M arketing fani nimani o ’rganadi va o ’rgatadi ?


Tovarning hayotiylik davri bosqichlari quyidagicha



Download 163,33 Kb.
bet7/12
Sana11.06.2022
Hajmi163,33 Kb.
#655560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 varyant.docx yangi

Tovarning hayotiylik davri bosqichlari quyidagicha:
1.Kirish. 2.O‘sish. 3.Voyaga yetish. 4.Pasayish
. 1. Bozorga kirish bosqichi. Bu bosqich tovarni tarqatish va uning bozorga kelib tushishi bilan boshlanadi. Bu bosqichda sotishning astasekin o‘sishi kuzatilsada, tovarni tarqatish xarajatlari ko‘pligi tufayli foyda hali hosil bo‘lmaydi. Bu yerda marketingning maqsadi aniq, ya’ni yangi tovar uchun bozorni yaratishdan iborat (ayniqsa, agar bu mutlaq yangi tovar va unga ehtiyoj hali bozorda namoyon bo‘lmasa).
Kirish bosqichi xususiyatlari –kam mahsulot chiqadi (yarim quvvat), yuqori tannarx (texnologiya hali to‘liq emas), realizatsiya kam.
Qilinishi kerak – qiziqtiruvchi marketing taktikasi (joy, vaqt, narx, promotion-siljitish), tovar kamchiliklarini yo‘qotish (sifatini oshirish) kerak.
2. O‘sish bosqichi. Agar yangi tovar bozorning talabini qoniqtirsa, u holda tovarni sotish katta darajada ortadi. Chunki yangi tovarlarni takroran xarid qilayotgan faol xaridorlarga ko‘p sonli boshqa xaridorlar qo‘shiladi. Bu bosqichda tovar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish hisobiga tovar sifatining barqarorligiga erishiladi. Bu bosqichda korxona ancha foyda olishga kirishadi, bu foyda o‘sib boradi va ushbu bosqichning oxiriga kelib eng yuqori ko‘rsatkichga yetadi. O‘sish bosqichi xususiyatlari — ko‘p mahsulot chiqadi (to‘la quvvat), kam tannarx (texnologiya mukammal egallangan), realizatsiya o‘sadi, sifat oshgan.
Qilinishi kerak - agressiv marketing (tovar xususiyatlarini tanishtirish), tovarni zamonaviylashtirish (mukammallashtirish), ommaviy sotish (realizatsiya tarmoqlari orqali) kerak.
3. Yetuklik bosqichi. Bu bosqichda tovar yirik partiyalarda takomillashgan texnologiyalar bo‘yicha yuqori sifat bilan ishlab chiqariladi. Bu bosqichda ko‘pgina ishlab chiqaruvchilarda sotilmay qolgan tovarlarning zaxiralari to‘planib qoladi, oqibatda tovarlarning sotilishi kamayadi. Natijada raqobat keskinlashadi. Raqobatchilar tovarlarni ko‘proq past narxlarda sotishga harakat qiladi. Reklama kuchaytirilib, tovarlarning yaxshilangan variantlarini ishlab chiqarishga mablag‘lar sarflanadi. Bularning hammasi foydaning kamayishini keltirib chiqaradiYetuklik (Voyaga yetish) bosqichi – ishlab chiqarish quvvatidan keragidan ortiq barqaror foydalanish va to‘la ko‘rib chiqilgan texnologiyalar ishlatilishi bilan bog‘liq.
Yetuklik (Voyaga yetish) bosqichi xususiyatlari – katta partiyada ishlab chiqarish (to‘la quvvat), mukammal texnologiya, izlanish va rivojlantirish.
Qilinishi kerak – assortiment (tur, modifikatsiya)ni ko‘paytirish, yangi bozor kashf qilish kerak (jumladan, eksport), xaridorlarni yanada jalb qilish (yangicha reklama), yangi segmentlarni topish (iste’molchilar guruhi).
4. Chiqish bosqichi. Qanday holat yuz bermasin, baribir ma’lum vaqtdan so‘ngra tovarning sotilishi pasaya boradi. Tovar sotilishining pasayishi ba’zan tezlik borsa, ba’zi hollarda sekinlik bilan bir tekis boradi.
Pasayish bosqichi xususiyatlari - raqobatchilar ko‘p, xaridorlar tajribali, bozorni yangi mahsulotlar egallaydi, sotish kamayib, foyda qisqaradi.
Tovar sotishning pasayib ketishi tovar ishlab chiqarish texnologiyasidagi yutuqlar, iste’molchilar talabining o‘zgarishi hamda mahalliy va xorijiy raqiblar tomonidan raqobat keskinlashuvining vujudga kelishi kabi sabablar bilan izohlanadi. Sotishning va foydaning kamayishi natijasida bir qancha firmalar va korxonalar bozordan chiqishga majbur bo‘ladilar. Qolganlari esa taklif etilayotgan tovarlar assortimentini qisqartirishga, samarasi yuqori bo‘lmagan savdo kanallari va bozorning kichik segmentlaridan voz kechishga, rag‘batlantirish uchun sarflanayotgan mablag‘larni kamaytirishga va narxni tushurishga majbur bo‘ladilar. Ba’zan tovar hayotiylik davrining chiqish bosqichida ham tovarni tiriltirish va uning hayotiylik davrini davom ettirishga harakat qilib ko‘rish mumkin. Buning uchun firmaning marketing xizmati reklamani faollashtirishi, narxni o‘zgartirishi, tovarlarning o‘rab-joylanishini takomillashtirishi, sotish tizimini qaytadan tashkil etishni, eng asosiysi esa yangi bozorlarga kirish va ularni o‘zlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Download 163,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish