M. A. Xujamberdiyev



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/113
Sana08.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#645356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113
Bog'liq
ichki kasalliklar boyicha tibbiy masalalar (2)

 
PLEVRITLAR 
12-masala.
26 yoshli bemor G. ko‘krak qafasida og‘riq borligidan, og‘riq nafas olganda 
kuchayishi, quruq yo‘tal va tana haroratining 38°S gacha ko‘tarilishidan shikoyat kiladi. 
Sulfanilamidlar bilan davolash foyda bermagan. Bir necha kun ilgari mayda bo‘g‘imlarida og‘riq 
paydo bo‘lib, shishib ketgan. Ko‘zdan kechirilganda qo‘lining mayda bo‘g‘imlari shishib, 
ularning harakati chegaralanganligi aniqlangan. Terisida mayda toshmalari bor. Nafas olganda
auskultatsiyada ko‘krak qafasida «plevrada ishqalangandek shovqin» eshitilgan. Yuragi minutiga 
120 marta uradi. Normaxromli kam-qonlik bo‘lib, retikulotsitlar ko‘paygan, leykotsitlar soni 
kamaygan. ECHT 40 mm/soatga teng. 
1. Qanday tashxis ko‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi? 
a) o‘pkaning pastki bo‘lagidagi o‘tkir pnevmoniya; 


b) revmatizm (o‘tkir revmokardit, poliartrit, plevrit); 
v) sulfanilamid preparatlariga allergik reaksiya, pansitopeniya; 
g) sulfanilamid preparatlari ta’sirida kelib chikkan gemolitik kamqonlik; 
d) sistemali qizil volchanka. 
2. Tashxis qo‘yish uchun qaysi tekshirish usullarini qo‘llash kerak? 
13-masala.
Tez yordam mashinasida 45-yoshli bemor D. kasalxonaga keltirilgan. Kuchli 
havo yetishmasligidan shikoyat qilgan. 
Bir necha yildan beri surunkali bronxit kasalligi bilan og‘riydi (yo‘taladi, ozgina harakat 
kilsa xansirab koladi). 
Oxirgi ikki hafta davomida hansirash kuchaygan, ko‘krak qafasining o‘ng tomonida 
og‘riq paydo bo‘lgan. Obyektiv tekshirilganda nafas olishi minutiga 32 marotabaga yetgan, 
lablari ko‘kargan. Yurak urishi minutiga 100 marta. Perkussiyada ko‘krak qafasining o‘ng 
tomonida bo‘g‘iq tovush eshitilgan va o‘sha joyda nafas olish keskin pasaygan. Jigarning pastki 
qirg‘og‘i qovurg‘a yoyidan 3 sm pastda. Rentgenda tekshirilganda III qovurg‘agacha suyuqlik 
borligi aniqlangan. EQG da sinusli taxikardiya alomatlari bor. 
1. Qanday tashxis qo‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi? 
a) plevra mezateliomasi
b) o‘pka raki; 
v) yurak yetishmovchiligi natijasida plevra bo‘shlig‘iga suyuqlik yig‘ilgan; 
g) jigar sirrozidagi plevra varaqalari reaksiyasi; 
d) o‘ng o‘pkaning pastki pnevmoniyasi va uning natijasida hosil bo‘lgan 
ekssudatli plevrit. 
2. Birinchi navbatda qanday davolash choralarini kerish kerak? 
14-masala.
Kardiologiya bo‘limida yotgan 60 yoshli bemor G. asoratsiz miokard 
infarktidan davolanayotgan edi, kasallikning ikkinchi haftasida chap ko‘kragida og‘riq paydo 
bo‘lib, nafas olganda og‘riq kuchaygan, isitmasi 37,6°S ga ko‘tarilgan. Pnevmoniyaga gumon 
qilinib penitsillin tayinlangan. Lekin davolanishiga qaramasdan isitmasi 38,2°S ga ko‘tarilib, 
ko‘kragidagi og‘riq kuchaygan, mayda bo‘g‘imlarida xam og‘riq paydo bo‘lgan. Auskultatsiyada 
perikardning kuchsiz ishqalanish tovushi eshitilgan. Nafas shovkini susayib, plevraning 
ishkalanish shovqini kuchaygan. 
Jigari va talog‘i kattalashmagan. Yurak qisqarishlari soni minutiga 92 martacha, A/B—
130/80 mm ga teng. Rentgenologik tekshirilganda plevra bo‘shlig‘ida ozroq suyuqlik borligi 
aniqlangan. Qonda leykotsitlar 12X109 l, eozinofillar — 18 ga teng. 
1. Qanday tashxis qo‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi? 
a) o‘tkir miokard infarktning qaytalanishi;
b) infarktdan keyingi asoratlar (Dresler sindromi); 
v) bakterial endokardit; 
g) o‘tkir pnevmoniya; 
d) penitsillinga allergik reaksiya. 
2. Bu kasallikda davolash usuli qanday bo‘lishi kerak? 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish