on-line
tizimida sug‘urtalanish,
eshikdan eshikkacha sotish,
bank-insurance
yaxshi yo‘lga ko‘yilgan.
Investitsion faoliyat nuqtai nazaridan qaralganda, Yaponiya hayot sug‘urta
kompaniyalari o‘z mablag‘larini davlat qarzdorlariga, qarz beruvchi va xorijiy
obligatsiya qarzlarni joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi sindikatlarga qo‘yishadi.
Shuningdek, tijorat va moliyaviy kompaniyalar bilan uzviy hamkorlik olib
borishadi. Hamkorlik asosan aksiyalarni sotib olish, ishchi va xodimlarni jamoaviy
sug‘urtalash, pensiya fondlarini boshqarish, kredit berish va ularning
obligatsiyalariga egalik qilishda namoyon bo‘ladi. Biroq
on-line
tizimida
56
sotishning rivojlanib borishi sug‘urtalovchi uchun sotish xarajatlarini kamayishiga
olib kelmoqda va natijada agentlarga qaram bo‘lishga qarshi eng yaxshi vosita
bo‘lib turibdi.
Fransiyada esa asosiy e’tibor mol-mulk sug‘urtasiga qaratilgan bu degani
hayot sug’urta biznesiga e’tibor berilmaydi degani emas aksincha hayot ham mol-
mulkdan qolishmaydi.
1985 yilda Fransiyada hayot sug‘urtasi polislarining banklar va boshqa
nosug‘urta vositachilar orqali sotilishi 35% dan oshmas edi, bugungi kunda esa bu
ko‘rsatkich 80% ga yaqinlashib bormoqda. Fransiya Yevropa bo‘yicha bu sohada
yetakchilik qilib turibdi. Biroq boshqa mamlakatlarda nosug‘urta vositachilar
(banklar, pochta) orqali sotuv ancha tez rivojlanib bormoqda.
Biron
davlatning
moliya
bozorida
bancassurance
kontseptsiyasini
muvaffaqiyatli amalga oshirishning eng muhim omili bu davlatning milliy
qonunchiligidir. Ba’zi mamlakatlarda banklarning sug‘urta biznesida ishtirok
etishlari uchun qonunchilik tomonidan hech qanday cheklashlar yo‘q. Biroq,
o‘tgan asrning 90-yillariga qadar ko‘pgina rivojlangan davlatlarda banklarning
sug‘urta biznesida ishtiroki taqiqlangan edi. Chunki banklar bilan sug‘urta
tashkilotlari o‘rtasidagi bunday hamkorlik moliya bozorida banklarning ta’sir
doirasining kuchayib ketishiga olib keladi deb hisoblanar edi. Keyinchalik esa
etakchi banklar va sug‘urta kompaniyalarining bosimi ostida ba’zi
mamlakatlardagi davlat organlari bu masalada o‘z pozitsiyalarini o‘zgartirishga
majbur bo‘ldilar. Fransiyada esa moliyaviy va soliq imtiyozlari hayot
sug‘urtasining uzoq muddatli yig‘ma turlarining jadal sur’atda rivojlanishi uchun
imkoniyat yaratdi. Bunday qulayliklardan foydalangan xolda banklar keskin
raqobat sharoitiga qaramasdan ipoteka krediti olayotgan mijozlari uchun hayot
sug‘urtasi polislarini sotish tarmoqlarini yo‘lga qo‘ydilar. Lekin mijozlarda
sug‘urta tashkilotini erkin tanlash yoki umuman sug‘urta xizmatini rad etish
huquqini saqlab qolar edi. Sug‘urtaga bunday yondashish Frantsiyaning yevropada
hayot sug‘urtasi bo‘yicha etakchi o‘ringa chiqishiga olib keldi. Bank tarmog‘ida
sug‘urta faoliyati odatda bank jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulotlarni
57
sotishdan boshlanadi. Ya’ni, hayotni sug‘urtalash dasturlari, bank va kredit
bitimlarini sug‘urtalash. Hayot sug‘urtasi mahsulotlarini sotish bilan banklar
o‘zlarining uzoq muddatli foydalanishga yo‘naltirilgan aktivlari ulushlarini
oshirishga muvaffaq bo‘ladilar. Sug‘urta risklarini birlamchi qabul qilishda ularni
ikkilamchi, uchlamchi va hokazo tartibda qabul qilish munosabatlari, ya’ni qayta
sug‘urtalashning taraqqiy etganligi katta ahamiyat kasb etadi. Qayta
sug‘urtalashning mamlakat miqyosida rivojlanganligi, sug‘urta munosabatlarining
iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borishiga hamda sug‘urtalovchilar to‘lov
qobiliyatining barqaror bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi.
Shuningdek mamlakatda amalda tibbiy sug‘urtaning bir necha turlaridan
foydalanishadi. Ayniqsa, kompensatsiya sug‘urtasi deb ataladigan xizmat, ya’ni
«xizmat uchun to‘lovlar» sug‘urtasi keng tarqalgan. Bunda ish beruvchi tegishli
polis bilan ta’minlangan har bir xodim uchun sug‘urta kompaniyasiga sug‘urta
mukofoti to‘laydi. Keyin sug‘urta kompaniyasi kasalxona yoki boshqa tibbiyot
muassasasi, yo vrach tomonidan taqdim etilgan cheklar uchun pul to‘laydi. SHu
tariqa, sug‘urta rejasiga kiradigan xizmatlar uchun xaq to‘lanadi. Odatda sug‘urta
kompaniyasi davolanish xarajatlarining 80 foizini qoplaydi, qolgan qismini esa
sug‘urtalanuvchining o‘zi to‘lashi kerak. Boshqariladigan xizmatlar sug‘urtasi
muqobil tur sanaladi. Sug‘urtaning mazkur turi bilan qamrab olingan amerikaliklar
soni jadallik bilan oshib bormoqda. Bunda sug‘urta kompaniyasi vrachlar, boshqa
tibbiyot xodimlari, shuningdek, muassasalar, shu jumladan, kasalxonalar bilan
sug‘urtaning mazkur turida ko‘zda tutilgan barcha xizmatlarni ko‘rsatish
to‘g‘risida
shartnoma tuzadi. Odatda, tibbiyot muassasalari xar bir
sug‘urtalanuvchi uchun oldindan to‘lanadigan o‘zgarmas summani oladi. Ikkala
sug‘urta turi o‘rtasidagi farq ancha katta. «xizmat uchun to‘lovlar» sug‘urtasida
bemorlarga amalda ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati to‘lanadi. «Boshqariladigan
xizmatlar» sug‘urtasida tibbiyot muassasasi ko‘rsatilgan xizmat xajmidan qatiy
nazar, faqat sug‘urta qilingan xar bir bemor uchun belgilangan summani oladi.
Tibbiy xizmat xarajatlarining katta qismi AQSHda ish beruvchilar, shuningdek,
xukumat tomonidan to‘lanadigan ixtiyoriy tibbiy sug‘urta hisobidan qoplanadi.
58
Shunga qaramay, tibbiy xizmat xarajatlarining kattagina qismi fuqarolar
zimmasiga tushadi. Bu to‘lovlarni muvofiqlashtirish mexanizmi bo‘lib, xarajatlarni
kamaytirishga olib boradi. Chunki fuqarolar xarajatlarning bir qismini to‘laganlari
uchun xam vrachga kamroq murojaat qilishadi.
Germaniyada ijtimoiy sug‘urtaga daromadlarni taqsimlashning muhim
mexanizmi sifatida yondashiladi. Bunda majburiy tibbiy sug‘urta bilan aholining
tahminan 95% qamrab olingan. Aholining taxminan 5% yuqori daromadga ega
qatlami faqat ixtiyoriy tibbiy sug‘urta xizmatlaridan foydalanadi, majburiy tibbiy
sug‘urta tizimiga kiruvchi taxminan yana 5% aholi qo‘shimcha ravishda ixtiyoriy
tibbiy sug‘urtadan ham foydalanadi, bu esa boshqa shifokorni tanlash,
kasallanganda qo‘shimcha tovon puli olish imkonini yaratadi. Germaniyada har bir
tizim faoliyat ko‘rsatish manbalarining shakllanishiga ko‘ra quyidagicha
moliyalashtiriladi, sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishning 60% majburiy tibbiy
sug‘urta fondlariga to‘lanadigan badallar orqali, 10% tijorat asosidagi sug‘urtalash
mablag‘lari hisobiga, taxminan 15% davlat byudjeti resurslari hisobiga va
taxminan 15% fuqarolarning shaxsiy mablag‘laridan tashkil topadi. Xorijiy
sug‘urta kompaniyasi, qoidaga ko‘ra, sug‘urtalanuvchiga tibbiy yordam olish bilan
bog‘liq bo‘lgan tibbiy xarajatlarini qoplashning ikkita:
a) sug‘urtalovchi tibbiyot muassasasi bilan ana shunday shartnomaviy
munosabatlarga ega bo‘lsa, yoki tibbiy muassasa ko‘rsatilgan xizmatlarga dalolat
asosida to‘lov o‘tkazilishiga rozilik bergan bo‘lsa, tibbiyot muassasasi bilan
bevosita hisob-kitobni amalga oshirish,
b) sug‘urtalanuvchi ana shu tibbiy xizmat xarajatlarini amalga oshirib
bo‘lganidan so‘ng xarajatlarni uning o‘ziga tibbiyot muassasasi tomonidan
qo‘yilgan hisob-kitob asosida qoplab berish shaklini tavsiya etadi.
Angliya sug‘urta biznesi dastlab 16-17 asrlarda shakllanib, sug‘urta
kompaniyalari milliy sug‘urta va xalqaro sug‘urta bozorda turli yo‘nalishlarda
faoliyat ko‘rsatib kelganlar. Ular hozirgi davrda halkaro sug‘urta bozorida xam
peshqadamlik qilib kelmoqdalar. Angliyaning sug‘urta kompaniyalari dunyoning
59
turli mamlakatlarida 600 dan ortiq bo‘limlariga ega bo‘lib, ular orqali xorijiy
fuqarolarning milliardlab kapitali Angliya iqtisodiyotiga kirib kelmoqda.
Hozirgi paytda Angliya sug‘urta kompaniyalarining 400 ga yaqin filiali AQSHda,
100ga yakin filiali Fransiyada va 100 dan ortiq filiali Shveytsariyada faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda. O‘z o’rnida Angliya sug‘urta tizimi ham iqtisoslashgan bo‘lib,
bu mamlakatda 143 ta xorijiy sug‘urta kompaniyalari Angliya erkin qonunlari
asosida faoliyat yuritishmoqda. Jumladan , “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi
ham Angliya sug‘urta tizimining faol ishtirokchisi bo‘lib, u etakchi sug‘urta
markazlari bilan xar tomonlama hamkorlik qilib kelmoqda. Bu o‘zaro hamkorlik
va ilg‘or tajriba respublikamiz sug‘urta tizimining rivojiga istiqbolda katta ijobiy
foyda keltiradi. Angliyada qayta sug‘urta faoliyati xam rivojlangan bo‘lib, ushbu
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar qayta sug‘urta kompaniyalari xalqaro
assotsiatsiyasi (LIRMA) a’zolari hisoblanadi. Angliyada sug‘urta faoliyati 1982
yilda qabul qilingan sug‘urta kompaniyalari to‘g‘risidagi qonun asosida amalga
oshiriladi. Qonunga asosan sug‘urta turlari xayot sug‘urtasi va ushbu sug‘urta
tarmog‘iga kirmaydigan boshqa sug‘urta turlari tarmog‘idan iborat. Sug‘urta
vositachilari faoliyati sug‘urta brokerlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi
qonun asosida tartibga solinadi. Angliya sug‘urta kompaniyalarining investitsiya
faoliyati bo‘yicha tajribalarni o‘rganish maqsadga muofiqdir. Angliyada xar bir
sug‘urta tashkiloti investitsiya dasturlariga ega. Moliyaviy bozorlarning
rivojlanishi natijasida sug‘urta tashkilotlarining investitsiya siyosatida jiddiy
o‘zgarishlar yuz berdi. SHunday bo‘lishiga qaramasdan, hozirga paytda Angliya
sug‘urtalovchilari o‘z investitsiya faoliyatlarini amalga oshirishda o‘tgan asrning
40-yillari oxirida London aktuariylar instituti tomonidan ishlab chiqilgan
tamoyillarga asoslanadi. Unga ko‘ra uzoq muddatli xayot sug‘urtasi bilan
shug‘ullanuvchi kompaniyalar quyidagi tamoyillarga rioya etishlari lozim:
menejment faoliyatining maksadi kapitalini saqlashni kafolatlagan holda,
yuqori darajada daromad olishdan iborat bo‘lishi lozim;
60
kompaniya mablag‘lari turli tuman ob’ektlarga joylashtirilishi bunda
iqtisodiy va siyosiy omillarning salbiy ta’sirini mumkin bo‘lgan darajada
kamaytirishni xisobga olish;
sug‘urta tashkiloti kelgusida iktisodiyotda va siyosatda extimol tutilgan
o‘zgarishlarni xisobga olgan xolda o‘z menejment dasturlarini ishlab chiqishi
lozim;
sug‘urta tashkilotning investitsiya faoliyati istiqbolli iqtisodiy va ijtimoiy
loyixalarga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur.
Angliya sug‘urta tashkilotlari, odatda bankdagi joriy hisob raqamlarida
kundalik ehtiyoj uchun mo‘ljallangan pul mablag‘laridan ortiqcha bo‘lgan
mablag‘larni saqlamaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |