M a V z u: Peloponnes urushlari


Peloponnes urushlari yakuni va oqibatlari



Download 153 Kb.
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi153 Kb.
#270201
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
peloponnes urushlari

4. Peloponnes urushlari yakuni va oqibatlari.

Peloponnes urushining asosiy natijasi Afinaning Sparta bilan Yunonistonda gegemonlik qilish uchun qilgan uzoq kurashidan so`ng to`la va batamom mag`lubiyatga uchragani bo`ldi. Afinaliklar mag`lubiyatining sababi nimada edi? Avvalo Afina dengiz davlati vaqt sinoviga dosh berolmadi: Afinaning siyosati uning ittifoqdoshlarida norozilik uyg`otdi. Afinaning qudratli paytida ittifoqdoshlar foyda ko`rar edi, biroq liderning kuchi va irodasi sustlasha boshlaganda, ittifoq tarqaldi. Afina mag`lubiyatining boshqa sababi ular urush rejasining nobopligi edi: dengiz jangi bilan Spartadek continental davlatni qulatib bo`lmasdi. O`z yurtini talashlariga qo`yib berish xato edi, albatta.Hatto Afinadek yuksak rivojlangan shahar ham qishloq xo`jaligi hududlari bilan jonli aloqasiz mavjud bo`lishi mumkin emasdi. Dengizdagi ustunlik afinaliklarda ekanligida, ularning shahri tashqin aloqalar hisobiga yashashi mumkin edi, lekin bu ustunlikni yo`qotish bilan Afina och o`limga mahkum edi. Bulardan tashqari afinaliklarda mustahkam boshqaruv yo`qolgan edi, operatsiyalarni amalga oshirishda noma’qulchiliklar ham bor edi. Bunga Sitsiliyaga uyushtirilgan ekspeditsiya misol bo`la oladi. U barbod bo`lgan edi. Va, nihoyat, Afinaning mag`lubiyatiga Spartaliklarga forslarning moliyaviy yordam ko`rsatgani o`z ta`sirini o`tkazgan. Bu yordam spartaliklarga xususiy qudratli flot tuzib, afinaliklar eng kuchli bo`lgan joyda– dengizda – ularni mag`lub qilish imkonini bergandi. Xo`sh, spartaliklarning g`alabasi yunon polislariga nima olib keldi? Sparta urushni ellin ozodligini afinaliklar zulmidan qutqarish shiori ostida olib borgan. Ammo, Spartani qo`llab-quvvatlash va uning tarafida bo`lish bilan yunonlar aytarli hech nimaga erishishmadi. Afina gegemonligi o`rniga Spartaniki keldi, xolos. U qurol kuchi bilangina qattiq nazorat qilganligi tufayli “ozod qilinganlar” uchun afinaliklarnikiga nisbatan 100 barobar og`irroq edi. Spartaning g`alabasi ularning tarafida bo`lgan aristokratiyani asta olib kelayotgan edi. Bu munosabat uchun xarakterli vaziyat Afinada edi. Quvg`in qilinganlarning qaytib kelishi antidemokratik harakatlarni kuchaytirib yubordi. Lisandr qo`llab-quvvatlayotgan oligarxlar xalq yig`ilishiga mavjud konstitutsiyani bekor qilib ideal bo`lgan “otalar tuzumi”ga qaytish uchun bosim o`tkazayotgan edilar.59 Islohotlarni amalga oshirish maqsadida 30 kishidan iborat komissiya tuzib chiqildi. Uning tarkibiga sofist Kritiy va Feramen ham kiritilgan edilar. Rasman eng badavlat “uch minglar”da siyosiy huquqlar saqlab qolingan bo`lsa-da, boshqaruvchilar hech kim bilan hisoblashib o`tirishmasdi, ular chinakamiga tiranlarga aylangan edilar. Sparta garnizoniga tayangan holda ular afinaliklarni ezishardi. Repressiya “O`ttiz” dushmanlarni ichidan topishi mumkin bo`lgan barcha demokratlar, obro`li fuqarolar hamda davlati qaysidir arbobni o`ziga tortgan boylar boshiga tushdi. Bu oradan Beotiyadan Attikaga quvg`inga uchragan demokratlar Frasibul boshchiligida bostirib kirishdi. Ular File qal`asida biroz to`xtab, keyin Afinaga yo`l olishdi. Munixiya(Pirey rayonlaridan biri) yaqinida bo`lib o`tgan hal qiluvchi jangda demokratlar ularning qarshisiga kelgan oligarxlarni yer tishlatishdi. Kritiy jangda halok bo`ldi va Afinada hokimiyat “O`ttizlar” komissiyasidan “uch minglar” yig`ini tayinlagan yangi oligarxlar hukumatiga o`tdi. Biroq yangi hukumatning hokimiyati Afinaning o`zidagina tarqaldi, Pireyda esa demokratlar mustahkam o`rnashib oldilar. Lisandr oligarxlarga yordamga kelishni xohlardi, biroq obro`si ko`tarilib ketishidan qo`rqib Lisandrni Sparta hukumati to`xtatib qoldi hamda ular orqali Afinada Pirey demokratlarining partiyasi va shahar oligarxlar partiyasi o`rtasida yarashuv vujudga keldi. Demokratiya qayta tiklandi (eramizdan avvalgi 403-yilning kuzi), biroq bu urushdan oldin Afinada hukm surgan o`sha buyuk demokratiyaning soyasi edi,xolos. Umuman olganda, yunonlar uchun Peloponnes urushining mohiyati salbiy bo`ldi. Yangi tinchlik va yangi boshqaruv tizimi avvalgisichalik mustahkam emasdi va tez orada ellinlar yangi ichki nizolar, kelishmovchiliklar og`ushida qoldilar. Urush fuqaroviy jamoalar o`rtasida kelishmovchilikning kelib chiqishiga sabab bo`ldi. U kambag`allar va boylar, shahar demosi va qishloq xo`jaligi aristokratlari, demokratlar va oligarxlar o`rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirdi. Urush fuqarolarning qo`shinga jalb qilinishini kuchaytirmadi, balki, aksincha, yollanma armiyalar va ular qo`mondonlarining rolini oshirib qo`ydi. Urush shuningdek an`anaviy polis ruhining nobud bo`lishiga olib keldi: kurashayotgan tomonlarning buzg`unchi siyosati, siyosiy guruhlar va arboblar ochko`z manfaatlarining to`qnashuvi –hammasi qabul qilingan qonun-qoidalarning nisbiy ekanligini isbotlab turardi. Peloponnes urushi keying yuz yillikda polis tizimini inqirozga olib kelgan jarayonlarning kuchli turtkisi bo`libgina qolmay, o`zi ham uning dastlabgi bosqichi edi.


Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish