaIMning muvozantli darjasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Faraz qilaylik iqtisodiyotda iste’mol quyidagi tenglama bilan berilgan
S=55+0.73Ud. Bu yerda daromad (Ud ) 500 mlrd. so‘mga teng.
Ushbu shartlar asosida iste’mol va jamg’armaga bo‘lgan chegaraviy moyillikni, iste’mol va jamg’arma miqdorlarini, iste’mol va jamg’armaga bo‘lgan o‘rtacha moyillikni aniqlang.
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalangan
iste’mol xarajatlari (S)=2300 investitsiya xarajatlari (I)=700 davlat xarajatlari (G)=800 davlat transfertlari (TR)=100
davlat qarzlari bo‘yicha foizlarni to‘lash (N)=100 soliqlar (T)=800
Xususiy va davlat jamg’armalarini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Davlat xaridlari G = 50, transfert to‘lovlari TR = 10, davlat qarzi bo‘yicha foiz stavkasi R =10% (davlat qarzi D = 20), soliq tushumlari T = 40. Byudjet kamomadi mavjudmi, yo‘qmi?
M
akroiqtosodiy muvozanatni ta’minlashda tovar va xizmatlar bozorida muvozanatni ta’minlash muhimdir. Bu masalani hal etishda rejalashtirilgan xarajatlar hamda haqiqatda sarf qilingan xarajatlarni bir biri bilan solishtirish orqali iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini
aniqlash mumkin. Bu o‘rinda Keyns xochi alohida ahamiyatga egadir.
Investitsiyalar funktsiyasi va Keyns xochi asosida foiz stavkasi va daromad darajasi o‘rtasidagi teskari bog’liqlik o‘rnatiladi va bu bog’liqlik investisiyalar hamda jamg’armalar tengligi ayniyatini bajarilishini ta’minlovchi IS egri chizig’i yordamida aks ettiriladi.
Davlat xarajatlarini oshishi (G) daromadlarni berilgan darajasida rejalashtirilayotgan jami xarajatlarni o‘sib borishini bildiradi. Davlat xarajatlarini bir miqdorga ko‘payishida muvozanatli daromad qancha oshganligini bildiruvchi koeffitsient davlat xarajatlarining multiplikatori deb ataladi.
Soliqlarning o‘zgarishi daromad va iste’molga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlarni kamayishi multiplikator samarasini keltirib chiqaradi, ya’ni daromadlarni soliqlar o‘zgarishi miqdoriga qaraganda yanada ko‘proq qo‘shimcha o‘sishiga olib keladi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi byudjet soliq siyosati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Iste’mol xarajatlari 350 sh.b.ni, rejalashtirilgan investitsiyalar 100 sh.b.ni, davlat xarajatlari 150 sh.b.ni tashkil etadi. Investitsiyalar 10 sh.b.ka ko‘paydi. Daromadning yangi muvozanatli darajasi 640ni tashkil qildi. Iste’molga va jamg’arishga o‘rtacha moyillikni toping.
▲ ▲ ▲
Dastlabki avtonom investitsiyalar natijasida yalpi ichki mahsulot 10 mlrd. pul birligiga oshdi (Y). Jamg’arishga chegaralangan moyillik (MPS) 0,2 ga teng bo‘lsa, bu investitsiyalar miqdorini toping.
▲ ▲ ▲
Mamlakat aholisi ixtiyoridagi daromadning 20%i jamg’ariladi, avtonom iste’mol: a = 200. Narxlar darajasi va ish haqining nominal stavkasi o‘zgarmaydi. Investitsiyaga talab I = 200, davlat xaridlari G = 800, real milliy daromad Y = 3000. Soliqlar hajmi daromad darajasiga bog’liq emas.
Agar davlat xarajatlari 50 birlikka oshsa - da soliqlar hajmi o‘zgarmasa, real milliy daromad qanchaga o‘zgaradi.
▲ ▲ ▲
Real daromadning darajasi Y = 4000, Iste’molga bo‘lgan chekli moyillik MPS = 0,8, potentsial daromad Y* = 4200. Mamlakat iqtisodiyoti to‘la bandlik sharoitidagi daromadga erishishi uchun hukumat soliq tushumlarini qanchaga o‘zgartirishi kerak.
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyot modeli quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:
Iste’mol funktsiyasining ko‘rinishi C = 800 + 0,9 (Y - T), davlat xarajatlari G
= 500, investitsiya hajmi I = 360, soliqlar hajmi T = 400.
Muvozanatli YaIMni aniqlang;
Davlat xarajatlari va soliq multiplikatorlarini aniqlang;
Agar potentsial YaIM = 15000 teng bo‘lsa, unga erishish uchun hukumat davlat xarajatlarini qanchaga o‘zgartirish kerak?
▲ ▲ ▲
O‘tgan yilda iqtisodiyotda YaIM = 1000, G = 100 tashkil etdi. Mamlakat hukumati o‘z xarajatlarini 50ga oshirib, YaIMni 200ga o‘sishiga erishishdi va ikki yil davomida davlat byudjetining kamomadi 0ga teng bo‘lgan. Iste’molga bo‘lgan cheklangan moyillikni aniqlang.
▲ ▲ ▲
2013 yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200ni tashkil etgan. 2014 yilda esa bu ko‘rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo‘lgan. Agar soliqlar solinmasa va davlat xarajatlari 100 ga teng bo‘lsa, iste’mol va jamg’arma funktsiyalarining ko‘rinishi qanday bo‘ladi? Daromadni aniqlang.
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan.
Y=S+I S=100+0,8Y I=50
Bu yerda U-daromad, S-iste’mol, I-investitsiyalar Quyidagilarni aniqlang:
daromadning muvozanatli darajasi
jamg’arma va iste’molning muvozanatli darajasi
v) ishlab chiqarish darajasi 800 ga teng bo‘lganda mahsulot zahiralarini rejalashtirilmagan o‘sishi qanday bo‘lishini
▲ ▲ ▲
2013- yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200ni tashkil etgan. 2014 yilda esa bu ko‘rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo‘lgan. Avtonom soliqlar hajmi - 120, davlat xarajatlari 100ga teng. Iqtisodiyotda haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy
ishsizlikdan 2% oshgan, davriy ishsizlikning YaIM o‘zgarishiga ta’sirchanlik koeffitsienti 3ga teng. Avtonom xarajatlar hajmini, muvozanatli va potentsial YaIM, inflyatsion (retsession) uzilishni hamda bu uzilishni bartaraf qilish uchun davlat xarajatlarini qanchaga oshirish kerakligini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Yopiq iqtisodiyotda soliqning 20 mlrd. dollarga o‘sishi va bu bilan bog’liq jami talabning qisqarishi sof ichki mahsulot (SIM)ni 60 mlrd. dollarga pasayishiga olib keldi. SIM miqdori investitsiyaga va soliq darajalariga ta’sir etmaydi. Xarajatlar multiplikatori miqdorini aniqlang.
▲ ▲ ▲
O‘tgan yilda YaIM 1000, davlat xarajatlari 100ga teng bo‘lgan. hukumat davlat xarajatlarini 50ga oshirishi bilan YaIM ning 200ga o‘sishiga erishdi. Iste’molga bo‘lgan cheklangan moyillik miqdorini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Iste’mol funksiyasi berilgan: C = 90 + 0,85Y. Agar uy xo‘jaliklari daromadi 350ga teng bo‘lsa, jamg’arma hajmini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Iste’mol funktsiyasi quyidagicha: C = 60 + 0,8Y. Avtonom investitsiyalar hajmi - 50, davlat xarajatlari - 20. quyidagilarni aniqlang:
ushbu iqtisodiyot uchun muvozanatli daromad darajasini;
multiplikator miqdorini;
davlat xarajatlari oshgan holda G = 30 muvozanatli daromad darajasini.
M
illiy ishlab chiqarish o‘rtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul yoki uning vositalari yordamida amalga oshiriladi va pul maxsus hususiyatga
ega bo‘lgan tovar hisoblanib, ayirboshlashning rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan.
Pulga bo‘lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talabdan va moliyaviy
aktivlar uchun pulga talabdan iborat. Bitimlar uchun pulga talab – bu aholiga va korxona, firmalarga tovar hamda xizmatlarni xarid qilish uchun zarur bo‘lgan pul miqdoridir. U nominal YaIMni o‘sishi bilan oshib boradi. Moliyaviy aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab pulning jamg’arish vositasi sifatidagi funktsiyasiga asoslangan.
Pulga bo‘lgan umumiy talab foiz stavkasi miqdoriga yoki pulning ishlatilishi
bahosiga nisbatan teskari bog’liqlikda bo‘ladi.
Pulga talab bildirishning transaktsion, ehtiyotkorlik va chayqovchilik sabablari mavjud.
Baumol-Tobin modeli har bir davr boshlanishida daromad uy xo‘jaliklariga naqd emas, balki depozitga kafolatlangan foizli daromad bilan o‘tkazilishini ko‘zda tutadi.
Pulga bo‘lgan umumiy talab nominal ifodada 1000 so‘mga teng. Aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab funktsiyasi: L = 204 – 20i. Nominal foiz stavkasi i = 20%.
bitimlar uchun pulga bo‘lgan talabni aniqlang;
agar nominal milliy daromad 2400 ga teng bo‘lsa, pul aylanish tezligi nechaga teng bo‘ladi.
▲ ▲ ▲
Aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab funktsiyasi Md1 = 102 – 20i, bitimlar uchun pulga bo‘lgan talab funktsiyasi Md2 = 52 – 20i hamda nominal foiz stavkasi i = 10% bo‘lganda Pulga bo‘lgan umumiy talabni aniqlang.
▲ ▲ ▲
Agar milliy daromad 100 trln.so‘mni tashkil etsa va unga pulga bo‘lgan talabning ta’sirchanlik koeffitsiyenti 5 ga, pulga bo‘lgan talabning foiz stavkasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 7 ga, narx darajasi 2 ga teng bo‘lsa hamda pulga bo‘lgan talab 120 trln. so‘m bo‘lganda, foiz stavkasi qanday bo‘lishi lozim?
▲ ▲ ▲
Agar milliy daromadga pulga bo‘lgan talabning ta’sirchanlik koeffitsiyenti 10 ga, pulga bo‘lgan talabning foiz stavkasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 5 ga, narx darajasi 3 ga teng bo‘lsa hamda pulga bo‘lgan talab 150 trln. so‘m, foiz stavkasi esa 10 foiz bo‘lganda milliy daromad qanday bo‘lishini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Agar milliy daromad 144 trln.so‘mni tashkil etsa va unga pulga bo‘lgan talabning ta’sirchanlik koeffitsiyenti 2 ga, pulga bo‘lgan talabning foiz stavkasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 ga, hamda pulga bo‘lgan talab 160 trln. so‘m bo‘lganda, foiz stavkasi 10 foiz bo‘lganda, narx darajasi qanday bo‘ladi?
ank tizimidan tashqaridagi barcha mavjud naqd pullar va xo‘jalik
sub’ektlari tomonidan bitimlar tuzish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan depozitlar pul taklifi deb ataladi.
Pul taklifi 1/rr koeffitsientiga bog’liq bo‘lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori deb ataladi hamda u ushbu bank rezervlar normasida ortiqcha rezervlarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo‘lgan yangi kredit pullarning eng ko‘p miqdorini bildiradi.
Markaziy bank bevosita pul bazasi ustidan nazorat qiladi va uning miqdoriga ta’sir ko‘rsata borib, mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyatni hamda milliy iqtisod rivojlanishini o‘zgartiradi.
Pul bozoridagi muvozanat bu uning shunday holatiki, bunda pulga talab hajmi va pul taklifi hajmi bir biriga mos keladi.
Pul bozorida muvozanatni ta’minlovchi vosita bo‘lib foiz stavkasi hisoblanadi.
Tijorat bankining pul zaxiralari 250 mln. pul birligini tashkil etadi. Depozitlar 980 mln. pul birligiga teng. Majburiy zahiralar me’yori 20 %ni tashkil etadi. Agar bank ssuda berish uchun ortiqcha zahiralardan foydalanishga qaror qilsa, pul taklifi qanday o‘zgarishi mumkin?
▲ ▲ ▲
30
Majburiy zaxiralar me’yori 20 %ga teng. Tijorat banki ortiqcha zaxira sifatida depozitlar summasidan yana 5 %ga ega. Depozitlar miqdori 20 000 ni tashkil etadi. Bank ssuda berish uchun qanday maksimal summadan foydalanishi mumkin?
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda pul bazasi 300, majburiy zahiralar 130, pul massasi 960,
depozitlar 790. Berilgan ma’lumotlar asosida pul multiplikatorini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Agar rezerv me’yori 0,35 ga, deponentlash koeffitsienti esa 0,3 ga teng
bo‘lsa:
pul multiplikatori miqdorini aniqlang;
agar Markaziy bank ochiq bozordagi operatsiyalar orqali pul taklifini 350 mln. so‘mga oshirmoqchi bo‘lsa, davlat obligatsiyalarini qanday miqdorda sotib olishi kerak?
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda pul bazasining hajmi 200 mln.so‘m. Deponentlash koeffitsienti 0,8. Tijorat banklarining rezerv me’yori 20%. Real pul qoldiqlariga bo‘lgan talab quyidagi tenglik orqali ifodalanadi: L= 0,4Y – 50i, daromadning hajmi Y = 800. Narxlar darajasi P = 4. Muvozanatli foiz stavkasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Bank multiplikatori 2,5 ga teng. Pul taklifining qo‘shimcha o‘sishi 60 mln. so‘mni tashkil etdi. Rezerv me’yorini va pul taklifining qo‘shimcha o‘sishiga sabab bo‘lgan ortiqcha rezervlar hajmini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda pul massasi 2,7 mlrd.so‘mga teng. Pullarni depozitlash koeffitsenti 0,8 ga teng bo‘lsa, naqd pullar miqdori (S) nimaga teng bo‘ladi?
D
avlat byudjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning
nisbatan kattagina qismini to‘plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini rivojlanishiga yo‘naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir.
Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko‘rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi
iqtisodiy munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi. Davlat byudjeti taqsimlash va nazorat funktsiyani bajaradi.
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo‘lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o‘tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu byudjet kategoriyasining namoyon bo‘lish shakli byudjetga tushuvchi turli soliqlar, to‘lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Milliy iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo‘jalik
yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan darak beradi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo‘jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va
iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan
belgilanadi.
Soliqni hisoblash 2015 yil 1 yanvaridagi amalda bo‘lgan eng kam ish haqi miqdori, ya’ni 118 400 so‘mdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va yil davomida eng kam ish haqi miqdori o‘zgargan taqdirda ham qayta ko‘rib chiqilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 181-moddasida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslarning alohida daromadlariga (shu jumladan, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga) 8,5 foizlik stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Qurilish industriyasini rivojlantirish bilan bog’liq yana bir qulaylik, ya’ni qurilish faoliyati bilan shug’ullanayotgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 2015 yil 1 yanvardan boshlab 1 foizli punktga, ya’ni 2014 yildagi 6 foiz o‘rniga 5 foizga pasaytirildi.
2014 yilda Yagona soliq to‘lovi stavkalari: ulgurji savdo tovar aylanmasiga – 5%, chakana savdo tovar aylanmasiga – 4%; 2%; 1%. 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab yagona soliq to‘lovi stavkasi unifikatsiya qilinib (birxillashtirilib), 5 foiz miqdorida belgilandi.
2015 yilning 1 yanvaridan boshlab alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarga alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishda foydalangan suv hajmlarining 1 kub. metri uchun 10 000 so‘m miqdorida hamda boshqa maqsadlar uchun 1 kub. metr yer usti suv manbalari uchun 61,9 so‘m va yer osti suv manbalari uchun 78,6 so‘m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashlari belgilandi.
Jismoniy shaxslar mol-mulkining baholash organlari tomonidan belgilangan inventarizatsiya qiymati mavjud bo‘lmaganda, soliqni undirish 2015 yil 1 yanvardan boshlab mol-mulkni Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20 328,0 ming so‘m miqdoridagi, boshqa shaharlar va qishloq joylarda esa 8 833,0 ming so‘m miqdoridagi shartli qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 fevraldagi 26-sonli qaroriga muvofiq Mikrofirmalar va kichik korxonalar 2015 yil 1 yanvardan boshlab yagona ijtimoiy to‘lovni belgilangan stavka bo‘yicha (ya’ni 15 foiz), biroq har bir xodimga eng kam oylik ish haqining 65 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblaydilar. (Avval esa, ular eng kam oylik ish haqi miqdordan kam bo‘lmagan holda hisoblar edi).
Jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga soliq solishda yer uchastkalarining normativ maydonidan ortiq qismiga belgilangan soliq stavkalarga nisbatan 1,5 miqdorida ko‘paytiruvchi koeffitsient qo‘llanilishi belgilandi.
Er uchastkalarining normativ maydonlari quyidagicha: Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat buysunuvidagi shaharlarda – 0,06 gektar (6 sotix). Boshqa aholi punktlarida (dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno) – 0,1 gektar (10 sotix)
Mikrofirma, kichik korxona va fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy
to‘lovning amaldagi 25 % stavkasi 15 %ga pasaytirildi.
Masalalarni echishda yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar uchun 2014 yil bir oyga to‘lanadigan soliq miqdori Toshkent shahrida eng kam ish haqining 4 baravari, Nukus shahri va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda 2 baravari, boshqa aholi punktlarida 1 baravari miqdorida o‘rnatilgan edi. 2015 yilda bu soliq miqdorlari eng kam ish haqining 0,5 baravariga qisqartirildi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda soliq miqdorlarini barcha hududlar uchun 2014 va 2015 yillar uchun hisoblang va solishtiring.
▲ ▲ ▲
Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida davlat byudjetiga soliqlar hisobiga har bir yil uchun kelib tushadigan daromadlar miqdorini aniqlang. Faraz qilaylik, Toshkent viloyatida joylashgan bitta turar joyning inventarizatsiya qiymati 50 mln. so‘m va viloyatda 10 mingta shunday turar joy mavjud. Toshkent shahrida umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha bo‘lgan turar joy va kvartiralar 100 mingta, 500 kv.m dan oshiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar esa 50 mingta. Soliq tushumlarini tahlilini amalga oshiring.
Soliq solinadigan ob’yektlarning nomi
|
Soliq stavkasi, mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan %da
|
2012 yil uchun
|
2013 yil uchun
|
2014 yil uchun
|
2015
yil uchun
|
Turar joylar, kvartiralar dala hovli qurilmalari, garajlar va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar*
|
0,9
|
1,04
|
1,2
|
1,3
|
Shaharlarda joylashgan umumiy maydoni quyidagicha bo‘lgan turar joylar va kvartiralar:
|
|
|
|
|
200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha
bo‘lgan
|
1,1
|
1,25
|
1,4
|
1,6
|
500 kv.m dan oshiq bo‘lgan
|
1,35
|
1,55
|
1,8
|
2,2
|
*shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq bo‘lganlari
bundan mustasno
▲ ▲ ▲
Toshkent shahri va viloyat markazlarida hamda boshqa shaharlar va qishloq joylarda 5 sotix, 8 sotix yer uchastkasi mavjud bo‘lgan fuqarolardan undiriladigan yer solig’i summasini 2014 va 2015 yillar uchun hisoblang.
▲ ▲ ▲
Quyida keltirilgan ma’lumotlardan foydalangan holda 2014 va 2015 yillar uchun oylik daromadi 500 ming so‘m, 1 mln. so‘m hamda 1, 5 mln.so‘m bo‘lgan jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq summasini aniqlang. Olingan natijalar asosida jismoniy shaxslarning soliq yuki pasayganligi yoki ortganligini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |