M. B. Qodirova (O`zbekiston, Namangan)



Download 59 Kb.
Sana29.10.2019
Hajmi59 Kb.
#24526
Bog'liq
HUQUQIY TARBIYA

M.B.Qodirova

(O`zbekiston, Namangan)
O’QUVCHILARGA HUQUQIY TARBIYA BERISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning barchasi inson va uning manfaatlari uchun yo’naltirilganligi nafaqat qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, balki, amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi ekan­ligi barchamizga ma`lum. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek: “...biz sog’lom avlodni tarbiyalab vo­yaga yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlik emas, balki, sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonlarni tushunamiz. Oliy Majlis bu bora­da davr talablariga javob beradigan, eng qulay, ilg’or tajribalarga tayangan va uzviy bog’liq bo’lgan qator qonunlar qabul qilish kerak”1.

Ta`kidlash lozimki, mustaqillikka erishganimizdan so’ng, bo­zor munosabatlari sharoitida fuqarolarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy munosabat- lardagi ishtiroklari doirasi ancha kengaydi. Huquqiy munosabatlarda nafaqat voyaga yetgan fuqarolar, balki, 18 yoshga to’lmagan voyaga yetmaganlar ham o’zlarining subyektlilik maqo­midan foydalanib ishtirok etishlari mumkin. Bu ishtirokni ta`minlash uchun Hukumat tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

O’zbekiston jahonning rivojlangan davlatlari qatoridan joy olishi uchun birinchi navbatda fuqarolarning shu qatorda yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish va ular orasida qonunlarni targ’ibot qilishni kuchaytirish lozim.

Prezidentimiz I.A.Karimov “Har bir fuqaro, har bir inson o’z haq-huquqini yaxshi bilishi va uni himoya qila olishi zarur. Odamlarning huquqiy bilimlar bilan qurollan­tirish shart. Toki, jamiyatning har qaysi a`zosi o’z huquqi, o’z burchi va o’z mas`uliyatini puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning islohotlar, yangilanish haqidagi barcha so’z­larimiz, sa`y-harakatlarimiz besamara ketaveradi2”- deb aytib o’tgan edi. Demak, har bir kishining huquqiy madaniyatli bo’lmog’i jamiyat va farovon hayotimizning taqdiri bilan bog’liq masaladir. Bu esa joylarda yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish va tako­millashtirishni taqozo etadi.

Bugungi kunda voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining yangidan-yangi ko’rinishlarini hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni vujudga kelayotganligi va bu boradagi hamkorlik barcha joylarda ham to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi:


  • voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olish subyektlarining oila va ta`lim muassasalari bilan hamkorligini ta`minlovchi hamda tashkiliy asoslarini belgilovchi metodik qo’llanmalarni yetarli darajada emasligi;

  • voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining yakka tartibdagi profilaktikasi tashkil etish bo’yicha huquqni muxofaza qilish organlari o’rtasidagi o’zaro hamda ularning oila va ta`lim muassasalari bilan hamkorligini tashkil qilish sohasida muammolarning mavjudligi va hal etilmaganligi;

  • jinoyat sodir etgan yoki bunga moyil bo’lgan voyaga yetmaganlar, farzandining tarbiyasiga salbiy ta`sir etayotgan ota-onalar, ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ustidan samarali ijtimoiy-huquqiy nazoratni yo’lga qo’yish va uzluksiz takomillashtirib borish maqsadida, ushbu hodisalar va ular bilan bog’liq jarayonlarning kelgusidagi ko’rinishlari hamda yo’nalishlarini bashorat qilish zarurligi va xokozolar.

Yoshlar o’rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etish va sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish borasida pedagoglar faoliyatini yanada kuchaytirish uchun quyidagi amaliy ishlarni amalga oshirishimiz kerak:

  1. Umumiy ta`lim maktablarida huquqiy bilimlarni targ’ib qiladigan xonalar tashkil etish.

  2. Bilim maskanlarining sud, prokratura, advokatura, birinchi navbatda esa voyaga yetmaganlar inspektsiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar bilan aloqalarni mustahkamlash.

  3. Doimiy ravishda yangi tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va ularni hayotga keng tadbiq etish. To’plangan ilmiy bilimlardan pedagogik tajribalarda foydalanish, o’sib kelayotgan yosh avlodga davlatimiz qonunlariga muntazam rioya qilish ko’nikmalarini singdirish. Bularning barchasi huquqiy tarbiyaning samarali amalga oshirishning muhim omilidir.

Har bir pedagog ta`lim bilan tarbiya berishga jiddiy e`tibor qaratishi lozim. Bunda maktabda o’qitiladigan fanlarni o’ziga hos ahamiyati va imkoniyatlari bor. Ana shu imkoniyatlardan o’z o’rnida to’g’ri foydalanish o’qituvchining bilim, tajriba va mahoratlariga, izlanishiga bog’liq. Hozirda maktab dasturlarida mavjud bo’lgan “Tarix”, “Davlat va huquq asoslari”, “Inson va jamiyat”, “Konstitutsiya asoslari”, “Milliy istiqlol g’oyasi”, “Vatan tuyg’usi”, “Odobnoma” darslarini o’qitish jarayonida o’quvchilarga huquqiy tarbiyaga oid bilimlar berib borilmoqda.

Belgilangan rejalarni amalga oshirishda turli-tuman tarbiyaviy tadbirlar: “Qonun hammamiz uchun majburiydir”, “Davlatimiz ramzlari”, “Burch va Vijdon”, “Qonun va biz”, “Hayot qonun bilan go’zal”, “Men ozod yurt farzandiman” kabi mavzularda yig’ilishlar, kechalar munozaralar uyushtirish, huquq-tartibot organlari hamda harbiy bo’linmalar bilan doimiy aloqalarni o’rnatish, ular yordamida “Yosh posbonlar”, “Militsiyaning yosh do’stlari” guruhlarini tuzish kabilardan ham keng foydalanish mumkin.

Xulosa va tavsiyalar shundan iboratki, pedagogik-olimlar tadqiqotlarida isbotlanganidek, huquqiy tarbiyaga doir ishlar quyidagi sharoitlarda bajarilsa, uning samaradorligi yanada oshadi:


  • Ta`lim muassasasi o’zining ta`sirlari majmuini ko’proq huquqiy tarbiya jarayoniga izchil yo’naltirsa;

  • O’qituvchilar jamoasi oila bilan o’zaro hamkorligi davrida o’zlarining axloqiy tarbiyaviy talablarini to’g’ri tashkil eta olsalar;

  • Xalq ta`limi bo’limi va ta`lim muassasalari ota-onalarni tarbiyaviy jarayoniga faol jalb qilsalar;

  • O’qituvchilar o’quvchilarga huquqiy tarbiya berish ishlarini oiladan boshlashsa va bu ish ularning barcha o’quv yillarida davom ettirilsa;

Xalqimizda yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqshga qiyoslanadi. Bu hayotiy haqiqat. Bolalikning beg’ubor murg’ak qalblariga ekilgan har qanday ezgulik urug’i katta bo’lgach, o’z mevasini berishi shubhasiz. Bugun kuchli huquqiy davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari dadil odimlayotgan yurtimizda yosh avlod istiqboli yo’lida qilinayotgan ishlar behisob. Bu kishini quvontiradi, zero, mustaqil fikrli, o’zining mustahkam fuqarolik pozisiyasiga ega, intellektual salohiyatli va huquqiy madaniyatli yoshlar bizning bor umid va ishonchimizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A.Karimov O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. -Toshkent: O’zbekiston, 1997. -137 b.

2. I.A.Karimov Asosiy maqsadimiz – yurtimizda erkin va obod, farovon hayot barpo etish yo’lini qat`iyat bi­lan davom ettirishdir. Xalq so’zi. 2007 yil 8 dekabr.




1 Karimov I. A O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. -Toshkent: O’zbekiston, 1997. -137 b.

2 Karimov I.A. Asosiy maqsadimiz – yurtimizda erkin va obod, farovon hayot barpo etish yo’lini qat`iyat bi­lan davom ettirishdir. G `Xalq so’zi. 2007 yil 8 dekabr’


Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish