M a V z u: Peloponnes urushlari



Download 38,31 Kb.
bet1/4
Sana03.06.2023
Hajmi38,31 Kb.
#948634
  1   2   3   4
Bog'liq
Peloponnes urushlari10


Peloponnes urushlari.

R E J A:

  1. Urush arafasida Yunoniston. Delos va Peloponnes ittifoqlari.

  2. Arxidam urushi va mustahkam bo`lmagan yarashuv.

  3. Sitsiliya ekspeditsiyasi va Dekeley urushi. 4. Peloponnes urushlari yakuni va oqibatlari.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Urush arafasida Yunoniston. Delos va Peloponnes ittifoqlari.
Yunon shahar-davlatlarining gurkirashi davomiy bo`lib chiqmadi. Bu yunon-fors urushlaridagi g`alabalar va Peloponnes urushlari orasidagi qisqa mo`tadillik va ko`tarilish davri bo`lgan . Buning ustiga hatto o`sha davrda ham mo`tadillik nisbiy edi, ko`tarilish esa qulash tendensiyalariga to`la edi. Forslar bilan to`qnashuvda yunonlar ozod fuqarolar jamiyati forslar despotiyasidan ustun ekanligini ishonch bilan isbotlab berishdi. Shu bilan birga yunon-fors urushlari xo`jalikning kuchli quldorlik shakllarini rivojlantirgan holda fuqaroviy jamoalarda ijtimoiy va egalik manfaatlar o`sishiga yordam bergan. Shuningdek, ular umumiy ozodlikning qudratli himoyachilari bo`lgan Afina va Spartani oldingi qatorlarga olib chiqdi. Qadimgi Yunonistonda, ko`p bo`lmagan shahar respublikalar orasida asosan ikki qarama-qarshi kuch amalda bo`lgan. Bir tomondan har bir fuqaroviy jamoa boshqasidan to`la erkin ravishda yashashga intilgan va polislar orasidagi bu avtonomiya va avtarkiyaga bo`lgan tendensiya (og`ish, urf), ya`ni so`zsiz siyosiy va iqtisodiy erkinlik, Yunonistonda yuzlab yillar hukm surgan parchalanishning sababi bo`lgan. Boshqa tomondan, iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo savdo aloqalarining rivojlanishiga bo`lgan ehtiyoj hamda o`z manfaatlarini hamkorlik asosida himoya qilishga bo`lgan zarurat yunon shaharlarini birlashishga undadi. Bu vaziyatdan, albatta, o`z foydasini ham hisobga olgan holda ko`proq rivojlangan va qudratliroq bo`lgan polislar foydalanib qolgan. Shunday qilib, Sparta Janubiy Yunonistonning katta qismlari bo`yicha konservativlarni birlashtirgan holda er.av. VI asrdayoq Peloponnes ligasining tashkilotchisiga aylangan edi1. So`ng keyingi yuz yillikda Afina boshqa birlashma – Delos, yoki savdo aloqalari jihatida umumiylashgan dengizbo`yi va orol polislarining katta qismini birlashtirgan va forslarga qarshi kurashda o`sha kuchlarni birlashtirishni ko`zlagan Afina dengiz ittifoqining rahbariga aylandi. Peloponnes ligasining yadrosi konservativ, agrar tipga mansub bo`lgan, asosan savdo-iqtisodiy aloqalarga moslashgan doriylar jamoalari edi. Har jamoa o`z sardorining tashabbusiga bo`ysungan holda ta’sir doirasini saqlab qolish va kengaytirishga intilgan va raqobatchi guruhlar muvaffaqiyatlarini obdon kuzatib borgan. Ikki ittifoq o`rtasidagi bu raqobat – amalda eng avvalo Afina va Sparta boshchiligidagi raqobat – o`z o`rnida er.av. V asrda Yunoniston jamiyatida shunday siyosiy qarama-qarshilikka aylanganki, u umumiy katta ichki mojaroni, Peloponnes urushi( er. av. 431-404-yillar)ni keltirib chiqargan. Bunda birnchi o`rinda Afina tashabbuskor tomon sifatida namoyon bo`ladi. Tez rivojlanib borayotgan iqtisodiyot va unga asoslangan ijtimoiy harakatlarga bo`lgan ehtiyoji afinaliklarni o`z ta’sir doirasini, o`z hududini kengaytirishga, xom-ashyo va resurslarini ko`paytirishga undagan. Bu Afinada quldorlik demokratiyasi gurkiragan er.av. V asr o`rtalarida yuzaga kelgan agressiv siyosat hamma joylarda – Peloponnesda, Istmada, O`rta Yunononistonda, Beotiyada va Egey arxipelagi orollarida – Afinadan zulm ko`rgan odamlarni ishongan tog`i bo`layotgan Sparta bilan afinaliklarning o`zaro to`qnashuvlari bo`lib turgan kezlarda o`z kulminatsiyasiga erishdi. Afina bilan dengizda raqobatini olib brogan doriylarning savdo shaharlari, eng avvalo Megara va Korinf, butunlikni saqlab qolish g`amidaga katta yer egalarining hammalari Spartaga murojaat qilishardi. O`z navbatida Sparta ham Peloponnes ligasida siyosiy yaxlitlikni saqlab qolishni xohlardi. Afinaning V asrning 50-yillarida Istma va O`rta Yunonistonda o`z kuchini o`rnatishga bo`lgan harakatlari oxir oqibat uning Sparta bilan qurolli to`qnashuviga olib keldi7. Bu Birinchi, yoki Kichik Peloponnes urushi nomini olgan urush (eramizdan avvalgi 457–446-y.) o`ziga xos kuchlarni sinash voqeasi bo`ldi. U ikki tomonga ham muvaffaqiyat keltirmadi; shunchaki navbatdagi urushga tayyorgarlik vazifasini o`tovchi qisqa vaqt bo`lgan “O`ttiz yillik” tinchlik
(shartnomasi bo`lsa kerak) bilan tugadi. Tarixchi Fukidid yozgan edi: “So`zlarda yashirin holatda berilsa-da, menimcha, haqiqiy sabab shunda bo`lganki, afinaliklar o`z harakatlari bilan lakedoniyaliklar (ya’ni spartaliklar) uchun xavf tug`dirib ularni urush boshlashga majbur qilgan”.
Urushning sababi Afina va Sparta o`rtasida Yunonistonda gegemonlik qilish uchun olib borgan raqobati ekanligi aniq bo`lishiga qaramay, shuni ham eslatib o`tish kerakki, bir tomondan Afina va boshqa tomondan Korinf va Megara o`rtasidagi savdo raqobatlari dastlabgi mojarolarni keltirib chiqargan. Demak, Peloponnes urushlarining yana bir muhim sababi iqtisodiy omillarga taqaladi. O`sha mojaroning birinchi sababi shimoli-g`arbiy suvlar, Italiya qirg`oqlariga bo`lgan yo`llarga egalik qilish uchun Korinf bilan yuzaga kelgan tortishuv edi. 30-yillar o`rtalarida Adriatika dengizining sharqiy qirg`oqlarida - qachonlardir Kerkira orollaridan ajralib chiqqan Epidamn shahrida demokratlar va oligarxlar o`rtasida keskin kelishmovchilik yuzaga keldi. Demokratlar ustun kelishdi, biroq haydab chiqarilgan oligarxlar mahalliy noyunon aholi bilan birlashib o`z hujumlari bilan shaharda qolganlarning joniga tega boshlashdi. Ular yordam so`rab o`z metropoliyalari Kerkiraga murojaat qilishdi; yordam ololmagach Korinfga. Korinf va uning koloniyasi Kerkira o`rtasida allaqachon Ioniy dengizining shimolida hukmronlik qilish uchun raqobat ketardi. Endilikda korinfliklar Epidamnga qo`shimcha kolonistlarni va garnizonni yuborishdi. Bu Korinfning Kerkira bilan qurolli to`qnashuviga olib keldi. Kerkiraliklar afinaliklarga ularni ittifoqqa qo`shish va ularga yordamga kelishni so`rab murojaat qilishdi. Afina biroz o`zini olib qochganidan keyin rozilik berdi. Er. av. 433-yil Kerkira va materik orasidagi havzada kerkiraliklar va korinfliklar o`rtasida jang bo`lganda afina floti unga aralashib kerkiraliklarni mag`lubiyatdan saqlab qolgan. Shunday qilib Korinf va Kerkira o`rtasidagi Epidamn uchun bo`lgan tortishuv Afina va Korinfning bir-biriga qarshi qurollanishiga sabab bo`lgan. Bu orada Xalkidik yarimorolidagi Potideya tufayli ikkinchi mojaro kelib chiqdi. Korinfliklar tomonidan asos solingan Potideya Afina dengiz ittifoqi tarkibiga kirgan. 30-yillarda afinaliklar tomonidan ittifoq to`lovi summasining oshirilishi va xalkidik shaharlari ustidan qattiqroq nazoratning o`rnatilishi potideyaliklarning Peloponnes ittifoqiga yaqinlashish yo`llarini qidirishiga olib keldi. Er. av. 433-yilda Afinadan ochiqchasiga ajralib chiqqan Potideya yordam so`rab Korinf va Peloponnes ligasiga murojaat qildi. Peloponnesdan Potideyaga ikki ming ko`ngillidan iborat otryad yetib keldi. Afinaliklar o`z o`rnida er. av. 432-yilning bahorida qo`zg`olon qilayotgan u shaharga butun boshli qo`shin yubordi. Nihoyat, uchinchi falokat ham qo`shildi: afinaliklar Megara ustiga ham yurish qilishdi. U Peloponnes ligasiga suyandi, biroq iqtisodiy jihatdan hamon uning qishloq xo`jaligi mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlari uchun bozorni ta`min etayotgan Afinadan e`tiborini qochirmadi. Afinaliklar Megaraga Peloponnes ittifoqi bilan aloqalarni uzishi uchun bosim o`tkaza boshlaydi . Bu bosim hech qanday natija bermagach esa megaraliklarga Afina portlari va Afina ittifoqi shaharlariga kirish va savdo qilish taqiqlab qo`yildi. Potideya va Megaraning Peloponnes ittifoqidan ularni qo`llab-quvvatlashini so`rashi va korinfliklarning Afinaliklarga qarshi darhol chora ko`rilishi talab qilib turganligi Spartada hal qiluvchi qadamni tashlash istagini uyg`otdi. Er.av.432-yilning kuzida spartaliklar xalq yig`ilishi afinaliklarni “O`ttiz yillik” tinchlikni buzganlikda aybdor deb topganligi haqida qaror chiqardi.


  1. Download 38,31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish