M. A. Xujamberdiyev


SURUNKALI PNEVMONIYA VA O‘PKANING



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/113
Sana08.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#645356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
ichki kasalliklar boyicha tibbiy masalalar (2)

SURUNKALI PNEVMONIYA VA O‘PKANING
YIRINGLI KASALLIKLARI
6-masala.
30 yoshli B. nnng bir kecha yil davomida kuniga 100—150 ml gacha 
shilimshik-yiringli balg‘am ajratib yurishi, vaqti-vakti bilan kasallik qaytalanib, tana harorati 
ko‘tarilib turishi, bekuvvatligi va ko‘p terlashi aniqlangan. 


Shifoxonaga kelganda bemor qiyiklik bilan yiringli balg‘am ajratishi, harakat qilganda 
hansirab qolishi va nafas qisishi huruj qilib turishidan shikoyat qilgan. Obyektiv tekshirilganda 
nafas olishi minutiga 24 marotaba, isitmasi 38,8°S ga ko‘tarilganligi aniqlangan. Perkussiya 
qilinganda o‘pkaning ikkala tomonida quticha tovushiga o‘xshash tovush aniqlangan, 
auskultatsiyada nafas olish kuchaygan va tarkoq hushtaksimon quruq va nam xirillashlar 
eshitilgan. Rentgenda tekshirilganda o‘pka tiniqligi ortgan va shakli o‘zgargan, pastki qismida 
esa katta bo‘shlikli kekgaygan joylar ko‘ringan. Tashqi nafas funksiyasi tekshirilganda I darajali 
restriktiv nafas yetishmovchiligi aniqlangan. 
1. Klinik tashxis qo‘ying. 
2. Quyida ko‘rsatilgan qaysi davolash usulini to‘g‘ri deb xisoblaysiz? 
a) yukori dozada penitsillin berish kerak; 
b) ta’sir doirasi keng antibiotiklar berish zarur; 
v) jarroxlik usuli bilan davolash kerak; 
g) bronxoskop yordamnda bronxlarini yuvish zarur.
d) bronxolitiklar berish kerak. 
7-masala.
60 yoshli I. ismli bemor tez yordam mashinasida miya qon tomirlarida qon 
aylanishining buzilishi tashxisi bilan kasalxonaga keltirildi. Ko‘p yillar davomida bronxoektazli 
bronxit kasalligi borligi sababli davolanib yurgan. Obyektiv tekshirilganda tana harorati 39,5°S 
ga ko‘tarilgan, atrofga befarq. Asab sistemasi tekshirilganda o‘choqli o‘zgarish belgilari, o‘ng 
miya yarim sharlarida zararlangan joy borligi aniqlangan. Rentgen tekshirishlarida o‘pkaning 
ikkala tomonida o‘pka rasmi kuchaygan, shakli o‘zgargan va o‘pka taniqligi ortganligi 
aniqlangan. Yurak qisqarishlari soni minutiga 110 marotaba, arterial qov bosimi 150/80 mm ga 
teng. Jigarning pastki chegarasi qovurg‘a yoyidan 3 sm pastda. Qon analizi: Nb—100 g/l, 
leykotsitlar — 27X10
9
/l, miyelotsitlar—1, metamiyelotsitlar—3, P—12, S—62, L—15, M—7, 
ECHT—55 m/soat, zaharlangan donachali neytrbfillar bor. 
1. Qanday tashxis qo‘yasiz? 
2. Qanday tekshirish usullarini qo‘llash kerak? 
a) O‘pkani tomografiya qilish kerak; 
b) bronxografiya qilish zarur; 
v) suyak ko‘migini punksiya qilib tekshirish lozim. 
g) orqa miyani punksiya qilish kerak; 
d) exoensefalografiya qilish zarur.
8-masala.
45 yoshli L. ismli bemor «o‘tkir pnevmoniya» va «surunkali pnevmoniya» 
ning qaytalanishi tashxislari bilan ikki marta kasalxonada davolangan. Shundan beri oz miqdorda 
shilliqli balg‘am ajratib, yo‘talib yuradi, vaqti-vaqti bilan isitmasi 37,3—37,5°S gacha 
ko‘tariladi, lohas bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda ozroq jismoniy zo‘riqqanda ham hansirash paydo 
bo‘lgan. O‘pkasi tekshirilganda o‘ng kurak ostida bronxial nafas, quruq va nam xirillashlar 
eshitiladi. Rentgenda tekshirilganda o‘n o‘pkaning 4—5-segmentlari, bronxlari atrofida 
infiltratlar borligi aniqlangan, ECHT — 24 mm/soat, tashqi nafas olish funksiyasi restriktiv turda 
buzilgan. 
1. Qanday tashxis qo‘yish kerak? 
a) surunkali yiringli-obstruktiv bronxit; 
b) qaytalangan surunkali pnevmoniya 
v) diffuz surunkali bronxit va surunkali pnevmoniyaning qaytalangan davri; 
g) surunkali obstruktiv bronxit, o‘pka emfizemasi, diffuz pnevmoskleroz. 
P. Surunkali bronxit va surunkali pnevmoniya mezonini (kriteriyalari) aytib bering? 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish