M. D. Yuldoshev Ishni bajaruvchi



Download 362,33 Kb.
bet8/9
Sana14.07.2022
Hajmi362,33 Kb.
#795895
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ish

q=T(s2 -s1)
bajarilgan ish:

l = q - Ди
(37)
Adiabatik jarayonda s=const bo‘lganligi sababli, hs va Ts diagrammalarda adiabata ordinatalar o‘qiga parallel to‘g‘ri chiziq bilan tasvirlanadi(27-rasm a,b).
Adiabatik kengayishda bug‘ning bosimi va temperaturasi kamayadi; o‘ta qizigan bug‘ quruq to‘yingan bug‘ga va keyin nam to‘yingan bug‘ga aylanadi.
s=const bo‘lgani uchun, bug‘ning oxirgi parametrlarini aniqlash uchun bug‘ning boshlang‘ich va hech bo‘lmaganda oxirgi holatining bitta parametrini bilish zarur. Pv-diagrammada adiabatik jarayon (27- rasm, v) egri chiziq bilan tasvirlanadi.
Adiabatik jarayonda bajarilgan ish quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
l = u1 - u2 = (h - pv) - (h2 - p2v2) (37)
Ichki energiyaning o‘zgarishi: Ди = (h2 - p2v2) -(h1 - p1v1) (39)
II. ATROF - MUHITNI MUHOFAZA QILISH.
Atmosfera xavosining tarkibi va sifati masalasi, pirovard natijada inson uchun xayot-mamot masalasidir. Chunki inson xayotini yetarli mikdordagi kislorodli, sof xavosiz tasavvur etib bulmaydi. Inson kuniga urtacha xisobda 9 kg xavo bilan nafas oladi, 1,24 kg ovkat istemol kiladi, 2 litr suv ichadi. Birok yukorida ta'kidlaganimizdek, inson xayoti xavoning mikdori bilangina emas, balki sifati bilan xam chambarchas boglikdir. Atmosfera xavosining ifloslanishi insonning sogligiga, ish kobiliyatiga va xayotiga bevosita salbiy ta'sir kursatadi. Masalan, inson urtacha umr (70 y.) dovomida 600 ming kub metr xavoni nafas olish jarayonida upkasi orkali utkazadi. Bu xavoning zararli moddalar bilan kisman ifloslanishi xam inson sogligiga putur yetkazadi.
Bundan tashkari, fauna va floraning biologik maxsuldorligi, ekinlar xosildorligi umuman tabiy lanshaftlarning iktisodiy imkoniyatlari xam bevosita yoki bilvosita atmosfera xavosiningtarkibi va sifatiga boglik.
Atmosferaning ifloslanishi-xavodagi turli aralashmalar-xar xil gazlar, suv buglari, kattik va suyuk zarrachalar xatto radioaktiv changlarga boglik bulib, ular atmosferaning sifatini buzadi, tabiiy kupdan-kup salbiy okibatlarga olib keladi. Atmosferaning ifloslanish manbalari ikkiga bulinadi. Bular-xavoning tabiiy va sun'iy (antropogen, asosan texnogen) ifloslanishidan iborat. Atmosferaning tabiiy ifloslanishi vulkanlar otilganda xosil bulgan kurum va gazlar, tabiiy yonginlardan ajralib chikkan tutun, dengiz suvi mavjlanganda xavoga ajralib chikuvchi tuz zarrachalari, tumanlar, chang-kum, usimlik changlari, mikroorganizmlar xamda kosmik chang xisobiga ruy beradi. Bular atmosfera xavosidagi muxim sifat uzgarishlariga olib kelmaydi, fakat ayrim kuchli vulkan otilishlaridan sung turli xil chang tuzon atmosferada ancha vakt turib kolib, xavoning jiddiy ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunda nixoyatda katta mikdordagi zarrachalar xavoda muallak turib kolib, yer yuzasiga yetib keladigan kuyosh energiyasi mikdoriga jiddiy ta'sir kursatishi, anikrogi vulkan otilgan joydagi tugri radiatsiya mikdorini bir necha oy dovomida 10-20 % gacha kamaytirishi mumkin.
Birok xozirgi vaktda atmosferaning xolatiga tabiiy ifloslanishga karaganda sun'iy ifloslanish ancha katta salbiy ta'sir kursatmokda va buning ustiga bu ta'sir tobora ortib xavfli tus olmokda.
Chunki inson ishlab chikarish faoliyatining xozirgi tarakkiyoti atmosferaga zararli moddalarni tobora kuplab chikarib tashlash bilan birlikda dovom etmokda. Natijada xar yili atmosferaga milliard tonalab xar-xil moddalar kushilmokda. Fakat changni mikdori xozirgi vaktda barcha (tabiiy va antropogen) manbalardan yiliga urta xisobda 2 mlrd. tonnadan ortik xosil buladi (L.A.Alibekov, S.A.Nishonov, 1983, 60 b.). Nixoyat kup mikdordagi zaxarli va zararli bu moddalar: aerozol, changlar (chang, tutun, mikrob, usimlik changlari), gazsimon moddalar va suv buglari (uglerod oksidi (SO), oltingugurt gazi (SO2), azot oksidi (NO), vodorod sulfid (H2S), uglevodlar, organik moddalar, sulfidlar, nitratlar, kurgoshin (Pb), temir(Fe), ftor birikmalari, xidli moddalar va boshkalar), radioaktiv modalar, pestitsidlardan iboratdir. Bu barcha ximiyaviy moddalar zaxarli bulib, ularning kupchiligi atmosferada uzgarib turadi. Kuyosh nurining ta'siri ostida va ozon ekranining ishtirokida ancha balandda biz xali yaxshi bilmaydigan xilma-xil ximiyaviy reaksiyalar vujudga kelib yana xam zararlirok yangi birikmalar paydo bulmokda.
Atmosferaga chikarilgan ifloslantiruvchi moddalar 1990 yilda umumiy mikdori (turt xil asosiy chikindilar) dunyo buyicha 401 mln.t., Rossiyada 26,2 mln.t., Uzbekistonda 1,85 mln.t. ni tashkil etdi.
Insoniyatni kundalik faoliyati natijasida atmosferada oltingugurt gazlari va azot oksidlarining mikdori kundan kunga kupayib bormokda. Bu gazlarni boshka gazlardan farki shundaki, bularning kupayishi natijasida yerning kislotaligi ortib bormokda. Masalan, SO2 ning uzidan atmosferaga xar yili 150 mln. tonna tashlanmokda. Bu gazning atmosferaga chikishida issiklik elektr stansiyalari muxim axamiyat kasb etadi.
Atmosferaga butun ajralayotgan SO2 ning 50% ni shu stansiyalar bermokda. Rangli metallurgiya 15%, kora metallurgiya 9%, isitish tizimlari 9%, mashinasozlik sanoati 6% ni bermokda. Sanoat xududlari xavosida SO2 ning mikdori shaxar chekkalaridagi va ayniksa dengiz, okean xavosidagidan bir necha bor ortik. Bu gazlarni yana boshka xususiyati xam borki, ular atmosferada 10-15 kunlab turishi va shamol natijasida bir xududdan ikkinchi xududga bemalol utishi mumkin. Shu sababli xam sanoati kuchli rivojlangan Angliya, Germaniya, Italiya va boshka kator mamalakatlardan sanoati uncha tarakkiy etmagan mamlakatlarga xavo orkali utib, xavosini va yerini shu gazlar bilan va ularni birikmalari bilan ifloslantirmokda. Maklakatimizda umumiy ifloslantiruvchi moddalarning 51,9 % ni uglerod oksidi, 16,0 % ni oltingugurt oksidi, 17,9 % ni uglevodorodlar, 8,9 % ni azot oksidlari, 6,1 % ni kattik moddalar va 0,2 % ni boshka zararli moddalar tashkil etgan.
Bu gazlar atmosferada suv va bug bilan birikib, shu oksidlarning kislotalarini xosil kiladi (H2SO4, H2SO3). Bu kislotalar uz navbatida Yevropadagi kimmatli yodgorliklarning yemirilishiga sabab bulmokda. Keyingi yillarda insoniyatning tabiatga salbiy ta'siri va biosferada ilgari uning tarkibiga kirmagan kuplab chikindilarni chikarishi tufayli bir necha million yillab saklanib kelgan muvozanat buzilmokda. Natijada kuyoshdan ultrabinafsha nurlar yergacha yetib kelmokda va uning ta'sirida yer atmosferasida ozon mikdori ortib bormokda. Ozonning uzi esa fotoximiyaviy smogning xosil bulishida asosiy faktorlardan biri bulib kelmokda. Ozonning yer atmosferasida xosil bulishiga keyingi yillarda atmosferaga kuplab tashlanayotgan azot oksidlari xam «yordam bermokda» Ammo sanoatning rivojlanishi xar xil organik moddalarning energiya olish maksadida yokilishi va ayniksa avtotransportlar uchun uglevodorodlarni kuplab yokilishi va ularning yonish kamerasida kislorod bilan kushilib yonishi orkali kuplab azot oksidlari xosil buladi. Bu oksidlar atmosfera kislorodi bilan yanada oksidlanib, uz navbatida ozonning kuplab xosil bulishiga olib keladi. Olimlarning kuzatishlari shuni kursatdiki, ozonning xosil bulishi azot oksidlari yordamida kuyoshdan kelayotgan nurlarning tulkin uzunligi uncha kiska bulmagan takdirda xam bulishi mumkinligi aniklanadi. Yana shu narsa ma'lum buldiki, ozonning xosil bulishida azot oksidlaridan tashkari uglevodorodlar, ayniksa tuyinmagan uglevodorodlar jumladan pentan (С5Н12) va geksanlar (С6Н14) xam katta rol uynashi ma'lum buldi. Bu gazlarning asosiy manbai sanoat chikindilari va avtomobillardan ajralayotgan gazlar bulishi mumkin.
Ajralayotgan uglevodorodlar konsentratsiyasi azot oksidlariga nisbatan kancha katta bulsa, ozonning xosil bulishi shuncha tezlashadi. Bu yerda shuni ta'kidlash kerakki, azot oksidlari issiklik elektr stansiyalarining va avtomobilning yonish kamerasidan tezda chikib ketganligi sababli azot (IV)-oksidigacha (NO2) oksidlana olmaydi. Ammo azot oksidi kuzgalgan xolatda koladi. Kuzgalgan xolatdagi azot (II) oksid (NO) kuyosh nuri ta'sirida ma'lum energiyani yutib, azot (IV) oksidigacha (NO2) oksidlanishi ma'lum.
Azot(IV) oksid esa uz navbatida kuyosh nuri ta'sirida kuzgalgan xolatga kelishi va atmosferadagi birorta modda molekulasi bilan ximiyaviy reaksiyaga kirishi va uz energiyasini berib, NO oksidini va atomar kislorodni yoki ozonni xosil kilish mumkin.
Bu yerda yana shuni ta'kidlash mumkinki, azot (II)oksid ozon molekulasi ta'sirida juda osongina azot (IV) oksidgacha oksidlanadi.
Agar bordiyu shu jarayon bulmaganida juda tez vakt ichida ozon mikdori yer atmosferasida ortib ketgan bular edi. Atmosfera xavosining zaxarlanishida SO va NO2 asosiy rol uynaydi. Shu sababli, atmosfera xavosi tekshirilganda, asosan shu gazlar konsentratsiyasi xisobga olinadi.
AKShda atmosferaning fotoximiyaviy zaxarlanishini 3 ta kategoriyaga bulib urganiladi va shu asosda trevoga beriladi. Agar SO ning konsentratsiyasi 100 mg/m3, NO, NO2 6 mg/m3, fotooksidantlar 1mg/m3 bulsa, 1-darajali zaxarlanish; agar SOning konsentratsiyasi 200 mg/m3, NO, NO2 10mg/m3 fotooksidantlar 2 mg/m3 bulsa, 2-darajali zaxarlanish; agar bordiyu SOning konsentratsiyasi 300 mg/m3, NO, NO2 20 mg/m3 fotooksidantlar 3 mg/m3 bulsa, 3-darajali zaxarlanish buladi.
Azot oksid atmosferada ozon kavatining yemirilishida katalizator rolini uynaydi, deb yukorida aytildi. Azot oksidning xosil bulishining yerdagi bakteriyalar faoliyati tufayli xosil buladigan N2O asosiy manba rolini uynaydi. N2O molekulasini ancha mustaxkam tuzilgan bulib, troposferani xamma kismiga deyarli bir xil tarkalgan. Uning molekulasi mustaxkamligi tufayli sekin-asta diffuziya tufayli strotosferaga kirib borishi va u yerda kuzgalgan kislorod atomi bilan, azot oksidi xosil kiladi yoki uzi erkin azotgacha tiklanishi mumkin.
Atmosfera xavosini ifloslanishidan muxofaza kilish tadbirlari.
Atmosfera uz-uzini tabiiy tozalash jarayoniga ega. Ulardagi yoginlar iflos moddalarni, xavoni yuvadi, shamollar xavodagi ifloslanuvchi moddalarni uchirib, bir joyda tuplashiga yul kuymaydi, tuprokka yoki suv yuzasiga tushgan iflos moddalar esa reaksiyaga kiradi va okibatda neytrallashib koladi.
Lekin sanoat ayniksa yokilgi sanoati tarakkiy etgan, transport rivojlangan, kishlok xujaligi mashinalashgan va ximiyalashgan, axolining kupayib urbanizatsiya jarayoni kuchayotgan bizning asrimizda atmosferaning sun'iy ifloslanishi tabiiy tozalanishiga nisbatan ustunlik kilmokda. Shu sababli atmosfera uz uzini tabiiy tozalaydi, deb xotirjam utirish katta salbiy okibatlarni chikarishi mumkin. Shuning uchun atmosferaning sun'iy ifloslanishidan tozalash yullarini joriy etish, uning oldini olish bugungi kunning asosiy vazifasidir. Bularga bir necha chora tadbirlar mavjud, ularning eng muximlari kuyidagilardir:

  1. Tutun chikaruvchi dudburonlarni balandrok kurish, atmosfera ifloslanishining oldini olishning eng kadimiy yullaridan biridir;

-buning natijasida iflos chang va gazlar keng maydonga yoyilib, uning konsentratsiyasi kamayadi. Misol balandligi 100 m bulgan dudburondan chikayotgan chang va gazlar radiusi 20 km bulgan mintakaga tarkalsa, balandligi 250 m bulgan dudburondan chikkan chang, gazlar radiusi 75 km mintakaga tarkaladi.

  1. Pechlarga kumir, torf, koramoy yokishning urniga elektr energiyadan, gazlardan foydalanilsa-atmosferaga chang, kurum, tutun va zaxarli gazlar kam chikariladi. Respublikamiz olimlarining ma'lumotiga kura, kumir bilan ishlovchi korxonalar gazga utkazilsa, xavoga chikariladigan oltingugurt gazi mikdori 10000 marta, uglerod oksid mikdori 2000 marta, azot oksidlari mikdori 5 marta kamayadi.

  2. Sanoat korxonalarida zararli moddalarni tozalovchi uskunalar kurish. Bunda atmosferani kuplab ifloslovchi chang, kurum, tutun va zaxarli moddalarni atmosferaga chikarishdan oldin zararli ta'sirini yukotadigan tozalash uskunalari yasab, ushlab kolishga va ulardan kayta foydalanishga erishish zarur.

Respublikamizda atmosferani ifloslovchi 1000 dan ortik yirik va urta korxonalar bor. Ularda xavoning tozaligini saklashga karatilgan chora tadbirlar zamon talabiga javob bermaydi. Natijada usha korxonalarda yiliga 4,5 mln.t. kattik va gazsimon zararli moddalarni 35% atmosferaga chikib uni ifloslantirmokda. Kimyo korxonalari yiliga atmosferaga 120 ming.t. uglevodorod, 40-50 ming.t. uglerod oksidi, chang 20-25 ming.t. oltingugurt gazi, azot gazlarni chikarib Chirchik, Fargona, Kukon, Samarkand, Navoiy, Toshkent shaxarlari xavosini ifloslantirmokda.
O'zbekiston Respublikasidagi kora va rangli metallurgiya korxonalarida (Olmalik, Bekobod) tozalovchi uskunalarining samarali ishlamasligi natijasida yiliga atmosferaga 220 ming.t. iflos moddalar chikarilmokda. Uning 90% oltingugurt gazidir. Vazifa-shu korxonalarning ishlash jarayonida yangi zamonaviy texnika bilan jixozlangan tozalovchi uskunalar kurishdir. Natijada, jumxuriyatimiz xavosi musaffo buladi va ushlab kolingan moddalardan xalk xujaligida kayta foydalanish tufayli juda katta foyda olish mumkin.

  1. Atmosfera xavosini toza saklashning muxim bir yuli bu sanoat korxonalarida, kommunal-xujalikda ishlab chikarish texnologiyasini uzgartirish, chikindisiz texnologiya joriy etishdir. Misol: kabelni sintetik koplama bilan uraydigan yangi texnologiyaga utish orkali odam organizmiga zararli bulgan kurgoshinning atmosferaga chikishi yukotildi.

Olmalik kimyo zavodida mis ishlab chikarishda yangi texnologiyani kullash atmosferaning ifloslanishini keskin kamaytirdi va yiliga 30 ming.t. oltingugurt gazi ushlab kolinyapti.

  1. Shaxarlar xavosining ifloslanishini kamaytirishda yer osti termal suvlaridan foydalanish yaxshi natijalar beryapti (Kamchatkada, Kuril orollarida, Kavkazda, Markaziy Osiyoda, Kizlyar va Izberbosh shaxarlarida issik suv xarorati 900dan ortikrokdir). Bunday suvlar shaxardagi maishiy kommunal xujalik va sanoat korxonalarini isitish mumkin.

  2. Atmosfera xavosini toza saklashda avtotransport gazlarini, dudlarini kamaytirish juda muximdir. Avtotransport atmosferaga uta zaxarli gaz chikaradi. Gazlarni kamaytirish uchun benzin urniga gaz va elektromobillarga utsak atmosfera ancha toza saqlanadi. Misol: Toshkent shaxrida 1978 yildan beri benzin urniga yoppasiga quyuqlashtirilgan propan-butan yoqilg'isi ishlatiladi.

  3. Shaxar va kishloklar xavosini sog'lomlashtirishda atmosferani ifloslanishdan saklashda ishonchli usul- yashil usimliklar iflos xavoni filtrlaydi, barglari changni ushlab koladi, xavo xaroratini pasaytiradi, karbonat angidridni yutib, kislorodni ishlab (fotosintez orkali) beradi. Ma'lumki, daraxtlar, butalar, utlar shaxar ichidagi changning 80% ni, sulfat angidridning 60% ni ushlab koladi. Buyi 25 metrli bitta 80-100 yoshli buk daraxti bir soatda 2 kg karbonat angidridni yutib, 2 kg kislorod ishlab beradi. 1 gektar karagayzor 32 t. changni ushlab koladi. Yashil usimliklar atmosfera xavosini toza saklashdan tashkari, insonlarga psixologik ta'sir etib ularga estetik zavk beradi. Xozirgi vaktda Markaziy Osiyo va Kozogiston shaxarlari ichida yashil usimliklar maydonining kattaligi jixatidan Bishkek, Olmaota shaxarlari oldingi urindadir. Olmaotada xar bir kishiga 100 m2 yashil usimlik (kukalamzor) tugri kelsa, Moskvada 25 m2, Omskda 8,9 m2, Kiyevda 18,7 m2, Bakuda 9,5 m2, Nyu-Yorkda 8,6 m2, Londonda 7,5 m2 va Parijda 6m2 tugri keladi.

III. MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta'minlash.
To‘qimachilik sanoatida texnologik jarayonlarning jadallashishi, mashina qismlarining ish tezliklari, mashina va dastgohlarning ish unumdorligining oshishi, ularning xavfsizligini oshishini ham taqozo qiladi.
Mashina va dastgohlarning xavfsizligini ta'minlash ularni loyihalash jarayonidan boshlab amalga oshiriladi. Birorta yangi mashina yoki dastgoh xavfsizligi ta'minlanmagan bo‘lsa, foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Amaldagi Davlat standarti uskunalarning xavfsizlik ish prinsipi, konstruksiyasining xavfsiz sxemasini tanlash, ularning konstruksiyasida mexanizatsiya, avtomatlashtirish, masofadan (distansion) boshqarish vositalarini qo‘llash, ergonomik talablarni bajarish, xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi tadbirlar, ularni o‘rnatish, foydalanish, sozlash, saqlash va transportirovkalash texnik hujjatlarga kiritilishini talab qiladi.
Mashina va dastgohlar kerakli himoyalovchi va saqlovchi moslamalar bilan ta'minlanishi kerak. Bular quyidagilarga bo‘linadi:
- to‘suvchi moslamalar. Bular mashina va uskunalarning xarakatidagi yoki xavfli mexanizm qismlarini kishining behosdan tegib ketishidan to‘sadi. Bunga qayishli uzatish, shesternyalar, elektr toki ostidagi qismlar kiradi;
- blokirovka qiluvchi moslamalar. Bularda to‘sqich elektrodvigatel bilan zanjir orqali birlashtirilgan bo‘lib, to‘sqich ochilgan vaqtda mashina to‘xtaydi;
- tormozlovchi moslamalar. Mashina o‘chirilgandan so‘ng uning tezda to‘xtashi xavfsizlik jihatidan katta ahamiyatga ega;
- signal beruvchi moslamalar. Mashina va dastgohlarda ishlash jarayonida xavf tug‘ilganda tovushli yoki yorug‘lik signallari beriladi;
- ishchilarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta'sirini kamaytiruvchi yoki oldini oluvchi himoya vositalari.
Jarohatlovchi omillar va xavfli zonalar.
Ishlab chiqarishda jarohatlanish xodisalari quyidagi omillar mavjud bo‘lganda bo‘lishi mumkin: elektr toki, mashina va dastgohlarning xarakatlanuvchi qismlari, qayishlar, barabanlar, shkivlar, tishli ish shesternyalari va boshqalar, issiq yuzalar, mato tukini kuydirish mashinasi, zararli kimyoviy moddalar, matolarni pardozlashda ishlatiladigan kislota, ishqor va boshqa o‘yuvchi moddalarning behosdan tushib ketishi, yuqoridagi ish joylarida to‘siqsiz ishlash.
Kishi hayotiga, sog‘lig‘iga doimiy yoki vaqti - vaqti bilan xavf tug‘diruvchi joy xavfli zona deb ataladi. Bunday zonalar korxonalarda talayginadir. Mashina va dastgohlarning har qanday aylanuvchi qismi xavflidir.
Sanoatda shovqin va titrashdan saqlanish.
Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo‘shilib eshitilishi shovqin deb ataladi. Tovush fizik holat sifatida havoda, suvda va boshqa tarang muhitdan kelib chiqadigan to‘lqinsimon harakatlardan iboratdir. U tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi va bizning eshitish organimiz tomonidan qabul qilinadi.
Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada og‘riq turg‘izadi va quloq shang‘ib, asab sistemasiga ham yomon ta'sir qiladi. Ayniqsa fikrni to‘plab, aqliy ish bilan shug‘ullanishga imkon bermaydi, butun diqqat - e'tiborni berib ishlash lozim bo‘lsa, ish qobiliyatini (10-60% ga) pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta'sir qilishi asab sistemasini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa qattiq va kuchli tovushlar, shuningdek to‘xtovsiz ravishda bir xilda chiqib turadigan tovushlar odamga yomon ta'sir qiladi.
Shovqin ta'sirida turli a'zolar va sistemalarning, masalan hazm qilish (oshqozon shirasi sekretsiyasining o‘zgarishi) qon aylanishi (qon bosimining ko‘tarilishi) va shunga o‘xshashlarning normal faoliyati buziladi.
Shovqinlar kelib chiqishi bo‘yicha asosan uch xil bo‘ladi:

  1. Sanoat shovqini;

  2. Transport shovqini;

  3. Maishiy shovqinlar.

Shu bilan birga gaz va suyuqliklarning harakati natijada ham shovqin chiqishi mumkin. Bunday shovqinlar aerodinamik shovqinlar deb ataladi. Sanoati korxonalari ham shovqindan mustasno emasdir. Shovqin darajasi yuqori bo‘lgan sexlarda ishlovchi ishchilarda kasbiy kasallik “ shovqin kasalligi” uchrab turadi. Shu bilan birga ayrim ish joylarining surunkali titrashi natijasida “titrash kasalligi” ham uchrab turadi.
Signal ranglari va xavfsizlik belgilari.
Keyingi yillarda ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida signal ranglari va xavfsizlik belgilari keng tarqalmoqda. Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida asosan to‘rt xil rang qabul qilingan bo‘lib, ular quyidagilarni belgilaydi:

  • Qizil - “To‘xtang”, “Ta'qiqlangan”, “Xavfli”;

  • Sariq - “Diqqat”, “Xavf-xatar ehtimoli bor”;

  • Yashil - “Xavfsiz”, “Ruxsat etilgan”, “Yo‘l ochiq”;

  • Ko‘k - boshqa xabarlar.

Bulardan tashqari oq rang - chegaralovchi chiziqlarni belgilashda va sexning qorong‘iroq burchaklarini bo‘yashda ishlatiladi. Qizil rang bilan mashina uskunalarining xavfli qismlari, to‘siqlarning ichki yuzalari, to‘xtatish tugmalari hamda o‘chirish vositalarini bo‘yash maqsadga muvofiqdir. Sariq rangga transport vositalari (elektrokarlar, yuk ko‘tarish kranlari va h.k.), qurilish konstruksiyalarining xavfli qismlari bo‘yaladi. Yashil rang bilan xavfsizlikni ta'minlash vositalari yordamchi eshiklar, aptechkalar va hokazolarni bo‘yashda foydalaniladi.
Qabul qilingan xavfsizlik belgilari quyidagilardir:

  • Ta'qiqlovchi - doira shaklida qizil rangga bo‘yalgan. Doiraning o‘rtasida qora rang bilan ta'qiqlovchi obyektning ramziy rasmi tasvirlangan;

  • Ogohlantiruvchi - teng tomonli sariq rangga bo‘yalgan uchburchak shaklida bo‘lib, o‘rtasida ogohlantiruvchi obyekt ramzi qora rangda tasvirlangan (elektr toki va radiatsion xavf bo‘lganda ramz qizil rangda tasvirlanadi);

  • Ko‘rsatuvchi - ko‘k rangga bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, o‘rtasida qora rangda ko‘rsatuvchi obyekt ramzi tasvirlanadi. Tibbiyot xonalari va yong‘in xavfi belgilari qizil rangda tasvirlanadi.

  • Buyuruvchi - yashil rangga bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, o‘rtasida qora rangda buyuriluvchi obyekt ramzi tasvirlanadi.

Ish joyini tashkil qilish.
Hozirgi paytda yangi texnologik jarayon, yangi mashina va uskunalar albatta “Mahsulot sifati va ergonomik ko‘rsatkichlar”da belgilangan talablarga javob berishi kerak. Ish joyida narsalarning joylashtirilishi, ularning shakli, rangi va boshqa qator omillar noto‘g‘ri joylashtirilsa ishchini charchatadi, to‘g‘ri joylashtirilganda esa aksincha, ish unumdorligini oshiradi.
Bunda ish joylarini tashkil qilish ham katta axamiyat kasb etadi: asboblar tugmalarining joylashtirilishi, rangi mashinaning balandligi va boshqa ishlab chiqarish sharoitlari shular jumlasidandir. Bular shunday joylashtirilishi lozimki, ishchi ortiqcha xarakatsiz, o‘zini zo‘riq-tirmasdan ulardan osonlik bilan foydalansin.
Ish joyining balandligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda u 1000­1600 mm oraliqda olingani maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari ko‘zning imkoniyat doirasini ham hisobga olish kerak.
Bosim ostida ishlaydigan uskunalarning xavfsizlik shartlari.
Sanoat korxonalarida bosim ostida ishlaydigan, apparat, idish va quvurlar ko‘p ishlatiladi. Bular ko‘pincha portlash xavfini tug‘dirishi mumkin. Bunday portlashlarga zanglash natijasida uskuna devorlarining yemirilishi va mexanik pishiqligining yo‘qolishi, ayrim qismlarining qizib ketishi, biror qattiq jismning urilishi sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari portlovchi va yonuvchi moddalarga uchqun ta'sir qilishi natijasida ham portlash sodir bo‘lishi mumkin. Bunda yonish tezligi sekundiga yuzlab metrni tashkil qiladi.
Bosim ostida ishlaydigan idishlar qayta ta'mirlanib kavsharlangan bo‘lsa, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilganda yoki uning xavfsiz ishlashiga javobgar shaxsning talabi bilan muddatidan ilgari texnik ko‘rik o‘tkaziladi. Gidravlik sinov esa har sakkiz yilda bir marta o‘tkaziladi. Ish harorati 2000 S gacha bo‘lgan idishlarning gidravlik sinovi, ularga suv yoki zaharsiz va portlamaydigan boshqa suyuqlik bilan qo‘shimcha bosim berish orqali o‘tkaziladi. Qo‘shimcha bosim idishning ish bosimiga bog‘liq bo‘lib, quyma idishlardan tashqari barcha idishlar uchun ish bosimidan 25-50 foiz katta bo‘ladi. Shunday bosim ostida (devorlarining qalinligi 50 mm gacha bo‘lgan idishlarda) 10 minut ushlab turiladi va biror sezilarli o‘zgarish bo‘lmasa, ya'ni choklardan ajralish, suyuqlik tomishi, tashqi devorlarining terlashi, qoldiq deformatsiyalar ko‘rinmasa idishlar gidravlik sinovdan o‘tgan hisoblanadi.
Bosim ostida ishlaydigan uskunalar normal texnologik rejimda va xavfsiz ishlashini ta'minlash uchun quyidagi nazorat-o‘lchov asboblari va ehtiyot uskunalari bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak: ulardagi suyuqlik yoki gazning bosimini o‘lchash uchun va doimo nazorat qilib turish uchun manometr, haroratni nazorat qilib turish uchun termometr, bosim oshib ketgan taqdirda portlashni oldini olish uchun saqlagich, idishda bir vaqtning o‘zida gaz va suyuqlik bo‘lgan taqdirda suyuqlikning ko‘p yoki ozligini ko‘rsatuvchi asbob, idish ichidagi moddani butunlay chiqarib tashlash imkonini beruvchi moslama, agar idish ichida kondensat to‘plansa, uni chiqarib tashlash imkonini beruvchi moslama.
Quvurlarning ishonchliligini ta'minlash uchun ularning issiqdan uzayishini hisobga olish kerak. Buning uchun ularning burilgan joylari ravon va silliq qilib yasaladi hamda kondensator halqalari va shunga o‘xshash elementlar kiritiladi. Issiqlik deformatsiyalarini bir tekis taqsimlash maqsadida, ularni ayrim uchastkalarga bo‘lib chiqib, issiqdan uzayishga imkon qoldirib, oxirgi nuqtalarini tayanchlarga mustaxkamlanadi.
Yong‘inga qarshi ishlarni tashkil qilish.
Yong‘inlar xalq xo‘jaligiga katta moddiy zarar keltiradilar. Yong‘in bir necha minut yoki soat ichida juda katta miqdordaga xalq boyliklarini yondirib, kulga aylantiradi. Yong‘in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbanat angidrid va boshqa zararli hid va gazlar ko‘p miqdorda atmasferaga ko‘tarilib, nafas olish uchun zarur bo‘lgan havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, yong‘indan ko‘riladigan zararlarning eng yomoni shuki, unda ko‘plab kishilar jarohatlanadi va hatto o‘lishi ham mumkin. Bularning hammasi, yong‘inga qarshi kurash tadbirlarini, bu vaqtda paydo bo‘ladigan ishlarni xavfsiz bajarish usullari va mehnat muhofazasi bilan birgalikda o‘rganishga majbur qiladi.
Yong‘in chiqishining oldini olishda, o‘t o‘chirishda asosiy mas'uliyat kishilar zimmasiga tushishini va ularning yong‘inni o‘chirish texnikasining barcha talablarini to‘liq bajarishlariga bog‘liq ekanligini unutmasligimiz kerak. Sanoat korxonalarida bu tartibli ravishda yong‘in texnikasi haqidagi nizom, yong‘in xavfsizligi qoidalari, yo‘riqnoma va boshqa hujjatlar asosida olib borilishi kerak.
IV. IQTISODIY QISM
Issiqlik almashinuvi qurilmasini texnikaviy - iqtisodiy hisobidan asosiy maqsad issiqlik almashinish qurilmasini texnikaviy - iqtisodiy tomondan asoslashdan iborat.
Odatda bunday hisoblashlar bir necha variantlar bo‘yicha bajariladi. Tanlangan variantlarni baholash quyidagi eng maqbul belgilarning birortasi bo‘yicha olib boriladi: foydali ish koeffitsiyenti, 1 m2 yuzaga sarflanadigan energiya miqdori, eng maqbullikning texnik - iqtisodiy mezoni va boshqalar.
Quyida issiqlik almashinuvi qurilmasining iqtisodiy hisobi keltirilgan. Hisoblash yuqorida keltirilgan issiqlik konstruktiv hisobini davomida sifatida amalga oshiriladi.
Issiqlik almashinuvi qurilmasining umumiy massasi
Миак=1430 кг [д]
Issiqlik almashinuvi qurilmasi quvurlarining massasi

Download 362,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish